Jiyanmuratova G. S0TS10L0 I d I y



Download 11,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/101
Sana20.07.2022
Hajmi11,54 Mb.
#825335
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   101
Bog'liq
Jiyanmuratova G.Sh. Sotsiologiya tarixi. 2020

Iroda -
воля 
- will 
- F.Tyonnis munosabatlaming asosini ikki 
turdagi iroda tashkil etadi, deb hisoblaydi. Ulami Wesenwille va 
Kurwille deb nomlagan. Birinchisi — bu mohiyat irodasi, ya’ni 
butunlik irodasi boiib, ijtimoiy hayotning istalgan jihatini aniqlab 
beradi. Ikkinchi irodada esa integratsiyalovchi omil o‘zgacha
192


ko‘rinishda bo‘iib, ijtimoiy iroda nimjonlashadi va bir qancha alohida 
shaxsiy irodalarga bo‘linib ketadi.
Me'yorlar - нормы - rates 
- muayyan ijtimoiy birlik doirasida 
qabul qilingan xulq-atvor qoidalari.
Sotsial jamoa - социальная общность - social generality -
real mavjud, empirik jihatdan qayd etish mumkin bo‘lgan, nisbatan 
yaxlitlik va tarixiy va sotsial harakat mustaqil sub'ekti sifatida 
namoyon bo‘ladigan insonlar yig‘indisi.
193


G. ZIMMEL VA UNING FORMAL SOTSIOLOGIYASI
Reja:
1. Georg Zimmelning hayoti va ijodi
2. Sotsiologiyaning predmeti, usul va vazifalari
3. Formal sotsiologiya
4. Falsafiy sotsiologiya va tushunish muammosi
5. Madaniyat sotsiologiyasi
6.
Zimmel sotsiologik nazariyasining ahamiyati
1. 
Georg Zimmel XIX asr oxiri - XX asr boshlarida ijod etgan 
sotsiologiya mumtozlari ichida beqaror va bir-biriga zid g'oyalami 
ilgari surgan olim sifatida e'tirof etiladi. Uning ijodini ko‘pchilik 
sotsiologlar turlicha 
talqin 
etadilar. 
Zimmel 
sotsiologiyasini 
baholashda tarixchi va nazariyotchilar bir-biriga zid: uning
g‘oyalarining ahamiyatini to'lq rad etishdan tortib to ulaming 
bosqichma-bosqich rivojlanganligiga urg‘u bergan holda sotsiologiya 
fanining rivojiga qo‘shgan hissasini e'tirof etishgacha bo‘lgan nuqtai 
nazardan yondoshgan.
Georg Zimmel Berlinning qoq markazida 1858-yil 1-martda 
dunyoga kelgan. U Berlin universitetida juda ko‘plab fanlar cloirasini 
o'rgangan. Mazkur bilim dargohida mashhur tarixchi olimlar 
T.Mommzen, I.Droyzen va G. fon Treychke, psixologlar M.Latsarus, 
V. Vundt, Shteyntal va Bastian, faylasuflar A.Xarms va Г.Seller dars 
berishgan. Ulami Zimmelning fikrlari shakllanishida ma’lum ma’noda 
hissalari bor.
Lekin uning dissertatsiya yozishga birinchi urinishi rad etilgan, 
uning o‘qituvchilaridan biri esa qayd etgan: «Biz uning bu istak- 
xohishini 
qo‘llab-quvvatlamasak, 
unga 
katta 
iltifot 
keltirgan 
bo‘larniz»'. Bunga qaramay, Zimmel qat'iylikn'i namoyon qildi va 
1881-yilda falsafa doktori darajasini oldi. U universitetda 1885-yildan 
to 1900-yilgacha bor yo‘g‘i 
privat dotsent
lavozimini egallagan 
bo‘lsada, o ‘qituvchi sifatida to 1914-yilgacha qoldi. Zimmel 
ma’ruzalar o‘qirdi, lekin uning mehnatiga haq to‘lanmas edi, 
tirikchilik manbai esa talabalar tomonidan to‘lanadigan to‘lovlar
1 George Ritzer Sociological Theory. Eighth Edition. 
r-Ac
G raw -Hill. 20J0. - P. 160.
194


hisobiga bo‘lar edi. Qiyinchiliklarga qaramasdan, Zimmel bu 
lavozimda ko‘pgina muvaffaqiyatlarga erishdi, chunki u zo‘r 
ma’ruzachi edi va ta ’lim uchun to‘lovlami amalga oshiradigan ko‘plab 
talabalarni jalb etardi. RBlox, G.Lukach va KManngeym (Frankfurt 
maktabi vakillari) uning talabalari bo‘lishgan. Uning uslubi shu darajada 
taniqli ediki, uning ma’ruzalari Berlin jamiyatining oliy ma’lumotli 
a’zolarining ham e'tiborini qozondi, uning har bir ma’ruzasi ijtimoiy 
ahamiyatga molik hodisaga aylandi.
Zimmelning o‘ziga xosligi u haqidagi fikrlar bir-biriga zid va shu 
asosda, ko‘pincha boshi berk ko‘chaga olib kirib qoladigan vaziyatlar 
bo‘lganligi faktlari bilan asoslanishini J.Ritser quyidagicha yozadi: 
“Agar biz qarindoshlari, do‘stlari, talabalari tomonidan bildirilgan 
xususiyatlarini solishtirsak, Zimmel to‘g ‘risidagi hatto bir-biriga zid 
bo‘lgan fikrlami ko‘rishimiz mumkin bo'ladi. Ayrimlar uni baland 
bo‘yli va qotmadan kelgan, deb ta ’riflasa, boshqalar - achinish hissini 
uyg‘otadigan darajadagi past bo‘yli odam sifatida ta ’riflaydi. 
Aytishlaricha, uning tashqi ko‘rinishi e'tibomi tortmaydigan, tipik 
yahudiy, lekin shu bilan birga juda o ‘qimishli va oliyhimmat edi. 
Ma’lumki, u juda mehnatsevar, shu bilan birga ajoyib va o‘z fikrlarini 
aniq bayon eta oladigan ma’ruzachi bo‘lgan. Nihoyat, biz bilamizki, u 
o‘ta kuchli bilimdon, do‘stsevar va iltifotli boigan, lekin shunisi ham 
to‘g‘riki, u ichki mohiyatiga ko‘ra noratsional, tund va yovvoyi ham 
bo‘lgan”.‘
Zimmel cheksiz miqdordagi maqolalar («Metropoliya va ruhiy 
hayot») va kitoblami («Pul falsafasi») yozgan. U nemis akademik 
doiralarida o‘ta mashhur bo‘lgan va xorijda, asosan AQShda o ‘z 
izdoshlariga ega bo‘lgan, bu yerda uning asarlari sotsiologiya rivoji 
uchun juda katta ahamiyat kasb etgan. Nihoyat, 1900 yilda Zimmel 
rasmiy jihatdan e'tirof etiladi va Berlin universitetida faxriy unvonga 
ega bo‘ladi, lekin bu unga to‘liq akademik maqom bermaydi. Zimmel 
ko‘plab akademik lavozimlarni egallashga harakat qiladi, lekin Maks 
Veberdek 
olimlarning 
qo‘llab-quvvatlashiga 
qaramasdan 
omadsizlikka uchraydi.
Uning omadsizligining sabablaridan biri uning yahudiy millatiga 
mansubligida edi, Germaniyada esa XIX asrda antisemitizm 
hukmronlik qilgan edi. Shunday qilib, T a’lim vazirligida yozilgan
1 G eorge Ritzer. Sociological Theory. Eighth Edition. M e G raw -H ill 2010- — P. 160.


Zimmel to‘g‘risidagi dokladda u «tashqi ko‘rinishiga, xulq-atvoriga va 
tafakkur tarziga ko‘ra mukammal isroillik» sifatida tasvirlangan. 
Boshqa sabab - u bajargan ish turi. Ko‘plab maqolalari gazeta va 
jumallarda paydo bo‘ldi; ular universitetnikidan ko‘ra kengroq 
auditoriya uchun yozilgan edi. Bundan tashqari, universitetda doimiy 
ish o‘rniga ega bo‘lmaganligi sababli, u ommaviy m a’ruzalar bilan 
hayot kechirish uchun mablag‘ topishga majbur edi. Zimmelnirtg 
auditoriyasini, uning o ‘quvchilarini ham, tinglovchilarini ham 
professional sotsiologlar emas, balki intellektual jamoa tashkil etgan, 
va bu uning professional hamkasblari tomonidan ko‘pincha kulgiga 
olinar edi. Masalan, zamondoshlaridan biri Zimmelni uning «umumiy 
atmosferada namoyon bo‘lgan va aw alo jurnalistikaning barcha oliy 
darajalariga ta’siri» uchun la’natlagan1. 
Zimmelning shaxsiy 
omadsizliklari yana shular bilan bogiiqki, o‘sha davr nemis 
akademiklari 
sotsiologiyaga 
hyech 
qanday 
hurmat-e'tibor 
ko'rsatmagan edi.
Zimmel 1914-yilda, nihoyat, ikkinchi darajali universitetda 
(Strasburgda) doimiy akademik lavozimni egallaydi, lekin u yerda 
ham o'zini begona his qiladi. Birinchidan, u Berlin intellektuallari 
auditoriyasini tark etganligi uchun afsusda bo‘lgan. Uning xotini 
Maks Vebeming xotiniga shunday yozadi: «Georg auditoriya bilan 
ajralishni og‘ir qabul qildi... Talabalar uni juda yaxshi ko‘rar edi va 
unga hamdard edi... Bu hayotning eng kuchga to’lgan pallasidagi 
vidolashuv edi»2. Ikkinchidan, Zimmel Strasburgdagi universitet 
hayotida faol ishtirok etmas edi. U Veberga shunday yozadi: «Biz 
haqimizda ma’lumot berishga arzigulik narsaning o‘zi yo‘q. Biz 
surgunda, 
yolg‘iz, 
befarq, 
tashqi 
olamdan 
ajralgan 
holda 
yashamoqdamiz. Akademik faollik nolga teng, odamlar... begona va 
ichki muhit dushmanlarcha yo‘g‘rilgan»3.
U bu yerda mantiq, falsafa tarixi, metafizika, etika, din falsafasi, 
san'at 
falsafasi, 
sotsial 
psixologiya, 
sotsiologiya 
va 
Kant, 
Shopengauer, Darvin bo‘yicha maxsus kurslami o‘qitgan.
Birinchi jahon urushi Zimmelning Strasburgda tayinlanishidan 
qisqa muddatdan keyin boshlangan: 
ma’ruza zallari harbiy
gospitallarga aylantirilgan, talabalar esa urushga ketgan. Shunday
1 George Ritzer. Sociological Theory. Eighth Edition. Me (rraw -Hill. 2010. - P. 161.
2 0 ‘sha joyda.
3 O 'sh a joyda.
196


qilib, Zimmelning shaxsi va uning asarlari 1918-yildagi o‘limidan 
keyin nemis ilmiy doiralarida baholandi. U an'anaviy akademik 
martabaga erishmadi. Shunday bo‘lsada, Zimmel ko‘plab miqdordagi 
o‘z izdoshlariga ega bo‘ldi va uning shon-shuhrati yildan-yilga ortib 
borgan1.
Zimmel ijodini adekvat tushunishda uch narsa to‘sqinlik qiladi. 
Bular 
olimning 
fikrlar 
evolyutsiyasining 
o‘ta 
murakkabligi, 
qiziqishlarining kengligi va xilma-xilligi, ko‘p asarlarini sistematik 
emas,balki esse shaklida bitilgani bilan izohlanishi mumkin. Esse 
janrida u Gyote, Dante, Rembrandt, Mikelanjelo haqida yozgan.
Zimmel 
nafaqat sotsiolog, 
madaniyat 
falsafasining yirik 
namoyondasi, san'at nazariyotchisi bo‘lgan. U sotsial psixologiya, 
etika, siyosiy iqtisod, shahar, din va jins sotsiologiyasi kabi sohalarda 
ijod qilgan. Zimmel izlanishlar olib borgan har bir sohasida o‘z 
sotsiologik qarashini to‘ldirgan va aniqlashtirgan jihatlami topgan. U 
o‘z fikrlarini kamdan-kam tarzda sistemalashtirgan. Shuning uchun 
uning sotsiologik konsepsiyasi turli maqola, esse va asarlari bo‘yicha 
yoyilgan desa ham bo‘ladi.
Aslini olganda Zimmel ko‘rib chiqqan barcha muammolar va 
uning qiziqishlari sotsiologiyaning predmeti, usuli va vazifalari 
borasidagi tasawurlari orqali bir butunga birlashtirilgan.
Georg Zimmelning asosiy asarlari:
1. «Sotsial differensiatsiya. Sotsiologik va psixologik tadqiqot» 
(1890)
2. «Tarix falsafasi muammolari» (1892-1893, 1905).
3. «Ahloqshunoslikka kirish» (1892-1893).
4. «Pul falsafasi» (1900).
5. «Din» (1906).
6. «Sotsiologiya. Sotsiatsiya shakllarini o‘rganish» (1908).
7. «Madaniyat sotsiologiyasi» (1911).
8. «Gyote» (1913).
9. «Rembrandt» (1916).
10. «Sotsiologiyaning fundamental savollari (individ va 
jamiyat)» (1917).
11. «Dunyoqarash» (1906).
1 G eorge Ritzer. Sociological Theory. Eighth Edition. M e Graw-Hill. 2010. - P. 161.
197


Zimmel falsafiy va sotsiologik ijodi turli-tuman yangi hamda eski 
g‘oyalar va tendensiyalar chatishishi - “madaniyat krizisi” davrida 
yuzaga keldi. Xuddi shu krizisli va bir-biriga qarama-qarshi boigan 
xususiyatlarning ifodalovchisi sifatida Zimmel sotsiologiya tarixiga 
kirib keldi. U qarama-qarshiliklaming ifodalovchisi edi, uni qandaydir 
bir nazariy doktrina yoki konsepsiyaga bo‘ysundirish juda qiyin edi.
Zimmel ijodi “norasmiy Berlin madaniyati” doirasida boshlandi, 
va so‘l liberallar va sotsialistlarga yaqin bo‘ldi, hattoki oylik 
sotsialistik nashrlarda ham maqolalari chop etildi, oxirida esa 
neoromantik harakat bilan uzviy bog'land i.
XIX asr oxiri - XX asr boshlaridagi neoromantizm nemischa 
talqinda antiratsional oqim sifatida urbanizatsiya, ratsionalizm, 
pozitivizm, materializm va boshqa “zamonaviy sivilizatsiyaning 
kushandalari”ga qarshi edi. Bu oqim nemischa romantizmning 
boshlang‘ich ruhini tiklashga harakat qilardi. Uning ayrim vakillari 
nemis dehqoni va hunarmandini maqtab, o‘z davri va muhitini inkor 
etar, tanholikda hayot kechirar edi. Boshqalari esa o‘rta asrdagi 
jamiyat tubidan kelib chiquvchi elitani, ierarxiyani, tartibni 
yoqlaganlar va o‘zlarining tor doiralarda yashaganlar. Bulaming 
hammasi madaniyat muammolarini sotsiologik tahlil qilishda, 
inqirozli holatlami baholashda va madaniy taraqqiyotning fojialiligini 
tushunishda Zimmelning sotsiologiya va madaniyat falsafasi bo‘yicha 
izlanishlarida o‘z ta’sirini ko‘rsatgan.
Tadqiqotchilar, shuningdek, Zimmel g‘oyalari taraqqiyotining 
«neokantchilik» bosqichini ham ajratadilar va uning Zimmel 
sotsiologiyasiga muhim va samarali ta’sir ko‘rsatganini ta’kidlaydilar. 
Sotsiologiya bo‘yicha asarlardan eng aw alo Zimmel tomonidan qayta 
ishlangan va ikkinchi marotaba nashr etilgan “Tarix falsafasi 
muammolari” asarini ko‘rsatish lozim. 1892 yildagi birinchi nashrida 
bu kitob pozitivizmni aniq namoyon etardi. Ikkinchi nashrida esa unga 
Zimmelning ma’naviy taraqqiyotining yangi davriga xos bo‘lgan 
yangi g‘oyalar kiritildi. Bu davrga shuningdek bir qator muhim 
sotsiologik asarlari to‘g‘ri keladi. Masalan: “Sotsiologiya. Sotsiatsiya 
shakllarini o'rganish” (1908) va “Pul falsafasi” (1900).
Bu ikki nashr uning asosiy sotsiologik g‘oyalari, uning ikki asosiy 
qismini tashkil etadi. Bular: formal (yoki sof) sotsiologiya va 
madaniyat sotsiologiyasi. Bunda uning «Sotsiologiya...» asarini asosiy 
sotsiologiya 
kitobi 
sifatida 
qaralsa, 
“Pul 
falsafasig”ga 
esa
198


nomlanishidan kelib chiqib sotsiologlardan ko‘ra faylasuf va 
iqtisodchilar e'tibor qaratdilar.
Bu davrda Zimmel bir qator falsafiy ishlami chop etdi. Ular 
sotsiologik jihatdan ham qaralishi mumkin edi, chunki ularda uning 
asosiy sotsiologik tushunchalari interpretatsiya qilingan edi. Ular 
jumlasiga ’’Madaniyat falsafasi” (1911) deb umumiy nomlangan 
maqolalari to‘plami ham kiradi. U moda tabiati, madaniyatda jins 
muammolari kabi dolzarb masalalar falsafiy-sotsiologik tahliliga 
bag‘ishlangan edi.
Zimmel o‘zi yashayotgan zamonaviy madaniyatdagi asosiy 
qarama-qarshiliklami topishga harakat qildi, lekin bu bajarib 
boMmaydigan masala edi. Chunki bu davr to‘liq ma’noda madaniyat 
va mafkurada “ikkilanish va parokandalik” davri edi. Biroq 
“madaniyat falsafasi” ocherklarini o‘qish Zimmelning vaqt pulsini 
qanchalik sezgirlik bilan his etganligini, sotsial psixologiyadagi 
yangiliklami 
qanchalik 
tushunganligini 
va 
ularga 
hamnafas 
bo‘lganligini ko‘rish imkonini beradi. Bulaming hammasi Zimmelni 
“omma erkatoyi” qilib qo‘ydi, u esa davr muammolari bilan 
“kurashib” qiynalardi1.
Umrining oxirgi 10 yilida Zimmel sotsiologiya muammolari 
haqida 
hyech 
narsa 
yozmadi, 
faqatgina 
istisnoli 
holda 
«Sotsiologiyaning fundamental savollari» qo‘llanmasini hisobga 
olmaganda, lekin unda ham hyech qanday yangilik yo‘q edi.
Zimmelning ijodi taraqqiyotining oxirgi bosqichi haqida gapirib 
o‘tmasa bo‘lmaydi. Chunki usiz Zimmel g‘oyalari evolyutsiyasining 
umumiy manzarasini ko‘z oldimizga keltirish mumkin emas. Gap 
hayot falsafasi g‘oyalarining ishlab chiqilishi haqida ketmoqda. 
Zimmel A.Shopengauer, F.Nitsshe, A.Bergson, V.Dilteylar asos 
solgan yo‘ldan bordi. U hayotiy “energiya” oqimi tahlili bilan 
shug‘ullandi. Uning fikricha, bu energiya u yoki bu davrga xos 
bo‘lgan tafakkur va sotsial hayotning formal sturukturasiga xos 
bo‘lgan mazmunni ifodalaydi.
0 ‘zinig oxirgi ishlarida, xususan “Dunyoqarash” kitobida (1918) 
Zimmel hayot “gimni”ini kuylaydi, deyish mumkin. Shuni ta’kidlash 
kerakki, shu davrda u san'at falsafasiga, badiiy asarlaming “hayoti” 
masalalariga, rassomlar dunyoqarashi va faoliyat tarziga ko‘proq
G eorge R itzer Sociological Theory. Eighth Edition. M e G raw-Hill. 2010. - P. 160.
199


e'tibor qaratadi. Masalan: Rembrandt, Gyote, Rilke, Roden va 
boshqlar. U ijodning “hayotiy” mazmun-mohiyatini tahlil etish bilan 
shug‘ullangan.
Zimmel ijodining so‘nggi yillarida sotsial voqyelikni estetik 
tarzda qabul qilish masalalari bilan shug‘ullanib, bu qarashlami 
sotsiologiya bilan bog‘lashga harakat qildi. Voqyelikka nisbatan 
estetik munosabat Zimmel uchun dunyoning butunligicha o‘z 
qatlamiga o‘ralgan obrazini berishga qodir.
Demak, Zimmel ijodining uch bosqichi - pozitivistik-naturalistik, 
kantchilik, falsafiy - haqida gapirish mumkin. Hayotining turli 
davrlaridagi nazariy pozitsiyalarining o‘ziga xosligiga qaramay, u 
yerda uch xil Zimmelni ko‘rmaymiz. Bu faqatgina bir muammoga uch 
bosqichda chuqurlashib boruvchi muammodir, ya’ni - jamiyat, inson 
va madaniyatning o‘zaro munosabatiari mavzusidir. Jamiyat Zimmel 
tomonidan o‘zaro ta’sirlashuv shakllari va tizimlari yig‘indisidir; 
inson ijtimoiy “atom”, madaniyat - inson ongining obyektlashtirilgan 
shakllari yig‘indisi.
2. 
Zimmel ijodining sotsiologik jihatlari juda keng hisoblanadi. U 
sotsial 
psixologiya, 
individ 
va jamiyatning (hokimiyat 
va 
zo‘ravonlikning) o‘zaro munosabati, begonalashuvning yuzaga 
kelishi, bilish, shahar, nizolar, din, shuningdek madaniyat va san'at 
sotsiologiyasi va boshqa mavzulami o‘z ichiga qamrab olgan.
Zimmelning ta ’kidlashicha, sotsiologiya ijtimoiy fanlar uchun 
an'anaviy tarzda bugungi kunga qadar boshqa ijtimoiy fanlar 
o‘rganmagan tadqiqot obyektini tanlamaydi, balki metod sifatida 
shakllanadi. Unga ko‘ra, insonni ijtimoiy mavjudot va jamiyatni 
barcha tarixiy hodisalaming tashuvchisi sifatida sifatida e'tirof etsak, 
demak sotsiologiya biron-bir ijtimoiy fan tadqiq etmagan ob'ektni 
izlab topishi amri mahol. Lekin u barcha fanlar uchun yangi y o i - fan 
usulini aniqlaydi. Bu yerda gap jamiyatga xos barcha muammolarni 
yechishda tadbiq etilishi mumkin bo‘lgan usul haqida bormoqda.
Zimmel o‘z sotsiologik qarashlarini shaklllantirishida eng avvalo 
uning predmetini aniqlashga harakat qiladi. Barcha ijtimoiy fanlar 
ijtimoiy hayotga turlicha nazar tashlab, unda o‘z predmetini ajratib 
oladi. Sotsiologiya esa, aksincha mana shu fanlaming tahlil vositalari 
yordamida ochib bo‘lmaydigan qonuniyatlami aniqlash va anglab 
yetishni o‘z oldiga vazifa qilib oladi.
2 0 0


Turli fanlarda qo‘lianiladigan sotsiologik usulning tugal maqsadi 
ijtimoiy fanlaming umumiy predmetidan sotsiologiyaning predmetiga 
aylanadigan o‘ziga xos omillar - «sotsiatsiyalaming sof shakli»1™ 
aniqlashdan iborat. Boshqacha qilib aytganda, sotsiologiya xususiy 
ijtimoiy fanlarga nisbatan, xuddi geometriyaning fizikaviy-kimyoviy 
fanlarga nisbatidagidek o‘ringa ega, ya’ni u jarniyatdagi hodisalar 
mazmunini emas, balki ular uchun umumiy bo‘lgan sotsial shaklni 
o‘rganadi.
Zimmelga ko‘ra, xuddi grammatika tilning sof shakllarini 
mazmundan ajratib olgani kabi sotsiologik usul ham hodisalar 
tarkibidan sotsiatsiyani ajratib olishi zarur. Sotsiatsiyalaming sof 
shakli ajratib olingach, ulami tartibga solish va tizimga solish, 
psixologik asoslash va tarixan o'zgarishi hamda taraqqiy etishini 
tasvirlab berish lozim bo‘ladi. Turli ijtimoiy fanlar doirasida 
sotsiologik usulnig qo‘llanilishi amaliyotini, ya’ni ularning an'anaviy 
predmeti doirasida o‘ziga xos qonuniyatlami aniqlashni Zimmel 
umumiy sotsiologiya deb atagan.
Sotsiatsiyalaming sof shaklini tasvirlash va tizimga solishni esa 
sof yoki formal sotsiologiya deb nomlagan. Sof sotsiologiya turli 
ijtimoiy fanlar tadqiqotchilariga o‘z predmetlariga sotsiologik nuqtai 
nazardan yondashish, ya’ni muammolami imkon qadar tezroq anglab 
yetish va ularning yechimini izlashda yo‘nalish ko‘rsatishi kerak edi. 
Sof sotsiologiya boshqa ijtimoiy fanlarga nisbatan metodologik 
funksiyani bajarishi lozim va «alohida sotsial fanlaming bilish 
nazariyasi»ga aylanishi lozim. Sotsial bilish tizimi o‘z ichiga yana 
ikki falsafiy sotsiologik fanni qamrab olgan. Ulardan birinchisi 
sotsiologik bilish nazariyasi bo‘lib, u sotsiologik tadqiqotning shart- 
sharoitlari, negizlari va asosiy tushunchalarini qamrab oladi, ulami 
tadqiqotning o‘zida aniqlash mumkin emas. Ikkinchisi esa sotsial 
«metafizika» bo‘lib, unga nisbatan ehtiyoj alohida tadqiqot tajribaning 
ichida mavjud bo‘lmagan va uning bevosita bilish predmetidan kelib 
chiqmaydigan masala va tushunchalar bilan to‘qnash kelganda, 
umumiylikka borib taqalganda yuzaga keladi. Shunday qilib, Zimmel 
umumiy, formal va falsafiy sotsiologiyadan iborat uch bosqichli 
sotsial bilish konsepsiyasini yaratdi.
1 «V ergesellschaftung» termini tarjim ada «muloqot» m a’nosini bersada. ko'pchilik mualliflar (asosan 
AQSh sotsiologlan) tom onidan ingl. sociation terminiga analog sifatida olmadi. Shuningdek, ayrim 
adahxyoUarda o*7aro ta s k , mteraksvya, hatto ijtim oiylashuv tushunchdlan bilan ham ifodalanadi.
2 01


Zimmelning ushbu dasturi o‘z davri uchun yetarlicha progressiv 
4arakterga ega edi. Uning paydo bo‘lish davri sotsiologiyaning 
institutsionallashuvi va kasb sifatida shakllanayotgan da.vriga to‘g‘ri 
keldi. Shuning uchun sotsiologiyaning predmeti sohasiui ajratib olish 
dolzarb masala hisoblangan.
Ushbu inasalani hal etishda ikki xil yondoshuv mavjud edi. 
Birinchisiga ko‘ra, barcha sotsial xususiyatlami individlarga nisbatan 
olish, bunda “jamiyat” real predmet sifatida mavjud bo‘lmagan 
mavhum tushunchaga aylanib qoladi. Agar individlar va ulaming 
kechinmalarini tabiiy va tarixiy fanlar doirasida o‘rganilsa, unda 
alohida o‘ziga xos fan sifatida sotsiologiya. o‘z sohasiga ega bo‘lmay 
qoladi. Bu yondoshuvning eng yorqin vak’.li Diltey bo‘lgan.
Bunday tanqid nuqtai nazaridan jamiyat juda tor, bir fan doirasida 
o‘rganish bilan cheklanganda esa u juda kengdir. Shu nuqtai nazardan, 
insonlar bilan ro‘y beradigan har qanday hodisa jamiyat bilan 
shartlangandir va uning bir qismi hisoblanadi. Shunday ekan, inson 
to‘g‘risida har qanday fan jamiyat to‘g‘risidagi fan hisoblanadi.
F.Tyonnis ham shu pozitsiyadar turib “umumiy sotsiologiya” 
doirasida huquq va filologiya, siyosatshunoslik va san'atshunoslik, 
psixologiya, teologiya, va hatto antropologiya fanlarini birlashtirgan. 
Zimmelga ko‘ra, barcha fanlar birlashib, birgina sotsiologiyani tashkil 
etadi.
Zimmelning fikricha, uning konsepsiyasi ijtimoiy fanlar va 
sotsiologiya o‘rtasidagi fanlararo chegaralami qat'iy belgilash 
imkonini bergan. Avvalo, sotsiologiyaning boshqa ijtimoiy fanlardan 
farqli tarzda sotsiatsiyaning sof shakli to‘g‘risidagi fan sifatida aniqlab 
olish imkonini berdi, ikkinchidan esa jamiyat haqidagi fanlar va tabiat 
haqidagi fanlar o‘rtasida keskin chegara tortish imkonini ham berdi.
2 0 2


Shunday qilib, bu konsepsiya bir vaqtning o‘z' 
sotsiologiyaning fan 
sifatida yaxlitligi va ijtimoiy fanlaming yaxlit! 
taqdim etgan1.
3. Zimmelning “formal sotsiologiya” te 
jilan bogiaydigan
bir qator fikrlarini qayd etib o‘tish lozim.
Forma (shakl) va u bilan chambarchas bo giiq mazmun 
Zimmelning sof, ya’ni formal sotsiologiyasining asosiy tushunchalari 
hisoblanadi. U o‘zining nisbatan erta yozilgan asarlaridan birida 
jamiyat tarixini psixik hodisalar tarixi sifatida baholagan. Shu bilan 
birgalikda u har bir psixik hodisani ikki jihatan ko‘rib chiqqan: psixik 
akt sifatida (istak, xotirlash, tasdiq) va har bir akt nima bilan 
bogiiqligi, ya’ni nima eslanishi, tasdiqlanishi va hokazolar. 
Zimmelning fikricha, psixik aktning oxirgi jihati e'tiborga olinmasa, 
ongning obyektiv, ya’ni psixologik boim agan mazmunini olish 
mumkin.
O lz navbatida shakl u bajaradigan vazifalarga ko‘ra aniqlanadi. 
Zimmel shu o'rinda quyidagi vazifalami ko‘rsatgan:
1) shakl bir vaqtning o‘zida bir necha mazmunni aks ettirib, ulami 
yaxlitlaydi;
2) bir shaklga kira turib bu mazmunlar o‘zaro birikishi bilan 
boshqa mazmunlardan ajralib turadi;
3) shakllar bir-biri bilan o ‘zaro aloqadorlikdagi mazmunlami bir 
strukturaga keltiradi.2
Sotsiologiyada esa shakl va mazmun nisbatini «materiya»ning 
sotsial munosabatlar, ya’ni individning maqsadlari, intilishlari, 
ehtiyojlariga va o‘zaro sotsial munosabatlar tuzilishi nisbatida 
qoilanilgan. Zimmel shakl mazmundan ko‘ra muhim ekanligiga urg‘u 
berib, manfaatlar xilma-xil boisada, umumlashmada ular bir xil 
shaklda namoyon boiishini ta’kidlaydi.
Formal sotsiologiyaning vazifasi yaxlit sotsial hodisani ikkiga 
ajratish emas, balki jamiyatni insonlararo, individlararo hodisa sifatida 
o‘rganishdir. Boshqacha qilib aytganda, sotsiatsiya shakli qiyoslangan 
holda tarixiy jihatdan tarkibiy tasvirlash ob'ektiga aylanishi kerak edi.
Zimmelning maqsadi sotsial shakllaming umumiy tasnifini 
yaratish emasdi. Ammo u sotsial hayotning ko‘p jihatlarini o‘rganib,
1 К апитонов Э. А. И стория и теория социологии. У чебное пособие для 
в у з о в

- М.: И здательство 
ПРИ О Р, 2 0 0 0 .- С . 291.
2 Ф арфиев Б. А., Н уруллаева У.Н. С оциология тарихи. Услубий кулланм а - Тош кент, 2009. - Б.
66
.
2 03


ulami «real» hayotdan olingan shakllar sifatida ajratib ko'rsatdi: 
hukmronlik, buysunish, raqobat, mehnat taqsimoti, partiyalaming 
tashkil topishi kabilar shunga misol bo‘ladi. Aytib o‘tilgan barcha 
shakllar Zimmelning nazarida, o‘ziga xos guruh va sotsial 
tashkilotlarda ishlab chiqiladi va o‘ziga xos ma’no bilan yo‘g‘riladi. 
0 ‘z navbatida sotsial tashkilot va guruhlar ham shakl sifatida talqin 
qilinishi mumkin. Davlat yoki diniy tashkilot, iqtisodiy uyushma, 
fitnachilar guruhi, oila va maktab kabilar bunga misol bo‘ladi. Zimmel 
mazkur 
shakllami 
o‘rgangan 
holda 
olingan 
bilimlami 
«Sotsiologiya...» nomli asariga birlashtirgan.
Zimmel fikriga ko‘ra, har qanday jamiyatda shaklni mazmunlarga 
ajratish mumkin. Jamiyat esa o ‘z navbatida individlaming o‘zaro 
munosabatlaridan tashkil topgan. 0 ‘zaro ta ’sirlashuv esa doim 
ma’lum bir o‘ziga xos intilishlar va ma’lum bir maqsadlarda amalga 
oshadi. Zimmel ta’kidlaganidek, erotik instinktlar, qiziqish, diniy 
impulslar, o‘yin va boshqa bir qator motivlar insonni boshqa bir inson 
uchun, boshqa bir insonga qarshi faoliyat ko‘rsatishga, ichki holatini 
uyg‘unlashtirish va moslashtirishga, ya’ni o‘zaro ta’sirlashuvga 
yo‘naltiradi. 0 ‘zaro ta’sirlar natijasida individual qo‘zg‘aluvchi 
impuslar va maqsadlar asosida “jamiyat” deb ataluvchi yaxlitlik hosil 
bo‘ladi.
Zimmelning fikriga ko‘ra, individlarda (u tarixiy voqyelikning 
aniq tashuvchilari sifatida ifodalaydigan) mavjud bo‘lgan, istak, 
qiziqish, maqsad va hokazolar ko‘rinishida mavjud, ya’ni boshqa 
odamlarga ta’sir shakllanuvchi narsalami u mohiyat, ya’ni sotsiatsiya 
sifatida ta’riflaydi. Shu bilan birga hayot ijro etiluvchi mazkur 
materiya Zimmelning fikriga ko‘ra, mohiyatiga ko‘ra ijtimoiy emas. 
Uning yozishicha, ochlik, sevgi, mehnat, dindorlik, texnika va ong 
faoliyatining natijalari bevosita ijtimoiy emas. Bulaming bari 
faqatgina individlaming alohida mavjudligini o‘zaro munosabat, 
degan 
umumiy 
tushuncha 
ta ’siriga 
tushib 
qoluvchi 
o‘zaro 
hamkorlikdagi muayyan shakllarga aylantirganligi sababli shu holatga 
keladi (ijtimoiylashadi). Sotsiatsiya, demak, deya xulosa qiladi 
Zimmel, usullaming cheksiz miqdorida amalga oshuvchi shakl bo‘lib, 
unda individlar turli sabablar va manfaatlar asosida alohida birlikni
204


yaratadi, ularning ichida mazkur sabablar va ' °nfaatlar o‘z tadbiqini 
topadi1.
Shuningdek, muayyan hayotiy maqsa 
muvofiq bo‘lgan,
vujudga kelayotgan shakllar o ‘zlari chiqqan va o‘zining mavjudligi 
bilan unga qarzdor boigan real hayotdan ajratilib qolishi mumkin, 
bundan tashqari, Zimmelga ko‘ra ular endilikda ular uchun faqatgina 
o ‘zlarini amalga oshirish vositasi bo‘lib xizmat qilishi mumkin 
bo‘lgan materiyani egallagan va yaratgan holda o‘z ichida va o‘zi 
uchun "o‘ynashi" mumkin.
“Masalan, deb yozadi Zimmel, har qanday bilish birinchi 
navbatda yashash uchun kurash vositasi hisoblanadi, chunki 
narsalaming haqiqiy holatini bilish hayotni saqlab qolish va 
rivojlantirish uchun o ‘ta muhim holatdir. Fanning vujudga kelishi esa, 
bilish amaliy maqsadlardan uzilib qolganligini, o‘zidagi qadriyatga 
aylanganligini ko‘rsatadi. Fan o‘z predmetini mustaqil ravishda tanlar 
ekan, uni o‘z ehtiyojlariga mos ravishda o'zgartiradi va unga shaxsiy 
qoniqish hissini olib keluvchi masalalardan boshqasini o‘ylamaydi”2. 
Zimmelga ko‘ra xuquqning (san'at va ijtimoiy hayotning boshqa 
hodisalari kabi) mohiyatini ham shu kabi burilish belgilab beradi. 
Dastawal maqsadga muvofiqlik, individlar xulqining muayyan 
usullariga intilish sababli vujudga kelgan xuquq, keyinchalik o‘z- 
o‘zidan kelib chiqqan holda hayotiy materialni tashkillashtirishning 
usulini belgilab oladi.
Bu yerda, uning ta ’kidlashicha, uning materiyasi hayot shakllarini 
ta’riflash bilan o‘yin shakllari deb nomlagan, qadriyatlami belgilab 
beruvchi darajaga qadar ko‘tariluvchi hayot shakllari materiyasini 
ta’riflashga 
qadar 
180 
gradusga 
burilishi 
yaqqol 
nazarga 
tashlanmoqda. Shunday qilib, sof (yoki formal) sotsiologiya 
Zimmelga ko‘ra, har qanday tarixiy ilg‘or jamiyatlarda mavjud 
bo‘lgan sotsiatsiya shakllarini, insonlararo o ‘zaro munosabatlarning 
nisbatan barqaror va takrorlanuvchi shakllarini o‘rganadi.
Zimmel sotsial shakllaming hyech bir tasnifmi qoldirmagan. 
Biroq u ijtimoiy hayotning o‘zi tomonidan "tirik" voqyelikning 
shakllari sifatida ajratib olingan qator jihatlari va tomonlarini o‘z
1 Г ром ов И.А., М зцкевич А.Ю ., С ем енов В.А. Западная теоретическая социология. - М., 1996. -
С. 49.
2 Громов И.А., М зцкевич А.Ю ., С ем енов В. А. Западная теоретическая социология. - М., 1996. -

Download 11,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish