3. Jamiyat sotsial organizm sifatida
4.
Jamiyat strukturasi va uning sotsial turlari
5.
Evolyutsionizm - Spenser ta’limotining asosiy g‘oyasi
6. Spenseming sotsial institutlar to‘g‘risidagi ta’limoti
1.
Ingliz olimi Gerbert Spenser sotsiologiya rivojianishi mumtoz
bosqichining yirik vakillaridan biri hisoblanadi. U 1820-yil 27-aprelda
Angliya janubidagi Derbi shahrida maktab o‘qituvchisi oilasida
dunyoga kelgan. Sog‘lig‘i yomonligi tufayli maktab darslariga
borolmagan va uy sharoitida 13 yoshgacha otasi va tog‘asi qo‘l ostida,
keyin esa mustaqil holda ta ’lim olgan. Bo‘lajak mumtoz sotsiolog
faqatgina maktab emas balki universitet ta ’limini ham olmagan. 1833-
yilda uni amakisi o‘z tarbiyasiga oladi va u Kembrij universitetida
o'qishni boshlaydi, ammo uch yildan so‘ng uyiga qaytib ketadi va o‘z
ustida ishlashni boshlaydi. Keyinchalik Spenser mustaqil o‘qish
ba’zida oddiy maktab va oliy ta’limdan ham ancha muhimroq ekanini
isbotlab, hayotidagi bu hoi bilan ancha g‘ururlangan.
Spenser 17 yoshida ishlashiga to‘g‘ri kelgan, 4 yil mobaynida
temir yo‘lda texnik bo‘lib, keyinchalik muhandis-nazoratchi bo‘lib
ishlagan, shu bilan bir vaqtda tabiatshunoslik va matematika
sohalarida bilimlami egallagan. U lokomotivlar tezligini o'lchaydigan
asbob ixtiro qiladi. Tanlagan kasbi uni moddiy va ma’naviy tomondan
qoniqtirmaydi. 1841-yildan boshlab ikki yil davomida o‘z ustida
ishlashni boshlaydi, 1842-yilda amakisinikiga ko'chib o‘tadi, 1843-yil
muhandislik byurosi boshlig‘i bo‘ladi. Shu yili noyabr oyida o‘zining
ilk “Hukumat faoliyatining haqiqiy tomoni” kitobini nashr ettiradi,
uning birinchi urinishi muvaffaqiyatsizlik bilan tugaydi.
1846-yil Spenser o‘zi yaratgan asbob uchun patent oladi, lekin
temir yo'ldagi 10 yillik xizmatini 1846-yilda mashhur “Iqtisodchi”
jurnalidagi (hozir ham shunday) jumalistik ishiga almashtiradi. 1848-
yilda Spenser “Iqtisodchi” jumalining muharriri o‘rinbosari etib
58
tayinlanadi, uning intellektual g‘oyalari qotib boradi. 1850-yilda u
o‘zining ilk asosiy asari “Sotsial statika”ni yozib tugatadi. Bu ishni
yozish davomida Spenser uyqusizlik kasaliga uchraydi, yillar o‘tib
uning aqliy va jismoniy muammolari kuchayadi. U hayotining keyingi
davrida dam olishi uchun bir qator asab buzilishlarini boshidan
kechiradi.
1853-yilda Spenser merosga ega bo‘ladi, ishini tashlab jentelmen
olim sifatida yashay boshlaydi. Izolyasiyalangan, jismoniy va aqliy
muammolari bo‘lsada, Spenserdan yuksak olim chiqdi. Oxir-oqibat,
Spenser nafaqat Angliyada, balki xalqaro darajada shon-shuhratga ega
bo‘ldi. Richard Xofshtedter yozganidek: «Fuqarolar urushidan keyin
uch o‘n yillikdan so‘ng hyech bir intellektual sohada Spensemi
o‘rganmasdan turib faol ishlash mumkin emas edi»1. Endryu Kamegi
uning tarafdorlaridan biri edi, u Spenserga uning og‘ir kasalligi
paytida 1903-yilda quyidagi xatni yozadi:
Hurmatli, janob Ustoz!.. Siz har kuni mening hayollarimga
kelasiz, va mening hayollarimga «nima uchun» degan doimiy savolini
kiritasiz. - Nima uchun u yotibdi? Nima uchun men yurishim kerak?..
Dunyo o‘zining eng buyuk aql-zakovatini anglamagan holda harakat
qilmoqda... Lekin dunyo qachonlardir uning ta ’limotiga murojaat
qiladi, va Spenser o‘zining buyuklar qatoridan o‘mini egallaydi.
Spensemi boshqa narsa kutmoqda edi.2 Spenseming jumaldagi
muharrirlik faoliyati hamda umuman xizmat faoliyati 1853-yilda
tugagan. Yaxshi yashash uchun zarur narsalar hamda amakisining
vafotidan keyin qolgan merosni olib, Spenser o‘zining haqiqiy sevimli
mashg‘uloti - kitob yozish va ilmiy tadqiqotlar olib borish imkoniga
ega bo‘lgan. Hayotining keyingi 50 yilini shu mashg'ulotlarga
bag‘ishlagan.
Spenser yolg‘iz odamovi inson boigan, deyarli hyech qaerga
bormagan, butun umr nevroz va uyqusizlikdan aziyat chekkan.
Hattoki uni do‘stlari uylanishga majbur qilib, bir ayol bilan
tanishtirishganda ham, u ayolning “o ‘ta rivojlanganligini” bahona
qilib, rad etadi.3 Kabinet olimiga aylanib ulgurgan Spenser fan bilan
shug‘ullanish uchun yetarli moliyaviy vositalarga ega boiib,
1 Q arang; G eorge Ritzer. Sociological Theory. E ighth Edition. M e G raw -Hii\. 2010. - P. 38.
2 Q arang: 0 ‘sha joyda,
3 И стория социологии (XIX - первая половина X X века) У чебник / П од общ ей редакцией
профессора В.И. Добренькова. - М.: И Н Ф РА -М , 2004. - С. 164.
59
akademik va rasmiy mansablami egallashni xohlamay o‘zining uzoq
ijodiy hayotida olamshumul mashhurlik va sotsiologiya klassikasida
obro‘ olib kelgan ancha katta ishlami yozgan. Ular orasida:
“Sotsiologiya asoslari” (3 jildlik, 1876-1896) - uning asosiy
sotsiologik asari, “Sotsial statika” (1850), “Asosiy ibtidolar” (1862),
“Sotsiologiya tadqiqot vositasi sifatida” (1873). Shuningdek,uning 10
jildlik “Sintetik falsafa tizimlari” (1862-1896), “Sotsiologiyani
o‘rganish. Aqliy, axloqiy va jismoniy tarbiya” (1873) «Etika asoslari»
(1893) kabi asarlari ham bor. Spenser o‘zning asosiy sotsiologik
asarlarida jamiyatni sotsial organizm va birinchi bo' lib fanga “sotsial
tizim”, “sotsial struktura”, “sotsial funksiya”, “sotsial institut”
tushunchalarini kiritgan.
Olimning asosiy maqsadi ko‘p jildlik «Sintetik falsafa», ya’ni
barcha ilmiy bilimlar tizimini yaratish va uni kitob qilib chop etish
edi. 1857-yilda kitobni yozishga ahd qiladi. Olim maqsadiga yetadi.
Do‘stlari uning kitobiga oldindan obuna bo‘lib, uni qo‘llab-
quwatlaydilar, ammo nashmi to‘xtatishga to‘g‘ri keldi. Bunga
Spenseming xaddan tashqari toliqishi va asarga kitobxonlaming
qiziqishi yo‘qligi sabab bo‘ldi. Olim deyarli qashshoqlik darajasiga
tushib qolgan edi.
Amerikalik noshir bilan tanishuvi va asarlarining AQSHda
nashrdan chiqa boshlashi unga kulib boqqan omad bo‘ldi. AQShda
Spenseming ishlari Angliyadan awalroq mashhurlikka erishdi. Sekin-
astalik bilan uning kitoblariga bo‘lgan talab ortib, 1875-yil olim
yo'qotishlarini butkul qopladi va daromad ola boshladi. Bu paytda
uning «Biologiya prinsiplari» (1864-1867), «Psixologiya asoslari»
(1855, 1870-1872) va «Sotsiologiya asoslari» (1876-1896) nomli bir
necha jildlardan iborat kitoblari dunyoning ko‘plab mamlakatlarida
nashrdan chiqdi.
J.Ritser o‘z kitobida Spenser haqida qiziqarli ma’lumotlami
keltiradi: Spenserga xos uning intellektual jihatdan o ‘zini qayta
tiklashiga sabab bo‘lgan qiziq xususiyatlaridan biri boshqalaming
ishlarini o‘qimaslik odati edi. Bu borada uning o‘zidan oldingi
sotsiologiya giganti, «aql gigienasi» amaliyotini o‘tagan O.Kont bilan
o‘xshashligi bor edi. Spenser boshqalaming asarlarini o‘qish zarurati
haqida shunday deydi: «Butun hayotim davomida men o‘quvchi emas,
balki mutafakkir bo‘lganman, va Gobbs bilan birga “men ham
boshqalar singari ko‘p o ‘qiganimda edi, shunchalik kam narsani
60
bilgan b o ia r edim”». Do‘sti Spenserdan uning qaysidir kitob
to‘g‘risidagi fikrini so‘radi va «u aytdiki, kitobni ko‘rib turib, uning
asosiy qarashlari xato ekanligini ko‘rdi va uni o‘qish shart emasligini
tushundi, deb javob berdi». Bir muallif shunday yozadi, Spenser
«xuddi terisi bilan bilimlarni o‘ziga singdirib olgan ediki... u hech
nima o‘qimagandek tuyuladi»1.
Agar u olimlarning asarlarini o‘qimagan bo‘lsa, Spenseming
g‘oyalari qaerdan kelib chiqqan? Spenserga ko‘ra, ular tasodifan va
intuitiv tarzda uning ongidan kelib chiqqan. U aytadiki, uning
g‘oyalari «asta-sekin, o‘rtamiyona yo‘llar bilan hyech qanday ongli
maqsadlarsiz yoki sezilarli kuchlanishlarsiz paydo bo‘lgan». Spenser
bunday intuitsiyani chuqur izianish va tafakkurdan ko‘ra g‘oyatda
samarali deb hisoblar edi: «Yuqorida qayd etilgan yo‘l bilan kelingan
qaror tafakkurni egadigan aniq bir harakatlardan ko‘ra to‘g‘ri chiqishi
ehtimoli katta»2.
Spenser o‘zining boshqalaming asarlarini o‘qimaslik odatidan
qiynalgan. U o ‘zining asarlarini shaxsiy, mustaqil tarzda yaratilgan
g‘oyalarini tasdig‘ini topish uchungina o‘qigan. U o‘z fikriga mos
kelmagan fikrlarini e'tiborga olmasdi. Spenseming zamondoshi Charlz
Darvin u haqida shunday deydi: «Agar u katta e'tiborlilikka hatto ...
tafakkur kuchini yo‘qotish hisobiga bo‘lsa ham o‘rganganda edi, u
juda yaxshi inson bo‘lgan bo‘lardi»3.
Spenser olam evolyutsiyasi haqida olimlik darajasiga noloyiq
g‘oyalar va isbotsiz da’volami keltiradi. Shu fikrlarga asoslanib
yigirmanchi yuz yillik sotsiologlari Spenseming ijodini rad etadi va
kuchli ilmiy yondoshuv va empirik tadqiqotlar bilan almashtiradilar,4
Boshqa bir mualliflar asarlarida Spenseming sotsiologik fikrlariga
huquqshunos olim J.Bentam, T.Gobbs, faylasuf J.Lokk, tabiatshunos
olim Ch.Darvin,
faylasuf J.S.Mill,
iqtisodchi
olim A.Smit,
J.B.Lamark, demograf va iqtisodchi T.Maltuslaming tabiy-ilmiy va
falsafiy asarlari katta ta’sir oHkazganligi haqida yozilgan. Spenseming
evolyutsion-organistik konsepsiyasi Ch.Darvinning yashash uchun
kurash qonuni va biologik evolyutsiya nazariyalarining to‘laqonli
ta’siri ostida qurilgan deyish mumkin.
1 Qarang: G eorge Ritzer. Sociological Theory. Eighth Edition. M e Graw*Hill 2010. - P. 39.
2 0 ‘sha joyda.
3 Qarang: 0 ‘sha joyda.
4 George Ritzer. Sociological Theory. Eighth Edition. Me Graw-Hill. 2010. -
P.
39.
61
E.Eliot, J.Lyuis, T.Geksli, J.S.Mill va J.Tindal bilan, hayotining
oxirgi yillari B.Vebb (Britaniyalik jamoat arbobi, sotsiolog, iqtisodchi,
sotsial reformator) bilan yaqin tanish bo'lgan, 1856-yilda Fransiyaga
borganda O.Kont bilan tanishgani uning dunyoqarashini yanada
kengayishiga sabab bo‘ldi. Keyinchalik esa 1864-(1866)- yilda
“O.Kont bilan ziddiyatli qarashlarim sabablari” nomli maqolani nashr
ettirgan.1
Uning ilmiy faoliyatiga ta’sir qilgan olimlar ro‘yxatida nemis
olimlarining nomi yo‘qligining eng oddiy sababi shundaki, Spenser
nemis tilini bilmagan. Chunki, XIX asming birinchi choragi davomida
nemis mumtoz falsafasi asarlari (Kant, Gegel, Fixte, Shelling va
boshq.) Angliyada umuman ma’lum bo‘lmagan. Keyinroq Spenser
Kolrij va Kant vositachiligida taijima y o ii bilan Shelling bilan
tanishgan. Buning natijasida nemis falsafasining unga ta’siri bevosita
bo‘lmagan.
Biroq, shunga qaramay, uning qarashlari o‘z davrida shunchalik
yorqin va ilg‘or boigan-ki, u sotsiologiyani yangi ilmiy fan sifatida
shakllantirgan birinchi darajali asoschilar qatoridan joy olgan. U
pozitiv sotsiologiyaga asos solganlardan biri, sotsiologiyaning asosiy
qoidalarini yaratgan mumtoz olim sifatida tarixda qoldi.
Asosiy asarlari:
1.
«Sotsial statika» (1851).
2.
«Sintetik falsafa tizimi» (10 jild, 1862-96).
3.
«Asosiy boshlang‘ichlar» (1862).
4.
«Sotsiologiya asoslari» (1874-1896).
5.
«Aqliy, axloqiy va jisomniy tarbiya» (1861).
6.
«Etika ma’lumotlari» (1879).
7.
«Adolat» (1891).
Gerbert Spenser 1903-yil 8-dekabrda Braytonda vafot etgan.
Uning vafotidan keyin nashr etilgan “Avtobiografiya”si bir vaqtning
o‘zida bir necha asosiy yevropa tillariga tarjima qilinadi. Spenser
zamondoshlaridan birining qayd etishicha, avtobiografiya nashr
etilgunga qadar u haqida ko‘p gapirildi va yozildi, ko‘pchilik oldindan
nashriyotlarga buyurtma berib qo‘ydi. Va nihoyat, u chiqqan birinchi
1 Н овикова C.C. Социология: история, основы, институционализация в России. - М осква -
В о р о н е ж , 2000.
62
kunning o‘zidayoq narxining ancha qimmatligiga qaramay sotilib
ketdi.1 Bu G.Spenser e'tirofining isboti edi.
2.
Spenserni ko‘pincha sotsiologiya fani taraqqiyoti uchun
qo‘shgan hissasi nuqtai
nazaridan Kont kirgan sotsiologlar
kategoriyasiga kiritiladi, lekin bu mutafakkirlarning g‘oyalari
o‘rtasida
ahamiyatli
tafovutlar
mavjud.
Masalan,
Spenserni
konservator sifatida tan olish qiyin. Spenser yoshligida ko‘proq
siyosiy liberal edi va hayoti davomida ham liberalizm elementlarini
saqlab qoldi. Lekin shuni ham tan olish kerakki, vaqt o‘tishi bilan
Spenser o‘z qarashlarida nisbatan konservativ bo‘lib bordi, va uning
sotsiologiyaga asosiy ta’siri Kontniki singari konservativ bo‘Igan.
Konservatizm
bilan
hamohang
mavjud
bo‘lgan
liberal
tamoyillardan biri, uning
Do'stlaringiz bilan baham: |