Jiyanmuratova G. S0TS10L0 I d I y


) jinoyat jinoyatchi anglab yetmagan batamom ongsiz psixik  ustanovkalar bilan shartlangan bo‘lishi mumkin; 4)



Download 11,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/101
Sana20.07.2022
Hajmi11,54 Mb.
#825335
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   101
Bog'liq
Jiyanmuratova G.Sh. Sotsiologiya tarixi. 2020

3)
jinoyat jinoyatchi anglab yetmagan batamom ongsiz psixik 
ustanovkalar bilan shartlangan bo‘lishi mumkin;
4)
jinoyatchi o ‘zi mustaqil holda yoki psixoanalitik ko‘magida 
o‘zini jinoyatga majburlagan ongsiz ustanovkalaming mohiyati va 
mazmunini tushunib yetishi mumkin;
5)
sotsial xulq-atvor motivlarini aniqlashda psixikaning ongsiz 
tubiga kirib borishning oxiri yo‘q, ya’ni birlamchi “nuqta”ga yetib 
bo‘lmaydi, 
chunki 
ongsizlikning 
tubsizligi 
transsendental* 
voqyelikning metafizik cheksizligiga 
0
‘tadi
.1
3. 
Freyd ongsizlik bilan 
m e 'y o r i y l i k
o‘rtasidagi ziddiyatlami 
pasaytiruvchi ikkita asosiy vositani ko‘rsatadi. Birinchisi -
sublimatsiya, ya’ni qondirilmagan maylni nojinsiy maqsadlarga 
yo‘naltirish. Mazkur konsepsiyaga muvofiq bostirilgan jinsiy istaklar 
tansformatsiyalashib 
adabiyot, 
san'at 
va 
boshqa 
sohalarga 
yo‘naltirilishi mumkin. Ikkinchisi esa - maxsus ishlab chiqilgan 
psixoanaliz metodi.
Freydning 1920-yilgacha yozilgan asarlarida nevrozlar ongsiz 
ravishdagi «lazzatlanish tamoyili» va ongli holdagi o‘zini himoyalash 
hissi o‘rtasidagi ziddiyat tufayli kelib chiqadi deyilgan. «Men v aU »
asarida Freyd inson psixikasida uch tarkibiy komponentni ajratadi -— 
U (Id), Men (Ego) va Oliy Men (Superego). «U» ongsiz mayl, 
qiziqish, mayllami o‘z ichiga oladi. «Men», aksincha voqyelik 
tamoyilidir. 
«Superego» 
esa 
insonning 
sotsial 
me'yorlami 
o‘zlashtirishi natijasida paydo bo‘ladi. Mazkur sotsial me'yorlar ham 
inson psixikasida ongsiz darajaga o‘tib, vijdon va aybdorlik kabi 
tuyg‘ulaming kelib chiqishiga olib keladi.2
Uning fikricha, ong u qadar muhim hisoblanmagan begona 
fikrlami ular tadqiqotchining diqqat markaziga tushgunga qadar olib 
tashlaydi. Ammo tadqiqotchi uchun ruhiy jarayonni o‘rganishda aynan 
shu fikrlar muhim ahamiyat kasb etishi mumkin. Freyd shuning uchun 
erkin assotsiatsiyalar usulidan foydalandi. Taxminan 10 000 ta
* Transsedental (lot. transcendere - ustuvorlik) felsafada barcha kategoriya va umum iy tushvmchalardan 
ustunlik qiluvchi ma'nosida q o ‘llaniladi.
1 Бачинин В. А., Сандулов Ю. А. История западной социологии: Учебник. - СПб.: Издательство 
«Лань», 2002. - С. 254.
2 Фарфиев Б.А., Нуруллаева У.Н. С оциология тарихи. Услуьий кулланма. - Тош кент, 2009. - Б.
54.
148


so‘zdan iborat suhbat ko‘rinishidagi psixoanalitik muolaja mijoz ichki 
hayotining alohida jihatlarini yoritib beradi, anglanganlik va 
anglanmaganlik holatlarini yuzaga chiqaradi. Bunda bemorlar 
o‘zlarini bo‘sh qo‘yib, hayollariga nima kelsa, o‘shani aytishlari kerak 
boigan. Freyd fikricha birinchi, tasodifiy fikr tadqiqotchi uchun 
aynan kerak bo‘lib, u xotiralaming yoddan ko‘tarilgan davomi 
hisoblanadi. Ong ostiga haydalgan asosiy voqyea-hodisa ong ustiga 
chiqadi, natijada masala oydinlashadi, psixikaga og‘riqli ta’sir kuchi 
ma’lum miqdorda pasayadi. Natijada uning destruktiv, patogen 
kuchini batamom yo‘q qilish imkoniyati paydo bo‘ladi.
Freyd insonlar o‘zlaridagi asosan ikki asosiy mayl - jinsiy va 
tajovuzkorlik (agressiya) mayllarini bostirishga majbur bo‘lishlaridan 
aziyat chekishlarini ta ’kidlaydi. Unga ko‘ra, sotsial me'yorlar 
diktaturasi boshqa diktaturalar kabi og‘ir psixologik jarohatlarga olib 
kelishi mumkin. Qondirilmagan jinsiy may liar yoki nevrozga, yoki 
frustratsiyaga olib keladiki, bunda inson o‘zi anglamagan holda tabiiy 
impulslarini 
amalga oshirishga to‘sqinlik qilayotgan jamiyat 
despotizmi, huquqiy va axloqiy me'yorlarga nisbatan nafrat bilan 
qaray boshlaydi. Agressiv mayllami so‘ndirish esa ayb va qo'rquv 
hislariga olib keladi. Shuning uchun psixoanalizning vazifasi -
m ijozga xohish-istak bilan taqiq o ‘rtasidagi o g ‘riqli ziddiyatni 
yechishga yordam berishdan iborat.
Freyd o‘z amaliyotidagi tipik voqyeani keltiradi. Uning qabuliga 
kuchli nevroz alomatlariga ega qiz keladi. Davolash davomida 
ma’lum bir holat aniqlanadi. Ma’lum bo‘ladiki, qiz o‘z opasining 
eriga nisbatan aniq simpatiyani sezadi. Qiz qaergadir ketganida opasi 
vafot etadi, lekin qiz buni bilmaydi. Qaytib kelganidan so‘ng bu 
hodisani eshitib u o ‘zida “endi u erkin va menga uylanishi mumkin”, 
degan fikrga keladi. U darhol bu bu fikmi unutishga harakat qiladi. 
Uning mayli axloqiy me'yorlar ta’sirida siqib chiqariladi, lekin yo‘q 
bo‘lib ketmaydi. So‘ndirilgan mayl ongning tubida yashirinib yotadi, 
va o‘zini nevroz orqali namoyon qiladi. 0 ‘z kasalligining sababini 
bilmagan qiz shifokorga murojaat qiladi. Psixoanalitik usul uni 
hammasini eslashga, o‘z holatining asosiy sababini tushunishga 
majbur qiladi, natijada qiz kasallikdan forig1 bo'ladi. Psixoanalizning 
ilmiyligi va amaliy ta’siri uning ongsizlik va insonning sotsial xulq-
149


atvori o‘rtasida haqiqiy sababiy bog‘liqliklami aniqlash hususiyati 
bilan belgilanadi,1
0 ‘z konsepsiyasida jinsiy maylga ko‘proq urg‘u bergan Freyd bu 
ehtiyojni inson bolaligidanoq his qilishini ta’kidlaydi. A w aliga u 
tashqi ob'ektlami qamrab olmaydi, ya’ni bolaning o‘ziga yo‘nalgan 
boiadi. Freyd buni “narsissizm” deb ataydi. Ikkinchi fazasida esa 
bolaning o‘z ota-onasiga yo‘naltiriladi. Bunda o‘g ‘il farzand onasiga 
mayl his qilib, otasiga raqib sifatida qaray boshlaydi. Freyd buni 
“Edip kompleksi” deydi. Qizlarda esa xuddi shunga o‘xshash holat, 
ya’ni otasiga b oigan mayl onaga raqib sifatida qarashga sabab 
boiadi, buni “Elektra kompleksi” deb ataydi. Bu barchada 
insonlaming ong ostida mavjud boiadi, uning taqdiriga ta’sir 
ko‘rsatadi. Normal sharoitlarda ijtimoiylashgan o‘g ‘il, odatda boshqa 
ayollarga e'tibor qarata boshlaydi, otaning xulq-atvoridan o ‘mak olib, 
unga nisbatan raqiblik hissidan xalos boiadi.
Freydning sotsiologiya rivojiga ta’sir ko‘rsatgan g‘oyalari haqida 
so‘zlay turib, odamning ongi (hatto ongsizligi) va nutqi o‘rtasidagi 
aloqa masalasiga to ‘xtalmaslik mumkin emas. Olim ta’kidlashicha, 
nutqdagi ko‘pgina xatoliklar, so‘zlaming noto‘g‘ri talaffuz qilinishi 
yoki joylashuvi tasodifan boim ay, balki odamning g‘ayrishuuridan, 
so‘z va xatti-harakatlar o'rtasidagi ichki kelishmovchilikdan kelib 
chiqadi. Yanglish aytilgan so‘zlar kulgili, qayg‘uli, og‘ir, ammo 
odatda tamomila kutilmagan boiishi mumkin. Shu bilan birga, 
ko‘pincha ularda inson ruhiyati tubida yashiringan his-tuyg‘ular 
ifodalanadi. Mana Freyd keltirgan misollardan biri. Nemis ayoldan 
so‘rashibdi: “0 ‘giingiz qaysi polkda xizmat qiladi?”. Ayol javoban 
debdi: “42-qotillar polkida”. Aslida esa u “42-minomyotchilar 
polkida” demoqchi b oigan (nemischada minomyot - morser, qotil esa 
morder degani). Freyd ushbu usulni (erkin assotsiatsiyalar) odamning 
tiyilgan mayllari bilan bogiiq ba’zi xatti-harakatlarini o‘rganish 
uchun qoilashni taklif qilardi. Biz: freydcha yanglish so‘z, Freydga 
ko‘ra yanglish so‘z aytish, deb gapirishimiz bejiz emas. Bunday nutq 
ko‘rinishlari 
keyinchalik 
sotsiologlar 
tomonidan 
ramziy 
interaksionizm, etnometodologiya va boshqa konsepsiyalar doirasida
1 Бачинин В. А., С аяд улов Ю. А. История западной социологии: Учебник. - СПб.: И здательство 
«Лань», 2002. - С 249.
150


(masalan, E.Gofmanning “So‘zlashuv shakllari” kitobida) faol tadqiq 
etila boshlandi.1
1900-yilda u o‘zining ilk mustaqil asari «Tushlar ta’biri»ni 
chiqaradi. Mazkur asar bemorning tushlarini o‘rganish orqali nevroz 
holatini tahlil qilishga bag‘ishlangan.
Freyd tushlar orqali jadal psixik hayot ochiladi, deb o‘ylagan. 
Tushlar tahlili undagi har bir tushda mavjud bo'lgan yashirin ma’no 
va anglanmagan haqiqatni ochib berishdan iboratdir. U qanchalik 
chigai boisa, u shunchalik ko‘p ma’no anglatadi. Mazkur hodisa 
psixoanaliz tilida “qarshiliklar” deb ataladi. Qarshiliklar, ya’ni 
to'siqlar vositasida ongsizlik o‘zini himoyalaydi. Qarshiliklar 
ongsizlikni tushunarsiz, xavotirli fikrlami esa shaklan o ‘zgartirish 
(deformatsiya) orqali ongli dunyodan ajratadi. Tushlar yashirin istak 
va xohishlami turli belgilar orqali namoyon qiladi. Bolalaming 
tushlarida uning haqiqiy va yashirin mohiyati o‘rtasidagi farq deyarli 
boimaydi.
Freydning «Tushlar ta’biri» asari tush inson hayotining davomi 
ekanini isbotlaydi. Uning mazkur asardagi bosh fikri quyidagidan 
iborat: tush tashqi tomondan tushunarsiz va undagi voqyealar o‘zaro 
bog‘lanmagan bo‘lgani uchun ko‘pincha g‘alati va hatto fantastik, deb 
baholanadi, ammo aslida u faqatgina psixoanaliz vositasida 
aniqlanadigan muhim ma’noga ega.
Freyd yaqinlari, do‘stlari, bemorlari va o‘zining tushlarini tadqiq 
etish natijasida tushlar ko‘pincha, kun davomida inson boshdan 
o‘tkazgan voqea va hodisalar asosida bo'ladi degan xulosaga kelgan. 
U tush elementlari inson tajribasi mahsuli bo‘lib, uning ongsizligiga 
tushirilganini isbotlaydi. Mazkur elementlar orasida u Edip 
kompleksini bolalar hayotida muhim o‘rin tutishini ko‘rsatgan. Edip 
kompleksi bolalaming qarama-qarshi jins vakillariga intilishi va o ‘z 
jinsidagilardan qo‘rqishi bilan xarakterlanadi. Hayotda u psixik 
ziddiyatlarda namoyon bo‘ladi. U tushlarda bolaning o‘z ota-onasiga 
o‘lim tilashida ko‘rinishi mumkin.2
4. 
Freydning psixoanaliz g‘oyasiga qo‘shilib, sotsiologiya rivojiga 
katta ta’sir ko‘rsatgan izdoshlari ko‘p edi. Bu avstriyalik ruhshunos
1 Зборовский Г.Е. И стория социологии: современный этап: учеб для вузов. 2-е изд., испр. и доп. 
- С ургут [и др.]: РИО СурГП У, 2015. - С. 77.
2 Ф арфиев Б.А., Нуруллаева У.Н. С оциология тарихи. Услубий кулланма. - Тош кент, 2009. - Б.
54-55.
151


A.Adler, 
shveytsariyalik 
psixoanalitik 
va 
sotsiolog K.Yung, 
Germaniya (keyin AQSh) fani vakilasi, shifokor va ?,otsiolog K.Xomi, 
amerik'alik 
ruhshunos 
G.Salliven, 
nemis-avnerika 
faylasufi, 
psixoanalitik va sotsiolog E.Fromm va boshqalarriir.
Sotsiologiyada psixoanaliz yo‘nalishi v\ijudga kelib, u ikki 
oqimga bo‘lindi: erkin-radikal va 

Download 11,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish