Neofreydizm
-
неофрейдизм
-
neofreudism
- Z.Freydning
psixoanalizi asosiga qurilgan, lekin undan farqli ravishda asosiy
e'tiborni ongsizlik yoki psixik jarayonlardan ko‘ra sotsiumdagi shaxs
yoki shaxslararo munosabatlarga qaratgan yo‘nalish.
Psixoanalitik
sotsiologiya
-
психоаналитическая
социология
-
psychoanalytical sociology
- Z.Freyd asos solgan,
insonning sotsial faoliyatida ongsiz impulslarning hal qiluvchi rolini
tan oluvchi yo‘nalish.
169
Sanksiya - санкция - sanction
- rag‘batlantirish yoki jazolash
turlari bo‘lib, ular yordamida ijtimoiy maqbul bo‘lgan xulq-atvor
me'yorlari mustahkamlanadi.
Totemizm - тотемизм - totemism
- m a’lum bir hayvon yoki
o‘simliklar turlariga ilohiy xususiyatlami beruvchi diniy tasawurlar
tizimi.
Shizofreniya - шизофрения - schizophrenia
- individ reallik
hissini yo‘qotadigan psixik kasallikning jiddiy shakli.
170
F. TYONNIS - NEMIS MUMTOZ SOTSIOLOGIYASI VAKILI
Reja:
1. Ferdinand Tyonnisning hayoti va ijodi
2. Nemis sotsiologiyasining vujudga kelishi
3. Tyonnis sotsiologiyasining falsafiy negizlari
4. Tyonnisning sotsiologik tizimi
5. Sotsial hayot shakllari
6. Sotsiologiya va siyosat
7. Tyonnis qarashlarining XX asr sotsiologiyasiga ta’siri
1.
Tyonnis 1855-yil 26-iyun Shlezvig Gersogligining Oldenvorg
shaharchasida, badavlat yer egasi xonadonida tug‘ilgan. U 1872-yil
Strasburgdagi
universitetga
o ‘qishga
qabul
qilinadi,
shuningdek Yena, Bonn, Leypsig va Tyubingen uni vers itetlarida
o‘qib,
1877-yilda Tyubingen universitetida mumtoz fllologiya
bo‘yicha nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. Shuningdek,
falsafa (asosan, Gobbs falsafasi), siyosiy iqtisodiyot, huquqshunoslik
tarixi va etnologiya fan sohalari bilan shug‘ullangan. Gobbs merosini
o ‘rganish Tyonnisning tarix va huquq falsafasiga bo'lgan qiziqishini
orttirdi. U o‘zining mashhur - «Gemeinschaft und Geselhchaft (Jamoa
va jamiyat)» deb nomlangan asarining boshlang‘ich variantini 1881-
yilda doktorlik dissertatsiyasi sifatida himoya qilgan va Kil
universitetida falsafa dotsenti darajasiga erishgan. Biroq u bu
lavozimda deyarli ishlamagan va kelajak havoti moddiy jihatdan
ta’minlangan kishi bo‘lganligi uchun, mustaqil olim sifatida faoliyat
olib borishni maqsadga muvofiq deb hisoblagan. «Jamoa va jamiyat»
asari keyinchalik bir necha bor qayta toidirilib, “Madaniyat falsafasi
teoremasi” sifatida nashr etilgan. Aynan u olim sotsiologik
konsepsiyasining asosini tashkil etadi.
Keyinchalik uning qiziqishlari ortib, ko‘plab ijtimoiy va ilmiy
fanlar sohalarini qamrab oldi. 1880-1890-yillarda Tyonnis XVIII-XIX
asr ijtimoiy falsafasini o‘rgandi. Natijada 1896-yilda keyinchalik bir
necha marotaba qayta nashr etilgan Gobbsga bag‘ishlangan kitobini
yozib tugatdi, shuningdek, Leybnits, Spinoza, Nitsshe, Spenser, Marks
va boshqa olimlar to‘g‘risida bir qator maqolalar yozdi. Uning bu
171
izlanishlari keyinchalik ham davom etdi. Uning mahsuli bo‘lmish
«Marx. Leben und Lehre (Marks. Hayoti va ijodi)» asari 1921-yilda
nashr etilgan.1
Tyonnis sotsial statistikaga ham qiziqqan, jumladan, jinoyatchilik,
qashshoqlik, o‘z joniga qasd qilish kabi muammolami o‘rgangan.
0 ‘zining empirik ishiga qo‘shimcha ravishda sotsiologiya sohasida
ham nazariy
ishlar bilan
shug‘ullana
boshlagan:
«Axloq»,
«Jamoatchilik fikrining tanqidi», «Mulkchilik» va «Sotsiologiyaga
kirish» kabi asarlar yozgan.
Keng nazariy, empirik va publitsistik faoliyatiga qaramay,
Tyonnis akademik maqomga kech erishdi. U
Skandinaviya
mamlakatlari, Angliya va AQSh davlatlari ilmiy jamiyatlari bilan
chambarchas bog‘liqlikda faoliyat olib borgan. Tennis 1909-yildan
1916-yilgacha Kil universitetining iqtisodiyot va statistika yo‘nalishi
professori,
1921-yildan boshlab esa - ushbu universitetning
sotsiologiya yo'nalishi bo‘yicha faxriy professori sifatida faoliyat
yuritgan. 1910-yil Frankfiirtda nemis sotsiologik jamiyatini tuzish
borasidagi yig‘ilishda kirish so‘zi bilan chiqdi. Bu yigilishda Maks
Veber, Vemer Zombart va Georg Zimmellar ham qatnashgan2 1921-
yilda esa u nemis sotsiologik jamiyatining prezidenti etib saylanadi va
1933-yil natsistlar bu tashkilotni yopmaguncha uni boshqargan.
Sotsial-demokratik siyosat ruhida shakllangan Tyonnis Veymar
respublikasi tarafdori boTgan. U natsional-sotsializm bilan kurashib,
jamiyat
a’zolarini
«varvarlik
girdobiga
tushish»
xavfidan
ogohlantirish niyatida omma oldida chiqishlar qilgan va Natsistlar
hujumiga mahkum bo‘lgan. Natsistlar dunyoviy mashhurlikka ega
olimga buyruq berish yoki cheklov qo'yish mumkin emasligini
tushunib yetadilar va u universitetdan haydaladi. Natijada Tyonnis
dengiz bo‘yidagi kichik bir shaharchada (Xusum) umrining so‘nggi 3
yilini o‘tkazadi.
Tyonnis 1936-yil 11-aprelda Kil shahrida vafot etgan3.
Tennis o ‘z hayotining sezilarli qismini siyosiy jihatdan faol tarzda
o‘tkazgan va konservativ qarashlari ustuvorlik qilishiga qaramasdan,
Kayzer Germaniyasida taraqqiyotga yo‘naltirilgan harakatlar deb
1 Фарфиев Б. А., Нуруллаева У Н.Социология тарихи. У слубий кулланма. - Тошкент, 2009. - Б. 56.
2 Зборовский Г.Е. История социологии: классический этап: учебник для вузов. 2-е изд. испр. и
доп. - Сургут и [др.]: РИО СурГПУ, 2014. - С. 81.
1 A History o f Classical Sociology. Translated by H. C am pbell Creighton, M.A. (Oxon). Piogress
Publishers. - P. 173-174.
172
hisoblangan kasaba uyushmalari faoliyatini qo‘llab-quvvatlagan. U
Finlyandiya va Irlandiyada mustaqillik uchun olib borilgan
kurashlarga nisbatan o‘z fikrlarini bildirgan. Tennis birinchi jahon
urushi davrida Nemis sotsiologiya jamiyatining boshqa ko‘plab
a’zolari singari, Germaniya hukumatining imperialistik siyosatini
qo‘llab-quwatlagan. 0 ‘zining hayotining so‘nggi davrlarida milliy-
sotsializm yo‘nalishiga qarshilik namoyishi sifatida u sotsioal-
demokratlar partiyasiga qo‘shiladi va Gitleming hokimiyat tepasiga
kelishidan keyin o‘z faoliyatidan ozod qilinadi.
Hozirgi kunda Tyonnis eng aw alo, o‘zining asosiy asari
hisoblangan - «Jamoa va jamiyat» kitobi (1887) bilan taniqli
hisoblanadi, shuningdek uning 800 dan ortiq boshqa ilmiy ishlari ham
sotsiologiya yo‘nalishida sezilarli ahamiyatga ega hisoblanadi.
Birinchi jahon urushi tugashiga qadar, uzoq vaqt davomida uning
«Jamoa va jamiyat» kitobiga yetarli darajada e'tibor berilmagan.
Tyonnisning dastlabki asarlarida bevosita Tomas Gobbsning ilmiy
qarashlari va asarlarining ta’siri yaqqol sezilib turadi. Shuningdek,
Tyonnis empirik sotsiologik tadqiqotlar ham olib borgan, jumladan
1896-1897-yillarda amalga oshirilgan Gamburg norozilik namoyishini
tadqiq qilgan, bundan tashqari shahar hududida va shahar atrofida
mavjud muhitda yuz beruvchi jinoyatlaming statistik sotsiologik
tavsiflarini o‘rgangan. 1925-yildan 1929-yilga qadar uning uch jilddan
tashkil topgan sotsiologiya yo‘nalishidagi asarlari nashr qilingan,
jumladan «Sotsiologiyaga kirish» va Tyonnisning falsafly-tarixiy
saylanma asarlari nashr qilingan.
Asosiy asarlari:
1. «Jamoa va jamiyat» (1887).
2. «Jinoyat sotsial hodisa sifatida» (1909).
3. «Axloq» (1909).
4. «Jamoatchilik fikrining tanqidi» (1922).
5. «Mulkchilik» (1926).
6. «Progress va sotsial taraqqiyot» (1926).
7. «Sotsiologiyaga kirish» (1925-1929) va h.k.
2.
Ikki asr oraliq chegarasida ijtimoiy hayotni izohlashda klassik
pozitivizmning pozitsiyasi
sezilarli
darajada
nazariy-uslubiy
qiyinchiliklami boshdan kechirganligi qayd qilinadi. Jumladan,
ijtimoiy-tarixiy mavjud
haqiqiy holatni bilishning tabiiy-ilmiy
uslublarga xos bo‘lgan
naturalizm tamoyillarining rad etilishi
173
sharoitida
fa^
'
(mantiqiy-gnoseologik)
asoslami
keltirish
tendensiyalarining asoslanilishi va qaror toptirilishiga borgan sari
urinishlar kuchayib borishi, shuningdek ijtimoiy-gumanitar fanlarda
bilishning o‘ziga xos uslublarini qidirib topish jarayoni kuchayishi
kuzatiladi.
Pozitivizmning ijtimoiy-gumanitar fanlarga tadbiq etilishi
sifatida, sotsiologiya sohasida uning asl tadqiqot ob'ektini (ijtimoiy
hodisalaming
o‘ziga
xos
jihatlarini
qayd
qilish)
yo‘qotib
borayotganligi haqida jiddiy fikrlar bildirib o'tilgan. Qayd qilib o‘tish
mumkinki, ya’ni psixologik yo‘nalishlar doirasida ta’kidlanganidek,
ijtimoiy hodisalar sohasida biz tabiatga xos bo‘lgan mexanik
mazmunga ega bo‘lgan sabablar bilan ish olib bormaymiz, balki
insonning mavjudligi, hayoti bilan bog‘liq qonuniyatlar, so‘zsiz
ravishda zaruriyat hisoblangan qat'iy holatlar bilan bog‘liq boimagan,
teologik tavsifga ega masalalar ustida bosh qotiramiz. Shunday qilib,
tabiat olami va ijtimoiy-madaniy borliq olami o‘rtasidagi keskin
chegaralardan boshlanuvchi, yangi gneseologik paradigmalarning
shakllanishi va tan olinishi qayd qilinadi, jamiyat esa - organizm
sifatida emas, balki ruhiy tartibning tashkillanishi sifatida qarab
chiqilishi boshlanadi.
«Antipozitivizm»
ning
keng
koiam da
falsafiy jihatdan
izohlanishi tendensiyasi eng aw alo, Germaniyada amalga oshirilgan.
Bu tendensiya xususiy falsafa doirasidan tashqariga chiqishi kuzatiladi
va nemis sotsiologiya maktablarining va umuman olganda,
sotsiologiya fan sohasining shakllanishiga katta ta’sir ko‘rsatgan.
Umuman olganda, nemis sotsiologiyasi uning ushbu fan tarixi
tarkibida alohida o‘ziga xos o ‘ringa ega boiishini belgilab beruvchi
o‘ziga xos shart-sharoitlar va manbalarga ega hisoblanadi.
Agar Angliya, Fransiya, AQShda shakllangan va rivojlangan
sotsiologik qarashlar va fikrlar pozitivistik uslubiyat bilan bogiiq
boisa, nemis sotsiologiyasi esa - asosan, gumanitar fanlarda ishlab
chiqilgan
bilish
tamoyillari
bilan
chambarchas
bogiiqlikda
rivojlanganligini ko'rish mumkin. Uning tarkibida nemis klassik
falasafasining gneseologik an'analari sezilarli darajada o‘ringa ega
hisoblanadi. Bundan tashqari, sotsiologiya uzoq vaqt davomida
umuman o‘qitilmagan, bu davrlarda sotsiologik masalalar sifatida tan
olingan masalalar ko‘pincha holatlarda «milliy iqtisodiyot» yoki
«falsafa» rukni ostida tahlil qilingan.
174
Hatto, Vilgelm Diltey (1833-1911) tomonidan sotsiologiyaning
fan sifatida mavjud bo‘lishi mumkin emasligini tasdiqlashga harakat
qilingan, maxsus ilmiy asari mavjud. Diltey tomonidan bildirilgan
fikrlarga ko‘ra, tabiatshunoslik fanlari tabiat hodisalarining insonning
hayotiga qanday ta’sir ko‘rsatishini o‘rganadi, biroq insonning erkin
faoliyatini o‘rganuvchi, ruhiyat haqidagi fanlar hisoblangan ijtimoiy-
gumanitar fanlarda ma’lum bir aniq maqsadlar qanday o ‘rganilishi
masalasiga oydinlik kiritish yuzasidan urinishlar amalga oshirilgan.
Tabiatshunoslik fanlarida o‘rganiluvchi fizik jismlar va hodisalar
bizga bevosita, hodisalar sifatidagina m a’lum hisoblanadi. Aksincha,
ruhiyat haqidagi fan ichki tajribadan kelib chiqqan holda, insonning
o ‘z faoliyati ustida kuzatishlar olib borishi va shuningdek, boshqa
insonlar faoliyatini o‘rganishi, ular o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni
tadqiq qilishi asosida shakllantiriladi.
O lz navbatida, Diltey tomonidan qayd qilinishicha, ruhiyat
haqidagi fanning birlamchi elementlari bevosita ichki hissiyotlar bilan
bog‘liq bo‘lib, bunda tasawurlar, sezgilar va xohish-iroda birgalikda
qarab chiqiladi, ya’ni ular orqali inson bevosita o'zining olamda
mavjudligini his qiladi. Bu ko‘rinishdagi hissiyotlar o ‘z mazmun-
mohiyatiga ko‘ra, chuqur holatda individual tavsifga ega hisoblanadi.
Shu sababli, Diltey tomonidan sotsiologiyaning mavjudligi
tamoyil jihatidan va huquqiy jihatdan mumkin emasligi ta ’kidlanadi,
jumladan tarixiy rivojlanishda sotsiologiyaning umumlashtiruvchi fan
sifatidagi roliga e'tiroz bildiriladi. Diltey tomonidan o ‘z oldiga
qo‘yilgan vazifa sifatida, insonning o‘ziga xos ruhiy olamining saqlab
qolinishini ko‘rsatib o‘tadi. Diltey tomonidan keltirilgan fikrlarga
ko‘ra, tarixiy mavjudot sifatida inson tabiat kabi umumiy o‘zaro
munosabatlar tarkibiga kiritilishi orqali tushunilishi mumkin emas. Bu
holat neokant Baden maktabining asosiy vakillari hisoblangan -
V.Vindelband (1848-1915) va G.Rikkert (1863-1936) tomonidan
tasdiqlangan.!
Rikkert qarashlarida qadriyatlar borliqda ob'ektiv mazmun-
mohiyatga ega holat sifatida namoyon bo‘ladi. Qadriyatlardan farq
qilib, garchi u bilan o‘zaro mos tushmasda, mazmun-mehiyat haqiqiy
mavjud bo‘lgan ruhiy akt, ya’ni «muhokamalar» bilan bog‘lanadi.
Faqat mazmun-mohiyat namoyon bo‘luvchi baholashlargina haqiqiy
1 Х айдегер М. И сследовательская работа В ильгельм а Дл;(ьтея и борьба за историческое
м ировоззрение в наш и дни//В опросы ф илософ ии - 1995. - N . I I . - С. 1.26.
175
mavjud bo‘lg;
hiy akt sifatida qayd qilinadi, mazmun-mohiyat
qadriyatlarni коч„ tish orqali o‘z-o‘zidan ruhiy borliq chegaralaridan
tashqariga chiqadi. Bunda u huddi borliq va qadriyatlar o‘rtasida
vositachi sifatida rol o‘ynaydi va alohida «mazmun-mohiyat» olamini
tashkil qiladi.1
Ushbu mantiqiy-uslubiy asosda ko‘pgina holatlarda nemis
sotsiologiyasining ilmiy poydevori tuzib chiqilgan. Shu bilan
birgalikda, qayd qilib o‘tish kerakki, Rikkertning o‘zi ham
sotsiologiyani rad etadi va «insonning ijtimoiy ruhiy hayotini sof
holatda tabiiy-ilmiy izohlash» aynan, tarix faniga tegishli holat
hisoblanishini ta’kidlaydi. Shunday qilib, paradoks sifatida aynan
uning falsafa bo‘yicha shogirdi M.Veber tomonidan sotsiologiyaning
«universal
tarixiy»
fan
sifatida
o‘rin
tutishi
ko'rinishida
rivojlantirilishi dasturi ilgari suriladi. Aynan, Rikkert tomonidan
«insonning tarix tarkibida» o‘rganilishi bilan shug‘ullanuvchi fanni
mantiqiy jihatdan asoslash masalasining ushbu ko‘rinishda, uslubiy
jihatdan o‘z-o‘zini aniqlash tarzida qo‘yilishi bevosita M.Vebeming
«universal-tushunuvchi sotsiologiya»sining shakllanishini belgilab
bergan.
Agar, ushbu sotsiologik oqim yo‘nalishini keyingi rivojianishi
bo‘yicha qarab chiqilsa,
u holda M.Vebeming tushunuvchi
sotsiologiyasi uning ishlab chiqilgan uslubiy ishlanmalari bilan
birgalikda Amerika sotsiologiyasining rivojlanishida sezilarli darajada
rol o‘ynaganligini qayd qilib o‘tmaslikning iloji yo‘q, bu yo‘nalish
T.Parsons tomonidan keltirilgan mashhur qarashlar bilan tugallangan.
Umuman olganda, Vebeming tushunuvchi sotsiologiyasi orqali
Rikkert tomonidan tarixiy fanlar uslubiyatining o‘ziga xosligi
haqidagi qo‘yilgan masala davom ettirilgan va sotsiologik
qarashlaming keyingi davrlarda rivojlanishiga sezilarli darajada o‘z
ta’sirini ko‘rsatgan.
Pozitivizmning dastlabki bosqichlarida shakllantirilgan nazariy va
uslubiy negizlami qayta qarab chiqish turli xil yo‘nalishlarda amalga
oshirilgan. Borliqning sotsiologik nuqtai nazardan qayta qarab
chiqilishini qayd qilib o'tish bilan birgalikda, ushbu qayta qarab
chiqishlar ko‘p jihatdan tabiiy-ilmiy tafakkurlashning o‘zida yuz
bergan inqiroz jarayoni bilan ham bog‘liqligini qayd qilib o‘tish
1 Qarang: Риккерт Г. Науки о природе и науки о культуре//ЬСультурология. XX аек. - М., 1995.
176
o‘rinli hisoblanadi, shuningdek bunda o‘sha davrda yevropada
kuzatilgan ij'timoiy-madaniy vaziyatning o‘zi ham sezilarli darajada
o‘zgarishi amalga oshgan.
3.
Tyonnis sotsiologik fanlar asoschilaridan biri sifatida, o‘z
faoliyatini Germaniyada akademik sotsiologiya va shuningdek,
sotsiologik bahs-munozaralar mavjud bo‘lmagan davrda boshlagan.
Jumladan, oldingi burjuaziya davrining boshlanish davriga oid boy
tarkibga ega bo‘lgan sotsiologik fikr va qarashlar - «tabiiy huquq» va
«ijtimoiy shartnoma» nazariyalari, shuningdek individlar o ‘rtasidagi
ratsional almashinuv tamoyiliga asoslangan jamiyat haqidagi
tasavuvurlar, Fransiyada faoliyat olib borgan qomusiy olimlar
tomonidan bildirilgan fikrlar va g‘oyalar, Angliyalik klassik
iqtisodchilar g‘oyalari, Shotlandiyalik ma’naviyatga asoslanuvchi
faylasuflar qarashlari, klassik nemis falasafasi, Marks asarlari
Germaniyada akademik sotsiologiyaning qaror topishida sezilarsiz
darajada ta’sir ko‘rsatgan. Keltirib o‘tilgan bu barcha an'analar,
masalan Maks Veber asarlari deyarli muhim rol o‘ynamagan yoki
faqat maxsus tarixiy tadqiqotlardagina qarab chiqilgan. Ushbu nuqtai
nazardan, Tyonnis tomonidan bildirilgan fikrlar mustasno qilinadi,
ya’ni u o‘zining boshlang‘ich ilmiy faoliyati davri davomida «ijtimoiy
shartnoma» nazariyasida bildirilgan g‘oyalarga e'tibor qaratgan va
shuningdek, klassik siyosiy iqtisod nazariyasi vakillaridan biri bo‘lgan
- Adam Fergyuson fikrlarini tahlil qilib chiqqan, u o‘zining «Jamoa
va jamiyat» kitobida Marks asarlariga ham murojaat qilganligini
ko‘rish mumkin.1
Tyonnis
tomonidan
«ijtimoiy
shartnoma»
nazariyasi
Shopengaueming
volyuntaristik
falsafiy
qarashlari
bilan
uyg‘unlashtiriladi, ya’ni insonning xohish-irodasi ijtimoiy hayotning
poydevori sifatida qarab chiqiladi, ijtimoiy aloqadorliklaming
mavjudligi esa - sub'ektiv xohish-istaklar, intilishlar va insonlaming
maqsadlari
asosida izohlaniladi.
Tyonnisning ilmiy
faoliyati
boshlang1 ich davrlarida yaratilgan asarlariga e'tibor qaratish davomida
uning ko‘pgina fikrlari bevosita XIX asr sotsiologiyasining XX asr
sotsiologiyasiga o‘tish davriga oid xalqa sifatida o‘rin tutishini qayd
qilish mumkin. Tyonnisning sotsiologik nazariyalari o‘ziga xos o‘tish
davri tavsifga ega hisoblanadi. Bu nazariyalar bevosita tabiiy huquq
1 Qarang: Зборовский Г.Е. История социологии. - М.: Гардарики, 2004. - С. 120.
177
va siyosiy iqtisodiyot nazariyalarining davomi hisoblanmaydi, balki
ko‘proq ushbu nazariyalaming aks-sadosi sifatida o‘rin tutadi, biroq
bu nazariyalar zamonaviy sotsiologik tafakkurlashning tarkibiy
qismiga ham aylanmagan, ya’ni ushbu zamonaviy nazariyalaming
faqat
boshlang‘ich
darakchilari
sifatidagina
ahamiyatga
ega
hisoblanadi.
Tyonnisning qarashlari shakllanishida volyuntaristik falsafa
sezilarli darajada o‘z ta’sirini ko‘rsatgan bo‘lib, bunda ijtimoiy
aloqalar alohida individlaming xohish-istaklari asosida kelib chiqishi
ta’kidlanadi. Masalaning bu ko‘rinishda qo‘yilishi nafaqat Tyonnis
qarashlarida XIX asrda mavjud bo‘lgan asosiy falsafiy yo‘nalishlar,
Shopengauer falsafasi va Nitsshening nigilistik falsafiy g‘oyalari
ta’sirining aksi hisoblanmasdan, balki «tabiiy huquq» va «ijtimoiy
shartnoma» tamoyillariga oid an'analaming davomiy izlari sifatida
ham qayd qilinadi. Tyonnis qarashlarida «xohish-iroda» - bu
Shopengauer va Nitsshe falsafiy qarashlarida keltirilgan «hokimiyatga
intilish» tarzidagi hayot va borliq haqidagi tushunchalarga qarama-
qarshi mazmunga ega boiib, jamiyat a’zolarining bir butunligi
g‘oyasini izohlashda qo‘llaniladi. Fuqarolaming bu ko‘rinishda
tinchlik asosida o‘zaro birgalikda hayot kechirishi sharti haqidagi
tasavvurlar Tyonnis qarashlarida XVII asrda faoliyat olib borgan
Angliyalik materialistlar, ya’ni eng aw alo - Tomas Gobbs va Jon
Lokk tomonidan bildirilgan fikrlarga muvofiq kelishini ko‘rish
mumkin. Sotsiologiya fan sohasida Tyonnisdan keyingi davrlarda
faoliyat olib borgan olimlar tomonidan «xohish-iroda» tushunchasi
jamiyatning konstitutiv omilini ifodalashda foydalanila boshlangan,
bu holat turli xil falsafiy an'analar va tarixiy tasavvurlardan kelib
chiquvchi
tushunchalar
mavjudligi
sharoitida,
o‘z mazmun-
mohiyatiga ko‘ra,
Veber-Tyonnis
qarashlari
o‘rtasida o‘zaro
ta’sirlashishlar natijasi sifatida «sub'ektiv mazmunga ega mavjudlik»
asosida izohlaniladi. Bunda ushbu holatga bog‘liq ravishda,
zamonaviy sotsiologik nazariyalarda mavjud bo‘lgan ijtimoiy faoliyat
nazariyalari bilan solishtirilganda, «ijtimoiy sub'ekt» tushunchasining
ko‘p ma’noga egaligi kelib chiqadi.
Ijtimoiy munosabatlaming shartnoma asosida kelib chiqishi
haqidagi tasavvurlar Tyonnis bilan birgalikda, o‘sha davrda faoliyat
olib borgan ko‘plab sotsiolog olimlar qarashlarida ham o‘z aksini
topgan. Shunday qilib, masalan Emil Dyurkgeym tomonidan
178
jamiyatning me'yoriy va madaniy asoslarining yashirin jihatlarini
o‘zida aks ettiruvchi - «shartnomaning kelishuvga oid bo‘lmagan
tarkibiy elementlari» tushunchasiga mos
kelmaydigan ushbu
tushunchaning tahliliy tarkibiy qismlari to‘ldirilgan.
Tyonnis
tomonidan amalga oshirilgan yondoshuvning o‘ziga xos jihati
shundaki, ya’ni bunda u tomonidan kapitalizm tuzumining qaror
topishiga oid ob'ektiv mexanizmlar bilan jamoaning sub'ektiv
tavsiflari
birlashtirilishi
amalga
oshirishga
harakat
qilingan
(keyinchalik bu yo‘nalishda urinishlar Parsons tomonidan ham amalga
oshirilgan). Bunda Tyonnis burjuaziya davrining boshlang‘ich
bosqichlariga oid falsafiy ta’limotlar va shartnoma nazariyasiga e'tibor
qaratgan, jumladan XIX asming ikkinchi yarmisida huquqshunoslik
sohasida faoliyat olib borgan - Angliyalik Genri Men asarlariga
tayangan holda ish yuritgan. G.Men asarlarida mavjud bo‘lgan
mavqye (status) va shartnoma tushunchalari Tyonnisning sotsiologik
qarashlarida konseptual asos sifatida xizmat qiladi. Akademik
sotsiologiyaning ko‘plab asoslari singari (jumladan, Veber) Tyonnis
tomonidan subyektiv yondoshuv tarkibiy qismlarga bo‘lib chiqiladi,
biroq boshqa tadqiqotchilardan farq qilib, garchi bu ko‘rinishda
yondoshuvda «xohish-iroda» tushunchasi zid mazmunga ega
bo‘lmasa-da, Tyonnis sotsiologiyaning rivojlanishini tavsiflashda
ijtimoiy faoliyatning subyektiv mazmun-mohiyatini ta’riflashga
asoslangan holda emas, balki jamoa va jamiyatning dixotomik
kategoriyalar hisoblanishini tahlil qilishni amalga oshirgan, ya’ni
bunda ijtimoiy munosabatlaming tahliliy tasniflanishini amalga
oshirish imkonini beruvchi sotsiologik tushunchalaming qat'iy
mantiqiy tizimini tuzib chiqish imkoniyatlari nazarda tutiladi. Keyingi
davrlarda bu dixotomiya turli xil sotsiologik nazariyalar mualliflari
tomonidan
foydalanilgan
boiib,
belgilangan
aniq
tadqiqot
maqsadlaridan kelib chiqib, tahlil qilingan. Tyonnis tomonidan ilgari
surilgan g‘oyalami tushunib yetish uchun, aynan uning o‘zi yashagan
davrda mavjud bo‘lgan g‘oya va qarashlaming o‘ziga xos jihatlarini
hisobga olish talab qilinadi.
4.
Tyonnis tomonidan ishlab chiqilgan sotsiologiya tizimi
keyinchalik sotsiologiyaning umumiy va maxsus sotsiologiyaga
bo‘linishi, shuningdek maxsus sotsiologiyaning esa - sof, amaliy va
179
empirik sots.
aga (sotsiografiya) bo‘lib chiqilishi amalga
oshirilishi belgii-
argan1.
Tyonnisning amaliy sotsiologiyasi sotsiologik atamalardan
foydalangan holda sotsial. evolyutsiyani qayta konstruksiyalanishiga
yo‘naltiriladi (ibtidoiydan zamonaviy jamiyatga tomon). Bunda gap
falsafa tarixining sotsiologik jihatdan tizimga solinishi haqida boradi.
Bunday yondoshuv «Jamoa va jamiyat» asarining birinchi
nashrida sotsiologik tafakkuming amaliyotga nisbatan me'yoriy,
ijtimoiy-axloqiy va falsafiy munosabat mavjudligidan dalolat beradi.
Bu asarda kommunizm va sotsializm bor yo‘g‘i «madaniyatning
empirik shakllari» sifatida olingan. Tyonnisga ko‘ra, amaliy
sotsiologiyaning empirik sotsiologiyadan farqi - bu statistik tavsifga
ega maiumotlaming to‘planishi, masalan, zamonaviy jamiyatning
demografik yoki iqtisodiy jihatdan tavsiflanishi. va «jamiyat
kasalliklari»ning tavsiflanishi bilan ifodalanadi.
Agar sof sotsiologiya sotsial hodisa, jarayonlami tinch, y a’ni
statik holatda tushunish va tasvirlash bilan shug‘ullansa, amaliy
sotsiologiya dinamik holat, ya’ni ulami harakatda tadqiq etadi.
Tyonnis
amaliy
sotsiologiyaning
usuli
sifatida
tushunchalar
antinomiyasi tamoyilini ko‘rsatgan. Sotsial munosabatlaming asosida
yotuvchi iroda va aqlning dialektik aloqadorligida Tyonnis ko‘proq
aqlni birinchi o‘ringa qo‘yadi. Chunki jamiyat rivoji ratsionallikning
o‘sib borishi evaziga sodir bo‘ladi. Ijtimoiy rivojlanishning jamoadan
jamiyatga tomon borishi shu bilan izohlanadi.
Tyonnis tomonidan «sof (nazariy) sotsiologiya» deb nomlangan
sotsiologik fan sohasining tarkibiy qismi nisbatan muhim ahamiyatga
1 Капитонов Э. А. История и теория социологии. У чебное пособие для вузов. - М :
«Издательство ПРИОР», 2000. — С. 307
180
ega bo‘lib, bunda sotsiologik nazariyalar: «jamoa» va «jamiyat»
tushunchalaridan
foydalanilgan
holda
sotsial
strukturalarning
klassifikatsiyalanishi amalga oshirilgan. Ushbu o‘rinda biz aynan,
ushbu tushunchalarga e'tibor qaratamiz, shuningdek qayd qilib o‘tish
kerakki, hozirgi kunda Tyonnis tomonidan amalga oshirilgan empirik
tadqiqotlar deyarli unutilgan.
«Jamoa» deb nomlanuvchi hayotning sotsial shaklini ajratib
ko‘rsatishning asosiy mezoni - bu insonlaming «birlashish» asosida
yaxlitlikda, jamoada hayot kechirishi hisoblanadi, bu holatda insonlar
jamoasining umumiy yashash joyi, yagona til va dinga ega bo‘lishi
qayd qilinadi: «...qon-qarindoshlik - bu mohiyat sifatida insonlaming
bevosita umumiy joyga egaligi natijasida birgalikdagi uzoq turmushini
namoyon etadi, bu esa, o‘z navbatida oxir-oqibat bir xil ma’nodagi,
bir xil yo‘nalishdagi oddiy o‘zaro ta’sirlashuv va o‘zaro aloqalar
sifatida jamoa ruhiyatini shakilantiradi»1.
Jamoa shakllari:
1) qon-qarindoshilik;
2) qo‘ni-qo‘shnichilik;
3) do'stlik.
«Jamiyat» deb nomlanuvchi hayotning sotsial shaklini ajratib
ko‘rsatishning asosiy mezoni - bu insonlaming alohida yashashga,
yolg‘izlik hissi mavjud emasligi nuqtai nazaridan uzoq vaqt birgalikda
hayot
kechirishi
hisoblanadi.
Bu
aloqalar asosini
ratsional
ayirboshlash va kelishuv munosabatlari tashkil etadi. «Shunday qilib,
jamiyat - tabiiy va shartnoma agregati sifatida tabiiy va su'niy
individlaming yig‘indisini tashkil etadi. Bunda ularning irodasi va
muhitlari bir-biri bilan o‘zaro bog‘liq va bir vaqtning o‘zida bir-
biridan mustaqil, bir-biriga bog‘lanmagan holatda mavjuddir. Bu
yerda «fuqarolik jamiyati» yoki «ayirboshlash jamiyati»ning umumiy
tavsifi berilganini ko‘ramiz, uning tabiati va harakati bilan siyosiy
iqtisod shug‘ullanadi, Adam Smit ta’kidlaganidek: «har bir kishi
o‘ziga xos savdogardir»2.
Jamiyat tushunchasi siyosiy iqtisodiyotning kategoriyalari va
nazariy tasavvuriga asoslanadi va tarixiy nuqtai nazardan fuqarolik
jamiyati tushunchasiga muvofiq ishlab chiqiladi. Biroq, Tyonnis
o‘zining sotsiologik qarashlarida asosiy tushunchalami ajratib
1 Теннис Ф. Общность к общество. - СПб., 2002. - С. 25.
2 Тённис Ф. Общность и общество. - СПб., 2002. - С. 63.
181
ko‘rsatishda jamoa va jamiyatning tarixiy shakllari (tarixiy nuqtai
nazardan izohlash) bo‘yicha m oijal olmaydi va shuningdek, ushbu
tushunchalaming asosini sotsial strukturalaming sifatga oid tavsiflari
tashkil qilmaydi (strukturaviy izoh), balki Wesenwille (keyingi
o'rinlarda mohiyat irodasi) va va Kurwille (tanlov irodasi) xohish-
irodalariga ega sub'ekt tushunchasiga tayanadi (subyektiv izoh).
Tyonnis tomonidan insonning irodasi ikki xil mazmun-mohiyatga
egaligi ta’kidlanadi: « 0 ‘z mazmun-mohiyatiga ko‘ra, insonga xos
bo‘lgan har qanday ruhiy faoliyat tafakkur ishtirokida amalga
oshganidek, o‘z navbatida, men o‘z tarkibiga tafakkurni qamrab olgan
iroda va o‘z tarkibiga irodani qamrab oluvchi tafakkurni o‘zaro ajratib
ko‘rsataman... Ko‘rsatib o‘tilgan birinchi holatni voqyelik va tabiiy
holat sifatida tushunish mumkin, ikkinchi holatni esa - ideal yoki
yaratilgan (gemachte - sun'iy) holat sifatida tavsiflash mumkin.
Birinchisiga ko‘ra inson irodasini mohiyat irodasi (Wesenwille)
ikkinchisiga
ko‘ra
esa
tanlov
irodasi
(Kurwille)
sifatida
ifodalayman».1
Tyonnisga ko‘ra, mohiyat irodasini simpatiya, odat, xotira kabilar
tashkil qiladi, (jumladan shunga mos ravishda jamoaviylikning uch
shakli: qon-qarindoshlik, qo‘ni-qo‘shnichilik, do‘stlik), boshqacha
aytganda inson yoki insonlar birligi tomonidan o‘ziga bevosita bog‘liq
holda qabul qilinuvchi bo‘lgan munosabatlarni qamrab oladi.
Tanlov irodasi o‘z tarkibiga fikrlash, ixtiyoriylik/tanlov, tasaw ur
(tushuncha) kabi shakllami qamrab oladi, va oldindan ko‘ra bilish va
anglash asosidagi ijtimoiy shakllami ifodalaydi. Tanlov irodasi - bu
«insonning kimligi va nimaga qodirligi hisoblanib, bu holat va ushbu
holatning o‘zgarishlari o‘ziga xos tafakkur tarziga bog‘liq holda
belgilanadi».
Tanlov irodasi va mohiyat irodasi volyuntaristik nuqtai nazardan
jamiyatlashuvning asoslarini yoritadi. Garchi, iroda va sotsial
strukturalami rasmiy ravishda uch tarkibiy qismga bo‘lib chiqilishi
zaruriyati munozarali bo‘lib, bu holat nazariy bilish uchun emas,
awalambor tizimlashtirish va simmetriya uchun xizmat qilgandek
tuyulsada,
zamonaviy
sotsiologiyada
ham
volyuntaristik
yondoshuvdan keng foydalanilganligini tan olish lozim. Qisqa qilib
1 Qarang. Теннис Ф, Общность и общество. - С П б., 2002. - С. 131.
£8 2
aytganda, «jamoa - bu mohiyatga irodasiga oid munosabatlar sub'ekti,
jamiyat esa - tanlov asosidagi iroda sub'ekti hisoblanadi».
Tyonnis tomonidan jamoa va jamiyat quyidagi keltirilgan «bir-
biri bilan o‘zaro bogiiqlikdagi va o‘zaro qarama-qarshi tushunchalar
jadvali» orqali tavsiflanadi1.
J a m o a (Gem einschaft)
J a m iy a t (Geselhchafl)
M ohiyat irodasi (W esenw illeG ‘
Tanlov irodasi (Kurwille)
0 ‘zlik (Selbst)
Shaxs (Person)
Egalik qilish (Besitz)
H olat (Verm ogen)
Y erga egalik (Grund und
Boden)
Pul (Geld)
O ilah u q u q i (Familienrecht
M ajburiyat huquqi
(Obligationenrecht)
Bu yerda ideal tiplar tavsifida feodal va burjuaziya tuzumlariga
oid jamiyatlaming turli xildagi sotsial strukturalarining tarixiy nuqtai
nazardan o‘zaro farqlanishlari o‘rin tutadi. Garchi, «jamoa» va
«jamiyat» tushunchalari ushbu ijtimoiy shakllami ifodalash uchun
yaratilmagan boisa-da, ulaming tarixdagi asl nusxalarini ilg‘ash qiyin
emas.
Jamoa va jamiyat sotsial strukturalari turli m a’nolarda bir-biri
bilan kesishishi ham mumkin. Ulami ideal tiplar sifatida tavsiflab, real
hayotda har doim aralash ko‘rinishda uchrashini qayd etib, Tyonnis
ulami analitik jihatdan ajratgan. Jamoa va jamiyat hamda ulaming
asosini tashkil qiluvchi mohiyat va tanlov irodalarining ijtimoiy
shakllari ayrim holatlarda tarixiy nuqtai nazardan qisman o‘zaro mos
keladi, ayrim holatda qisman birgalikda mavjudligi kuzatiladi va
shuningdek, ayrim holatlarda birgalikda mavjud bo‘ladi, ayrim
holatlarda esa bir-biriga qarama-qarshi turishi kuzatiladi. Jamoa va
jamiyat
tushunchalari
davrlaming
ketma-ketlikda
kelishi
va
yetakchilik qiluvchi tuzilmalaming o‘rin almashinishlari va yakuniy
holatda evolyutsion qarashlardan kelib chiqqan hoda keng koiam dagi
tasawurlar asosida shakllangan, ushbu tasawurlar doirasida jamoa -
bu hayotning boshlang‘ich integratsiyalovchi shakli sifatida o‘rin
1 И стория социологии: В 3 кн.: У чебник / П од ред. проф . В.И. Добренькова. - Кн. 1: И стория
Do'stlaringiz bilan baham: |