Jiyanmuratova G. S0TS10L0 I d I y


)  irqlami aralashtirish zararlidir.1



Download 11,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/101
Sana20.07.2022
Hajmi11,54 Mb.
#825335
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   101
Bog'liq
Jiyanmuratova G.Sh. Sotsiologiya tarixi. 2020

4) 
irqlami aralashtirish zararlidir.1
Ushbu tezislaming hammasini XIX asrda ilk marotabi 
kengaytirilgan shaklda fransuz faylasufi, yozuvchisi va diplomati 
Artyur de Gobino (1816-1882) o‘zining to ‘rt jildlik «Inson irqining 
teng emasligi haqidagi tajriba» asarida bayon etgan. Gobino sotsial 
institutlar irqlaming hayot faoliyatini belgilamasligini, balki, aksincha, 
irq sotsial institutlami belgilashini isbotlashga urindi.
Gobino aynan irq sohasida sivilizatsiyaning so‘nishi yoki yolq 
bo‘lib ketishi muammosi yechimini tpishga harakat qilgan.
1
Qarang: Зборовский Г.Е. И стория социологии: классический этап: учебник для вузов. 2 -е изд. 
нспр. и доп
- Сургут и [др.]: РИО СурГПУ, 2014 - С. 44
112


Pessimist sifatida, u barcha sivilizatsiyalaming, xususan, yevropa 
sivilizatsiyasining ham halokati muqarrar ekanligini qayd etgan. 
Irqlaming qo‘shilishi («oq» irqning majburiy ishtirokida) ilk davrlarda 
sivilizatsiyani rivojlantirish omili bo‘lgan bo‘lsa, keyinchalik uning 
yo‘q b o iib ketishiga olib boradi. Bu yerda tavtologiyani kuzatish 
mumkin. Bundan Gobinoni sivilizatsiyaning «yashab qolishi» emas, 
balki irqning «yashab qolishi» qiziqtirganligini ko'rish mumkin 
boiadi, chunki u aynan irqni sotsial-tarixiy jarayon subyekti sifatida 
olib qaragan.
Irqchilik Gobinoning elita nazariyasining davomidir. U sotsial 
tenglikning barcha shakllariga qarshi bo iib , «haqiqiy» ierarxiya va bu 
ierarxiya ichidagi «haqiqiy» elitani kashf etmoqchi boidi. Irqiy 
ierarxiyani Gobino uch pog‘onali narvon sifatida ko‘radi: yuqori 
pog‘onada «oq» irq, o‘rta pog‘onada «sariq» irq, quyi pog‘onada esa 
«qora» irq joylashgan boiadi.
Gobino «oq» irqning ustuvorligini ta’kidlab, bu irq go‘yoki 
hamma sivilizatsiyani yaratish va rivojlantirishda bosh rolni o‘ynashi 
kerak. Yana Gobino fikricha «oq» irqning ichida ham o‘ziga xos 
ierarxiya boiib, uning cho‘qqisida «oq suyak»lar joylashgan boiadi.
Boshqa bir irqiy taiim otni ingliz olimi (kelib chiqishi nemis) 
Xauston Styuart Chemberlen (1855-1927) ishlab chiqqan. Uning 
asosiy asari - «XIX asr asoslari» (1899) boiib, u Germaniyada bir 
necha bor nashr etildi.
Chemberlenning fikricha, yevropa tarixining eng buyuk y utugi -
bu 
«Tevton» 
madaniyatining 
yaratilishi 
b o iib , 

mavjud 
madaniyatlaming eng yuqori cho‘qqisidir. «Tevton» irqi «oq suyak» 
irqining merosxo‘ridir.
Chemberlen german fashizmining g‘ayriinsoniy afsonalarini 
yaratishga 
o ‘zining 
«ahamiyatli 
hissasi»ni
qo‘shdi. 
Natsizm 
nazariyotchilari unga «Xalq mutafakkiri» degan unvon berganliklari 
bekorga emas. Irqiy-antropologizmning yana bir ko‘rinishi sifatida 
antroposotsiologiya deb ataluvchi yo‘nalish mavjud boidi. Bu 
yo‘nalishning asosiy vakillari fransuz antropologi Jorj Vashe de 
Lyapuj (1854-1936) va nemis antropologi Otto Ammon (1842-1916) 
hisoblanadi.
Lyapuj Gobinoni irqiy antropologiyaning asoschisi deb hisoblab
Chemberlenni esa «karikaturist» sifatida ta ’riflaydi. Lyapujning 
asarlari antropometrik ma’lumotlar, ayniqsa bosh ko‘rsatkichlarining
113


qiyosiy statistik tahlilini* 
sharhlashga asoslangan. 
Uningcha, 
antroposotsiologiyaning tadqiqot predmeti sifatida irq va sotsial 
muhitning o‘zaro ta’siri namoyon bo‘ladi. Lyapuj sotsial darvinizm 
ta’siri ostida o‘z ta ’limotiga sotsial tanlov tushunchasini qo‘llaydi. 
Sotsial tanlovning oltita asosiy shaklini ajratib ko‘rsatadi: harbiy; 
siyosiy; diniy; axloqiy; huquqiy; iqtisodiy.1
Bu shakllaming barchasi ijtimoiy taraqqiyotga halokatli ta ’sir 
ko‘rsatib, uning natijasida «qimmatli» irqiy tur - oq-malla dolixotsefal 
(boshicho‘ziqlik) kamayib ketayapti, hatto umuman yo‘q bo‘lib 
ketishi mumkin. Lyapuj fikriga ko‘ra, tarixiy davrlardan buyon bosh 
ko‘rsatkichi o‘sib borish tendensiyasi kuzatilmoqda.
Bu antropologda biz inson bosh miya ko‘rsatkichi hajmi va uni 
sinfiy tabaqasi o‘rtasidagi universal aloqa haqidagi «qonuni»ni 
ko‘rishimiz mumkin. Boshqa bir «qonuni»da u inson bosh 
ko‘rsatkichlari bilan uning sinfiy mansubligi o‘rtasidagi universal 
aloqani topishga harakat qiladi.
Xuddi shunday tezisni antroposotsiologik maktabning yana bir 
vakili Otto Ammonda ham uchratish mumkin. Ammon rekrutlar va 
talabalar o‘rtasida bir qator antropometrik tadqiqotlar o‘tkazadi. 
0 ‘zining «Ijtimoiy tartib va uning tabiiy asoslari» (1895) asarida u 
sotsial institutlami tahlil qilishda sotsial darvinizm va irqchilik 
tamoyillarini birlashtirishga harakat qiladi.
Antroposotsiologlar ta’limotlarining soxtaligi ular o‘zining 
mavjudligi 
bilan 
antproposotsiologiya 
«qonunlari»ni 
puchga 
chiqaruvchi buyuk insonlar - braxitsefallarni soxta braxitsefallarga 
kiritishga majbur bo‘lganliklarida ayon bo‘lib qoladi.
Lyudvig Voltman (1871-1907) asarlarida ham irqchilik va sotsial 
darvinizmni sintezlashgi urinishni ko‘rish mumkin. Voltmanning 
ko‘plab asarlarida qo‘pol primitivizm va «nemis» irqi ustunligini 
isbotlashga yo‘naltirilgan uydirmalami ochiqchasiga fan sifatida 
parodiyalashtirishni ko‘rish mumkin. Uning konsepsiyalari irqiy 
xurofotni ratsionalizatsiyalashtirish sifatida qaralishi mumkin.
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, irqiy-antropologik yo‘nalish 
«Oliy» irqlar, «Tanlangan» xalqlar uchun nazariy ot bo‘lib xizmat
' Antropologiyada bosh k o ‘rsatkichi sifatida boshning eng katta kcngligining uning eng katta uzunligjga 
nisbati foizi olinadi. Bu tushuncha fanga shved anatomi A.Retsius tom onidan XIX asm ing 40-yiIlarida kiritilgan.
1 A History o f C lassical Sociology. Translated by H. Campbell C reighton, M A . (O xon). Progress 
Publishers. - P. 69.
114


qilib, nafaqat sotsiologiyaning ichidagi reaksion ta’limot bo‘ldi, balki 
mohiyatga ko‘ra antisotsiologiya bo‘lib, mazmun kasb etadi. Chunki, 
agarda biz sotsiologiyaning predmeti deb - jamiyatni e'tirof etsak, 
irqiy-antropologizm esa irqni ijtimoiy tarix, jarayon, harakatning bosh 
hamda asosiy subyekti deb talqin qildi. 0 ‘zining g‘ayriinsoniy 
mazmuni tufayli bu reaksion ta ’limot sotsiologiya tarixida salbiy 
ma’no kasb etdi va hyech qanday istiqbolga ega boMmadi.1
Garchi XX asming birinchi yarmida burjuaziya tizimida faoliyat 
olib borgan ko‘plab sotsiologlaming fikrlari boshqacha bo‘lsada, 
ushbu konsepsiyalar keskin tanqid qilingan, jumladan - ijtimoiy 
hodisalaming biologizatsiyalanishi yaqqol anaxronizm tavsifiga ega 
bo‘lib, naturalistik maktab vakillari tomonidan sotsiologik fikrlar va 
g‘oyalar tarixining boshi berk ko‘chaga olib kirilishi sifatida 
ta’riflanadi.
Biroq genetika, ekologiya va etologiya fan sohalarida qo‘lga 
kiritilgan yangi yutuqlar bilan bog'liq holatda, ushbu yo‘nalishdagi 
bahs-munozaralar yana qaytadan jonlantirilgan.
So‘nggi yillarda horijda biologik va ijtimoiy fanlaming «yangicha 
sintezlanishi» sifatidagi - «ijtimoiy biologiya» sohasi haqida ko‘p 
sonda maqolalar nashr qilinmoqda, bunda molekulyar va populyasion 
genetikadan tortib, xulq-atvor psixologiyasi va ergonomika fan 
sohalarigacha tahlillar amalga oshirilishi qayd qilinadi. Bu «yangicha 
sintez» eski biologik - evolyutsiya asosida shakllangan maktablar 
tomonidan to‘plangan bilimlarda ijtimoiy va biologik bilimlar 
sohalarining integratsiyalanishiga urinishlar asosidagi muddatidan 
oldin amalga oshiilishgan sintezga qarama-qarshi qo‘yiladi, ular 
tomonidan qayd qilingan ayrim konsepsiyalar spekulyasiya tavsifiga 
egaligi ta’kidlanadi. Biroq, masalalaming merosiyligi va ulaming 
qo‘yilishi, hal qilish uslublarida ma’lum bir mutanosibliklar mavjud 
hisoblanadi. Jumladan, «superorganizm» g‘oyasi yo‘nalishidagi 
tadqiqotlar yana qaytadan boshlanishi kuzatilmoqda. Shuningdek, 
odamlaming ijtimoiy hayotdagi xulq-atvorlariga o‘xshab ketadigan, 
hayvonlaming 
jamoaviy 
tavsifdagi 
xulq-atvori 
va 
o‘zaro 
kommunikatsion munosabatlari tizimini o‘rganishga jiddiy e'tibor 
qaratish kuzatilmoqda. 0 ‘z-o‘zidan bu ko‘rinishdagi yo‘nalishlarda 
amalga oshiriluvchi ilmiy tadqiqotlar sezilarli natijalarga olib kelishi
1 A H istory o f Classical Sociology. Translated by H. C am pbell C reighton, M.A. (Oxon). Progress 
Publishers. - P. 71-74.
115


mumkin va bu tadqiqotlarda ko‘plab mamlakatlarning olimlari 
ishtirok etishmoqda.
Biroq, bunda ayrim naturalistik konsepsiyalaming ham yangidan 
ko'tarib 
chiqilishi 
holatlari 
kuzatilmoqda, 
masalan, 
kishilik 
jamiyatining tarixiy evolyutsiyasi va uning rivojlanish shakllarining 
ijtimoiy tashkilotlar nuqtai nazaridan uning genofondiga bogiiqligi, 
ya’ni bu genofondning go‘yoki ijtimoiy xulq-atvomi belgilab berishi 
haqidagi g‘oyalar ko'tarib chiqilishi qayd qilinmoqda.
Shuningdek, 
garchi ushbu urinishlar asosini tabiiy-ilmiy 
tavsiflashlar va nazariy konstruksiyalami ishlab chiqishga nisbatan 
ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lish tashkil qilsada, hayvonlaming 
xulq-atvorida kuzatiluvchi holatlaming odam xulq-atvoriga nisbatan 
mexanik tadbiq etilishiga urinishlar amalga oshirilishi kuzatilmoqda. 
Ushbu holatga bogiiq ravishda, ijtimoiy biologizmning zamonaviy 
olamdagi tanqidiy tahlil qilinishi, yana qaytadan biologik-naturalistik 
va ijtimoiy-tarixiy asosdagi falsafiy denyoqarashning yana qaytadan 
muhokama qilinishiga olib kelmoqda, bunda inson masalasining 
ijtimoiy-tarixiy nuqtai nazardan qarab chiqilishi, ushbu holatlardan 
kelib 
chiquvchi 
ehtimolligi 
mavjud 
tamoyillardan 
ijtimoiy 
yo‘nalishdagi tadqiqotlar dasturlarida foydalanish masalalari nazarda 
tutilgan.
Sobiq ittifoq davrida faoliyat olib borgan olimlar tomonidan 
biologizatsiya va sotsiologizatsiya tipidagi ikkita reduksion tavsifga 
ega tendensiyalar tanqidiy tahlil qilingan. Jumladan, rus akademigi 
P.N.Fedoseev tomonidan ta ’kidlanishicha: «Zamonaviy fan oldida 
murakkab tavsifga ega vazifa turibdi... ya’ni, biologik va ijtimoiy 
o‘zaro munosabatlaming umumiy uslublarini yoki «mexanizm»larini 
oydinlashtirish talab qilinadi, bu tahlillar quyidagi holatlami amalga 
oshirish imkonini beradi: 1) o‘ziga xoslik; 2) merosiylik, kishilik 
jamiyatiing 
tavsiflari 
va 
rivojlanishi 
sohalaridagi 
o ‘zaro
aloqadorliklami aniqlash amalga oshiriladi.
Ushbu masalaning dolzarbligi, nazariy va amaliy jihatdan
ahamiyad yuqoriligi shu bilan belgilanadiki, ya’ni - «biologiya fanida 
q oig a kiritilgan yangi yutuqlar, jumladan genetika sohasida erishilgan 
yutuqlar insoniyat va jamiyatning hayoti, rivojlanish jarayonlari, ko‘p 
sondagi biologik va ijtimoiy 
o‘zaro munosabatlaming aniq
shakllarining o ‘rganilishi uchun qulay shart-sharoitlami yuzaga 
keltiradi... shuningdek, fan-texnika inqilobi sharoitida biosferada
116


amalga oshuvchi jarayonlar bilan jamiyatda kechayotgan ilmiy-texnik 
va ishlab chiqarishga oid jarayonlami optimal darajada o‘zaro 
muvofiqlikda qarab chiqishda yangicha yondoshuvlaming amalga 
oshirilishi imkonini beradi»1.
Keltirilgan oxirgi vazifa horijda «odam ekologiyasi» fan 
sohasining vujudga kelishiga olib kelgan bo‘lib, bu fan sohasining 
boshlang‘ich tushunchalari geografik maktab vakillari tomonidan 
ilgari surilgan bo‘lib, bunda ham odamning hayotiy munosabatlari 
tashqi yashash muhiti bilan aloqadorlikda qarab chiqilgan. Biroq, XIX 
asr va XX asming boshlarida zamonaviy fan sohasida naturalistik 
sotsiologiyada ayrim masalalaming o‘zaro muvofiqligi 
qayd 
qilinishiga qaramasdan, yangi tushunchalami eski nazariyalar asosida 
tavsiflash mumkin emas.

Download 11,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish