Jiyanmuratova G. S0TS10L0 I d I y


Taqlid - подражание - imitation



Download 11,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/101
Sana20.07.2022
Hajmi11,54 Mb.
#825335
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   101
Bog'liq
Jiyanmuratova G.Sh. Sotsiologiya tarixi. 2020

Taqlid - подражание - imitation 
— namunaga amal qilish, 
ijtimoiylashuv mexanizmi.
Taqlid nazariyasi — теория подражания - theory of the
imitation 
- G.Tard asos solgan, elementar sotsial munosabatlami 
e’tiqod va hohishni birovga o‘tkazish jarayoni, deb hisoblashga 
asoslangan nazariya.
140


Z. FREYD VA UNING PSIXOANALITIK (RUHIY TAHLIL)
SOTSIOLOGIY ASI
Reja:
1. Zigmund Freydning hayoti va ijodi
2. Psixoanalizning mazmun-mohiyati
3.
Erkin assotsiatsiyalar ususli va tushlar ta’biri
4.
Ruhiy tahlil yo‘nalishidagi konservativ oqim
5. XX asr neofreydizmi
1. 
XIX asr oxiri va XX asr boshlarida Germaniya sotsiologiya 
ilmida yana bir yetakchi shaxslardan biri Zigmund Freyd o'zining 
ulkan ishlari bilan dunyoga tanildi. U sotsiolog bo‘lmasada, ko‘plab 
mashhur sotsiologlaming (masalan, Talkott Parsons va Norbert Elias) 
ijodiga o‘zining ulkan hissasini qo‘shgan, va uning ijodi bugungi 
kunda 
ham 
sotsiologiya 
nazariyotchilari 
uchun dolzarbligini 
yo‘qotmagan.
Zigmund Freyd 1856-yil 6-mayda Avstro-Vengriyaning Frayberg 
shahrida tavallud topgan,
Buyuk olimning to ‘liq ismi Sigizmund Shlomo Freyd. U Yakob 
Freyd va Amaliya Natanson oilasida dunyoga kelgan. «Mening 
hayotim va psixoanaliz» maqolasida Zigmund Freyd shunday yozgan: 
«Men 
6-may 
1856-yilda 
Freyburgda 
Moraviyada, 
hozirgi 
Chexoslavakiyadagi kichik shaharchada tug‘ilganman. Mening ota- 
onam yahudiy va mening o‘zim ham yahudiyman. Otam tarafidan 
bo‘lgan qarindoshlarim haqida shuni bilamanki, ular Reyn yerlari, 
ya’ni Kyolnda yashashgan. XIV yoki XV asrlarda yahudiylaming 
navbatdagi ta’qib qilinishi tufayli oila Sharqqa ko‘chib o‘tgan va XIX 
asr mobaynida Litvadan Galitsiya orqali nemis tilda so‘zlashuvchilar 
yerlariga, Avstriyaga kelishgan»1.
Yakob Freyd 1815-yil Galitsiyadagi Tismenitsya shaharchasida 
tug‘ilgan va u yerda hayotining ilk 25 yilini o‘tkazgan. U o‘sha yerda 
uylanib, Freydning ikki akasi - Emmanuel va Filipp tug‘ilishgan. 
Amaliya Natanson esa Ukrainada Broda shahrida dunyoga kelgan, 
ammo Odessada yashagan.
1 Ф арфиев Б. А., Нуруллаева У.Н. С оциология тарихи. Услубий кулланма. - Тогакент, 2009. — Б.
51.
141


1859-yilda uning oila a ’zolari Vena shahriga ko‘chib ketishadi va 
1873-yili Freyd Vena universiteti qoshidagi tibbiyot maktabiga 
o‘qishga kiradi. Ammo Freydni tibbiyot sohasiga qaraganda ilm-fan 
ko‘proq qiziqtirardi va u fiziologiya laboratoriyasida ishlay 
boshlaydi1.
1876-yil 
martida Freyd o'qishdagi 
muvaffaqiyati 
uchun 
stipendiyaga erishadi va bu unga Triestdagi laboratoriyada ishlash 
imkonini bergan. Mazkur laboratoriyani tashkil etgan professor Karl 
Klaus Freydga o‘z tadqiqotlarida ishtirok etish imkonini beradi.
Universitetni bitirgach, 1882-yili laboratoriyada ishlashni ham 
yakunlaydi, 
kasalxonada 
ishlay 
boshlaydi, 
asab 
kasalliklari 
mutaxassisligi bo‘yicha xususiy tibbiy amaliyot bilan shug‘ullana 
boshlaydi.
Avvaliga Freyd tutqanoq sifatida m a’lum bo‘lgan nevroz 
ko‘rinishlaridan birini o‘rganishga harakat qilib, gipnoz usulidan 
foydalanadi. U buni 1885-yili Parijda Jan Martin Sharkodan 
o‘rganadi. Keyinchalik o‘z do‘sti venalik vrach Yozef Breyer 
boshchiligida tutqanoq alomatlarini yo‘qota olgan davolash yo‘l- 
yo‘riqlarini o‘rganadi (bemor kassallikning ilk alomatlari paydo bo‘la 
boshlagan vaziyatlami suhbatda gapirib bergan). 1886-yil 13- 
sentyabrida Freyd Marta Bemeyga uylanadi (ulaming oltita farzandi 
bo‘lgan).
1895-yilda Freyd Breyer bilan birgalikda tutqanoq singari nevroz 
kasalliklari sababi psixologik (u davrlarda fiziologik deb hisoblangan) 
xususiyatga ega; ulami davolashga kasallikning kelib chiqishi sabalari 
to‘g‘risidagi suhbat muolajasini ham kiritish lozimligi kabi inqilobiy 
xulosalar 
bergan 
kitob 
nashr 
qilishgan. 
Shunday 
qilib, 
psoxoanalizning amaliy va nazariy sohalari kashf etildi. Freyd 
nevrozlar asosida jinsiy omillar, yanada kengroq oladigan bo‘lsak, 
libido turishi to‘g‘risidagi qarorga keladi va mustaqil yo‘ldan ketadi. 
Keyingi bir necha yillar davomida Freyd o‘zining terapevtik usullarini 
takomillashtirdi va o‘zining yangi g‘oyalariga asoslangan juda ko‘plab 
kitoblar yaratdi.
1902-yilga kelib, Freyd yoniga bir nechta shogirdlarini to‘plab, 
har hafta uyida yig‘inlar olib bordi. 1903-1904-yillarda boshqa olimlar 
(masalan, Karl Yung) Freydning g‘oyalaridan o‘zlarining psixiatriya
1 George Ritzer. Sociological Theory. Eighth Edition. Me Graw-Hill. 2010. - P. 33.
142


faoliyatlarida foydalana boshlashdi. 1908-yilda birinchi Psixoanalitik 
kongress tashkil etildi va bir yildan so‘ng esa psixoanalitik bilimlami 
targ‘ib qilish uchun davriy jum al tashkil etildi. U paydo bo‘lgandan 
keyin qisqa vaqt ichida Freyd Yung va boshqa shogirdlarining 
ayrimlari bilan aloqalarini uzdi, va psixoanalizda yangi soha 
shakllandi. Bu olimlar o‘z g‘oyalarini rivojlantirish uchun ajralib 
chiqdilar va o‘z guruhlarini tashkil etdilar. Birinchi Jahon urushi 
psixoanaliz bo‘yicha mutaxassislar ishi taraqqiy etishiga birmuncha 
to‘sqinlik qildi, ammo u XX asming 20-yillariga kelib kengaydi va 
sezilarli darajada rivojlandi. Natsizm taraqqiy etgandan keyin 
psixoanaliz markazi Qo‘shma Shtatlarga ko‘chib o‘tdi va ayni paytda 
ham o‘sha yerda faoliyat ko‘rsatmoqda. Freyd 1938-yilgacha natsizm 
hokimiyatni egallagungacha yahudiy bo‘lishiga va natsistlar 1933- 
yildayoq uning kitoblarini yoqib tashlagan bo‘lishiga qaramay Venani 
tark etmadi. 1938-yil 4-iyunda prezident Ruzvelt sa’y-harakati bilan 
badal to‘lash evaziga Zigmund Freyd Venadan chiqib ketgan1.
Uning qizi Annani hibsga olishadi, Freydni esa gestapoda so‘roq 
qilishadi. Germaniyani tark etish uchun 4000 dollar to‘lashga majbur 
bo‘lgan. Freydning ikki opasi esa konsentratsion lagerga jo ‘natilib, 
1942-yil o‘sha yerda vafot etishgan.
1923-yildan boshlab Freyd jag ‘ saratonidan aziyat cheka 
boshlagan va 1939-yil 23-sentyabrda Londonda vafot etgan. Chekish 
oqibatida kelib saratondan aziyat chekkan olim davolovchi shifokori 
va do‘sti Maks Shurdan evtanaziyani amalga oshirishni so‘ragan. 
Evtanaziya, ya’ni bemoming hohishiga ko‘ra uni og‘riqlardan forig‘ 
qilish uchun abadiy uxlatish g‘oyasi o‘sha kezlarda juda mashhur 
bo‘lgan. Freyd venasidan katta miqdordagi morfiy moddasining 
yuborilishi oqibatida olamdan ko‘z yumgan2.
Zigmund Freydning asosiy asarlari:
1. 
«Tushlar ta’biri» (1900).
2. 
«Kundalik hayot psixopatologiyasi» (1901).
3. 
«Leonardo da Vinchining erta xotiralaridan biri» (1910).
4. 
«Тotem va tabu» (1913).
5. 
«Psixoanalizning o‘tkazilishi bo‘yicha m'ruzalar» (1916- 
1917).
6. 
«Lazzatlanish tamoyilining boshqa bir tomoni» (1920);
1 G eorge Ritzer. Sociological Theory. E ighth Edition. M e G raw -H ill 2010. - P. 33.
2
0 ‘sha joyda.

Download 11,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish