Jiyanmuratova G. S0TS10L0 I d I y



Download 11,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/101
Sana20.07.2022
Hajmi11,54 Mb.
#825335
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   101
Bog'liq
Jiyanmuratova G.Sh. Sotsiologiya tarixi. 2020

со ц и о л о ги и
(X I X - п е р в а я гюловиюХХв.) - М . ИНФРА-ЭД 2004. ~С. 303.
183


tutadi, jarr' 
esa - uning 
nisbatan 
keyingi 
davrlardagi
takomillashgai 
d i hisoblanadi.
Tyonnisning cvolyutsion nuqtai nazari ushbu tadqiqot ishining 
yakuniy qismida batafsil holda keltiriladi. Tyonnis tomonidan 
jamiyatning rivojianishi «hayotning ilk jamoaviy shaklidan kelib 
chiqqan»1 holda, tushuntiriladi. Unga ko‘ra, o ‘zgarishlar bilan bir 
vaqtda, ijtimoiy tartiblaming o ‘zgarishi va parallel tarzda huquqning 
asta-sekin taraqqiyotga tomon o‘zgarishi amalga oshadi. Ushbu 
holatda shartnoma barcha tizimlar uchun asos sifatida o‘rin tutadi va 
jamiyatning tanlov irodasi borgan sari davlatning ijro irodasi sifatida 
o‘zini namoyon qilib boradi. Davlatning xohish-irodasi borgan sari 
o‘zining eski belgilaridan, shuningdek o‘zining an'analari va ishonch- 
e'tiqodini belgilab beruvchi eski holatdan ozod bo‘lib boradi. Shunday 
qilib, huquq o‘z shakliga ko‘ra, urf-odatlar yoki odatlar huquqlari 
mahsulidan oxir-oqibat mutlaqo qonuniy huquq, siyosat mahsuli 
sifatida o‘zgarishi qayd qilinadi. Bunda faqat davlat o‘zining tizimlari 
bilan va nidividlar saqlanib qoladi.
Tyonnisga ko‘ra, jamiyat davri jamoa davridan keyin keladi. 
Bunda jamoa o‘zaro kelishuv, ma’naviyat va dinga oid ijtimoiy 
irodani ifodalaydi, jamiyat esa konvensiya, siyosat va jamoatchilik 
fikriga oid ijtimoiy irodani aks ettiradi. Jamoa - bu oilaviy hayotda, 
qishloq va shahar hayotida kuzatiladi, jamiyat esa - shahar, milliy va 
kosmopolitik hayotda o‘z ifodasini topadi.
Tyonnis uchun jamoa - oila, mehr-oqibat, an'anaviylik sinonimi 
hisoblansa, jamiyat, aksincha «begona», tijoratga asoslangan va 
kapitalistik hisob-kitob sinonimidir.
«Jamoa va jamiyat teoremasi» Tyonnisning sof (nazariy) 
sotsiologiyasining mazmun-mohiyatini tashkil qiladi. M.Vebeming 
sotsiologiyaga oid bo‘lmagan elementlardan tozalangan tushunuvchi 
sotsiologiyasini belgilab beruvchi asosiy tushunchalardan farq qilib, 
Tyonnisning asosiy tahliliy sotsiologik tushunchalari o‘z tarkibiga 
tarixiy-falsafiy, evolyutsion va me'yoriy-qadriyatlarga oid jihatlami 
qamrab oladi. Biroq, jamoa va jamiyat kategoriyalari, shuningdek 
Tyonnisning iroda tiplarini Vebeming sotsial harakat shakllari bilan 
bogiash mumkin, bu holatni Tyonnisning o‘zi ham ko‘rsatib o‘tgan. 
Jamoa va mohiyat irodasi bilan bog‘liq faoliyat shakli M.Veber
1 История социологии: В 3 кн.: Учебник / П од ред. проф. В.И. Добренькова. - Кн. 1: История 
социологии (X IX - первая половатаХХв.) - М : ИНФРА-М 2004. -С . 304.
1 84


qarashlaridagi an'anaviy, affektiv yoki qadriyatiarli-ratsional harakat 
tushunchalariga, jamiyat va tanlov irodasi bilan bog‘liq harakat esa 
uning maqsadli-ratsional harakat tipiga mos keladi.
5. 
Tyonniga tomonidan jamoa va jamiyat sotsial hayot shakllarini 
ajratish mezonlari sifatida olib qaraladi. sotsial hayot shakllarining 
o‘zini esa uch tipga ajratgan:
1) sotsial munosabatlar;
2) guruhlar, birliklar;
3) korporatsiya uyushma yoki birlashmalar.1
Sotsial munosabat faqatgina munosabat ishtirokchilari tomonidan 
anglangan yoki his qilinganida emas, balki uning zaruriyat ekanligi 
tushunilib, oqibatda ishtirokchilaming o ‘zaro huquq va majburiyatlari 
aniqlanganida mavjud bo‘ladi. Boshqacha qilib aytganda, sotsial 
munosabatlar - bu obyektiv xarakterga ega bo‘lgan munosabatlar.
Ikkidan ortiq inson ishtirokidagi sotsial munosabatlar «sotsial 
davra»ni tashkil etadi. Sotsial davra munosabatlardan guruhga o‘tish 
bosqichini tashkil etadi. Guruh uning a’zolari mazkur individlar 
birlashuvini ongli ravishda ma’lum maqsadga yetishish yo‘lida zaruriy 
deb topganida tashkil topadi.
Keyinchalik mazkur guruhda ichki tashkillashtirish, ya’ni a ’zolar 
funksiyalarining taqsimlanishi jarayoni kechib, mazkur sotsial shaklni 
korporatsiya yoki birlashma deb atash mumkin.
Munosabat, 
guruh 
va 
birlashmaga 
tasniflashda 
inson 
munosabatlarining «hukmronlik - birodarlik» mezonini qo‘llangan. 
Shundan keyingina tasniflash natijasida olingan tiplar nisbatan yirik 
«jamoa» va «jamiyat»ga xoslik mezonlari bo‘yicha ajratiladi.
Tyonnis sotsial me'yorlami ham tasniflagan. Unga ko‘ra, sotsial 
me'yorlar quyidagi turlarga ajraladi:
1) sotsial tartibot me'yorlari;
2) huquqiy me'yorlar;
3) axloqiy me'yorlar.2
Sotsial me'yorlar kelishuv va konvenitsiyaga asoslangan eng 
umumiy tartibdagi me'yorlardan tashkil topadi. Tartib me'yorlari 
faktlaming me'yortiv kuchiga tayanadi. Tyonnis huquqni odatlar yoki
1 Зборовский Г.Е. И стория социологии: классический этап; учебник для вузов. 2-е изд. испр. и 
доп. - Сургут и [др.]: РИО СурГПУ, 2014. - С. 83.
2 Qarang: Ф арфкев Б.А., Нуруллаева У.Н. С оциология тарихи. Услубий кулланма. - Тош кент, 
2009. - Б . 60.
185


rasmiy qonunchilik asosida tashkil topadi deydi. Axloq esa din yoki 
jamoatchilik fikri asosida paydo bo'ladi. Ko‘rsatilgan barcha normativ 
me'yorlar o‘z navbatida «jamoa» va «jamiyat»ga xos bo‘lganlarga 
bo‘linadi. Barcha turdagi me'yorlaming farqlari «ideal-tipik» yoki 
analitik xarakterga ega. Real hayotda ular sof holda uchramaydi. 
Barcha sotsial shakllaming normativ tizimlari me'yorlar, tartib, huquq 
va axloqdan tashkil topadi.
Doimiy ravishda ajratib ko‘rsatilgan shakllar jamoa va jamiyatga 
xosligi jihatidan ajratilmaganida, yuqorida keltirib o ‘tilgan barcha 
tiplar notarixiy va mavhum xarakterga ega boiardi. Mazkur 
tamoyilning aniq sotsial hodisalar tahlili uchun qoilanilishi tarixiy 
rivojlanish voqyealarini payqash va konseptual yoritish imkonini 
berdi. Yuqorida keltirilgan tasniflaming, jumladan, jamoa va jamiyat 
tushunchalarining amaliy ahamiyati anna shundan iborat edi.
6. 
Fanni pozitivistik jihatdan tushunish uning siyosatdan mustaqil 
boiishini taqazo etardi. Tyonnis o‘z ijodida sotsiologiya va siyosat 
munosabatlariga keng e'tibor qaratgan. Muhim ahamiyatga ega 
bo‘lgan maTumotlamii bekitish yoki ulardan qochish sotsial 
qadriyatlami o‘rganishdan bosh tortish degani emas. Tyonnis aynan 
ma’lumotlaming sotsiologik, ilmiy, ob’ektiv o‘rganilishi siyosatga 
siyosiy faoliyatning ilmiy ishlab chiqilgan va asoslangan shaklini 
taqdim qiladi deb hisoblagan. «Inson ma’lum natijalarga erishishi 
uchun nima qilishi kerakligi ilmiy asosda ko‘rsatib berilishi lozim. 
Bunday ta’limotiar mustaqil fan hisoblanmaydi. Ular aynan fan emas, 
balki hunar, texnologiyadir», deb yozadi Tyonnis1. Siyosat ana 
shunday hunarlardan biri. U boshqa fanlar olgan ma’lumotlami o‘z 
doirasida ishlatadi. Uiarning farqi shundaki, fan qadriyatlami 
o‘rganish obyektiga aylantiradi, siyosat uchun esa qadriyatlar faoliyat 
asosi hisoblanadi. «Ilmiy nuqtayi nazardan qandaydir aniq maqsad 
qo‘yilgani yoki qo‘yilmagani u qadar muhim emas. Amaliyotchi esa 
aniq bir maqsadga yo‘nalgan bo‘ladi va unga yetishish mumkinligini, 
uning yo‘llarini ilmiy asoslangan holda bilgisi keladi. Tadqiqotchi 
sabab va oqibatlar bilan ish ko‘radi. Inson fanlarni faqatgina 
o‘rganadi. Amaliyotdagi inson esa faoliyatda bo‘lishni istaydi»2.
1 Qarang'. Фарфиев Б .А , Hypyrmaeaa У .Н. Социология тарихи. У слубкй ку ш ш ш а. - Тош кент, 
2009 - Б . 61-62
1
0 ‘sha joyda.
186


Tyonnis fanni siyosatdan ajratishga intilgan bo‘lsa-da, siyosatni 
fandan ajratmagan. U aksincha, siyosatni ilmiy asosga ega bo‘lishi 
tarafdori edi. Tyonnisning siyosatclii sifatidagi faoliyati, tanlagan 
yo‘nalishi, maqsad va ijtimoiy ish vositalari toTaligicha uning 
sotsiologik ta ’limotiga asoslangan edi.
Amaliy sotsiologiya doirasida ifoda etilgan ijtimoiy rivojlanish 
natijasidagi tabiiy ravishda ratsionallikning ortishi demokratiya uchun 
va tabaqalar, feodal qarashlarga qarshi kurashni taqazo etgan. Tyonnis 
proletariatning ma’rifatli boTishini XVII-XVIII asrlarda bo‘lib o‘tgan 
burjua qatlamining ma’rifatlashuvining davomi sifatida qabul qilgan. 
Shuning uchun olim sotsial-demokratik va ishchilar harakatlarida faol 
ishtirok etgan, so‘z erkinligi uchun kurashib, kasaba uyushmalari 
tashkil etishni qo‘llab-quvvatlagan. 1896-1897-yillarda bo‘lib o‘tgan 
mashhur Kil shahridagi stachkada esa qo‘zg‘olonchilar taraflda 
kurashgan.1
7. 
Afsuski, sotsiologiya tarixi strukturasida Tyonnis falsafitsi 
haqidagi fikrlar shu bilan chegaralanadi, ayrim tadqiqotchilar 
tomonidan uning o‘zi esa - «ikkinchi eshalon tarkibidagi klassik» 
sifatida qayd qilinadi. Ushbu nuqtai nazardan, R.Shpakova tomonidan 
bildirilgan fikrlarga ko‘ra, so‘nggi o‘n yilliklar davomida Germaniya 
sotsiologiyasida sotsiolog olimlaming F.Tyonnis merosiga boTgan 
qiziqishi ortib borish tendensiyasi qayd etiladi. Tyonnisning faoliyati 
va qarashlari ilmiy doiralarda keng ko‘lamda muhokama qilinadi, 
uning nazariy konsepsiyalari, empirik ilmiy tadqiqotlari bilan bevosita 
yoki bilvosita bog‘liq bo‘lgan ilmiy maqolalarning nashr qilinish soni 
ortib borishi kuzatiladi. Shuningdek, so‘nggi bir necha o‘n yilliklar 
davomida sotsiologiya yo‘nalishida o‘tkazilgan yirik kongresslaming 
birortasida 
Tyonnis 
qarashlariga 
bag‘ishlangan 
ma’ruzalarsiz 
o‘tmagan va umumiy holatda, so'nggi yillarda Tyonnis ijodiga 
murojaat qilish sotsiologiyada yangi tendensiya sifatida qayd qilinadi2.
Shu bilan birgalikda, ushbu o ‘rinda yaqqol paradoks3 kuzatiladi: 
ya’ni, bir tomondan Tyonnis ijodiga qiziqishning o‘yg‘onish davri 
sifatida so‘zsiz ravishda ortib borishi va uning qarashlarining 
zamonaviy jarayonlarga taabiq etilishiga urinishlar kuzatilishi qayd
1 A H istory o f Classical Sociology. Translated by H. Campbell C reighton, M.A. (Oxon). Progress 
Publishers. - P. 175-188.
L
Qarang: Шпакова Р.П. Фердинанд Теннис. «Забытый социолог» // Соцкс. — 
1995
. -
№ 
12
— 
С

139
.
- Paradoks - rne'yoriy qonuniyatlar biian izohlash qiyin b o'lgan holat.
187


qilinsa, boshqa tomondan esa -- uning nazariy merosi oldingidek, 
sotsiologik bilimlar tarixi tarkibida batafsil oydinlik kiritilmagan, bor 
yo‘g‘i ikki kategoriya orqali belgilanuvchi nazariya sifatida talqin 
etiladi. Sliunisi qiziqarliki, bunday xulosalami Tyonnisning o‘zi ham 
rad etmagan. Shunday qilib, o ‘zining «Sotsiologiyaga kirish» deb 
nomlangan soVnggi kirobida quyidagi xulosalami qayd e\adi: 
«Hozirgacha mening sotsiologik qarashlarim sifatida - «jamoa» va 
«jamiyat» tushunchalari qabul qilinadi. Men bu tushunchalarni asosiy 
tushunchalar sifatida belgilaganman va hozir ham shunday deb 
hisoblayman»1.
Sotsiologiyada hozirgi kunga qadar Tyonnis tomoni dan taklif 
qilingan jamoa va jamiyatning dixotomiyasi tushunchasi.mng tarkibi 
va qo‘llanilishi bo‘yicha bahs-munozaralar davom etmoqda. Bu 
dixotomiya empirik tavsifga ega bo‘lgan sotsiologik tadqiqotlarda 
shuningdek, nazariy sotsiologiyada, M.Yeber, T.Parsons va boshqalar 
tomonidan bildirilgan fikrlarda kuzatiladi. Tyonn is qarashlaridagi 
jamoa va jamiyatga oid sotsial munosabatlar dixotor niyasining evristik 
qadr-qimmati yuqori darajada baholanadi. G?„rchi, ulami qat'iy 
tartibda kam qo‘llanilgan bo‘lsada, Tyonnis tomonidan ishlab 
chiqilgan sxema sotsiologik tafakkurlashga sezilarli darajada ta’sir 
ko‘rsatgan. Tyonnisning o‘ziga xos madan.iy qadriyatlar bo‘yicha 
farqlanuvchi 
sotsial 
munosabatlar 
klassifikatsiyasini 
Parsons 
qarashlarida kuzatishimiz mumkin. Sots:,al tizimlarning («The Social 
Systems», 
1951) 
strukturaviy-furiksional 
nazariyasini 
ishlab 
chiqishning o‘rta bosqichida 
Parsons 
o‘zining 
o‘zgaruvchan 
tushunchalari tiplari sxemasini Tyonnis sxemasi bilan bog‘lagan. 
Sotsiologiya 
fanining 
shakllanishining 
dastlabki 
davrlarida 
dixotomiyaga 
tegishli 
asosiy 
tushunchalar 
parallel 
tavsifda 
qo‘llanilgan, jumladan - «jamoa-jamiyat» tushunchasi juftligi yoki 
«mavqye-shartnoma» 
(Men), 
«organik-mexanik 
birdamlik» 
(Dyurkgeym), «an'anaviy-maqsadga yo'naltirilgan ratsional harakat» 
(Veber) va hokazo ko‘rinishlar qayd qilingan. Ushbu sxemalar orqali 
hozirgi vaqtda «modemizatsiya» tushunchasi orqali ifodalanuvchi -
«zamonaviy jamiyat»ga olib keluvchi rivojlanish va ratsionalizatsiya 
jarayonlarining ijtimoiy-evolyutsion refleksiyasi qarab chiqiladi.
' Ш паковаР.П . Ф ердинанд Теннис. «Забытый социолог» // Социс. - 1995. - № 12. - С. ПО.
1 88


Tyonnisning ko'rsatib o‘tilgan asosiy asari nashr qilinganidan 
qariyb 100 yildan ortiq vaqt o‘tganidan keyin ham, dixotomiya 
haqidagi qarashlarga nisbatan bahs-munozaralar to‘xtagani yo‘q. 
Jamoa tushunchasi hozirgi kunda siyosiy jihatdan qoilash asosida 
qisman diskretlashtirilgan bo‘lib, konservativ tafakkuming normativ 
tarkibiy elementi sifatida qarab chiqiladi, ya’ni bu tushunchani 
Tyonnis kabi bevosita sotsiologik nuqtai nazardan izohlash tavsiya 
qilinmaydi. Hozirgi kunda jamoa nafaqat utopiyaga yo‘naltirilgan 
ideal tasaw ur sifatida, balki kelajakka yo‘naltirilgan inqilobiy ideal 
sifatida ham qarab chiqiladi. Erkin assotsiatsiya bir tomondan, erkin 
individlaming ratsional birlashishida ong va iroda asosida o‘z 
munosabatlarini oqilona tarzda shakllantirish sifatida qarab chiqilsa, 
boshqa tomondan, erkin assotsiatsiya jamoa va jamiyat o'rtasidagi 
uzilishlami yengib o‘tishning utopik g‘oyasi sifatida o'rin tutadi. 
Masala shundaki, ya’ni sezilarli darajada ahamiyatga ega boim agan 
muqobil variantlami tavsiflashda erkin assotsiatsiya yoki jamoa 
tushunchalaridan foydalanish kerakmi yoki yo‘qmi, degan savolga 
javob topish talab qilinadi. Globalizatsiya asosi sifatida Sharqiy 
yevropaga oid sotsializmning inqirozga uchrashi va kapitalistik 
tizimga oid munosabatlaming qaror topishi ijtimoiy emansipatsiya 
masalasining nazariy va amaliy hihatdan mazmun-mohiyatini 
murakkablashtiradi. 
Qayd 
qilib 
o'tish 
kerakki, 
Tyonnisning 
zamonaviy davomchilari hisoblangan ko‘pgina olimlar, burjuaziya 
tuzumida faoliyat olib borgan intellegensiya vakillari va sotsiologlar, 
jumladan Veber tomonidan sotsializm va kommunizm - ushbu 
muqobil 
variantlaming baholanishidan qat'iy nazar, 
b o ig ‘usi 
burjuaziya jamiyatining qochib boim as shakli hisoblanishi qayd 
etilgan.
Demak, Tyonnis o‘zining dixotomiya haqidagi qarashlarini 
sotsiologlar uchun oydinlik kiritish talab qilinuvchi jumboqli holat 
sifatida meros qoldirgan, deyish mumkin. Sotsiologiya va Tyonnis 
tomonidan keltirilgan sharhlarda «jamoa» - bu sof holatdagi tahliliy 
tushuncha hisoblanmaydi va ko‘p m a’noga ega boigan, qandaydir 
noaniq tushuncha sifatida talqin etiladi. Keltirilgan bu har ikkala 
tushuncha Tyonnisning dastlabki falsafiy, sotsiologik tavsiflargacha 
boigan eski asarlarida ham yetarlicha darajada noaniqligicha qolib 
ketgan. 
Bir 
tomondan, 
bu 
tushunchalar 
sotsial 
voqyelik 
strukturalarining o'zaro bir-biri bilan kesishishini ifodalovchi tahliliy
189


kategoriya sift 
o‘rin tutadi. Boshqa tomondan esa - bu 
tushunchalar Туи. s asarlarida jamoadan jamiyatga tomon amalga 
oshiriluvchi maqsadga yo'naltirilgan harakatning empirik qayd 
qilinuvchi fazalari sifatida talqin etiladi, bu holat tahliliy tafakkur 
yurituvchi 
sotsiologlar tomonidan haqli 
ravishda reiflkatsiya 
(moddiylashtirish) 
sifatida 
tanqid 
qilingan. 
Tyonnisning 
tasawurlarining umumiy o‘zgarish vektori uning asosiy asarining 
quyidagi bobi nomlanishida o‘z aksini topadi: ya’ni, asaming birini 
nashrida (1887) «Madaniyatning empirik shakllari (madaniyat 
falsafasi teoremasi)» bobi va shuningdek, 25 yildan keyin nashr 
qilingan asarida «Sof sotsiologiyaning asosiy tushunchalari» bobida 
o‘z aksini topgan. Qayd qilib o‘tish mumkinki, ushbu yillar davomida 
Tyonnis tomonidan falsafa tarixidan analitik sotsiologiya tomon 
yo‘nalishda ilmiy yo‘l bosib o‘tilgan.
Biroq, Tyonnis tomonidan sof analitik sotsiologiya yaratilmagan. 
Uning «Jamoa va jamiyat» asarida keltirilgan ko‘pgina sharhlar 
shundan dalolat beradiki, Tyonnis qarashlarining tanqidga uchrashiga 
sabab bo‘lgan jamoaga oid romantika haqiqatdan ham uning fikrlarida 
mavjud hisoblangan. G ‘oyalaming romantika darajasiga olib chiqilishi 
Tyonnis tomonidan xalqning umumiyligi tushunchasining milliy- 
sotsializm 
tarkibida 
siyosiy 
jihatdan 
kategoriya 
sifatida 
foydalanilishida o‘z ifodasini topgan.
Tyonnis ijodi tufayli «jamoa» va «jamiyat» tushunchalari nafaqat 
nemis 
sotsiologiyasiga, 
balki 
umumiy 
sotsiologiyaga 
asosiy 
tushunchalardan biri sifatida kirib kelgan. Muallifning hayotlik 
davridayoq uning asarlari Daniya, Italiya, Rossiya va Shimoliy 
Amerikada katta qiziqish o ‘yg‘otgan. Shunday qilib, Amerika 
sotsiologlarining Chikago maktabi vakili hisoblangan olimlar (R.Park, 
L.Virt va boshqalar) tomonidan Tyonnisning «jamoa» tushunchasi 
ijtimoiy aloqalaming (munosabatlar) makon bo‘ylab joylashishini 
ifodalashda foydalanilgan. Boshqa sotsiologlar (masalan, Sorokin) 
tomonidan Tyonnisning ushbu tushunchasi hayotning qishloqqa xos- 
dehqonlarcha va shaharga xos-burjuaziya hayoti kabi shakllarini 
o‘zaro farqlash maqsadida foydalanilgan.
Germaniyalik zamonaviy yirik sotsiologlardan biri hisoblangan -
Rene Kyonig tomonidan qayd qilinishicha, 1920-yillarda «jamoa» 
tushunchasi talabalar orasida gumanitar elitani ifodalovchi mo‘jizakor 
tushuncha hisoblangan. U tomonidan qayd qilinishicha: «Sotsiologiya
190


to‘laligicha «jamoa» tushunchasini qo‘llab-quwatlab va «jamiyat» 
tushunchasiga qarshi tarzda izohiangan. Asosiy kategoriyalami, 
madaniy-pessimistik tavsifga ega g‘oyalami ushbu ko‘rinishda 
sharhlash Tyonnis qarashlaridan kelib chiqib, o‘sha davrda 
Tyonnisning davlat mafkurasiga nisbatan ehtirosli munosabatlari 
mahsuli sifatida tanqid qilingan, garchi Tyonnis fashizmga zoiim 
hukmronlik sifatida munosabat bildirgan va 1933-yilda fashizmning 
g‘alaba qozonishi davrida Tyonnis bu holatni «aqlsizlik va 
cheklanganlik (majruhlik) g‘alabasi» deb nomlagan.
Hozirgi kunda Tyonnisning faoliyati va uning asarlariga bo‘lgan 
qiziqish darajasining ortib borishi bizning davrimizda ruhiy olam 
masalasining dolzarblashuvi bilan b og iiq hisoblanadi. Gap shundaki, 
ya’ni Tyonnis insonlaming ijtimoiy hayotining asosiy burchagiga 
«umumiy 
xohish-irodaga 
erishish 
uchun 
yaratilgan 
jamoa» 
tushunchasini qo‘yadi. Ushbu nuqtai nazardan, o‘zaro ta’sirlashuvni 
o‘rganuvchi sotsiologiya, Tyonnisga ko‘ra, «umumiy falsafiy 
axloqning tarkibiy qismi» hisoblanadi, ushbu sotsiologiyaning 
markaziy kategoriyasi esa - «kelishuv» kategoriyasidan tashkil topadi.
Ushbu 
nuqtai 
nazardan 
Tyonnis 
birinchilardan 
bo‘lib, 
sotsiologiyaning qismlarga ajratilgan tizimini ishlab chiqadi, uning 
tarkibiga nafaqat «kurash», «raqobat» tushunchalaridan tashkil topgan 
kategoriyalami kiritmasdan, balki shuningdek asosiy kategoriya 
sifatida - M.Veber va K.Marks tomonidan ishlab chiqilgan sotsiologik 
tizimlarda 
mazmunga 
ega 
bo‘lmagan 
kategoriyalami, 
ya’ni 
«kelishuv», «ishonch», «do‘stlik» va boshqa xulq-atvoming axloqqa 
oid me'yorlarini ifodalovchi kategoriyalami ham kiritadi.
Sotsiolog olim F.Tyonnisning sotsiologik qarashlarini qisqa 
muhokama qilishga xulosa yasash davomida qayd qilish mumkinki, u 
empirik sotsiolog olim sifatida keng ko‘lamda mashhur hisoblanadi, 
shuningdek yirik sotsiologik tadqiqotlami tashkilotchisi sifatida o‘rin 
tutadi (ayrim tadqiqotchilar tomonidan Tyonnis sotsiologiyasi endi 
boshlanganligi ta’kidlanadi).

Download 11,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish