Jiyanmuratova G. S0TS10L0 I d I y


Sotsial taraqqiyotni harakatlantiruvchi kuch sifatida u yoki bu



Download 11,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/101
Sana20.07.2022
Hajmi11,54 Mb.
#825335
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   101
Bog'liq
Jiyanmuratova G.Sh. Sotsiologiya tarixi. 2020

Sotsial taraqqiyotni harakatlantiruvchi kuch sifatida u yoki bu
tabiiy omillami ilgari surilishi pozitivistik-naturalistik maktablami
tasniflash imkonini yaratadi.
Masalan, bioorganik maktab asosiy e'tiborini sotsial yaxlitlik 
strukturasiga, 
irqiy-antropologik 
maktab 
-
inson 
biologik 
xususiyatlaming, asosan irqiy mansubligi va genotipining ijtimoiy 
hayotga ta’sirini, sotsial darvinizm - yashash uchun kurash va tabiiy 
tanlov, geografik maktab esa - geografik muhitning ta’sirini 
mutlaqlashtirdi va h.k.. Quyida biz ulami birma-bir ko‘rib chiqamiz.
2. 
Sotsiologiyadagi mumtoz tabiiy fan metodologiyasi obro‘- 
e'tibori va undagi mexanistik dunyoqarash, vulgar-materialistik 
tendensiya xususiyatlarini mexanistik maktab faoliyatida yaqqol 
ko‘rish mumkin.
Bu maktab ta’limoti boshqa ko‘pgina naturalistik maktablar 
uchun yashirin g‘oyaviy baza vazifasini o‘tadi.
1
A H istory o f C lassical Sociology. Translated by H. Cam pbell Creighton, M.A. (O xon). Progress 
Publishers. - P. 57-58.
83


Mexanistik maktabga shartli ravishda shunday sotsiologik 
konsepsiyalami taalluqli hisoblash mumkin: ular sotsial jarayonlami 
va voqealami jismoniy jarayon va voqealar bilan tenglashtiradilar.
Shuningdek, sotsial olamni tushuntirish uchun keng ma’noda 
mexanika, fizika, energetika va hokazolaming tushunchalaridan 
foydalanadi. Mexanitsistlar jamiyatni statistik qismlardan tashkil 
topgan agregat degan tushunchani keng rivojlantirdilar. Jamiyatning 
«agregat» konsepsiyasi sotsiologiyada statistik metodni qo‘llashga 
asosiy omil boidi.
XIX asr sotsiologiyasida mexanistik nazariyani keng ishlab 
chiqqan olim - bu amerikalik iqtisodchi va sotsiolog Genri Charlz 
Keri (1793-1879). Uning mexanistik g‘oyalar aks etgan asosiy asarlari 
quyidagilar: uch jildlik «Sotsial fan asoslari» (1858-1860), «Jismoniy, 
sotsial, psixik va axloqiy fanlar munosabatidagi qonun birligi» (1872). 
U o‘zining bu asarlarida Spenseming mexanistik evolyutsiyasini 
yoqlab chiqadi.
Mexanikaning umumiy reduksionizm mantig'idan kelib chiqib, 
Keri materiyaning hamma shakllarini boshqaradigan umumiy oddiy 
qonunlami 
izlaydi. 
Masalan, 
aholining 
assotsiatsiya 
va 
konsentratsiyasi sotsial shakllarini fizikaning tortishish va itarilish 
qonunlari bilan tushuntirishga harakat qiladi. Uning uchun inson - bu 
jamiyatning 
molekulasi, 
insonlar 
assotsiatsiyasi 
esa 
«buyuk 
molekulyar tortilish qonuni» ning bir ko‘rinishidir. 0 ‘z qarashlarida 
G.Ch.Keri juda sodda umumlashma va analogiyalami keltiradiki, unga 
ko‘ra, ishlab chiqarish va iste'mol moddaning oddiy o‘zgarishi, savdo- 
sotiq esa - moddaning makonda almashinuvi va h.k..
XX asr boshlarida tabiatshunoslik fanlaridag inqilob sotsiallikni 
miqdoriy-mexanistik tarzda tushuntirishga to‘sqinlik qila olmadi. 
Sotsial voqyelikni miqdoriy-mexanistik ravishda tushuntirishga 
intilgan taniqli ximik olim - bu Vilgelm Fridrix Ostvald (1853-1932) 
hisoblanadi. O'zining «Madaniyat haqidagi fanlaming energetik 
asoslari» asarida shuni alohida ta’kidlaydiki, energetika ijtimoiy fanlar 
uchun evristik tamoyillami ishlab chiqishga qodirdir. Energetik nuqtai 
nazardan madaniy jarayon - bu energiyani bog‘langanlikka 
aylanishidir. Qanchalik ko‘p miqdorda bog‘langan, foydali energiya 
olinsa, 
shunchalik 
madaniyat 
taraqqiyoti 
salmoqli 
bo‘ladi. 
Energiyaning yoyilishi qonuniga asoslangan bu universal mezon
84


nafaqat ijtimoiy taraqqiyotning ko‘lamini o‘lchaydi, balki, organizm 
yashovchanligining uzayishini ham kuzatib borish imkonini beradi.
V.F.Ostvald shu tariqa boshqa sotsiologik va 
iqtisodiy 
kategoriyalami energetizm nuqtai-nazaridan tushuntirishga o‘tadi, 
xususan, ijtimoiy tartib va davlatni energiyaning ijobiy almashinuvi 
shart-sharoiti sifatida olib qaraydi.
Matematik tabiatshunoslikning ustuvorligi XX asr boshlarida 
mexanistik tafakkuming keng yoyilishga sabab bo‘ldi. Sotsial fizika 
g‘oyalarini V.M.Bexterev, L.Vinyarskiy va A.Barselo, A.Lotka, 
V.Pareto va boshqalar u yoki bu tarzda rivojlantirdilar1.
0 ‘zlarining 
bir 
qator 
jiddiy 
kamchiliklariga 
qaramay 
mexanitsistlarning ayrim xatti-harakatlari sotsiologiya fanining 
rivojiga sezilarli ta’sir ko‘rsatdi. Xususan, ular sotsiologiyada o‘lchov 
va statistika nazariyasini tadbiq etilishiga baholi qudrat o‘z hissalarini 
qo‘shdilar.
3. 
Darvinizm ta’limoti u yoki bu ko'rinishda sotsiologik 
ta’limotlar va fikrlarga ma’lum darajada o‘z ta’sirini ko‘rsatgan, 
jumladan bu holat Gabriel Tard, Lester Uord, Franklin Giddings, Emil 
Dyurkgeym tomonidan bildirilgan nuqtai nazarlar va ilgari surilgan 
g‘oyalarda yaqqol ko‘zga tashlanadi.
Ushbu ko‘rsatib o‘tilgan mualliflar va boshqa bir qator 
sotsiologlar tomonidan ilgari surilgan g‘oyalarda darvinizm ta ’limoti 
farazlarni ishlab chiqishda o‘ziga xos turtki beruvchi ahamiyatga ega 
bo‘lishi yoki yordamchi uslubiy qurol sifatida foydalanilishi qayd 
qilinadi. Shunday tariqa tabiiy-ilmiy darvinizm sotsial-darvinizm 
ta’limotiga aylantirilishi kuzatiladi.
Ushbu o'rinda qayd qilib o‘tish kerakki, Ch.Darvinning o‘zi ham 
va shuningdek, darvinizm ta’limotining boshqa asoschilari, jumladan 
Alfred Uolles va Tomas Geksli kabi olimlar ham biologik 
tushunchalami bevosita to‘g‘ridan-to‘g‘ri ijtimoiy fan sohalariga 
o‘tkazilishiga qarshilik bildirishgan. Shu sababli, keyinchalik «sotsial 
darvinizm» deb nomlangan yo‘nalishning asoschisi sifatida aynan, 
Ch.Darvinni 
ko‘rsatib 
o‘tish 
mumkin 
emas. 
Evolyutsiya 
nazariyalarining tamoyillarini tizimli tarzda ijtimoiy fan sohalariga 
tadbiq etgan dastlabki vakillardan biri - bu G.Spenser hisoblanadi, u 
tomonidan tabiiy tanlov, hayot uchun kurash va yashab qolishga
1 A History o f C lassical Sociology. Translated by H. Cam pbell Creighton, M.A. (Oxon). Progress 
Publishers. - P. 59-61.
85


intilishda moslashish mexanizmlarini belgilab beruvchi qonuniyatlar 
nafaqat sifat jihatidan biologik mazmunga egaligi, balki ijtimoiy 
fenomenlar ham hisoblanishi ta’kidlab o‘tiladi. Aynan, ushbu muallif 
tomonidan sotsial-darvinizm ta’limotining asl tamoyillari ishlab 
chiqilgan, deb hisoblanilsa xato bo‘lmaydi.
Sotsial darvinizm mukammal ishlab chiqilgan sotsial oqim 
hisoblanmaydi. Biroq ushbu ta’limot tamoyillarining boshqa ijtimoiy 
fanlar sohalarida keng tarqalishi, shuningdek, publitsistika va badiiy 
adabiyotda aks etishi qayd qilinadi.
Odatda, sotsiologiya tarixiga oid adabiyot manbalarida o‘z 
fikrlarini bildirib o‘tgan ayrim sotsial darvinizm ta’limoti vakillari 
umuman olganda, evolyutsion nazariyaga mutlaqo qarshi fikr 
bildirishgan boiib, ular tomonidan ushbu tushunchadan deyarli 
foydalanmaslik qayd qilinadi, boshqa ayrim vakillar esa - faqat ushbu 
taiimotning 
ayrim 
tamoyillarinigina 
o‘zlari 
ishlab 
chiqqan 
konsepsiyalarga moslashtirishlari kuzatiladi. 
Sotsial darvinizm 
ta’limoti vakillari orasida o‘z nuqtayi nazarlari va qarashlariga ko‘ra, 
vulgar materialistlar va idelistlar ham mavjud boiib , shuningdek 
ijtimoiy «realistlar» yo‘nalishida ijod qilgan vakillarda ijtimoiy bir 
butunlik uni tashkil qiluvchi individlardan tashqari holatda qarab 
chiqilishi kuzatiladi, «nominalistlar» esa - haqiqiy mavjudlik va 
mazmun - mohiyatni faqat individlar asosida yondoshish bo‘yicha 
tahlil qilishni maqsadga muvofiq, deb hisoblashadi, bundan tashqari 
irqlar va antiirqlar, burjuaziya reformistlari (islohotchilar) va ijtimoiy 
rivojlanishda tartibsizlik tamoyillari tarafdorlari ham o‘ziga xos 
farqlanishga ega fikrlar va g‘oyalami ilgari surishgan1.
Agar, 
sotsial 
darvinizm 
maktabining 
dastlabki 
yaqqol 
farqlanuvchi yo‘nalishlaridan biri - bu bevosita ziddiyatlar 
konsepsiyasi 
asosida 
shakllangan 
yo‘nalish 
boiib, 
biologik 
evolyutsiya nazariyalari asosidagi tamoyillar ishlab chiqilishga olib 
kelgan, shuningdek ikkinchi yo‘nalish - bu bilvosita shakllangan 
yo‘nalishlar yoki boshqa nazariyalarga asoslanuvchi yo‘nalishlardan 
tashkil topadi. Aynan, sotsial darvinizm maktabining keltirib o‘tilgan 
ikkinchi yo‘nalishlarida faoliyat olib borgan sotsiologlaming ayrim 
fikrlariga nisbatan batafsil to‘xtalib o‘tamiz. Bular: Uolter Bejgot,
1 Qarang: Гофман А.Б. Семь лекций no истории социологии: У чебное пособие д ля вузов. - 5-е
изд - М.: Книжный дом «Университет», 2001. Лекция № 5.
86


Lyudvig Gumplovich, Gustav Ratsenxofer, Albion Smoll, Uilyam 
Grem Samner.
Uolter Bejgot (1826-1877) - Angliyalik publitsist, iqtisodchi va 
siyosatchi olim, o‘zining «Fizika va siyosat» kitobida (1872) 
birinchilardan bo‘lib, darvinizm nazariyalarini ijtimoiy fanlarga tadbiq 
etishga dastlabki urinishlami amalga oshirlgan. Bejgot tomonidan 
tabiiy tanlovning asosan, kishilik jamiyatining taraqqiyotining 
boshlang‘ich davrlarida ulkan rol o‘ynaganligi qayd qilib o‘tiladi. 
Bejgot tomonidan quyidagi fikrlar keltiriladi: «Boshqa sohalarda 
«tabiiy tanlov qonuniyati»ning amal qilinishiga qarshi fikr bildirish 
mumkindir, biroq so‘zsiz ravishda bu qonuniyat kishilik jamiyati 
tarixining boshlang‘ich davrlarida yetakchi o‘rin tutadi, ya’ni bu 
davrda kuchlilar kuchsizlarni kuchi yetgani darajasida o ‘ldirishlari 
kuzatilgan»1.
Bejgot tomonidan bildirilgan fikrlarga ko‘ra, dunyoda odamlar 
o‘rtasida yashash uchun kurash qonuniyati asosan individlar o ‘rtasida 
emas, balki individlar guruhlari o ‘rtasida amalga oshadi. Jumladan
birorta millatning boshqalari ustidan hukmronlik qilishga intilishi 
kuzatiladi, millat ichida esa - ayrim ijtimoiy guruhlaming boshqalari 
ustidan ustunlik qilishga intilishi qayd qilinadi, va bu holatni Bejgot 
asosiy ijtimoiy qonuniyatlardan biri sifatida ko‘rsatib o‘tadi.
Bejgot tomonidan guruhlar o‘rtasidagi ziddiyatlaming muhim 
ahamiyatga ega ekanligi ta’kidlab o ‘tilishi bilan birgalikda, guruh 
ichida kuzatiluvchi, taqlid qilish asosida shakllangan jipslikka katta 
e'tibor qaratiladi. Jumladan, uning o‘zi ham Tard g ‘oyalarining 
davomchisi sifatida maydonga chiqadi va o‘zi ishlab chiqqan 
konsepsiyaning markaziy g‘oyalarini «taqlid qilish» tamoyili asosida 
bayon qilib bergan.
Bejgot tomonidan taqlid qilish tendensiyalari bilan birgalikda, 
shuningdek qarama-qarshi mazmun-mohiyatga ega bo‘lgan tendensiya 
ham mavjudligi ta’kidlanadi: ya’ni - odamlaming olg‘a intilishlari 
ulaming taqlid qilinuvchi oldingi ajdodlardan farqlanadi va bu holat 
o‘z navbatida, taraqqiyot yuzaga kelishi ehtimolligini belgilab beradi. 
Bejgot tomonidan bildirilgan fikrlarga ko‘ra, taraqqiyot uchun optimal 
shart-sharoitlar keltirib o'tilgan har ikkala tendensiyalar o ‘rtasida 
o‘zaro turli nisbatlar saqlanuvchi jamiyatlarda shakllantiriladi: y a’ni,
1 Qarang: 0 ‘shajoyda.
8 7


bunda yangiliklaming yaratilishini belgilab beruvchi yoilam ing 
ochilishini ifodalovchi - o ‘zgaruvchanlik tendensiyalari va ij'timoiy 
jipslikni ta’minlovchi taqlid qilish tendensiyalari muhim ahamiyatga 
egaligi ta’kidlanadi.
Bejgot tomonidan bildirilgan fikrlardan farq qilib, Avstriyalik 
sotsiolog va huquqshunos olim - Lyudvig Gumplovich (1838-1909) 
tomonidan bevosita evolyutsion nazariyadan kelib chiqmaydigan 
konsepsiya ishlab chiqilgan. U biologik o‘xshashlik nazariyasiga 
qarshi fikr bildiradi va Kont, Spenser, Sheffle, Lilienfeld kabi 
sotsiologlar 
tomonidan 
ta’kidlangan: 
«biologik 
o‘xshashlik
sotsiologiyada hech qanday ahamiyatga ega hisoblanmaydi va bu 
o‘xshashliklar faqat bizga timsollami solishtirish imkonini beradi, 
biroq hech qanday holatlarda ham m a’lum bir aniq bilimlami 
ifodalamaydi...»1 
ko‘rinishidagi 
tanqidiy 
izohlashlar 
tarafdori 
hisoblangan. Bundan tashqari, Gumplovich tomonidan ishlab 
chiqilgan konsepsiya sotsiologiya tarixida mutaxassislar tomonidan 
ko‘pincha holatlarda sotsial-darvinizm sifatida tasniflanadi va bu 
holat, eng avvalo, Gumplovichning jamiyatga nisbatan o‘zaro va 
hukmronlik qiluvchi guruhlarga nisbatan ayovsiz kurash olib boruvchi 
guruhlar birligi sifatida fikr bildirilishidan kelib chiqadi.
Naturalistik 
konsepsiya 
tarixida 
Gumplovich 
tomonidan 
«insoniyat - Koinot va tabiatning bir qismi hisoblanadi va unga 
tegishli bir butunlikni 
aks ettiruvchi abadiy qonuniyatlarga 
bo‘ysunadi»2 fikri ilgari surildi. U quyidagi fikrlami yozib qoldirgan: 
«Alfa va omega sotsiologiya, uning oliy mazmun-mohiyati va uning 
yakuniy so‘zi (mahsuli) - bu tabiiy jarayon sifatidagi kishilik 
jamiyatining tarixi hisoblanadi».3
Gumplovich 
tomonidan 
keltirilgan 
sharhlashlarda 
individ 
o‘zining erkinligi bilan birgalikda yolg‘on voqelik (psevdorealizm) 
sifatida yoki boshqacha aytganda, ikkinchi tartibdagi voqelik sifatida 
ahamiyatga ega hisoblanadi. Aksincha, jamiyat, ijtimoiy guruhlar - asl 
va oliy voqelik hisoblanib, individning determinatsion xulq-atvorini 
belgilab beradi. Ushbu holatda jamiyat nafaqat uni tashkil qiluvchi
1 Qarang- Гумплович Jl. О снования социологии // Западно-европейская социология XIX — начала 
XX веков: Тексты. - М., 1996 - С. 30.
2
Q arang: Гоф м ан А.Б. Семь лекций по истории социологии: У чебное пособие для вузов. - 5-е 
изд. — М.: Книжный дом «Университет», 2001. Лекция № 5.
3 Qarang: A H istory o f Classical Sociolog}'. Translated by H. Cam pbell Creighton, M .A (Oxon). 
Progress Publishers. - P. 59.
88


tarkibiy qismlar - individlardan tashkil topgan umumiylik sifatida 
emas, balki ushbu tuzilish darajasidan yuqori tartibdagi holat sifatida 
qarab chiqiladi.
Gumplovich fikriga ko‘ra, sotsiologiya - bu barcha sotsiologik 
fan sohalarini o'zaro bog‘lovchi, ulaming asosini tashkil qiluvchi 
falsafiy asos sifatida o‘rin tutadi. Falsafa tarixidan (uning maqsadi -
ko'plab dolzarb masalalami hal qilishga yo'naltiriladi) farq qilib, 
uning asosiy vazifasi - insoniyat qayerdan kelib chiqqanligi va qaysi 
yo'nalishda harakatlanayotganligiga oydinlik kiritishdan iborat va 
sotsiologiya - ijtimoiy guruhlar va ular o ‘rtasidagi o ‘zaro 
munosabatlarni o‘rganuvchi fan hisoblanadi.
U tomonidan ta’kidlanishicha, turli xil ijtimoiy guruhlar 
o‘rtasidagi uzluksiz va ayovsiz amalga oshuvchi kurash ijtimoiy 
hayotning asosiy omili hisoblanadi. Gumplovich asosiy ijtimoiy 
qonuniyat sifatida - «har bir ijtimoiy guruhning o‘z yo‘lida uchrovchi 
har bir boshqa ijtimoiy guruhlami bo‘ysindirishi va o‘z faoliyatini 
kengaytirishga, hukmronlikka intilishi»ni ko‘rsatib o‘tadi.
Gumplovich tomonidan ta’kidlanishicha, tarixda qayd qilingan 
dastlabki ijtimoiy guruhlar - bu antropologik va etnik belgilami o ‘z 
tarkibiga 
birlashtiruvchi 
o ‘rdalar 
hisoblanadi. 
Shuningdek, 
Gumplovich o‘rdalar o ‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni izohlashda 
Samner tomonidan bildirilgan fikrlarga asoslanadi. U tomonidan 
Samner ishlab chiqqan «etnosentrizm» tushunchasidan foydalaniladi 
va ushbu tushunchani «har bir xalqning o‘z ishonch-e'tiqodidan kelib 
chiqib, nafaqat zamonaviy xalqlar va millatlar orasida eng yuksak 
darajada o‘rin tutishga intilishi, balki tarixda mavjud bo‘lgan barcha 
xalq va millatlardan ham yuksalishga intilishini» izo’nlab beruvchi 
tushuncha sifatida qayd qilib o‘tadi.
Gumplovich tomonidan o ‘rdalar o‘rtasida uzluksiz ta’sir 
ko‘rsatuvchi o‘zaro qarama-qarshilik kurashlarining holatlari tavsiflab 
beriladi. Agar, dastlab ular o‘rtasidagi o ‘zaro to‘qnashuvlar natijasida 
mag‘lubiyatga 
uchraganlaming jismoniy jihatdan yo‘q 
qilib 
tashlanishi amalga oshirilsa, u holda g‘olib chiqqanlaming kelajakda 
ijtimoiy evolyutsiya davomida g‘oliblar sifatida faoliyati kengayishi 
amalga oshadi. Natijada, asta-sekin davlat tuzilmalari shakllanadi. 
Biroq, gumhlar o‘rtasidagi o'zaro ziddiyatlar yo‘q bo‘lib ketmaydi. 
Tamoyil jihatidan gumhlar o‘rtasidagi o‘zaro kurashlar yangi shaklda 
davom etadi: «...boshlang‘ich davrlarda antropologik jihatdan turli xil
89


tavsifga ega bo‘lgan o'rdalar o‘rtasida kurash amalga oshgan bo‘lsa..., 
u holda biz erishgan rivojlanishning oliy darajasida ijtimoiy guruhlar, 
sinflar, harakatlar va siyosiy partiyalar o‘rtasida kurash davom etadi».
Gumplovich tomonidan ishlab chiqilgan konsepsiya tarkibida 
ijtimoiy guruhlaming nisbatan umumiy tavsifda va asosiy bo‘lib 
chiqilishi - hukmronlik qiluvchi va ularga bo‘ysinuvchi ijtimoiy 
guruhlar ko‘rinishida ifodalanadi. Bunda keltirilgan har ikkala guruh 
ham hokimiyatga intilishi kuzatiladi, ya’ni «hukmronlik qiluvchi 
ijtimoiy guruhlarda bu intilish unga bo‘ysinuvchi sinflarning jadal 
tarzda ekspluatatsiya qilinishi shaklida amalga oshirilsa, bo'ysinuvchi 
ijtimoiy guruhlarda esa - intilish jarayoni qarshilik ko‘rsatish 
kuchining oshirilishi va o‘ziriing tobelik darajasini kamaytirishga 
harakat qilish tarzida amalga oshiriladi». Nima uchun guruhlar 
o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar antagonistik ziddiyatlar tavsifida 
amalga oshadi? Bu savolga javob topishda Gumplovich vulgar 
iqtisodiy materializm va naturalizm nuqtai nazaridan fikr bildiradi. 
Barcha ijtimoiy jarayonlar, jumladan har qanday ziddiyatlaming 
yakuniy holatdagi sababi - bu vulgar iqtisodiy materializm 
mazmunidan kelib chiqadi, bu holat odamning o‘zining moddiy 
ehtiyojlarini to‘liqroq qondirishga intilishidan kelib chiqadi. Ushbu 
holatga bogiiq ravishda, Gumplovich tomonidan quyidagi fikrlar 
bildiriladi: «har doim va barcha joyda iqtisodiy motivlar har qanday 
ijtimoiy harakatlaming sababini tashkil qiladi, o‘z navbatida davlat va 
jamiyatning rivojlanishi, taraqqiyotining barcha shart-sharoitlarini 
belgilab beradi».
Gumplovich 
tomonidan 
qayd 
qilinishicha, 
ehtiyoj laming 
qondirilishi bir ijtimoiy guruhning boshqasi ustidan zug‘um 
o‘tkazishi, ulami majburlashi yo‘li bilan amalga oshiriladi va 
boshqacha bo‘lishi ham mumkin emas.
Ko‘p holatlarda, Gumplovich «irq» tushunchasidan foydalanadi 
(ayniqsa, bu holat uning ijodining boshlang‘ich davrlarida yaqqol 
ko‘zga tashlanadi) va hatto, o'zining asosiy asarlaridan birini - «Irq va 
davlat» deb nomlaydi (1875), shuningdek «Irqlar kurashi» (1883) 
asarini yozadi. Muallif tomonidan irq - bu biologik va shuningdek, 
ijtimoiy-madaniy fenomen sifatida ta’riflanadi. 0 ‘zining «Irqlar 
kurashi» asarida Gumplovich irqlar kurashini - «bir jinsli tarkibiga 
ega bo‘lmagan (geterogen) ijtimoiy va etnik birliklar, guruhlar va
90


jamoalaming o‘zaro kurashi» sifatida keltiradi1. Muallif tomonidan 
biologik irsiyatning taraqqiyotda kam ahamiyatga ega hisoblanishi, 
bunda odamning xulq-atvori determinatsiyasida ijtimoiy shart- 
sharoitlar va muhitning muhim o ‘rin tutishi qayd qilinadi, jumladan 
hozirgi vaqtda sof holatdagi irqlar mavjud emasligi va shuningdek, 
irqlaming o‘zaro aralashish jarayoni 
ijobiy ahamiyatga ega 
hisoblanadi.
Demak, 
bu 
holat 
uning 
ijtimoiy 
evolyutsiyada 
irqlar 
farqlanishlarining 
(jismoniy-antropologik 
nuqtai 
nazardan) 
ahamiyatini umuman tan olmaydimi? Bu savolga «yo‘q» javobini 
berish 
mumkin. 
Jumladan, 
Gumplovich 
bu 
ko‘rinishdagi 
farqlanishning jamiyat rivojlanishida boshlang‘ich bosqichlarda 
muhim ahamiyatga ega hisoblanishini ta ’kidlaydi. Irqlarga bog'liq 
omil bu holatda ijtimoiy-ruhiy begonalishish omili sifatida o‘rin tutadi 
va ijtimoiy rivojlanishning navbatdagi bosqichlari esa - boshqa 
sabablar asosida amalga oshadi.
Gumplovich tomonidan ishlab chiqilgan konsepsiyada ko‘pgina 
jihatlar bir-biriga zid keluvchi mazmunga ega hisoblanadi. Shunday 
qilib, 
u tomonidan ta’kidlanishicha, jamiyat rivojlanishining 
boshlang‘ich bosqichlarida qayd qilinuvchi masalalar sotsiologiya 
fanining 
va 
boshqa 
sotsiologik 
fanlaming tadqiqot 
ob'ekti 
hisoblanmaydi. Shu bilan bir vaqtda, muallif tomonidan ushbu 
rivojlanishning boshlang‘ich bosqichlariga katta e'tibor qaratish 
amalga oshiriladi, jumladan umumiy holatda Spenser tomonidan ilgari 
surilgan evolyutsionizm g‘oyasi asosida murakkab tavsifga ega 
bo‘lgan ijtimoiy tuzilmalar nisbatan odiy tuzilmalaming umumiy 
yig‘indisi sifatida qarab chiqiladi.
Gumplovich tomonidan sotsiologiyaning tadqiqot ob'ekti (falsafa 
tarixidan farq qilib) - insoniyat emas, balki ijtimoiy guruhlar 
hisoblanishi qayd qilinadi va shu bilan birgalikda, «sotsiologiyaning 
xususiy predmeti, ilmiy tadqiqot ob'ekti sifatida insoniyat ko‘rsatib 
o‘tilishi mumkinligi» ta’kidlanadi.
Gumplovich tomonidan ishlab chiqilgan nazariyada asosiy 
ziddiyatli jihat - bu bir tomondan, ijtimoiy hodisalaming o‘ziga xos 
xususiyatlarga egaligini qayd qilish va uning odamlarda individual va 
irqlarga oid jihatlarga bog‘liq emasligi ta ’kidlansa, boshqa tomondan
1 Бачинин В. А., Сандулов Ю. А И стория западной социологии. - СПб, 2002. - С. 224-225.
91


esa - ijtimoiy hodisalaming yakuniy asosi sifatida hamma joyda va 
har doim o‘zgarmas tavsifga ega bo‘lgan inson tabiati, uning o‘z 
ehtiyojlarini qondirishga intilishga moyilligi, hokimiyatga intilishi va 
hokazo holatlar ko‘rsatib o‘tiladi.
Gumplovich 
tomonidan 
mavjud 
haqiqiy 
hodisalardan 
farqlanuvchi, ijtimoiy hodisalaming alohida tavsifga ega boigan 
sinflari mavjudligi ta’kidlanadi, bu sinfga mansub ijtimoiy hodisalar 
deklerativ tavsifga egaligi qayd qilinadi. Shuningdek, ijtimoiy 
jarayonlaming naturalizatsiyasi biopsixik reduksionizmga olib kelishi 
ta’kidlanadi.
Gumplovich tomonidan ishlab chiqilgan konsepsiyada ijtimoiy 
guruhlaming funksiyasi va rivojlanishini ta’minlovchi ichki omillar 
to‘liq baholanmagan. Gumplovich tomonidan ijtimoiy guruhlaming 
funksiyasi va rivojlanishini ta ’minlovchi ichki omillar tizim sifatida 
o‘rin tutishi qayd qilinadi va bir butunlik, shuningdek ma’lum 
darajada o‘zini o‘zi determinatsiyalovchi tavsifga ega hisoblanishi 
keltirib o'ffladi. Bu holatlar Gumplovich tomonidan bir qator sotsial 
jarayonlami noto‘g‘ri baholanishiga olib keladi. Ziddiyatlar va 
zo‘ravonlikning ijtimoiy hayotda asosiy omillar sifatida qarab 
chiqilishida 
Gumplovich 
hamjihatlik 
asosida jipslashish 
va 
hamkorlikning ahamiyatiga e'tibor qaratmagan.
Gumplovich tomonidan ishlab chiqilgan konsepsiya boshqa bir 
Avstriyalik sotsiolog - «Siyosatning mohiyati va maqsadi» (1893), 
«Ijtimoiy ong» (1898) va uning vafotidan keyin nashr qilingan 
«Sotsiologiya. Insoniy munosabatlar haqida pozitiv ta’limot» (1907) 
asarlarining muallifi hisoblangan Gustav Ratsenxofer (1842-1904) 
tomonidan ilgari surilgan konsepsiya bilan hamohangdir.
Ratsenxofer tomonidan ijtimoiy hayotning asosiy hodisalari va 
jarayonlari sifatida quyidagilar ko‘rsatib o ‘tiladi: individlaming o‘zini 
o‘zi saqlab qolishi va ko‘payishi, individual va ijtimoiy tiplaming 
o‘zgarishlari, hayot uchun kurash, irqlaming mutloq raqiblik 
kurashlari, makon bo‘ylab tarqalish va joylashish, irqlarga oid 
ajralishlar, 
hukmronlik 
va 
tobelik, 
individualizatsiya 
va 
ijtimoiylashish 
strukturalarining 
ketma-ketlikda 
kelishi, 
manfaatlaming o‘zgarishlari, davlat, global jamiyat.
Shunday qilib, Gumplovich singari Ratsenxofer ham o‘z fikrlarini 
monizm tarafdori sifatida bildiradi, ya’ni - jamiyat ham tabiat kabi 
umumiy qonuniyatlar asosida faoliyat olib borishi ta’kidlanadi, ushbu
92


holatga bogiiq ravishda tabiat va ruhiy-ma’naviy olam haqidagi 
fanlarning o‘zaro qarama-qarshi qo‘yilishini rad etadi. Shuningdek, 
Ratsenxofer tomonidan ilgari surilgan ijtimoiy qonuniyatlar kimyoviy 
qonuniyatlarga, ayniqsa biologik qonuniyatlarga juda yaqin tavsiflarga 
ega hisoblanadi. Sotsiologiya - bu falsafiy fan hisoblanib, barcha 
ijtimoiy fanlar va siyosatning asosini tashkil qilishi ta’kidlanadi.
Ratsenxofer ziddiyatlami asosiy ijtimoiy jarayon sifatida qarab 
chiqish orqali, asosiy burchakka manfaatlar kategoriyasini qo‘yadi. 
Manfaat - bu ijtimoiy jarayonlarni boshqaruvchi asosiy tamoyil 
hisoblanadi, shuningdek ijtimoiy jarayonlaming mazmun-mohiyatini 
ochib beruvchi kalit vazifasini bajaradi. Ratsenxofer tomonidan 
sharhlanishiga ko‘ra, sotsial hayot - bu turli xil manfaatlarning o‘yini 
hisoblanadi. U manfaatlarning quyidagi ko'rinishdagi asosiy beshta 
turini ajratib ko‘rsatadi:


Download 11,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish