Jiyanmuratova G. S0TS10L0 I d I y



Download 11,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/101
Sana20.07.2022
Hajmi11,54 Mb.
#825335
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   101
Bog'liq
Jiyanmuratova G.Sh. Sotsiologiya tarixi. 2020

С. 49
205


tadqiqotlari predmetiga aylantirdi: hukmronlik, bo‘ysunish, raqobat, 
mehnat taqsimoti, partiyalami tashkil qilish, birdamlik va hokazo. 
Nemis sotsiologining fikriga ko‘ra mazkur shakllaming bari tegishli 
mazmunga to‘ldirilgan holda davlat, diniy uyushma, oila, iqtisodiy 
birlashmalar kabi turli guruhlar va sotsial tashkilotlarga tadbiq 
qiqlinadi. Mazkur va boshqa shu kabi shakllami o‘rganish misollarini 
Zimmel o‘zining eng mashhur sotsiologik asarlaridan biri boigan 
"Sotsiologiya. Sotsiatsiya shakllari haqidagi ocherk" asarida keltirib 
o‘tgan (1908),
Kechroq ko‘plab tadqiqotchilar Zimmel tomonidan ajratib 
ko;rsatilgan shakllami tizimlashtirishga harakat qilganlar, biroq 
mazkur tasniflar mantiqiy asosga ega bo‘lmagan va ixtiyoriy b o iib
ko‘ringan. Zimmelning o ‘zi esa inson o ‘zaro munosabatlarining 
toiaqonli katalogini tuzishga intilmagan. Aksincha, u umuman sof 
formal tushunchalar cheklangan qadrga ega, formal sotsiologiya 
loyihasining o‘zi esa faqatgina ijtimoiy hayotning ushbu sof shakllari 
tarixiy mohiyat bilan toidirilgandagina amalga oshirilishi mumkin 
deb hisoblagan. Ya’ni u yoki bu shakl qay tarzda vujudga kelgan, u 
qay tarzda rivojlangan, u mazkur shaklni toidirgan sotsial obyektlarga 
bogiiq ravishda qanday o‘zgarishlarga duch kelganligi aniq boiadi. 
Shu bilan birga sotsial hayot shakllarini tasniflash va ularda 
quvidagilami ajratib ko‘rsatish imkoni mavjud: 1) sotsial jarayonlar;
2) 
sotsial tiplar; 3) rivojlanish modellari.
Sotsial jarayonlarga doimiy, ulaming amalga oshirishning aniq 
vaziyatlariga bogiiq boim agan hodisalar kiritiladi: bo‘ysunish, 
hukmronlik. musobaqa, kelishuv. e'tiqod, nizo va boshqalar.
Sotsial hayot (sotsiatsiya) shakli sifatidagi sotsial jarayonga urf 
(moda) kabi universal hodisa misol b o ia olishi mumkin. Urf, 
Zimmelning fikriga ko‘ra, bir vaqtning o'zida ham taqlidni, ham 
shaxsning individualizatsiyani taqozo qiladi. Chunki urfga ergashgan
2 0 6


inson bir vaqtning o‘zida o‘zini boshqalardan ajratib turadi hamda 
o'zining muayyan guruhga mansubligini tamoyish etadi.
Zimmel urfning individualizatsiyasiz mavjud bo‘lmasligini 
primitiv jamiyatlar misolida isbotlaydi. 
Bunday jamiyatlarda 
maksimal darajada bir xillik kuzatilgan. Demak, o‘zini boshqalar 
orasidan ajratib ko‘rsatishga intilish bo‘lmas ekan, urf ham mavjud 
bo‘ lmaydi.
Xuddi shunga monand ravishda nisbatan kichik guruh vakillari 
tomonidan boshqariladigan jamiyatlarda boshqaruvchi oligarxiya 
vakillari bir xil va odmi kiyimlar kiyishadi. Chunki o‘zlarini omma 
oldida ko‘z-ko‘z qilishdan qochishadi. Urfning taqlid va guruhga 
tegishli bo‘lish xususiyatini esa guruh me'yorlari inqirozga yuz tutgan 
jamiyatlarda modaning yo‘qligi bilan isbotlangan. Misol uchun 
Florensiyada XIV asrda har bir odam o‘zining kiyinish uslubiga ega 
bo‘lgan. Chunki guruh bo‘lib birlashishga intilishning yo‘qligi, 
urfning vujudga kelishini taqazo etmagan1.
Zimmel urfning paradoksal xususiyatini, ya’ni aynan: qanday dir 
hodisa (kiyim-kechak, g‘oyalar, o‘zini tutish, narsalar va boshqalar) 
"urf'ga kirishi bilan u darhol " u rf dan chiqa boshlaydi, y a’ni urf bir 
vaqtning o‘zida ham yangi, ham o‘tib ketuvchi ekanligini o ‘ta noziklik 
bilan anglaydi.
Urftiing keng tarqalishi sababini Zimmelga o‘z zamonasida eski 
odatlar, an'analaming tanazzuli jarayoni bilan izohlagan. Natijada 
vaqtincha va o‘tish davri shakllari ulaming o‘mini bosayotganligini 
ta’kidlagan. Urfning san'at, fan, va hattoki axloqda ham hukmronligi 
shundan. Biroq u yoki bu aniq urfning o ‘tib ketuvchi tabiatiga 
qaramasdan u sotsial shakl sifatida, Zimmelga ko‘ra qandaydir 
doimiylikka ham ega: urf u yoki bu ko‘rinishda har doim mavjud 
bo‘ladi.
Shuningdek, sir tutishni ham Zimmel sotsiatsiya shakli sifatida 
olib qaraydi. Bunda u dualistik ahamiyat kasb etadi, ya’ni o‘zaro 
ta’sirlashuvda ayrimlaming sir tutishi, boshqalaming simi ochishga 
harakati bilan izohlanadi. 0 ‘zaro ta’sirlashuvchilar bir-biri haqida 
ma’lum darajada ma’lumotga ega boiadilar, lekin hyech qachon 
hamma ma’lumotga ega bo‘lish mumkin emas. Sir tutish barchaga 
xos. Muloqot davomida insonlar ataylab o‘zlari haqida m a’lumotlami
! Q arang: A H istory o f Classical Sociology. Translated by H. C am pbell C reighton, M A. (Oxon).
Progress Publishers. - P. 186.
207


oshkor etadilar yoki aksincha o'zlari haqida ataylab yolg‘on m a’lumot 
berishga harakat qiladilar. Zimmel sotsial distansiya (oraliq masofa) 
tamoyilini qo‘llab shuni ta’kidlaydiki, insonlar o‘zlariga nisbatan 
uzoqroq bo‘lgan insonlaming yolg‘onini oson qabul qiladilar, 
aksincha yaqinlarining kichik yolg‘onini ham og‘riqli qabul qiladilar. 
Guruh a’zolari sonining ham sir tutishda alohida o ‘rin tutishiga urg‘u 
berib, Zimmel guruh a’zolari soni ko‘paygani sari unda maxfiylik ham 
otib borishini ta’kidlaydi.
Istisnoli tarzda sevishganlar nikohini tahlil qilib, Zimmel 
ta’kidlaydiki, hatto ular ham bir-birlaridan sir tutmaslikka va’da 
bersalarda, o‘rtalarida maxfiylik qolishi zamr. Chunki barcha narsa 
ayon bo‘lib qolganda, juftlikni saqlab qolish imkoni yo‘qoladi.
Sof sotsial shakllar toifalaridan ikkinchisi - bu sotsial tipdir. 
Zimmel, masalan, g‘iybatchi, kambag'al, aristokrat, yengiltak ayol 
kabi sotsial tiplar va tabiatlami o‘rgangan holda ularning tabiatiga oid 
qarama-qarshiliklarini namoyon qilishga harakat qiladi. Zimmelga 
ko‘ra, aristokrat sotsial tipi o‘zaro bir-birini inkor qiluvchi ikki 
xususiyatni aks ettiradi: bir tomondan u butunligicha o‘z guruhiga, 
sulolasi an'analariga bo‘ysunadi. Chunki u mazkur sulolaning a’zosi 
va davomchisi hisoblanadi. Boshqa tomondan esa u mustaqillikka 
intiladi, chunki kuch, mustaqillik va shaxsiy mas'uliyat aristokratlar 
xos bo‘lgan an'anaviy xususiyat hisoblanadi.
"Rivojlanish modeli", deb nomlangan uchinchi guruhga mansub 
bo‘lgan sotsial shakllarga misol qilib, gumhni uning a’zolarining 
individualligini kuchaytirish yordamida kengaytirishning universal 
jarayonini ko‘rsatish mumkin. Zimmelning ta’kidlashicha, guruh 
a’zolarining soni ortib borishi bilan uning a ’zolari borgan sari bir- 
biridan farqi tobora ortib boradi. Va boshqa bir holat: guruhlar 
a’zolarining individualligining rivojianishi uning birdamligi va 
hamfikrliligining kamayishi bilan birga kechadi. Zimmelga ko‘ra, 
tarixiy jarayon individlar tomonidan ularning o‘ziga xos ijtimoiy 
xususiyatlarining yo‘qotilishi hisobiga individuallikning kuchayishi 
tomonga rivojlanadi. Shu tarzda katta patriarxal oila mustaqil va to‘liq 
xuquqqa ega bo‘lgan nuklear oila bilan almashinadi; korxona va qon- 
qarindoshlik tashkilotlari o‘ziga xos individual ma’suliyatga ega 
bo'lgan fuqarolik jamiyati bilan almashinadi. Mazkur muammoga 
Zimmel "Sotsial differensiatsiya. Sotsiologik va ijtimoiy-psixologik 
tadqiqotlar" kitobining uchinchi bobini bag‘ishlagan.
208


Keltirilgan tasnif sotsial shakllami ajratib ko‘rsatishning barcha 
variantlari va ehtimoliy variantlarini qamrab ololmaydi. Masalan, 
shakllaming bevosita hayot oqimidan uzoqlashganligi darajasiga ko‘ra 
tasnifi mavjud va ahamiyatliroq, deb hisoblanadi. Shunday qilib, 
Zimmelga ko‘ra betartib shakllar hayotga eng yaqin hisoblanadi: 
almashinuv, shaxsiy moyillik, taqlid qilish, olomonning o‘zini tutishi 
bilan 
bog‘liq 
bo‘lgan 
shakllar 
va 
boshq. 
Davlat-xuquqiy 
tashkilotlarning iqtisodiy va boshqa shakllari kabi barqaror va 
mustaqil shakllari hayot oqimi, ijtimoiy mohiyatlardan birmuncha 
uzoqda boiadi.
Va nihoyat, Zimmel tomonidan ijtimoiy hayotdan uzoqlashib 
qolgan "o‘yinga oid" deb nomlangan shakllar ham ilgari suriladi. 
0 ‘yinga oid shakllar - bu nafaqat tafakkurga oid mavhumlikni, balki 
ijtimoiy hayotda haqiqatan ham uchraydigan shakllami aks ettiruvchi 
sotsiatsiyanig sof shakllaridir. 0 ‘yinga oid shakllarga misollar: "eski 
tuzum", ya’ni o‘z davrini yashab boigan va unda ishtirok etayotgan 
individlaming talablarini qoniqtirmaydigan siyosiy shakl; “fan uchun 
fan”, ya’ni insoniyat ehtiyojlaridan uzilib qolgan, "yashash uchun 
kurash quroli" boim ay qolgan bilimlar, “san'at uchun san'at” va h.k..
Roli va ahamiyatiga ko‘ra istisnoli o‘yin shakli sifatida erkin 
muloqot olinadi. Erkin muloqot - muloqot uchun muloqot boiib, u 
hyech qanday maqsadni ko‘zlamaydi, balki faqat muloqot qilish 
uchungina amalga oshiriladi. Muloqotning bu shakli mazmun- 
mohiyatdan xoli bo iib , sotsiatsiyaning o‘yin shakli yoki sotsial 
jarayonning mavhum modelini aks ettiradi. Bunday muloqotga 
individlar hech qanday mazmun-mohiyat kasb etuvchi xususiyatlarsiz 
(imkoniyat, boylik, mavqye, hokimiyat va h.k. kabi) kirishadilar, bu 
“tenglar” muloqotidir. Bu tenglikni me'yor hissi (takt) ta’minlaydi, 
chunki unda qatnashuvchilar intilish va impulslami ko‘rsatmasligi 
lozim. Masalan, ko’chada qatnashayotganlaming ish, mavhum 
muammolarni muhokama qilishi, o‘zining aqli yoki boyligini 
namoyish qilishi me'yordan chiqish hisoblanadi. Demak, me'yor hissi 
sotsial me'yor shakli hisoblanadi. Aynan erkin muloqotni to iiq tahlil 
etish orqali Zimmel sof yoki formal sotsiologiya g‘oyasini namoyon 
etishga muvaffaq boigan deyish mumkin.
Zimmel o‘zining turli asarlarida o ‘yin shakliga e'tibor qaratadi. 
Masalan, hukmronlik va bo‘ysunish, yolg‘izlik va erkinlik, sadoqat va 
axloq, hayot va oiim , pul xo‘jaligi, mehnat taqsimoti, nizo, go‘zallik,
209


urf, o ‘zaro ta’sirda raqam tamoyili, sotsial doiralar kesishuvi va h.k. 
Shu bilan u o‘yinga ramziy mohiyat kasb etib, bizning hayotimizdagi 
ehtiyoj 
va impulslarimiz xulq-atvorimizda keltirib 
ch'sqargan 
shakllami misol qilib keltiradi.Masalan: ov, tuzoq, raqo’oat tavakkal va 
h.k.
Zimmelning 
sotsiologik 
tasavvurida 
voqyelikning 
sotsial 
Tfiohiyati nisbiydir, bu ko‘plab omillar va xususan. o‘zgaruvchilarga 
borib taqaladi. J.Ritser ulaming yig‘indisini sotsial geometriya, deb 
ataydi1. Ular quyidagilar: sotsial maydon, distansi.ya (oraliq masofa), 
miqdor va vaqt.
Makon sotsial hodisalar tahlilida muhim o‘rin tutadi, chunki ular 
ro‘y bergan makondagi farqlanish ulaming turlicha namoyon 
bo‘lishiga olib keladi. Zimmel, shuningdek makonda chegaralami 
ham aniqlab olish zarurligini ta’kidlaydi. Unga ko‘ra, «Chegara -
sotsiologik ma’nodagi makon fakti emas, balki makon bilan 
rasmiylashtirilgan sotsiologik faktdir»2.
Distansiya qadriyat vositalarining sotsial makondagi joylashuviga 
nisbatini nazarda tutadi. Bunga ko‘ra, biz o‘zimizdan uzoqda bo‘lgan 
narsani ko‘proq qadrlaymiz, ya’ni o‘zbekona qilib aytganda: 
“oldingdan oqqan suvning qadri yo‘q”. Katta kuch talab qilish evaziga 
erishiladigan qadriyatning qadri baland bo‘ladi. Shu bilan birga, 
umuman yetib bo‘lmaydigan qadriyat qadriyat bo' Imay qoladi. 
Masalan, kichik bir qishloqda yashovchi insonlar uchun 0 ‘rta yer 
dengizida dam olish qadriyat hisoblanmaydi, ular bu biz uchun emas, 
deb hisoblaydilar3.
Shuningdek, individlaming funksionallashuvi xarakateri ham 
sotsial distansiyaga bog‘liq hisoblanadi. Masalan, bevositat a’lim 
bilan distansion ta’limni oladigan bo‘lsak, birinchisida ma’naviy negiz 
bor, ikkinchisida esa yo‘q, uning o‘mini kompyuter yoki internet 
egallaydi.
Miqdor, ya’ni guruhning hajmi ham o‘zaro ta’sirlashuv sifatiga 
o‘z ta’sirin ko‘rsatadi. Zimmelga ko‘ra, sotsiologik nuqtayi nazardan 
muhim bo‘lgan hodisalaming ayrimlari ikki kishilik guruhning (diada) 
uchinchi tomonning jalb etilishi hisobiga triadaga aylanganida ro‘y
1
Ritzer G Classical Sociological Theory. M cGraw Higher Education, 2000. -

268.
2 История теоретической социологии Т. 
2. -
М.: Канон, 1998.
3 Кравченко Л И. Социология в 2 тт. Классические теории через призму социологического 
воображения
- М : Юрайт, 2014 - С. 304
2 1 0


beradi. Diadada mavjud bo‘la olmagan sotsial imkoniyatlar paydo 
bo‘ladi. Masalan, triadada a’zolardan biri qolgan ikkitasi o‘rtasidagi 
tushunmovchiliklarda arbitr yoki vositachiga aylanadi. Va, shunisi 
muhimki, ikki a ’zo birlashib, boshqasi ustidan hukmronlik qilishi 
mumkin. Bu kichik masshtabda individlardan ajralgan va ular ustidan 
hukmronlik qiladigan yirik strukturalarning paydo bo‘lishi nimalarga 
olib kelishini ko‘rsatadi.
Zimmel uchun vaqt sotsial borliqning muhim xususiyatlaridan 
biri. Sotsiolog uchun o‘zaro ta’sirlashuv shakllari bir-biriga qay tarzda 
bog‘langanligi (sinxron yoki diaxron), ularning tezligi, ular mavjudligi 
va taraqqiyotining konkret ritmlarini bilish muhim.
Sotsial ko‘po‘lchamlilikni ochish vositasi sifatida Zimmel 
dualizmni oladi. Dualizm tamoyili sotsial hodiisalami makon va 
zamon korrelyasiyasida o‘rganishni taqazo etadi.
Zimmel sotsial hayotni faqat sotsiatsiya shakllari orqaligina 
tushuntirish mumkin emasligini tushungan va shuning uchun ham o‘z 
sotsiologik konsepsiyasiga falsafiy sotsiologiyani kiritgan. U o‘z 
navbatida, sof sotsiologiyaning nazariy-metodologik va sotsial- 
falsafiy dunyoqarash yo‘nalishni belgilab bergan.
4. 
Zimmel konkret ilmiy tafakkur falsafaga o‘tib ketadigan ikki 
chegara haqida gapiradi. Birinchisi, bilishning boshlang‘ich nuqtasi 
haqida gap borganda namoyon bo‘ladi. Konkret fanlar shartlanmagan 
bo‘la olmaydi: ularning har bir qadami isbot talab etadi, ya’ni mohiyat 
va metodik xususiyat bilan asoslanadi. Aynan shu boshlang'ich 
nuqtalami falsafa aniqlaydi va o‘rganadi. Ikkinchi chegara pozitiv 
bilimning qismli mohiyati dunyoning manzarasini shakllantirish va 
umuman hayot yaxlitligi bilan moslashish orqali o‘zini to‘ldirishiga 
harakat qilganda namoyon bo‘ladi.
Sotsiologik muammolarni falsafiy asoslash muammosi Zimmel 
tomonidan bilishning sotsiologik nazariyasini ishlab chiqish va sotsial 
falsafani (Zimmelga ko‘ra, sotsial metafizika) yaratish muammosi 
sifatida olib qaralgan.
Zimmel 
sotsiologik bilish muammolariga, 
ya’ni 
haqiqiy 
sotsiologik bilimni asoslash bilan bog‘liq boigan masalalarga katta 
e'tibor qaratgan. Zimmelda bilishning o‘ziga xos nazariyasi sifatida 
tarixiy bilish nazariyasi ilgari surilgan. U Zimmel tomonidan "Tarix 
falsafasi muammolari" asarida bayon qilingan va sotsiologik tahlilda 
umumilmiy metodlami (induksiya, tipologizatsiya va h.k. kabi)
211


qoilash bo‘yicha tavsiyalami o‘z ichiga olgan bilishning falsafiy 
metodologiyasi sifatida o ‘rganilgan. 0 ‘z mohiyatiga ko‘ra, bu 
metodlar sotsial-tarixiy voqea-hodisalaming mohiyatini anglab 
yetishga imkon bermaydi. 0 ‘rganilayotgan hodisa tadqiqotchining 
o‘zining yoki u o‘rganayotgan sotsial guruhning manfaatlari bilan qay 
tarzda bog‘langanligini aniqlash talab etiladi. Buning natijasida hodisa 
nafaqat fan tomonidan anglangan ob'ektlar qatoriga kiradi, balki 
sotsial voqyelik, hayot nuqtai nazaridan tushunib yetiladi. Shunday 
qilib, tushunish1 tom ma’noda va faqatgina sotsial bilishni ifodalovchi 
usul sifatida namoyon bo‘ladi. Zero, ahamiyatlilikning rasmiy 
umumilmiy mezonlari o‘miga yangi, mazmun bilan boyitilgan, o‘ziga 
xos mezon ilgari suriladi.
Qachonki psixik jarayonlar asosida qurilgan ma’lum bir 
anglangan sotsial harakat nafaqat harakat egasida, balki tadqiqotchida 
ham xuddi shu reaksiyani keltirib chiqargandagina, faoliyatning u 
yoki bu turini tushunarli yoki tushunib yetilgan deb hisoblash 
mumkin. Harakat qiluvchini emas, balki «obyektiv» harakatni bunday 
tushunish - jarayonning birinchi bosqichi hisoblanadi. Keyingi 
bosqich, harakat qiluvchining motiv va hissiyotlarini tushunishni 
nazarda tutadi. Bu yerda subyektiv ichki dunyoni emas, balki 
harakatni umumqabul qilingan qadriyatlar doirasida asoslashga 
harakat qilinadi. Bu yerda asosiysi shuki, tushunish natijasi sabab- 
oqibatga oid aloqalami aniqlash emas, sabab va oqibatni ochib berish 
emas, balki ushbu harakatning inson tasawurlari, talablari va 
ehtiyojlari bilan aloqasi mantig‘idan iborat b o igan tarixiy harakatning 
ma’nosini ochib berish hisoblanadi. Bu nuqtai nazardan tushunish 
nazariyasi o‘sha davrda hukmronlik qilgan, tabiiy fanlar usullariga 
yo‘naltirilgan pozitivistik metodologiyaga qarshi yo‘naltirilgan. 
Zimmel ijtimoiy-tarixiy izohlarni tan olinishini va bilishdagi sub'ektiv 
komponentlaming rolini e'tiborga olishni talab qilgan. Tushunish 
nazariyasi bir vaqtning o‘zida mazkur sub'ektiv tarkibiy qismlar 
ustidan nazorat qilish vositasi b o iib xizmat qilishi lozim, chunki 
qiziqishning 
ishtirokini, 
va 
shuningdek, 
sotsial 
bilishdagi 
qadriyatlaming tan olinishi ulaming tadqiqot ob'ektlarin tanlashdagi, 
tushunchalami shakllantirish va izohlashdagi rolini aniqlashni talab 
etgan.
1 Tushunish nazariyasi Zimmel tom onidan «Tarix falsafasi m uam m olari» asarining nem is tilidagi 
ikkinchi (qayta ishlangan va tubdan o ‘zgartirilgan) n ashnda bosqichm a-bosqich rivojlantirilgan.
2 1 2


Va nihoyat, tushunish sof (formal) sotsiologiya va sotsial falsafa 
o‘rtasidagi bog‘lovchi xalqa bo‘lib xizmat qildi. U formal sotsiologiya 
tomonidan taqdim qilingan m a’lumotlami tarixiy anglash vositasi 
bo‘lgan.
Zimmelning sotsial falsafasining asosiy mavzusi - tarixiy 
rivojlanish 
jarayonida 
individuum 
va 
jamiyatning 
o‘zaro 
munosabatlaridir. Mazkur mavzu o‘zining turli variatsiyalarida 
(individualizatsiya va taqlid qilish, integratsiya va erkinlik va h.k.) 
barcha formal-sotsiologik tahlillarda, ulami aniq tarixiy mazmun bilan 
to‘ldirgan holda ajralib turgan.
Individualizatsiya, inson erkinligining ortib borish jarayonini u 
hayotning intellektualizatsiyasi va pul xo‘jaligi rivojlanishi natijasi 
sifatida ifodalagan. Bu yerda qanday mantiq mavjud? Zimmelga ko‘ra 
guruhning oicham i uning vakillarida individuallikning rivojlanish 
darajasi bilan chambarchas bog‘liq ekanligi aw al ham ta’kidlab 
o‘tilgan. Guruhning o ‘lchami uning a’zolari foydalanuvchi erkinlik 
darajasiga 
proporsional, 
unki 
guruhning 
kengayib 
borishi 
ijtimoiylashuv maydonining ham kengayishiga olib keladi, bu esa o‘z 
navbatida, mavhumlashtirish qobiliyatini ochib berishga, intellekt va 
tafakkuming o'sishiga olib keladi.
Zimmelga ko‘ra, intellektning kelib chiqishi va rivojlanishi pul 
xo‘jaligining vujudga kelishi va rivojlanishi bilan o ‘zaro bog‘liq. 
Tafakkuming paydo bo‘lishi va aulning paydo bo‘lishi jamiyatning 
o‘zining "tarixiy" davriga kirishini belgilab beradi. Jamiyatning tarixi, 
Zimmelga 
ko‘ra, 
bu 
sotsial 
hayotning 
o‘sib 
boruvchi 
intellektualizatsiyasining va pul xo‘jaligi tamoyillari ta’sirining 
chuqurlashishi tarixidir.
Shuni ta’kidlash lozimki, intellektualizm va pul xo‘jaligi Zimmel 
konsepsiyasining 
tarixiy-sotsiologik 
konsepsiyasining 
bosh 
tushunchasi bir vaqtning o‘zida sotsiatsiya shakllaridan eng 
mavhumlari sifatida namoyon boiadi. Mazkur shakllaming tahliliga u 
o‘zining "Pul falsafasi" asarining, o‘sha davming kapitalistik turmush 
tarzining ta’rifmi aks ettiruvchi oxirgi bobini bag‘ishlagan.
Zamonaviy 
davming 
o‘ziga 
xos 
xususiyati 
bo‘lgan 
intellektualizm haqida gapirar ekan u, intellektualizm awalgi 
davrlarga xos bo‘lgan sub'ektivizmni va dunyoni to‘g‘ridan-to‘g‘ri, 
bevosita bilishni siqib chiqarayotganligini, va ulami mantiqiy 
uslubning ob'ektivligi bilan almashtirayotganligini ta’kidlab o‘tgan.
213


Bulaming ban ruhiyo kechimnalarning chuqurligi va to‘liqligining 
yo'qolishiga va hayotning umumiy hissiy daraj asming pasayishiga 
olib keladi. Pullar esa, shuningdek, odamlaming munosabatlariga 
"narsalaming qadriyatga oid munosabatlari"ning kirib borishiga 
imkoniyat yaratadi. Zimmel mazkur masala yuzasidan quyidagicha 
yozadi: "Pulli masalalarda barcha insonlar teng qadrga ega, biroq har 
biri qadrga ega boigani uchun emas, balki ularning hech biri emas, 
balki faqatgina pul qadrga ega ekanligi uchun". Pullar muloqotda, 
boshqamvda, ishlab chiqarish jarayonining o ‘zida va boshqalarda 
umumiy begonalashuvga olib keladi. Boshqa tomondan umumiy 
begonalashuv individual erkinlikning o‘sishi bilan birga kuzatiladi. 
Zimmelga ko‘ra begonalashuv va erkinlik, bitta medalning ikkita 
tomonidir. Shu sababli u muloqot jarayonining, odamlaming bir-biriga 
boigan munosabatlarinmg o ‘zining mohiyatining aniq ta’rifmi aytib 
beradi. Uning fikriga ko‘ra, umumiy begonalashuv jarayonida 
odamlar shaxsiy o‘zligining sifatini yo‘qotadilar, "bir oichamlilikka" 
o‘tadilar, afzal ko‘ruvch\ va afzal ko‘rilmaydigan bo‘lib qoladilar, 
Zimmelning 
fikriga 
ko‘ra, 
inson 
munosabatlarining 
ramzi 
fohishabozlik b o iib qoladi, chunki fohishabozlikning tabiati va 
pulning tabiati aynan o‘xshashdir. Har bir yangi iste’molga yetkazib 
beriladigan befarqlik, - deb yozadi Zimmel, ular har bir sub'ektni tark 
etuvchi osonlik haqiqatda ularning hyech biri bilan bog‘liq emas; har 
qanday yurakdan chiqqan harakatni yo‘q qiluvchi, sof vositalar 
sifatida ularga xos bo‘lgan dunyoviylik - bulaming bari pullar va 
fohishabozlik o‘rtasida o‘xshashlikni mavjud ekanligini tasdiqlashga 
majbur qiladi.
Kant o‘zining mashhur m a’naviy imperativini shakllantirar ekan, 
inson hyech qachon boshqa insonni vosita deb hisoblamasligi, balki 
uni maqsad deb hisoblab, shunga muvofiq ravishda harakat qilishi 
lozimligini ko‘rsatib o‘tgan. Bu tomonlama fohishabozlik - mazkur 
tamoyilga tamomila zid boigan xulq. Inson bu yerda - vosita, 
vaholanki har ikki ishtirokchi tomon uchun ham. Va fohishabozlik pul 
xo‘jaligi bilan bog‘liq boigan eng chuqur obraz b o iib qolganligida 
Zimmel chuqur tarixiy ma’noni ko‘radi.
Zimmel pullaming va mantiqiy tafakkuming hayotning barcha 
jabhalaridagi: o‘z davridagi zamonaviy demokratiya, uning xuquqiy 
institutlari, mafkuralari, fanidagi, badiiy ta’b tendensiyalaridagi 
ijtimoiy vazifasini o‘rganadi. Va u, shuningdek, o‘zaro hamkorlikdagi
214


inson mavjudligining barcha sohalaridagi zamonaviy madaniyatning, 
tabiat tomonidan belgilab berilgan, uni boshqaruvchi mazkur ikki 
omilining "uslubiy" birligini o‘rganadi. Mazkur uslubiy birlik sotsial 
hayotning fundamental shakllarining bo‘shab qolganligida, ulaming 
mohiyatining uzilishida, ulaming o‘z-o‘zini boshqaruvchi o‘yinga oid 
shakllariga aylanishida namoyon bo‘ldi.
5. 
Zimmelning sotsiologik konsepsiyasining eng muhim elementi 
madaniyat 
sotsiologiyasidir. 
Zimmel 
o‘zming 
sotsiologik 
tadqiqotlarida xo‘jalik (iqtisodiyot) tizimining halokatli oqibatlarini va 
o‘z zamonasidagi jiddiy qarama-qarshiliklari, ya’ni madaniyat 
sohasidagi kapitalistik siviUzatsiyasining ta’sirchan manzarasini 
chizib berdi. Ushbu jihatdan uning "Pul falsafasi" asari turli 
mualliflaming 
"kapitalizm 
ruhi"ning 
tahliliga 
bag'ishlangan: 
A.Zombartning "Zamonaviy kapitalizm"; M.Vebeming "Protestant 
axloqi va kapitalizm ruhi" kabi ko‘plab asarlari orasida birinchisi 
bo‘ldi. Zimmel ijodini o‘rganuvchilar uning "Pul falsafasi" asari 
birinchi qatoridan boshlab to oxirgi qatorigacha kapitalizm ma’naviy 
tuzumi va umuman zamonaviy davrni "ayblovchi hukm sifatida 
yangraganini" ta’kidlab o‘tganlari bejiz emas. Shuningdek, u o‘zi 
tomonidan 
chizilgan 
"umidsizlik"dan 
chiqish 
yo‘lini 
ko‘ra 
olmaganligini va uning dunyoqarashi o‘ta pessimistik bo‘lganligini 
ham ta’kidlab o'tmaslikning iloji yo‘q.
Aynan shu mavzu “Pul falsafasi”ning asosiga qo‘yilgan. Zimmel 
zamonaviy jamiyatda individlardan ajralib qoladigan va ular ustidan 
hukmronlik qilishni boshlaydigan pul iqtisodiyotining paydo boiishi 
bilan qiziqqan. Bu mavzu, o‘z navbatida, Zimmelning madaniyatning 
butun boshli individ ustidan hukmronligiga bagishlangan yanada 
yirik va mashhur asarining bir qismi edi. Zimmel fikriga ko‘ra, 
zamonaviy dunyoda madaniyat va uning turli tarkibiy qismlari (pul 
iqtisodiyoti ham) o‘ta kengayib bormoqda, va uning taraqqiy etishi 
davomida individning qadr-qimmati pasayib bormoqda. Shunday 
qilib, 
masalan, 
zamonaviy 
iqtisodiyot 
bilan b o g iiq
sanoat 
texnologiyalari 
taraqqiy 
etsa 
va 
murakkablashsa, 
alohida 
mehnatkashning ko‘nikma va imkoniyatlari o'zining ahamiyatini asta- 
sekinlik bilan yo‘qotib boradi. Oxir-oqibat mehnatkash nari borsa 
ustidan ahamiyatsiz nazoratni amalga oshirishi mumkin boigan 
sanoat mashinasi bilan to‘qnash keladi. Umumiy m a’noda, Zimmel
215


zamonaviy dunyoda madaniyatning yana keyingi taraqqiyoti individ 
ahamiyatining pasayishiga olib kelishini ta’kidlaydi.
Zimmel tomonidan madaniyatning tushunilishi hayot falsafasi 
tamoyillariga asoslangan. Hayot - bu boshlang‘ich tushuncha va holat 
bo‘lib, rivojlanar ekan u hayvoniy holatdan ustunlikka erishadi, va 
qaysidir ma’noda ma’naviylikka qadar ko‘tariladi. Hayot irratsional, 
yetarli, obyektiv va o‘z mavjudligining obyektivligida qadriyatdan 
tashqaridir. Masalan, mehnat, ijod kabi hayot faktlari faqatgina 
o‘zlarining tabiiy mavjudligi doirasidan chiqa olsa, va muayyan 
ideallar nuqtayi nazaridan qaraganda, madaniy kontekstga kirib borsa, 
ya’ni "ruh, hayot o‘zini o‘zi bilish yo‘li bilan madaniyatni hosil 
qilsagina qadriyat hisoblanadi. Madaniyat - bu "nozik, ong bilan 
to‘ldirilgan hayot shaklidir, ma’naviy va amaliy faoliyat natijasidir". 
Madaniyat - ikkinchi anglangan, ratsionallashtirilgan "tabiatdir". 
Odamlaming moddiy va m a’naviy muhitda erishgan barcha yutuqlari, 
barcha mahsulotlar - bu inson munosabatlarini tartibga soluvchi xoh 
qurol, mashina, kitoblar, axloq, til, din, huquq, siyosat bo‘lsin, -
ulaming bari o‘zida tabiatda va hayotda ular sababli imkoniyatlar 
amalga oshirilgan g‘oyalami qamrab oladi. Va nihoyat, tabiatni va 
bevosita hayotimizni ’’madaniylashtirar ekanmiz", biz o‘zimizni 
madaniylashtiramiz. Shunday qilib, Zimmelga ko‘ra madaniyat, 
madaniy evolyutsiya tashqi kabi, bizning shaxsiy, insoniy tabiatimizni 
ham qamrab oluvchi va o‘zaro bir-biri bilan bog'lovchi, hayotning 
qadriyatga oid o‘sib borishining cheksiz jarayonidir.
0 ‘z mantig‘iga amal qilgan holda, Zimmel madaniyat hayotdan 
ustun bo‘lgan holda o‘zining shaxsiy, nisbatan avtonom qonuniyatlar 
va rivojlanish mantig‘iga ega bo‘ladi. Biroq bu yerda asosiysi shundan 
iboratki, uning fikriga ko‘ra madaniyat hayot tartibidan ajralib 
chiqishi bitan tegishli ravishda hayot mohiyatidan ham mosuvo 
bo‘ladi, va o‘zida rivojlanayotgan hayot impulsini qamrab olish 
qobiliyatini yo‘qotgan holda faqatgina "mantiqqa" aylanib qoladi. 
Zimmelning yozishicha, "ijod lahzasida” madaniy hodisalar "balki 
hayotga mos kelishi mumkin, biroq oxirgisining ochib berilishi bilan 
ular sekin-astalik bilan unga begonalashadi va hattoki uning 
"dushmaniga" aylanadi. Bunga misollar juda ko‘p: yerga ishlov berish 
va dengizda suzish ehtiyojlariga xizmat qilgan astronomiya, "o‘zi 
uchun" rivojlana boshlaydi; sotsial rollar o‘zining amaliy mohiyatidan
216


mahrum bo igan holda teatr rollariga aylar:b qoladi. Bulaming 
barchasi - yuqorida gapirilgan "sof shakl"ga m' 
b o ia oladi.
Zimmel madaniyatni tahlil qila turib, o‘? 
os metodologiyani 
taqdim etadi. 
Subyektiv (individual) ir ^ n iy a t va obyektiv 
madaniyatni bir-biridan farqlab, ular o‘rtasidagi tafovutni o ‘ziga xos 
tarzda tushuntiradi.
Subyektiv madaniyat deganda, u individlaming moddiy va 
ma’naviy qadriyatlar yarata olish imkoniyatlarini tushunadi, obyektiv 
madaniyat deganda esa - narsalar, asboblar, ilmiy, diniy va badiiy 
g‘oyalar, til, sogiom fikr, huquqiy va axloqiy tizimlar. Insonlar 
tomonidan yaratilgan bu barcha madaniy elementlar o‘zining mustaqil 
hayotiga, taraqqiyot m antigiga ega. Bundan tashqari, ob'ektiv 
madaniyat o‘z yaratuvchilari bilan ziddiyatga kirishadi, u insonlar 
uchun xavf-xatar va begonalashuvning yangidan-yangi shakllarini 
yaratadi, insonlaming hissiyoti va xohish-istaklariga, bu orqali esa 
sub'ektiv madaniyata ta’sir ko‘rsatadi.
Ob’ektiv madaniyat modemizatsiya jarayonida hajm jihatdan tez 
suratlarda o‘sadi. Bunga Zimmel ilmiy bilimning misli ko‘rilmagan 
tarzda o‘sishini misol qilib keltiradi.
Shuningdek, madaniy ob'ektlar differensiatsiyasi ham muhim 
ahamiyatga ega. Asosiysi, ta’kidlaydi Zimmel - obektiv madaniyat 
o‘z yaratuvchisi nazoratidan chetga chiqmoqda, o‘z hokimiyatiga ega 
boiib, individlarga keng masshtablarda ta’sir ko‘rsatmoqda. Bu 
subyektiv madaniyatga xavf-xatar tug‘dirmoqda. Buni Zimmel 
«madaniyat fojiasi» deb ataydi. Uning mohiyati shundaki, «biror 
narsaning umumiy qadri oshgani sari uning individual tarkibi 
qadriyatlari shu darajada kamayadi»1, Haqiqatan ham, bugungi kunda 
obyektiv 
madaniyatning 
o‘sib 
borishi 
sub'ektiv 
madanitning 
so‘nishiga, individuallikning yo‘qo!ishiga olib kelmoqda.
Agar xulosa qiladigan boisak, u holda madaniyatning mavjud 
m antigi hayotning mohiyatini hisobga olgan holda rivojlanayotgan 
hayotning o‘zini namoyon qilish talablari bilan ziddiyatga keladi, 
ya’ni o‘zida doimiylikni aks ettiruvchi madaniy shakl hayotning tabiiy 
o‘suvchanligi bilan tortishuvlarga kirishadi. Natijada "hayot" oqimi 
eskirgan shaklni buzib yuboradi va uni yangisiga almashtiradi. Va bu 
holat cheksiz ravishda davom etadi. Shunday qilib, hayot va
1 Siramel G. The Philosophy o f M oney. - London: Routledge and K egan Paul, 1978. - P. 199.
217


madaniyat qarama-qarshiligini yo‘q qilish imkoni mavjud emas: hayot 
o‘zini madaniyatdan tashqarida ifodalash imkoniga ega emas, 
madaniyat esa hayotga o‘ziga o‘xshash ifoda (shakl) berishga qodir 
emas. Zimmelga ko‘ra, madaniyatning o‘sish jarayoni - uning 
rivojlanish 
jarayoni 
emas, 
balki 
madaniy 
qadriyatlaming 
relyativizatsiya jarayonidir, ya’ni hayotga mos boigan shakl mavjud 
emas ekan, u holda madaniyatning rivojlanish mezoni ham boiishi 
mumkin emas.
6. 
Zimmel ijodiga bagishlangan mavzuni yakunlar ekanmiz, 
uning merosi va sotsiologiya fani taraqqiyotidagi o‘rni haqida 
to‘xtalib o‘tish zarur. Georg Zimmel Vebeming zamondoshi hamda 
Nemis sotsiologiya jamiyatining asoschilaridan biri hisoblanadi.
Zimmel ilk Amerika sotsiolog-nazariyotchilariga o‘zining o‘zaro 
ta’sirlashuvga oid ishlari bilan tanildi. Marks va Veberda ko‘rishimiz 
mumkin boigan ko‘p jildli asarlardan tashqari, Zimmel kambag'allik, 
fohishabozlik, xasislik va isrofgarchilik, begonalashuv kabi o‘ta 
dolzarb mavzularda bir qator ocherklar ham yozgan. Bunday 
ocherklaming qisqaligi va materialga qiziqishning yuqori darajasi 
Zimmel g‘oyalarining osongina tarqalishiga sabab boidi. Afsuski, 
ocherklar Zimmelning sotsiologiya uchun nisbatan ahamiyatliroq 
boigan boshqa yirik asarlarini to‘sib qo‘yib teskari samara ham berdi 
(masalan, «Pul falsafasi» 1978-yilda tarjima qilingan). Shunday 
boisada, o‘zining qisqa va mulohazali ocherklari bilan Zimmel ilk 
Amerika sotsiologik nazariyasiga Marks va Veberdan ko‘ra kuchliroq 
ta’sir 
0
‘tkazdi1.
XX asming 20-30-yillarida empirik tadqiqotlar kuchayib, 
nazariya inqirozga yuz tutgan boisada, Zimmel nazariyasi unutildi, 
deyish mumkin emas. Germaniyada sotsial hodisalar shiddatli tus 
olgan bir paytda Zimmel g‘oyalari va asarlari ikkinchi darajaga surib 
qo‘yilgan boisada, AQShda uning ijodiga boigan qiziqish ortib 
bordi. Zimmelning yaratgan ishlari Amerika sotsiologiyasining ilk 
markazlaridan biri - Cnikago universiteti va uning asosiy nazariyasi -
ramziy interaksionizm shakllanishiga sabab boidi. Chikago maktabi 
va ramziy interaksionizm Amerika sotsiologiyasida 1920-193 0-yillar 
boshlarida hukmronlik qildi. Zimmelning g‘oyalari Chikagoda o!ta 
mashhur edi. Buni quyidagi fakt bilan asoslash mumkin, ilk
1 George Ritzer. Sociological Theory. Eighth Edition. Me Graw-Hill, 2010. — P. 32.
218


davrlardayoq, Chikago maktabining asosiy vakillari - Albion Smoll 
va Robert Park - Berlinda 1800-yillar ‘ 
'nazariyasi bilan tanishganlar. Park 1899-19'' 
llarda Zimmelning 
ma’ruzalarida ishtirok etgan.
1890-yillar davomida Smoll u bilan yozishmalar yozishgan. Ular 
Zimmelning g‘oyalarini Chikago fakulteti talabalariga tanitdilar, 
uning ba’zi ishlarini tarjima qilib Amerika auditoriyasi e'tiboriga 
taqdim etdilar1.
Zimmel 
ijodini 
o ‘rgangan 
Fr.Tenbruk 
uni 
strukturaviy 
funksionalizm asoschisi sifatida ham ta’riflaydi.
Zimmel asarlari yetarlicha baholanmagan deyish mumkin. Buning 
sababi sifatida Zimmel ilmiy tilining murakkabligini olish mumkin, 
uni tushunish o‘quvchidan juda katta mahorat talab etadi. Shunday 
bo‘lsa-da, bugungi kunda ko‘plab sotsiologlar uning ijodiga qiziqish 
bilan murojaat etmoqdalar.
Zimmel g‘oyalari ko‘plab sotsiologik nazariyalarda qayta 
shakllantirilmoqda. Zimmel ijodi tarixini o‘rganuvchilar soni kundan- 
kunga ortib borayotganligini unga bag‘ishlangan monografiyalaming 
paydo boiishi bilan asoslash mumkin. L.Kozer iborasi bilan aytganda, 
Zimmel «Dyurkgeym va Veber singari kuchli tarzda sotsiologik 
tasaw um i rag‘batlantirishda davom etmoqda»2.

Download 11,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish