Jiyanmuratova G. S0TS10L0 I d I y



Download 11,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/101
Sana20.07.2022
Hajmi11,54 Mb.
#825335
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   101
Bog'liq
Jiyanmuratova G.Sh. Sotsiologiya tarixi. 2020

143


7.
«Omma psixologiyasi va inson «Men»ining tahlili» (1921).
8. 
«Men va U» (1923).
9.
«Bir illyuziya kelajagi» (1927).
10. «Madaniyatdagi behalovatlik» (1929).
11. «Moisey va monoteizm » (193 9).
Freyd hayoti davomida juda ko‘plab asarlar yozgan, uning 
tanlangan asarlari 24 jilddan iborat.
Jamoatchilik fikriga ko‘ra Freyd Kopemik va Eynshteyn bilan bir 
qatorda turadi, dunyo ilm-fanida buyuk aql egalaridan biri, inqilobchi- 
olimdir. Uning nazariy pozitsiyasiga bo‘lgan qiziqishlari doimo 
mavjud bo‘lgan. Sobiq ittifoqda 1920-yillarda Freydga nisbatan 
munosabat yaxshi edi, chunki materialistik prinsipga tayangan, deb 
hisoblanar edi. Shu sababli uning asosiy ishlari rus tiliga taijima 
qilingan. 1930-yillarga kelib esa Freydga bo igan munosabat o‘zgardi. 

irratsioanalizmda 
ayblandi, 
uning 
ishlari 
keng 
olamga 
yetkazilmaydigan taqiqlangan kitoblar indeksiga tushib qoldi.
U tibbiyot fanlari doktori, professor darajalariga erishgan. Klark 
uni vers itetining faxriy doktori, London Qirolligi jamiyatining xorijiy 
a’zosi, 
Gyote 
mukofoti 
sovrindori, 
Amerika 
psixoanalitik 
assotsiatsiyasi a’zosi, Fransiya psixoanalitik jamiyati a’zosi Britaniya 
psixoanalitik, jamiyati a’zosi boigan. Nafaqat psixoanaliz, balki 
olimning o‘zi haqida ham ko‘plab biografik asarlar nashr ettirilgan. 
Har yili u haqida boshqa bir psixologlardan ko‘ra ko‘proq asarlar 
nashr etiladi.
2. 
XX asming birinchi yarmi va o‘rtasida, keyin uning ikkinchi 
yarmida jahon sotsiologiyasi taraqqiyotini fandagi muhim yo‘nalish 
va usul - psixoanalizsiz tasavvur qilish qiyin. Shu bilan birga, 
odamning nevrotik holatlarini tashhislash va izohlashning klinik usuli 
sifatida sotsiologlami psixoanaliz unchalik ilhomlantirmaydi. Ammo 
bu haqda qisqacha so‘zlab o‘tish kerak. Bu yerda davolash uslubiyati 
haqida gap ketmoqda, unga ko‘ra, bemor o‘z hayoti tarixini, unda ro‘y 
bergan ilk voqyealar haqida erkin hikoya qilib beradi. Ruhiy 
kasalliklar shifokori esa bu hikoyada bemor nevrozining kelib chiqishi 
sabablarini axtaradi.
Sotsiologlarga kelsak, ular psixoanalizni fanning odam xulq- 
atvori haqidagi yo‘nalishi sifatida qabul qilishga intilishadi. 
Psixoanalizda biror shaxsning faoliyati, shaxs tuzilishi muammolari, 
onglilik va ongsizlik o‘rtasidagi bogianish va hokazolar, ya’ni,
144


sotsiologiya rivojiga sezilarli ta’sir ko‘rsatgan muammolar katta o‘rin 
egallaydi. 
Albatta, psixoanaliz tamoyillari ijtimoiy falsafada, 
madaniyatshunoslikda, tarixda, boshqa ijtimoiy va ijtimoiy-gumanitar 
fanlarda asta-sekin tarqalgan va qo‘llanganligini ham nazarda tutish 
lozim.
Zigmund Freyd psixoanaliz asoschisi hisoblanadi. Ilk marotaba u 
«psixoanaliz» tushunchasini 30 mart 1896 yil «Nevrologiya jumali»da 
chiqqan fransuz tilidagi nevrozlaming kelib chiqishi to‘g‘risidagi 
maqolasida ishlatgan.1
Ochig‘ini aytganda, Freyd hyech qachon sotsiolog bo‘lmagan. 
Biz u haqda sotsiologiya pozitsiyasidan shuning uchun ham 
gapirmoqdamizki, uning odamga, shaxsga, uning xatti-harakati, xulq- 
atvoriga bo'lgan qarashlarini bir qator omillar, shu jumladan, onglilik 
va ongsizlik tushunchalarini hisobga olgan holda izohlash mumkin 
(XX asming birinchi yarmidagi sotsiologiya fani uchun esa bu eng 
muhim muammolardan biri edi).
Ongsizlik Freydda alohida ahamiyatga ega, negaki uning fikricha, 
odamning xulq-atvori ko‘p jihatdan hayotining erta bosqichlarida 
shakllanadigan ongsiz mayllarga bog‘liqdir. Shu bilan birga, bolalik 
tajribasining katta qismi shaxsning xotirasida yo‘qolib ketadi, ammo 
shu tajribaning o‘zi shaxsning ongi va o‘zini anglashi shakllanadigan 
asosni tashkil etadi.
Freyd nazariyalariga xos boigan ijtimoiy ahamiyatga molik 
asosiy 
qoidalar 
quyidagicha. 
Sotsiologiyada 
psixoanaliz 
yo‘nalishining bosh muammosi - shaxs va jamiyat o'rtasida ziddiyat 
hamda kelishmovchilik mavjudligidir. Bu shuning uchun yuz beradiki, 
derdi Freyd, shaxs erkinligini cheklab qo‘yadigan ijtimoiy nazorat 
mavjud. Freydning o‘zi va uning tarafdorlari fikricha, zamonaviy 
sivilizatsiya, uning ma’naviy me'yorlari, taqiqlari, qattiq nazorati 
inson mayllarini, birinchi navbatda jinsiy maylini tiyib turadi va 
begonalashuv, qoniqmaslik, xulq-atvoming o‘zgarishiga, nevrozlarga 
va hokazolarga eltadi. Ammo bunday nazorat zarurligini Freyd to‘la 
inkor eta olmasdi, chunki uning maqsadga muvofiqligini va insonning 
instinktlarini jilovlash borasidagi ahamiyatini tushunar edi. Bunday 
“ikki xil” sharoitda u eng yaxshi chora sifatida ruhiy davolashni -
mavjud vaziyatga moslashish vositasini tan olardi.
1 Ф арфиев Б. А., Нуруллаева У.Н. Социология тарихи. Услубий кулланма. - Тош кент, 2009. - Б.
53
.
145


Avstriyalik olimning asarlarida shaxs va jamiyat o‘rtasidagi nizo 
chinakam fojiali 
mohiyatga ega bo‘lib, 
yaqqol 
ifodalangan 
konservativ xususiyatga ega boigan va jiddiy o ‘zgarishlarga uchrashi 
amrimahol bo‘lgan inson tabiati bilan bog'Iiqdir. To‘g‘ri, Freyd 
taxminicha, ayrim vaziyatlarda psixoanaliz usuli qo‘llansa va shaxsni 
ijtimoiylashtirish jarayoni yaxshi tashkil etilsa, odam tabiatini 
o‘zgartirish mumkin. Ammo bu kabi istiqbollar unchalik barqaror 
emas, va odamning jinsiy hamda tajovuzkorlik instinktlari aql-idrok 
ulami boshqaradigan darajada qoniqishi dargumon. Bu esa shuni 
anglatadiki, bunday instinktlaming ro‘yobga chiqish xavfi ham odam 
uchun, ham jamiyat uchun doimo saqlanib qolaveradi.
Psixoanaliz ta’limotiga ko‘ra, nafaqat tashqi, balki ichki kuchlar 
ham odamlar xulq-atvorini belgilaydi. Ichki kuchlar esa ongli va 
ongsiz bo‘lishi mumkin. Bu qonuniyatda esa, XX asming birinchi 
yarmi - o‘rtasida sotsiologiya rivojida katta rol o‘ynagan Freyd 
ta’limotining eng muhim tarkibiy qismi aks etgan. Avstriyalik 
olimning xizmati shundaki, u odamlaming ongsiz mayllariga katta 
e'tibor berib, xatti-harakatlaming ongsiz yuz bemvchi sabablari 
borligini asoslab berdi.
Psixoanalizning markaziy g‘oyasi - inson hayotida asosan jinsiy 
tusdagi ongsiz impulslaming yetakchilik qilishi haqidagi taxminga 
asoslangan. Buning ustiga, Freydga ko‘ra, jinsiy ziddiyatlami hal etish 
muammosi nafaqat har bir odamning shaxsan kamol topishida, balki 
tarixiy taraqqiyotda ham hal qiluvchi ahamiyatga ega.
Freyd odamning xulq-atvorini boshqaruvchi ikki instinktni 
farqlagan: o‘z jonini saqlash va jinsiy instinktlar (libido). Ongsizlikni 
u libido, ya’ni lazzatlanish tamoyilidan o‘zga narsani bilmagan ko‘r- 
ko‘rona instinkt quwati bilan to‘lib toshgan doira, deb talqin qilgan. 
Bu quw at portlab chiqqanida odam lazzatlanadi. Ammo bu borada 
Freydning ijtimoiy nuqtai nazari haddan tashqari qat'iy va shuning 
uchun ham cheklangan edi.
0 ‘z jonini saqlash instinktiga kelsak, u Freydning ikki instinkt -
hayot (EROS) va o iim (TANATOS) ning qarshi kurashi haqidagi 
ta’limotida o‘z ifodasini topdi. Bu kurash jamiyat tabiatini, faoliyatini, 
rivojlanishini, nizolami belgilaydi.1
1 Зборовский Г.Е. И стория социологии: современный этап: учеб, длж вузов. 2 -е изд., испр. и доп.
- Сургут [и ар.]: РИО СурГПУ, 2015. - С. 77.
146


Ongsizlik - ichki psixik jarayonlar boiib, ong nazoratidan xoli 
kechadi. Yosh bolalarda bu holat tashqi namoyon boiadi, keyin esa 
ijtimoiylashuv natijasida u ong ostiga o‘tadi. Natijada ongsizlik 
psixikaning eng tubiga tushib qoladi va o‘zining yashirin hayotini 
kechiradi. U inson hayotiy faoliyatining barcha ko‘rinishlari va 
shakllariga kirib boradi, uning oddiy harakatlaridan tortib to ilmiy- 
badiiy ijodini ham qamrab oladi. Ongsizlik - inson ruhining mental, 
qadriyatli 
va 
me'yoriy 
strukturalarini 
shakllantiruvchi 
psixoantropologik asosdir. U nafaqat ijodda ilhom beruvchi, yoki 
oddiy tush ko‘rinishida, balki atrof-muhitga xavfli asoslanmagan 
deviatsiya, jinoyat shaklida ham namoyon boiishi mumkin. Bu 
strukturalar qanchalik bir-biriga zid kelsada, ular bor, xuddi nihol yer 
tubidagi ildizning mavjudligi uchungina ko‘karganidek. Agar sotsial 
xulq-atvor o‘zida ongsizlikni his qilmaganida edi, har qanday 
harakatni ratsional tarzda tushunish, “inson-mashina”ning avtomatik 
xulq-atvorini bemalol bashorat qilish mumkin b o ia r edi. Ongsizlik 
inson xulqini murakkablashtiradi, uni oldindan aytib berish imkonini 
yo‘qqa chiqaradi. Psixik hayotning onglilik va ongsizlikka boiinishi -
inson borligining eng fojiali jihati hisoblanadi. Zero, u haqiqiy fojia 
va ofatlarga olib kelishi mumkin.
Ongsizlikning me’yoriy jihatda namoyon boiishini ko‘rib 
chiqilsa, uning to‘rtta turini farqlash mumkin:
1) axloqiy boimagan, ya’ni axloqiy jihatdan baholash mumkin 
boimagan;
2) axloqiy jihatdan baholash mumkin, 
lekin odob-axloq 
doirasidan chetga chiqmaydigan;
3) odob-axloq qoidalarini buzuvchi ( nojo‘ya ish, nuqson);
4) huquq me'yorlarini buzuvchi (jinoyat).1
Freydning psixoanalitik konsepsiyasi jinoyatning motivatsion 
negizlarini kriminologik-psixologik tahlil etish amaliyotida muhim 
ahamiyat kasb etdi. Unga ko‘ra:
l) 
normativ yoki anormativ, kriminal xulq-atvoming insonning 
o‘ziga ham ayon boigan motivlari negizida bundanda chuqur boigan 
motivlar va yana, yana cheksizlikkacha boigan motivlar mavjud 
boiadi;
1 Бачинин В. А., Сандулов Ю. А. И стория западной социологии: Учебник. - СПб.: И здательство 
«Лань», 2002. - С. 252.
147


2) jinoyatga olib kelgan biz uchun aniq bo‘lgan sabab uni amalga 
oshirishga majbur qilgan sabablardan ancha farq qiladi;

Download 11,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish