Jiyanmuratova G. S0TS10L0 I d I y



Download 11,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/101
Sana20.07.2022
Hajmi11,54 Mb.
#825335
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   101
Bog'liq
Jiyanmuratova G.Sh. Sotsiologiya tarixi. 2020

-P . 59.
107


faoliyati ustidan moddiy makorming «nazorat qilishi» g‘oyasini ilgari 
surgan.
Environmentalizmning taniqli vakillaridan 
biri amerikalik 
geograf, geolog Ellsuort Xantington (1876-1947) hisoblanadi. 
Statistika, paleobotanika, iqlimshunoslik, tarix, demografiya va 
boshqa fanlaming metodlari va m a’lumotlaridan (ko'pincha xato) 
foydalanib, u iqlim o‘zgarishi («pulsatsiyasi») va sivilizatsiyaning 
o‘sishi yoki so‘nishi o‘rtasida mustahkam korrelyasiyalar mavjudligini 
asoslashga harakat qilgan.
Asosiy aloqalar quyidagicha namoyon boiadi: 1) iqlim aholining 
salomatligiga ta’sir ko'rsatadi; 
(bu ta ’simi 
baholash uchun 
Xantingtonbir oylik o‘lim ko‘rsatkichlari va temperaturani olgan, 
zamonaviy tajriba tadqiqotlariga tayangan va h.k.); 2) iqlim jismoniy 
va aqliy faollikka, mehnatning unumdorligiga ta’sir ko‘rsatadi, va 
bundan kelib chiqib jamiyatning biznes va iqtisodiy o‘zgaruvchilari 
silkinishlarini keltirib chiqaradi; 3) sivilizatsiya millatning energiya va 
ishlab chiqarish funksiyasi hisoblanganligi bois, iqlimning ijobiy yoki 
salbiy silkinishlari uning o‘sishi yoki so‘nishini shartlab qo‘yadi.!
Xantington va environmentalistlarning «abadiy qonunlari» faktlar 
bilan asosli tekshiruvdan o‘ta olmadi, lekin ulaming ayrim 
kuzatishlari va farazlari mutaxassislar (biolog, iqlimshunos, psixiatr 
va boshq.) tomonidan yanada tor doirada qoilab-quvvatlandi. Adolf 
Ketie, keyinchalik esa Chezare Lombrozo ham o‘z davrida 
jinoyatlaming «mavsumiy» silkinishi chastotalarini qayd etgan edi.
Zamonaviy Amerika sotsiogeografiyasida qat'iy determinizm va 
miqdoriy yondoshuvga intilish oldindan aytib berish ehtimoli yuqori 
bo'lgan 
cheklangan 
modellardagina 
saqlanib 
qolgan. 
Environmentalizm o‘z muammosi doirasini global doirada emas, balki 
tor xususiy doirada o‘rganmoqda.
XIX asr oxiridan boshlab AQSH environmentalizmiga reaksiya 
sifatida 
«madaniy 
geografiya» 
rivojlandi. 

madaniyatning 
antropologik g‘oyasini ilgari surdi (Alfred Kreber va boshq.). U 
o‘zining asosiy e'tiborini o ‘z yashash muhitini o ‘zgartiruvchi inson 
faoliyatiga qaratdi. Yer yuzasi inson turmush tarzining, uning tarixiy 
o‘tmishining izi sifatida, u yoki bu madaniyat yoyilishining guvohi 
sifatida olib qaraldi.
1 A H istory o f Classical Sociology. Translated by H. C am pbell Creighton, M.A. (Oxon). Progress 
Publishers. - P. 63.
110


Insonning tabiat bilan o‘zaro ta ’sirlashuvidagi faol roliga urg‘u 
berish zamonaviy sotsial ekologiyaning asoschilaridan biri bo‘lmish 
Frederik 
Le 
Pie 
(1806-1882). maktabidan 
boshlab 
fransuz 
sotsiogeografiyasiga xos hisoblanadi. U inson hayotini belgilab 
beruvchi omillaming uchtasi birda yaxlit boigan formulasini ishlab 
chiqdi: yashash joyi, mehnat, oila.
Bu maktabning ilg‘or vakillari Anri de Turvil (1843-1903) va 
Edmon 
Demolen 
(1852-1907) 
bo‘lgan. 
Demolen 
o‘zining 
«Xalqlaming buyuk yo‘llari» (1901) nomli asosiy asarida katta tarixiy 
material asosida geografik determinizmga xos an'anaviy xatolarga yo‘l 
qo‘yib, geografik joylashuv va sotsial tashkillashtirishning turli 
xususiyatlari, mehnat shakllari, mulkchilik shakllari va h.k. o‘rtasidagi 
aloqalami ochib beradi. Demolenga ko‘ra, tarixiy taraqqiyotning ilk 
davrlarida cho‘lda yashash cho‘ponchilik bilan shug‘ullanishni 
belgilab bergan, chunki ko‘chmanchi uchun yerga egalik qilishdan 
ko‘ra cho‘lda erkin harakatlanish imkoniyati muhimroq hisoblanadi.
Geografik psevdodeterminizmning dushmani sifatida fransuz 
«possibilizmi»ni (fran. possibilite imkoniyat) olish mumkin. Bu 
yo‘nalish vakillari individlarning bir xil tabiiy sharoitlarga reaksiyasi 
xilma-xilligi va tug‘ma xususiyatlaridan kelib chiqib, turli darajada 
rivojlangan madaniyatlar uchun hayotda bir xil muhit mavjud 
boimaydi, 
deb 
hisoblaydilar. 
Possibilizm 
muhitning 
statik 
konsepsiyasini batamom yo‘q qildi. Bu oqim ilgari surgan tarixiylik 
doimo savolni konkret qo‘yish lozimligini taqazo etdi: muhit nima 
uchun va kim uchun, mazkur madaniyat uning qaysi imkoniyatlaridan 
foydalanadi.
Fransuz sotsiogeografiya maktabi asoschisi Pol Vidal de la Blash 
(1845-1918) geograf va tarixchi edi. Uning tadqiqotlarida muhitning u 
yoki bu turmush tarzini belgilab berishi emas, balki turmush tarzining 
almashishi natijasida muhit boshidan kechirishi mumkin bo‘lgan 
muntazam tarixiy o‘zgarishlar diqqat markazini egallaydi. Vidal 
uchun landshaft - voqea-hodisalaming tabiiy almashinuvi natijasi 
emas, balki kelajak avlod yashashi uchun yangi shart-sharoitlar 
yaratayotgan inson mehnati mahsulidir.
Vidalning asarlari XX asr yirik fransuz tarixchilaridan - Lyusen 
Fevr (1878-1956) va Mark Blok (1886-1944) qarashlariga ta’sir 
ko‘rsatdi.
m


Fransuz sotsiogeografiyasining hissasi nemis geosiyosatining 
reaksion psevdodeterminizmini fosh etganligi bo‘ldi.
Geografik 
yo‘nalish 
xatoliklarga 
yo‘l 
qo‘ysada, 
uning 
muammolari doirasi bugungi kunda yo‘q bo‘lib ketgani yo‘q. Bugungi 
kunda, insonning tabiatga ta’siri kuchayib borayotgan bir davrda 
uning inson hayoti uchun muhim ahamiyati va faooliyati bilan uzviy 
bog‘liqligi ortib bormoqda. Shunisi aniqki, atrof-muhitga ta’sir 
ko'rsatish faqatgina uning tabiiy qonunlariga amal qilinganda va 
yaxlitlikning asosiy aloqalarini hisobga olgandagina muvaffaqiyatli 
kechishi mumkin, aks holda salbiy oqibatlar tabiatning bir bo‘lagi 
sifatida insonning o‘ziga ham ta’sir ko‘rsatadi.
6. 
Sotsiologiyadagi naturalizmning g ‘oyaviy m a’nodagi eng 
reaksion ko‘rinishi sifatida irqiy-antropologik yo‘nalish namoyon 
bo‘ladi. Rasizm (irqchilik) sotsial-psixologik fenomen sifatida 
o‘zining uzoq tarixiga ega bo'lsada, fan va uning obro‘-e'tiboriga 
tayanishini XIX asrdan boshlaydi.
0 ‘zining xilma-xil konsepsiyalariga ega bo‘lishiga qaramay, bu 
maktab vakillari qarashlari negizining umumiy postulatlari mavjud. 
Ular quyidagilar:
1) 
sotsial hayot va madaniyat irqiy-antropologik omillar 
hosilasidir;
2) 
irqlar bir-birlari bilan teng emasdirlar va bu o‘z navbatida 
ularga xos madaniyatlaming teng bo‘lmasligini shartlaydi;
3) 
insonlaming sotsial xulq-atvorlari to‘laligicha yoki asosan 
biologik vorisiylik bilan shartlangan;

Download 11,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish