ta'sir
ko‘rsatgani у
o ‘q,
lekin uning institutsionallashuvida katta rol
o‘ynadi. Yel universiteti professori Uilyam Grem Samner (1840-1910)
Amerika sotsiologiyasining taniqli arboblaridan biri edi. Samneming
sotsiologiyasining asosiy tamoyillari Spenserdan olingan. Ular
birinchidan, sotsial evolyutsiyaning barqarorligi, ikkinchidan, tabiiy
tanlovning
hamda
yashash
uchun
kurash
muqarrarligi
va
universalligidan iborat. Bu tamoyillar Samneming turli, ba’zan hatto
juda xususiy, iqtisodiy, siyosiy va axloqiy masalalardagi pozitsiyasini
belgilagan.
Sotsial evolyutsiya g ‘oyasiga asoslanib,
Samner ijtimoiy
munosabatlami isloh qilish, yoki inqilobiylashtirish harakatlarini rad
etgan. Buni uning “Dunyoni o‘zgartirishga bema’ni harakat” (1894)
asarining nomidan ko‘rish mumkin.
Samner ijtimoiy hayotning barcha shakllarini tartibga solishga
aralashmaslik g‘oyasini ilgari suradi. Samner “Evolyutsiya nima
qilishni o‘zi biladi” shiorini ilgari surgan, desak xato bo‘lmaydi.
Samnerga ko‘ra, evolyutsiya yashash uchun kurash orqali o‘ziga
yo‘1 ochib boradi. “Raqobatni gravitatsiya kabi yo‘q qilish mumkin
emas. Shu munosabat bilan Samner ijtimoiy tengsizlikni davlat va
1 Qarang: Гоф м ан А.Б. Семь лекций по истории социологии: У чебное пособие для вузов. - 5-е
изд. - М.: Книжный дом «Университет», 2001. Л екция № 5.
95
madaniyatni tabiiy rivojlantirish uchun zarur shart”, deb hisoblaydi1.
Tabiiy tanlov g'oyasi uning talqinida ijtimoiy tanlovning tabiiyligi
g‘oyasi sifatida namoyon bo‘ladi.
Samneming mafkuraviy qarashlari, Amerika buijuaziyasining
o‘rta
qatlamlarining
davlat
monopoliya
tendensiyalarini
rivojlantirishda erkin raqobat uchun qulay shart-sharoitlarga boigan
talablari bilan umidlarini ifoda etdi.
Shuni ta’kidlash kerakki, sotsial darvinizmning o‘ziga xos
xususiyatlari asosan Samneming publitsistik chiqishlarida namoyon
boidi. Uning sotsiologik asarlariga kelsak, bu yerda ulaming nisbati
juda kichik. Samneming asosiy asari - “Xalqlar urf-odatlari” (1906)
katta etnografik materiallami tahlilidan iborat. Urf-odatlar oxir-oqibat
uning fikricha, xalqning asosiy biologik ehtiyoj lari mahsuli
hisoblanadi. 0 ‘z ehtiyojlarini qondirish uchun odamlar m a’lum bir
faoliyat usullarini ishlab chiqadilar, ular urf-odatlar (guruh darajasida)
va ko‘nikmalar (shaxs darajasida).
Xalq urf-odatlarini Samner o‘ta keng darajada talqin etadi va
ularga xulq-atvoming barcha standart shakllarini kiritadi. Urf-
odatlaming bevosita sabablari sifatida Samner ikki omilni hisobga
oladi. Birinchisi, bu manfaatlar. Odamlar bir-biri bilan yoki atrofidaga
flora va fauna bilan kurash olib borishadi. Urf-odatlar, u holda,
yashash uchun kurash uchun muayyan turdagi mudofaa va hujum
sifatida namoyon boiadi. Ikkinchidan, Samner urf-odatlami insonlar
harakatining to‘rtta asosiy sabablari mahsulidir (Uilyam Tomasning
to‘rt istak konsepsiyasiga xos). Bu ochlik, shahvoniy ehtiros,
ehtiromga chanqoqlik va qo‘rquv. Bu motivlar asosida manfaatlar
turadi. Samner urf-odatlar insonning ongli irodasi natijasi emas, deb
urg‘u beradi.
Samneming eng mashhur tushunchalari: «in-guruh» va «aut-
guruh». Birinchisida gumhlararo ziddiyatlar kuchaygandagi birdamlik
tursa, ikkinchisiga etnotsentrizm xos, ya’ni shaxs boshqa guruhlami
o‘z shaxsiy guruhiga nisbatan baholaydi.
Samner
“ibtidoiy”
jamiyatlardagi
guruhlar
o‘rtasidagi
munosabatlaming soddalashtirilgan holatini yaratadi. Darhaqiqat,
urug‘ va qabilalar o‘rtasidagi munosabatlarda nafaqat dushmanlik,
balki hamkorlik va o‘zaro yordam ham mavjud. Uning urf-odatlar
1 A History o f C lassical Sociology. Translated by H. C am pbell Creighton, M.A. (Oxon). Progress
Publishers. - P. 85.
96
konsepsiyasiga biologik reduksionizm xos bo‘lib, agar odatlar
insonlaming biologik ehtiyojlari natijasi bo‘lsa, unda zararli urf-
odatlarning kelib chiqishi va uzoq muddat amal qilishi sabablarini
tushuntirish mumkin bo‘!may qoladi.
Samner konsepsiyasi shubhasiz afzalliklarga ega. Samner sotsial
hayotning me'yoriy jihatlari bilan bog‘liq muammolarni birinchilardan
bo‘lib
ko‘targan.
Ayrim kamchiliklarini
hisobga olmaganda,
Samneming etnotsentrizm, «in-guruh» va «aut-guruh» tushunchalari
ijtimoiy psixologiya va etnografiya fanlari uchun juda muhim
hisoblanadi1. Lekin uning konsepsiyasining ijobiy jihatlari sezilarli
darajada sotsial-darvinizm tamoyillari va hech qanday metodologik
tamoyilga
asoslanib,
yig‘ilmagan
keng
ko‘lamli
etnografik
materiallari bilan o‘z qadr-qimmatini yo‘qotadi. Bundan tashqari,
Samner uchun metod muammosi mavjud emas. Samneming
sotsiologiya tarixida tutgan o‘rnini baholab turib, shuni alohida qayd
etish lozimki, agar uning konsepsiyasida biz ratsionalistik holatlami
uchratsak, ular nafaqat uning sotsial-darvinistik tamoyillari bilan
bog‘liq emas, balki ulardan ancha yiroq hisoblanadi.
4.
Jamiyatga nisbatan «organizm» iborasining tadbiq etilishi
qadim tarixga ega holat hisoblanadi. Biroq, bioorganik maktab uchun
muhim hisoblangan holat sifatida Kont va Spenser tomonidan ishlab
chiqilgan va ko‘proq evolyutsion biologiya nuqtai nazaridan fikr
bildirishga asoslangan - organizmga o‘xshatish g‘oyasi qayd qilinadi.
Sotsiologiya tarixini o‘rganuvchi
mutaxassislar tomonidan
«jamiyat» tushunchasini organizm tushunchasiga qiyoslovchi, ya’ni
oddiy tarkibiy qismlar - alohida individlardan (hujayralar) tashkil
topgan organizm emas, balki organizmdan yuqori darajadagi bir
butunlik sifatida qarab chiqishni maqsadga muvofiq deb hisoblovchi
vakillar bevosita bioorganik maktab tarkibiga kiritiladi. Jamiyat - bir
butunlik sifatida yangi sifatlarga ega hisoblanishi qayd qilinadi va
ushbu nuqtai nazardan, jamiyat uni tashkil qiluvchi tarkibiy
qismlaming shunchaki yig‘indisi sifatida qarab chiqilishiga nisbatan
ko‘proq mazmun-mohiyatga ega hisoblanadi. Bunda bir butunlik uni
tashkil qiluvchi tarkibiy qismlardan yuqori tuzilish darajasi
hisoblanishi asosida mantiqiy fikr yuritiladi. Jumladan, bir butunlikni
tashkil qiluvchi tarkibiy qismlaming funksiyalari bevosita ushbu
1 Зборовский Г.Е. История социологии: классический этап: учебник для вузов. 2-е изд. испр. и
доп. - Сургут и [др.]: РИ О СурГПУ, 2014. - С. 44.
97
tarkibiy qismlar tegishli bo‘lgan bir butunlikning funksiyasi asosida
qarab chiqiladi.
Bu maktab nazariyotchilari tomonidan ilgari suriluvchi fikrlar va
g‘oyalarga binoan, ijtimoiy tizimning biologik tizim bilan qiyosiy
solishtirilishi ijtimoiy organizmning tuzilishini (ya’ni, anatomiyasi) va
funksiyalarini (ya’ni, fiziologiyasini), uning organlarini (ya’ni,
ijtimoiy institutlami) va tarkibiy elementlarini (odatda, individlar yoki
oilalami) bir butunlikka nisbatan va shuningdek, ularning o‘zaro bir-
biriga nisbatan munosabatlari asosida mazmun-mohiyatini ochib
berishi talab qilinadi. Bu ko'rinishdagi uslubiyatning asosini yakka
tartibdagi organizmlaming ma’lum bir rivojlanish bosqichida
birgalikda «oliy darajadagi organizmlar»ni tashkil qilishi, ya’ni
odamlar jamiyati va hayvonlar jamoalarining shakllanishi va
taraqqiyotida evolyutsiya jarayoni qonuniyatlarining yagonaligi
haqidagi tasawurlar tashkil qiladi.
Garchi, ushbu maktab vakillari tomonidan ilgari surilgan
nazariyalarda tarixiy harakatlanishning o‘ziga xos tuzilishi va o‘ziga
xos xususiyatlariga nisbatan ko‘pincha holatlarda ehtiyotkorlik bilan
yondoshishlar amalga oshirilishi qayd qilinsada, umumiy holatda
ijtimoiy evolyutsiya ichki shart-sharoitlari bilan tavsiflanuvchi, bir
tomonlama yo'nalishda rivojlanuvchi va qaytmas jarayonlar amalga
oshuvchi evolyutsiya sifatida qarab chiqiladi.
Spenser tomonidan asoslab berilgan differensiatsiya g'oyalarini
va biogenetik qonuniyatni umumlashtirish asosida, bioorganik maktab
vakillari tomonidan ijtimoiy jamiyat rivojlanishining kelajakdagi
taraqqiyot bosqichlari oldindan aytib berilgan va shuningdek, uning
tarixiy rivojlanish bosqichlarining qayta konstruksiyalanishi amalga
oshirilgan. Odatda, eng yuqori darajada differensiatsiyalangan va
murakkab tavsifga ega boigan ijtimoiy hodisalar va funksiyalar
sifatida vaqt va davrlar nuqtai nazaridan eng kechki muddatlarda
yuzaga keluvchi, shuningdek ijtimoiy tebranishlarga nisbatan sezgir
hisoblangan va nozik tavsifga ega bo‘lgan, o‘zgaruvchanlikni
namoyon qiluvchi hodisalar va funksiyalar ko‘rsatib o‘tiladi.
Organik uslubiyatning chegaraviy darajada foydalanilishi asii
Germaniyalik hisoblangan, jumladan, o‘z asarlarini nemis tilida
yozgan va Rossiyada faoliyat olib borgan - Paul (Pol) Lilienfeld
(1829-1903) fikrlari va nuqtayi nazarlarida yaqqol ko‘zga tashlanadi.
Lilienfeld tomonidan bildirilgan fikrlarga ko‘ra, kishilik jamiyati
98
tabiatda mavjud organizmlarga o‘xshash tavsiflarga ega bo‘lib,
shuningdek haqiqiy holatda ular bilan bir butun yagonalikni tashkil
qilishi qayd qilinadi.
Shuningdek,
jamiyat
organizmlardan
integratsion
xususiyatlarining namoyon bo‘lish darajasi nisbatan kichik qiymatga
egaligi bilan farqlanadi. Biroq, ijtimoiy organizmda uni tashkil
qiluvchi tarkibiy elementlaming (ya’ni individlar) yuqori darajada
harakatchanlik xususiyatiga egaligi, uning faqat yuksak sinfga mansub
organizm hisoblanishini anglatadi. Shuningdek, jamiyat tizimining
tarkibi odamlaming o‘zaro munosabatlaridan tashkil topganligi
asosida, jamiyat ham organizmlar bilan bir xildagi funksiyalarni
bajarishi
qayd
qilinadi,
ya’ni
-
ko‘payish,
o‘sish,
differensiatsiyalanish, kasalliklar, o‘lim, qayta tiklanish, tarkibiy
qismlaming o‘zaro integratsiyasi va hakozo xossalar jamiyatda ham
kuzatiladi. Sotsiologiya bevosita biologiyaga asoslanishi talab qilinadi
va aynan, biologik qonuniyatlardan foydalanishi maqsadga muvofiq
hisoblanadi.
Organik maktabning ko‘zga ko‘ringan ilg‘or vakillaridan yana
biri - bu Germaniyalik iqtisodchi va sotsiolog olim Albert Sheffle
(1831-1903) hisoblanadi. A.Sheffle o ‘zi mansub bo‘lgan maktab
vakillarining ijtimoiy hodisalami tavsiflashga oid qarashlarida bir
butunlik nuqtai nazaridan yondoshuvni maqsadga muvofiq deb
hisoblaydi va o‘z navbatida, an'anaviy nemis idealizmini qoilab-
quvvatlaydi. U sotsiologiya fan sohasining tadqiqot predmeti sifatida
- odamlar o‘rtasidagi o‘zaro ruhiy-ma’naviy munosabatlarni qayd
qilib o‘tadi, shuningdek o‘zaro muloqotlarning ideal holatdagi va
texnik shakllari va uslublarini ajratib ko‘rsatadi. Bu holatlar uning
jamiyatga nisbatan bergan ta’rifida o‘z ifodasini topadi, ya’ni Sheffle
tomonidan jamiyat - bu «organik individlaming sof holatdagi ruhiy
aktlar zamirida yuzaga keluvchi, tarkibiy qismlarga ajratish qiyin
bo‘lgan, birgalikda yashash asosidagi ijtimoiy jamoasi hisoblanishi
qayd qilinib, bunda g‘oyalar va texnik harakatlami ifodalovchi
ramzlar insoniyat tomonidan ilgari suriluvchi fikrlar va g‘oyalaming
tashqi ob'ektiar sifatidagi yakuniy maxsulotlarda o‘z aksini topuvchi
tashqi holatlar boiib, foyda keltirish va moddiyatni shakllantirishga
yo'naltiriladi»1.
1 Гоф м ан А.Б. Семь лекций по истории социологии: Учебное пособие
дня
вузов. — 5-е изд. - М.:
К ниж ны й дом «Университет», 2001. Лекция № 5.
99
Shuningdek, shaxslaming ij'timoiy nuqtai nazardan birgalikda
yashashi biologik organizmlar tarkibida hujayralaming o‘zaro organik
tavsifda
o‘zaro
bog‘lanishlaridan
farqlanadi.
Ya’ni,
ijtimoiy
munosabatlaming mazmun-mohiyati fizik-kimyoviy va biologik
o‘zaro bog‘lanishlardan farq qilib, individlaming ramzlarga oid va
texnik harakatlarini («amaliy san'at» nuqtai nazaridan) ideal holatdagi
(boshqacha aytganda, ruhiy) o‘zaro aloqadorliklaridan tashkil topadi.
A.Sheffle tomonidan ijtimoiy-ruhiy o‘zaro aloqadorlik holati sof
ideal holat sifatida qayd qilinmaydi. Jamiyatning bur butunligi sharti
bajarilishi holatida, uni tashkil qiluvchi alohida individlar o‘rtasida
ruhiy-ma’naviy faoliyatning taqsimlanishi bevosita, o‘zaro aloqaga
kirishi uchun vosita hisoblangan belgilaming (ramzlar) yaratilishi,
aloqa vositalari va ulaming fimksiyasini ta ’minlovchi maxsus
yordamchi muassasalaming tashkil qilinishi zaruriyatini yuzaga
keltiradi.
Faqat
ushbu
holatdagina,
o‘zaro
mhiy-ma’naviy
munosabatlar «ijtimoiy tana» faoliyatining haqiqiy boshqaruvchisi
sifatida o‘rin tutadi va uning bir butunligi, o‘zar bir-biridan
alohidalangan tarkibiy qismlari o‘rtasidagi funksional bog‘lanishlar
ta’minlanadi.
Nisbatan mustaqil holatda mavjud bo‘lgan, moddiy ramzlaming
yuzaga keltirilishi ulaming ehtimolligi mavjud to‘planishini yuzaga
keltiradi, o‘z navbatida ulaming uzatilishi, umumijtimoiylik va uzoq
vaqt davomidagi barqarorlik (an'analar davomiyligi) ta ’minlanishi
qayd
qilinadi.
Shuningdek, jamiyatning taraqqiyoti
o‘lchovi
hisoblangan - ijtimoiy xotira yuzaga kelishi qayd qilinadi.
Ajdodlardan avlodlarga tomon yo‘nalishda vorisiylik amalga
oshirilishida ijtimoiy ongning shakllanishi - sotsiumning yana bitta
o‘ziga xos xususiyati bo‘lib, bu holat oddiy organik jamoalarda
kuzatilmaydi.
A.Sheffle tomonidan barcha mavjud bo'lgan ijtimoiy shakllar va
funksiyalaming o‘rganilishi asosida, «ijtimoiy organlar va to‘qimalar»
tomon yo‘nalishdagi ijtimoiy anatomiya, ijtimoiy morfologiya va
ijtimoiy fiziologiya ajratib ko‘rsatiladi, ya’ni bunda jamiyat
tarkibidagi mavjud institutlar, tashkilotiar va boshqa ommaviy aholi
birlashmalari va ular o‘rtasidagi o‘zaro aloqadorlik munosabatlari
o‘rganiladi, shuningdek tadqiqot predmeti jamiyatning mhiy-ma’naviy
hayoti hisoblangan ijtimoiy psixologiya yo‘nalishi ajratib ko‘rsatiladi.
1 0 0
A.Sheffle tomonidan bildirilgan fikrlar va nuqtai nazarlarda
xususiy biologik o‘xshashlikka kam e'tibor qaratilgan bo‘lib, nisbatan
ijtimoiy-ruhiy tasawurlarga ko‘proq qiziqish bildirilishi qayd qilinadi.
Shuningdek, u tomonidan ishlab chiqilgan ta’limot tarkibida «ijtimoiy
to‘qimalar»ning organizm to‘qimalariga o‘xshash hisoblangan
qismlardan tashkil topgan, beshta umumiy tiplari haqidagi fikrlar
ko‘proq darajada tanqidiy fikrlami yuzaga keltirgan. Masalan,
beshinchi tip sifatida - ruhiy-jismoniy to‘qima qayd qilinadi va bu tip
bevosita, jamiyatda ommaviy yoki xususiy nazorat orqali amalga
oshiriluvchi, ruhiy-ma’naviy sferada ta’sirga ega hisoblangan
institutlaming umumiy qiyofasini belgilab berishi ta’kidlanadi. Uning
organik gomologikligi (o‘xshashi) sifatida - asab to‘qimasi ko‘rsatib
o‘tiladi. Shunday ko‘rinishda, A.Sheffle tomonidan boshqa qolgan
«ijtimoiy to‘qimalar» tiplari ham qarab chiqiladi. Biroq, ushbu
«ijtimoiy to‘qimalar» faol (amaliy hayot tajribalari to‘planishini
belgilab beruvchi odamlar) va nofaol tavsifga ega bo‘lgan (moddiy
boyliklar)
tarkibiy
elementlaming
«ideal»
holatdagi
o‘zaro
birlashtirilishi yo‘li bilan hosil qilinadi. «Ijtimoiy tana»ning umumiy
tashkillanishi - ushbu ko‘rsatib o‘tilgan asosiy tarkibiy elementlardan
tashkil topgan, nisbatan murakkab strukturadan iborat hisoblanadi.
«Ijtimoiy tana» o‘zining «fiziologik» hayot faoliyatini (funksiyalarini)
faqat, o‘zining faol tavsifga ega takribiy qismlari (individlar va aholi
guruhlari) yordamida va faqat ular uchungina amalga oshirishi qayd
qilinadi.
Boshqa organik maktab vakillari kabi, A.Shefflening o‘zi ham
organik o‘xshashlikdan mutlaqo ijtimoiy tushunchalaming nisbatan
timsollar asosida, batafsil va yaqqol tarzda oydinlashtirilishi
maqsadlarida foydalanganligi doimiy ravishda ta ’kidlanadi, ya’ni
«ijtimoiy tana» - biologik nuqtai nazardan organizm hisoblanmaydi,
hatto ijtimoiy aloqalaming biofiziologik elementi hisoblangan,
ijtimoiy munosatlarda nikoh aloqalari ham nisbatan ko‘proq daijada
ruhiy-ma’naviy tavsifga ega hisoblanishi qayd qilinadi. A.Sheffle
tanqidiy fikrlar ta’siri ostida, o‘zining ikki jilddan tashkil topgan -
«Ijtimoiy tananing tuzilishi va hayoti» asarining uchinchi marta nashr
qilinishida (1896) asaming 1875-1878-yillarda nashr qilingan
dastlabki
to‘rtta
jilddan
tashkil
topgan
nashriga
nisbatan
solishtirilganda, organik-biologik solishtirishlardan nisbatan o‘rtacha
darajada foydalanganligini ko‘rish mumkin, shuningdek muallif
101
o'zining vafotidan oldin, ya’ni 1906-yilda nashr qilgan «Sotsiologiya
asoslari» asarida umumiy bir butunlik asosida yondoshuv g ‘oyasini
saqlab
qolgan
holda,
yuqorida
keltirilgan
tavsifga
ega
solishtirishlardan deyarli foydalanmagan.
Ushbu ko‘rinishdagi evolyutsiya deyarli organik maktabning
barcha vakillarida kuzatiladi, jumladan «Xalqaro sotsiologik sharhlar»
muharriri hisoblangan Rene Vorms (1869-1926) tomonidan bildirilgan
fikrlar va nuqtai nazarlarda ham ushbu ko‘rinishdagi o‘zgarish ko‘zga
tashlanadi. U o'zining «Ijtimoiy organizm» asarida o‘z fikrlarini
organik maktabning vulgar qanoti yo‘nalishining tipik vakili sifatida
bildiradi. Bunda Vorms bevosita, Lilienfeld singari ijtimoiy
toiqinlarni tavsiflash uchun - «ijtimoiy patologiya» va «jamiyat
kasalliklari» tushunchalaridan, shuningdek ijtimoiy islohotlami
tavsiflash uchun esa - «ijtimoiy gigiyena» va «tuzalish»,
mustamlakalarda kamsitishlami ifodalash uchun - «jamiyatning
ko‘payishi» kabi atamalardan keng foydalangan1.
Vorms o'zining so‘nggi asarlarida o‘zining oldin bildirgan bir
qator fikrlariga tanqidiy nazar solgan va organik nazariyaning faqat
oddiy jamiyatlami tavsiflash uchun yaroqli ekanligi haqida xulosaga
kelgan, shuningdek jamiyatning taraqqiy etishi bilan uni tavsiflash
uchun shartnoma nazariyalariga asoslanish yordamida tavsiflash
maqsadga muvofiq hisoblangan yangi omillar kuchga kirishi qayd
qilib o‘tiladi. Ya’ni jamiyat uchun bu rivojlanish davrida asosiy
ijtimoiy omil sifatida - odamlar o‘rtasidagi o‘zaro ruhiy-ma’naviy
munosabatlar muhim o'rin tutishi qayd qilinadi.
Shunday qilib, Vorms tomonidan jamiyatning biologik bir
butunligi nuqtai nazaridan jamiyatning bir butunligini tushuntirib
berishda ruhiy-ijtimoiy nuqtai nazarlardan foydalanishga o‘tish holati
kuzatiladi.
Garchi, yuqorida keltirilgan maktab vakillari tomonidan jamiyat -
tabiatning bir qismi sifatida qarab chiqilishi va uning oliy shakli
sifatida tavsiflanishi va o‘z navbatida, oliy shakl darajasida
qonuniyatlar muhim ahamiyatga egaligi qayd qilinsada, biroq
bioorganik maktab vakillarida jamiyatning rivojlanishida mavjudlik
(yashash) uchun kurash haqidagi masalalarga sotsial darvinizm
masalasiga nisbatan kamroq e'tibor qaratiladi. Masalan, raqobat
1 Гофман А Б . Семь лекций по истории социологии; Учебное пособие для вузов. -- 5-е изд. - М..
Книжный дом «Университет», 2001. Лекция № 5.
102
shaklida qayd qilinuvchi jamiyatda yashash uchun kurash Vorms
tomonidan
biologik
moslashish
qonuni
asosida
tavsiflanadi.
Shuningdek,
tabiat
va jamiyatning
rivojlanish
qonuniyatlari
umumiyligiga qaramasdan, bu qonuniyatlar tabiat va jamiyatda o‘zaro
farqlanuvchi tavsiflarga ega ko‘rinishda namoyon bo‘lishi qayd
qilinadi. Jumladan, tabiiy tanlanish va hayot uchun kurash qonuniyati
odamlar uchun nisbatan og‘ir tarzda kechmaydi. Vorms tomonidan
hisoblanishicha, «ziddiyatlar asosiy va zaruriy holat hisoblanmaydi,
balki mehnat va ijod asosiy ahamiyatga ega hisoblanadi, shuningdek
hayot uchun kurash emas, balki hayotda olg‘a intilish muhim o‘ringa
ega hisoblanadi».
Shuningdek, sotsial darvinizm g'oyalari va odamlaming organik
jihatdan birdamligi, patsifizm g‘oyalariga qarshi kurash mazmuniga
ega ko‘plab fikrlar Fransiyada yashab ijod qilgan sotsiolog - yozuvchi
Yakov Novikov (1849-1912) asarlarida qayd qilinadi. Ushbu muallif
uchun taraqqiyot - bu umumiy muvozanat qonuniyatining alohida
o ‘ziga xos tarzdagi namoyon bo‘lishi sifatida o‘rin tutadi va «siyosiy
nuqtai nazardan» olib qaralganda, «odamlar o‘rtasidagi to‘liq holatda
fikrlar, nuqtai nazarlar birligi va o‘zaro hamfikrllilikka erishish»
hisoblanishi, ya’ni tafakkur nuqtai nazaridan muvozanat holati sifatida
qayd qilinadi1.
Odatda, bioorganik maktab vakillari sifatida — Fransiyalik
ekletika yo‘nalishida faoliyat olib borgan faylasuf va sotsiolog olim -
Alfred Fulye (1838-1912), shuningdek biolog va sotsiolog olim -
Alfred Espinas (1844-1922) ko‘rsatib o‘tiladi.
Fulye
tomonidan
pozitivizm
va
idealizm
g‘oyalari
birlashtirilishiga harakat qilingan bo‘lib, determinizm tamoyillari esa
- erkin iroda va personalizm g‘oyalari bilan mujasammlashtiriladi. U
tomonidan jamoaviy, ma’naviy va ruhiy olamdan ijtimoiy olamga
tomon yo‘nalishda harakatlanish mumkin emasligi g‘oyasi himoya
qilingan. Fulye tomonidan jamiyat - bu ruhiy jihatdan «kelishilgan»
(muvofiqlikdagi) organizm bo‘lib, faqat erkin holatdagi shartnoma
asosida, ijtimoiy determinizm qonuniyatlariga tayangan holatda,
jamoaviy merosiylik bo‘yicha individlar orqaligina amalga oshirilishi
mumkin bo‘lgan holat sifatida qayd qilinadi.
5 A H istory o f C lassical Sociology. Translated by H. C am pbell C reighton, M .A (Oxon). Progress
Publishers.
- P . 72.
103
Espinas zoopsixologiya va etologiya yo‘nalishida faoliyat olib
borgan dastlabki vakillardan biri sifatida qayd qilinadi. U tomonidan
bildirilgan fikrlarga ko‘ra, hayvonot olamining vakillari o‘rtasidagi
o‘zaro assotsiatsiya holatini o‘rganish orqali, ijtimoiy fanlaming
yuzaga kelishiga sezilarli ta ’sir ko‘rsatilgan. Ushbu assotsiatsiyalar va
jamiyat o ‘rtasidagi o‘zaro o‘xshashik hujayralar assotsiatsiyasi va
jamiyat o ‘rtasidagi o ‘zaro o‘xshashlikka nisbatan solishtirilganda
chambarchas bog‘liqlikka ega hisoblanishi qayd qilinadi.
Organik maktabning umumiy uslubiyati tarkibida sotsiologiya
fani tarixida muhim ahamiyatga ega hisoblangan to‘g‘ri tamoyillar
bilan birgalikda, rad etilgan - noto‘g‘ri tamoyillar ham ishlab
chiqilganligi qayd qilinadi. Jumladan, ijtimoiy bir butunlikning
tuzilishi va fimksional bogiiqliklaming konseptualizatsiyasi ishlab
chiqilishiga urinishlar qimmatli ahamiyatga ega hisoblanadi.
Shuningdek,
ijtimoiy bir butunlikning «organizm»
sifatidagi
umumlashtirilishi masalalari va evolyutsion-genetik tasawurlar
saqlanib
qolgan
boiib, keyinchalik
o‘zgartirilgan
va
takomillashtirilgan tarzda fiinksionalizm tarkibiga va sotsiologiyaning
boshqa yo‘nalishlari tarkibiga kiritilgan. Garchi, ushbu maktabning
asosini tashkil qiluvchi manbalar sifatida evolyutsionizm ta’limoti
o‘rin tutgan bo‘lsada, biroq uning organik uyg‘unlik bilan
birlashtirilishiga urinishlar muvafaqqiyatli amalga oshirilmagan.
Natijada maktab vakillari tomonidan ijtimoiy o‘zgarishlaming
mohiyati ochib berilishi qoniqarli darajada amalga oshirilmaganligi
qayd qilinadi.
Ushbu maktab tarkibida ijtimoiy va madaniy bir butunlikning
ehtimolligi mavjud bo‘lgan ko‘p sondagi tiplari dastlab yagona
namuna asosida birlashtirilgan - ya’ni, bunda aynan biologik
organizmning
bir
butunligi tamoyili
asosida
yondoshishdan
foydalanilgan. Biroq jamiyat shunchaki individlaming oddiy umumiy
birligidan tashkil topmaganligi, balki ma’lum bir aniq tavsifga ega
bo‘lgan yagonalikni tashkil qilishidan kelib chiqib, umuman olganda
uning bir butunlik xususiyati yakka mazmunga ega hisoblanishi yoki
boshqacha aytganda, biologik organizmning bir butunligiga o‘xshash
tarzda qarab chiqilishi mumkin emasligi ta’kidlanadi, shuningdek
ijtimoiy-madaniy
jihatdan o‘zaro
aloqadorliklar
biologik
aloqadorliklarga o‘xshash hisoblanadi. Turli xil obyektlarga nisbatan
104
ayrim umumiy tavsifga ega shakllaming tatbiq etilishi ulaming boshqa
munosabatlarda ham yakka mohiyatni tashkil qilishini anglatmaydi.
Shuningdek, ushbu organik maktab vakillarining flkrlarida
jamiyat bir butunligining ontologizatsiyalanishi noto‘g‘ri tendensiya
sifatida qayd qilinadi yoki boshqacha aytganda, ushbu bir
butunlikning me'yor sifatida qayd qilinishi siyosiy mutaasiblik
mazmuniga ega hisoblanishi ko‘rsatib o ‘tiladi, ya’ni - har qanday
inqilobiy harakatlar jamiyatda organik jihatdan bir butunlikning
buzilishini
belgilab
berishi,
me'yoriy
holatlar
buzilishi
va
patologiyalar tavsifiga egaligi qayd qilinadi.
«Ijtimoiy
organizm»
konsepsiyasining
yolg‘on
pozitiv
(psevdopozitiv) shaklining ochiq tavsifdagi metafizik shaklga
(masalan, Gegel - romantik shaklga) o‘rin almashtirilishi orqali,
shuningdek oldindan ko‘ra olish va «ob'ektiv ruhiyat»ni belgilab
bemvchi holatlar o‘miga tabiat qonuniyatlarini qo‘yish bilan
bioorganik maktab vakillari tomonidan ilgari surilgan nazariyalarda
shaxs va yakka tartibda (individual) irodaning ahamiyatini to iiq ochib
berish amalga oshirilishi kuzatilmaydi.
Bu maktab vakillari tomonidan odamlar jamiyati va hayvonlar
jamoalarining evolyutsiya davomida kuzatiluvchi eng oddiy,
elementar belgilarini solishtirish masalalarini muhim o‘ringa olib
chiqish orqali, ular tomonidan kishilik jamiyatining bebaho
hisoblangan o‘ziga xos tavsiflarining qimmati to iiq baholanmagan.
5.
Jamiyat hayotida geografik muhitning u yoki bu shaklidagi roli
masalasini deyarli barcha mutafakkirlar o‘z tadqiqotlarining kun
tartibiga qo‘yganlar. Ijtimoiy-falsafiy tafakkur jamiyat va tabiatni bir-
biriga qarshi qo‘yib, muhitni (iqlim, relyef, tabiiy boyliklar va h.k.)
alohida bir sotsial jarayon va hodisalarga (aholining o‘sishi, ishlab
chiqarish, siyosiy tuzum) ta’sirini keng miqyosda tahlil qilishga
harakat qilib keldi.
Kishilik jamiyati uchun geografik muhitning ahamiyati haqidagi
fikrlar ikki xil mantiqiy yo‘nalishda vujudga keldi:
1. Mexanik geografik determinizm - shuni alohida ta’kidlaydiki,
insonning butun faoliyati faqat tabiiy atrof muhit bilan belgilanadi.
2
. Absolyut madaniy determiznizm - shunday tavsiya beradiki.
muhitni idrok qilish va uni inson uchun ahamiyatini madaniyat
105
belgilaydi va shuning uchun inson faoliyati faqat kulturologik
xususiyatga ega bo'lishi kerak.1
Shuni alohida ta’kidlash lozimki, ijtimoiy tafakkurdagi geografik
yo‘nalishni tor ma’nodani geografik determinizm bilan tenglashtirib
bo'lmaydi. Vaholanki, u faqat shu yo‘nalishning bir qismigina xolos.
Inson - tabiat, madaniyat - muhit degan qarama-qarshiliklar tufayli
vujudga kelgan qiyinchiliklardan chiqish uchun tizimli tadqiqotlar
XIX asrdayoq boshlanib ketdi, ya’ni inson, madaniyat, va muhitni
yaxlit va geografik mintaqaning yagona xususiyati degan qarashlar
quloch yoza boshladi.
XIX asming ikkinchi yarmidan boshlab Ch.Darvinning «Tabiiy
tanlov» nazariyasining kuchli ta’siri ostida geografik determinizm
g‘oyasi keng ma’nodagi mavqyega erishdi. Sotsial geografiyaning
e'tiboriga sotsiologiyadagi geografik yo‘nalishlar ixtiyoridagi shunday
tabiiy omillar - iqlim, tuproq, relyef, suv resurslarining taqsimoti,
foydali qazilmalar, flora va fauna, geofizik va kosmik jarayonlar, yil
fasllarining o‘zgarishi va h.k.lar kirib keldi.
Yuqorida ko‘rsatilgan omillarga bog‘liq bo‘lgan asosiy sotsial
hodisalar sifatida quyidagilar namoyon bo‘ladi:
1. Aholining yer sharida joylashishi va zichligi, uni salomatligi va
ko‘payishi.
2. Tana tuzilishidagi, temperamentdagi, axloq shakllaridagi,
iqtidorlilar tug‘ilishi holatlari takroriyligi va h.k.larda jismoniy va
psixik irqiy tafovutlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |