SO T SIO L O G IY A D A PO Z IT IV IST IK -N A T U R A L IST IK
M A K T A B L A R
Reja:
1.
Evolyutsionizm - naturalistik maktablaming negizi sifatida
2.
Mexanistik maktab
3.
Sotsial-darvinizm
4.
Bioorganik maktab
5.
Geografik maktab
6.
Irqiy-antropologik maktab
1.
Sotsiologiyaning XIX asr o‘rtalari va ikkinchi yarmidagi
rivojlanish bosqichida biz fanni talqin etishning ikki yo'nalishini
ko‘rishimiz mumkin boiadi. Bular: antipozitivizm (marksistik
sotsiologiya va “tushunuvchi” sotsiologiyaga olib kelgan), “bir omil”
poztitivistik-naturalistik maktablar (O.Kont va G. Spenser tomonidan
ilgari surilgan pozitivistik an'ana davomchilari). G‘arb ilmiy tafakkuri
tabiiy
fanlar
muvaffaqiyati
va
pozitivistik-naturalistik
dunyoqarashning gullab-yashnashiga erishdi. Biz bunda Ch.Darvin
tomonidan ilgari surilgan turlaming evolyutsion nazariyasining kuchli
ta’sirini sezamiz. Bu davrda vujudga kelgan evolyutsionistik nazariya
ko‘pgina olimlaming o‘y-hayoliga kirib o‘mashdi. Bizga ma’lumki,
bu nazariya tabiat va jamiyat qonunlarini,
tabiiy va ijtimoiy fanlar
metodlarini umumiyligini keng targ‘ib etgan.
Evolyutsionizm nazariyasi jamiyat va madaniyat genezis
muammolarini
hal
etishda
sotsiologiyani
etnologiya
bilan
chambarchas
bog‘lashga
kirishadi.
Shu
tufayli
o ‘sha
davr
sotsiologiyasini ibtidoiy tarixga va imlosiz xalqlaming ijtimoiy
institutlarini paydo bo‘lishi va rivojining qiyosiy tadqiqotlariga
qiziqishi juda baland edi.
Biologik-evolyutsion maktablarda sotsial
evolyutsiya biologik
evolyutsiyaning davomi yoki bo‘lmasa tarkibiy qismi, deb talqin
qilina boshladi. Bu maktablar vakillarining fikricha,
organizmning
o‘sish qonuniyatlariga o‘xshab ijtimoiy institutlaming qandaydir
organik rivojlanish qonuni ham mavjuddir va u o‘zgarishlami
bosqichma-bosqich hamda doimiy xarakterini belgilaydi. Bunda biz
Ch.Darvinning kuchli ta’siri ostida G.Spenser tomonidan yaratilgan
82
differensiatsiya tamoyiiiga asoslangan
evolyutsionizm nazariyasi
sotsiologik
tafakkurda
sotsial
evolyutsiyaning
chiziqli
konsepsiyasining uzoq muddat mutlaqlashtirilishiga olib keldi.
Shuningdek, naturalistik-evolyutsion sotsiologiya sotsial falsafadan
tarixni «harakatlantiruvchi dastlabki kuch» metafizik muammosini
meros qilib oldi.
Pozitivistik-naturalistik yo‘nalishlar jamiyatni tabiatning bir qismi
deb tan olib, bu tushunchani m a’lum bir ma’noda empirik holatga olib
kelmoqchi bo‘ldilar. Jamiyat rivojini ular tabiiy ob'ektiv kuchlar
sifatida tushunuvchi, ma’lum bir determinatsiya
qiluvchi omillar
harakati bilan bogiamoqchi bo‘ldilar.
Ijtimoiy taraqqiyotning tabiiy qonunlarini izlash va ob'ektiv
ma’lumotlami fanga taqdim etishining ijobiy ahamiyatiga qaramay
naturalistik-pozitivistik evolyutsion sotsiologiyaning sust joyi - bu bir
yoqlamalik naturalizm (asosan biologik) bo‘lib, u tarixni insonning
faollik jarayoni deb e'tirof etishga yo‘l bermaydi.
U yoki bu tabiiy omillami sotsial taraqqiyotni
harakatlantiruvchi
kuchi sifatida birinchi pozitsiyaga ko‘tarish, ayrim hollarda m a’lum
bir tabiiy fanning metodologik namunasi naturalistik maktablami
tasniflashga asos b o iib xizmat qildi.1
Do'stlaringiz bilan baham: