Fanning shakllanish jarayoni malum bir bilimga ehtiyojni anglashdan boshlanadi. Buning natijasi uchun esa insondan yangi faoliyat shakli talab qilinadi. Sotsiologiyaning ilmiy jarayonga olib chiqilishi O. Kont nomi bilan bogliqdir. U yangi fan tomoni «Sotsiologiya» deb ataladi. XIX asrning 30-yillarida chop etilgan «Pozitov falsafa ruhi» kitobi yangi ijtimoiy fanini paydo bolishidan darak berdi. Shu vaqtdan boshlab sotsiologiyaning obekti va predmeti tarif qilish boshlanadi. Fanning obekti va predmetini aniqlash tadqiqot metodini belgilash, tarixiy taraqqiyoti va malum bilimlarga erishish darajasi bilan o’sha fanning mavqeini belgilab olish mumknn bo’ladi. Sotsiologiyaning mustaqil fan sifatida kechroq paydo bo’lishi, boshqa fanlarga nisbatan yosh bo’lganligidan uning obekti va subekti muammosi hozirgi kunda ham eng dolzarb muammodir. Chunki bu masala sotsiologiyaning vazifasini aniqlab beradi. Hozirgi kunda, fandagi bo’linish (differensiya) jarayoni tuganlanmagan bir sharoitda shuningdek sotsiologiyaning faoliyat ko’lami aniq belgilanmagan bir vaqtda, uning obekti va predmetini aniqlash qiyin masaladir. Mana shuning uchun hozirgi vaqtda bazi tadqiqotchilar sotsiologiyaning predmetini 100 dan ortiq tarifi borligini aytadilar. Bu masalani hal qilishning qiyin tomoni uning strukturasini (tuzilishi) murakkabligi va u inson bilimining turli darajasini o’z ichiga olishi, hamda turli nazariy metodologik prinsiplarga ega bo’lishidadir. Sotsiologiyaning tadqiqot obektini eng umumiy jihatga bo’linishi — jamiyatning makro va mikro jarayonini tahlil qilishdan iboratdir demak sotsiologiyaning obekti va predmeti muammosini hal qilishlik ana shu yuqooridagi jarayonlarni hisobga olib sotsiologiyaning o’ziga hos tomoni ko’rsatib berishdan iboratdir. Sotsiologiyaning obekti va predmetini tushunish uchun sotsiologiya klassiklari asarlariga suyangan xolda hozirgi zamon fanining xolatini va rivojlanish tendensiyalarini hisobga olish kerak. Biroq, bu masalani xal qilishdan oldin obekt va predmet tushunchasini ilmiy tahlil qilish kerak. 10 Chunki ko’pincha bu tushunchalar aralashtirib ishlatiladi, har qanday fanning obekti bu o’ziga hos reallik, alohida aloqalar, munosabatlar va xodisalar bo’lib, tadqiqot qilishlik jarayoni ana shularga qaratilgan bo’ladi. Masalan, fizikannng obektga tabiatdagi fizik jarayonidir. Ximiyaning obekti — tabiatning himik elementlarini o’zaro munosabatidir. Agarda tabiatshunoslik fanlarining tadqiqot obektini aniqlash masalasi unchalik qiyinchilik tug’dirmasa, biroq, sotsial fanlarning tadqiqot obektini aniqlash ancha murakkabdir. Chunki ular jamiyatdagi turli munosabatlarni tekshiradilar, Ayniqsa jamiyatdagi manaviy faktori tekshirish juda murakkabdir. Shunga qaramay sotsiologiya hamma sotsial voqelikni emas, balki boshqa fanlar tekshirmaydigan sotsial voqelikni aniqlab olishimiz kerak. Shu bilan birgalikda sotsiologiyada integral yonalishlar huquq. Sotsiologiyasi, madaniyat sotsiologiyasi, siyosat sotsiologiyasi va boshqa sohalar rivojlanishi. Bu masalani hal qilish uchun yuqoridagi ushbu bilimlar orasida qanday umumiy munosabat bor degan savolga javob berish kerak.