2-mavzu. Tarixiy jarayon qonuniyatlarini o’rganish



Download 43,69 Kb.
Sana24.06.2021
Hajmi43,69 Kb.
#100263
Bog'liq
2- mavzu.Boltayev Muroddilo


2-mavzu.Tarixiy jarayon qonuniyatlarini o’rganish

1.Tarixga yangicha munosabat.

2.Tarix taraqqiyoti va shakllanishining asosiy bosqichlari.

1.Jahon Sivilizatsiyasi tushunchasiga turdosh bo‘lgan ijtimoiy- iqtisodiy formatsiyalar shu kungacha ilmiy adabiyotlarda jamiyat taraqqiyotining o‘ziga xos xususiyatlariga ega bo‘lgan bosqichlari sifatida e’tirof etilib kelindi. Ayni kunda ijtimoiy- iqtisodiy formatsiyalar tushunchasidan voz kechish fikri bildirilmoqda. Buni YU.V.YAkovets quyidagicha izohlaydi: ijtimoiy - iqtisodiy formatsiyalarda moddiylik ma’naviy dunyodan ustun qo‘yiladi. Biz bunga qarama- qarshi o‘laroq inson, ijtimoiy ong ustunligi masalasini tarixiy taraqqiyotda ma’naviy Dune dinamikasi Bilan bir qatorga qo‘yamiz. Ikkinchidan ijtimoiy- iqtisodiy formatsiyalarini qat’iy 5 ta bosqichga bo‘linishning o‘zi mazmun- mohiyotdan tarixiy rivojlanishga qarama – qarshidir. Masalan, ibtidoiy jamoa tuzimi tushunib bo‘lmaydiga darajada cho‘zib yuborilgan, undagi sifatiy rivojlanishlar hisobga olinmagan ( m. aql idrokli odam, neolit inqilobi va h.k.). Sotsializm va uning yuqori bosqichi- kommunistik jamiyat tarixning oxiri deb talqin etildi. Vaholanki, 20 asr oxiriga kelib bu konsepsiyaning noto‘g‘ri ekanligini hayotning o‘zi ko‘rsatdi. Sivilizatsiyalar rivojlanish maromi, almashunivi oxirigacha etmaydigan jarayon hisoblanadi. Sababi, kishilik jamiyati bor ekan bu jamiyat davom etaveradi (kosmik, ekologik, termoyador halokatlari bo‘lmaguncha).

Bugungi kunda tarix falsafasida Sivilizatsiya yondashuvning turli xil tomonlarini ishlab chiqish dolzarb masalalar qatoriga kiradi. Sivilizatsiyalarning almashib turishi jarayonida sodir bo‘ladigan o‘zgarishlarni bashorat qilish yuz berishi mumkin bo‘lgan salbiy oqibatlarning oldini olishga zamin yaratadi, to‘g‘ri yo’lni tanlashga imkoniyat tug‘diradi.

Insoniyat jamiyatining o‘ziga xos tarzda rivojlanishi, madaniyat, axloq turmush tarzi, diniy ijtimoiy tizimi, iqtisodiy taraqqiyotdagi o‘ziga xos xususiyatlar jamiyat hayotiga Sivilizatsiyaviy yondoshuvlar vujudga kelishiga sabab bo‘ldi. XX asrning boshlarida nemis faylosufi Osval’d SHpengler “Evropa quyoshining botishi” kitobida jahon tarixiy taraqqiyotining birligini rad etib, tarix bir qancha mustaqil, takrorlanmaydigan tutash davriy “lokal madaniyatlarga”, o‘ziga xos taqdirga ega bo‘lgan, tug‘ilish, ravnaq topish va tanazzul bosqichlarini o‘z boshidan kechiradigan alohida, o‘ta organizmlarga, davrlarga bo‘linadi, deb hisobladi. ”Tarix tadqiqoti” asarning muallifi ingliz tarixchisi Arnol’d Toynbi esa o‘zining “davriylik nazariyasi“ da jaxon tarixini bir xildagi fazalardan, tug‘ilish, o‘sish, emirilish, buzilish va halok bo‘lish fazalaridan o‘tuvchi “Sivilizatsiyalar” tarixidan iborat deb hisoblaydi. A. Toynbining fikriga ko‘ra tarix turli maxdud Sivilizatsiyalar tarixidan iborat bo‘lib, ular bir-birlari bilan aloqasiz holda vujudga kelganlar, rivojlanganlar va yo’q bo‘lib ketganlar. A. Toynbi Sivilizatsiyaning harakatini uning vujudga kelishi, rivojlanishini taqoza qiladigan kuch deb ma’naviy qadriyatlar, diniy sistemalar va aqliy qobiliyatga ega bo‘lgan kishilarning faoliyatini ko‘rsatib o‘tadi.

Sivilizatsiya doimiy ravishda rivojlanish jarayoniga ega shuningdek, o‘zining xayotiy sikllari mavjud: Sivilizatsiyalar o‘zlarida statistik formatsiyalarni emas, balki evolyusion tipdagi dinamik xosilalarni namayon etadilar. Har bir Sivilizatsiya o‘z rivojida Sivilizatsiyaning vujudga kelishi (kelib chiqish ildizi), Sivilizatsiyaning o‘sishi, darz ketishi, inqirozga uchrashi kabi bosqichlarni boshidan kechiradi. Sivilizatsiyaning kelib chiqishi ildizi sabablarini atrof- muhit yoki irqiy farqlanishlardan izlamasdan, aksincha ma’lum jamiyatning inqirozga uchraganligiga qarshi javoban xarakatdan izlash lozim. Sivilizatsiyaning inqirozga yuz tutishini esa jamiyatning ichki tushkunligi, tashqi ta’sir ( xududga bosqinchilik xarakatlari m. doriylar bosqini Krit- Mikenga; oriylar bosqini Maxanjadara, Xarappaga) dan izlash lozim. Maxalliy Sivilizatsiyalar almashinuvi jaxon Sivilizatsiyalari rivojlanish maromining tegishli qonuniyatlari maxsuli hisoblanadi. Super sikllar orasidagi chegaralarda ro‘y beruvchi hamda katta tarixiy burushlar jarayonida maxalliy Sivilizatsiyalarning differensialashuvi jarayoni kuchayadi xattoki Sivilizatsiyalarda darz ketish, inqirozga uchrash xolatlari ro‘y beradi. SHularni hisobga olgan holda amerikalik olim S.Xantington o‘zining « Stolknovenie sivilizatsiy» (1997) nomli asarida kelgusi urushlar «Sivilizatsiyalar urushi» bo‘lishi mumkin degan qarashlarini ilgari suradi.

Kishilik jamiyati tarixining boshlang‘ich va eng uzoq davri (agar bunga mezolit davrini ham qo‘shib hisoblasak 10 ming yildan ortiqroq vaqtni o‘z ichiga oladi) neolit, ilk sinfiy jamiyat va antik davri Sivilizatsiyalaridan iboratdir. Bungacha bo‘lgan va nisbatan 3 barovar ko‘p vaqtni o‘z ichiga olgan “aql – idrokli” (Homo Sapiens) odamdan boshlanadigan davr jamiyat tarixidan oldingi davr hisoblanadi.

“Aql- idrokli” odamzod shakllangan davrgacha inson dastlabki mehnat quroli yasagan vaqtdan buyon taxminan 2- 2,5 mln yillik evolyusion yo’l bosib o‘tilgan. “Aql-idrokli” odam biologik evolyusiya natijasida shakllandi. Insoning ongli faoliyatiga imkon beruvchi miya hajmi yuzaga keldi. Odamzod o‘zi yashayotgan atrof muhitni yanada kengroq o‘rgana boshladi. Natijada organizmga foydali o‘simlik turlari va hayvon, parranda xillarini iste’mol qildi va bu odamlarni turli, mushkul sharoitlariga tushib qolganida ham yashab qolishga imkon berdi. Jamiyatning boshlang‘ich yacheykasi sifatida juft oilalar shakllandi. Urug‘ jamoasi yuzaga keldi (25 – 30 dan 500 kishigacha). Hayvon podalari izidan quvishib, ko‘chmanchi hayot turmushi bo‘lgan. 50- 100 km.kv. gacha – bir kishi to‘g‘ri kelib, aholi zichligi juda kam bo‘lgan. Bu davrda juda sodda shaklda bo‘lsada mehnat taqsimoti ro‘y bergan: ayollar termachilik, egulik tayyorlash, bolalar tarbiyasi, olovlarni o‘chirmay saqlash kabi ishlar bilan, erkaklar esa ov bilan mashg‘ul bo‘lganlar. Mehnat jarayonida nutq rivojlanib borib, to‘plangan tajriba va dastlabki bilimlar almashina boshlandi. Ibtidoiy san’at – qoya tosh sur’atlari yaratildi. (Altamir g‘ori – Ispaniyada; Bxumbetku – Hindistonda 500 ta g‘orda rasmlar galeriyasi; Montespan – Fransiya, Kostenki – Donda; Kapova g‘ori –Boshqirdistonda rasmlari; Zarautsoy – Surxandaryoda) ibtidoiy diniy e’tiqod – totemizm, animizm, magiya, ko‘mish bilan bog‘liq urf–odatlar yuzaga keldi. Lekin, bu davrda kishilik jamiyati ijtimoiy tuzilmalari juda oddiy bo‘lgan. Bu davrni xaqli ravishda insoniyat jamiyatidan oldingi davr deb aytaolamiz. Homo Sapiens zamoni oxirgi bosqichlarida ular Evropa, Osiyo, Afrika, SHimoliy va Janubiy Amerikada yashay boshlaganlar.

K.YAspers bu davr borasida quyidagi xulosalarni keltiradi. 1. Mehnat qurollari va olovdan foydalanish; 2. Nutqning paydo bo‘lishi; 3. Odamning o‘zligidan ustunligi; o‘zining qobiliyati, iqtidorini payqashi; 4. Guruh va uyushmalarning yuzaga kelishi. Ongli ravishda uyushmalarga birlashish; 5. Odamning ijtimoiy genotipining shakllanishi. Ko‘nikma, bilim tajribani avlodga etkazish. Etnik normalar, ma’naviy dunyo, o‘zligini anglashi yuzaga kelishi. Mezolit – kishilik jamiyati hisobi boshlanishiga shart – sharoit yaratgan, o‘tish davri hisoblanadi. Muzlikning chekinishi, o‘q-kamonning ixtiro qilinish bilan boshlanishi xarakterlanadi. O‘simlik va hayvonat dunyosi keskin o‘zgaradi. Odamlar endi tabora tabiatga qaramlikdan qutilish yo’llarini izlay boshladi. Ixtiro- kashfiyotlar qilinidi (to‘r, qarmoqlar, garpun va h.k.). Ming yillar o‘tishi bilan endi odamzod tabiatda tayyor bo‘lgan mahsulotlarni iste’mol qilishdan, o‘zlari mahsulot etishtirishga o‘ta boshladilar. Termachilikdan dehqonchilik, ovchilikdan chorvachilik yuzaga kela bordi. Birinchi bo‘lib bug‘doy madaniylashtirildi. Mil.avv 10-8 ming yilliklarda Falastin, eron, Kichik Osiyo tog‘liklarda, mil.avv 6 ming yilliklarda, Misr, Dunay bo‘ylari va Bolqon, Hindistonda donli ekinlar etishtirila boshlandi. Mezolit davrida echki, qo‘y, eshak keyinroq yirik shoxli hayvonlar, cho‘chqa honakilashtirilgan. Xullas, ishlab chiqarish iqtisodiyotiga o‘tish bilan aholining o‘troqlashishi yuz berdi. Muqim yashaydigan qishloqlar paydo bo‘ldi. Ierexon ( Falastinda), CHatay – xyuyuk ( Kichik Osiyoda); Bagor ( Hindistonda). CHorvador aholilarning yaylovlarga talashib, jamoalar o‘rtasida to‘qnashuvlar ro‘y berib, yangi erlarga aholi siljishlari sodir bo‘ldi. (mil.avv. 8-7 ming yillar). Ishlab chiqarish iqtisodiyotiga o‘tish bilan odamlar ma’naviy dunyoqarashi ham o‘zgardi. Ular tabiat kuchlari sirlarini tushina boshladilar. Odamlarning mehnat faoliyati turlari ko‘paydi (tosh, suyak, yog‘och qurollari, erga ishlov berish, chorvani boqish, kulolchilik, uy – joy qurilishi, teri, chorva mahsulotlari va h.k.). Bular esa o‘z navbatida iqtisodiy boshqaruv, jamoaning ichki munosabatlarini, maxsulotlar taqsimotini nazorati qoidalarini talab qilar edi. SHu tariqa sekinlik bilan bo‘lsada oddiy jamiyat tuzilishi elementlari shakllanishini keltirib chiqardi. Bular shubhasiz “neolit” Sivilizatsiyasiga zamin yaratdi.

2.Tarix o‘zining ildizlari bilan uzoq moziyga borib taqaladi. Inson ongli ravishda xatti harakat qila boshlagach, o‘z hayoti, turmush tarzidagi asosiy voqeiliklarni eslab qolish qobiliyatlari kuchaydi va bularni kelgusi avlodga hayot darsi tarzida etkazib berish ehtiyojini anglab, tushunib etadi. Bu esa o‘z navbatida ijtimoiy genotip (nasldan naslga o‘tish) larning saqlanishi va boyib borishi imkonini yaratdi. Haqiqiy voqeiliklar haqida avloddan avlodga og‘zaki ravishda o‘tib keladigan rivoyatlar miflar bilan uyg‘unlashib ketadi. Bu rivoyatlar vaqt o‘tishi bilan adabiyot sahifalariga o‘tadi.

YOzuv paydo bo‘lishi bilan tarixiy faktlar to‘g‘risidagi xabarlar loy taxtachalarga, rasadxona, ibodatxona, saroylar devorlariga, papirusga, sopol idishlar sirtiga yozila boshlangan. Bu dastlabki yozuv namunalari qo‘shimcha ravishda miflar yoki hukmdorlar, kohinlar fantaziyasi bilan boyitilgan.

Tarix fanining shakllanishi va rivojlanishi boshqa fanlar kabi Qadimgi YUnoniston davlati zamini bilan bog‘liq. Tarix fanining boshlanishi shubhasiz, Sitseron « Tarixning otasi» deb nomlagan Gerodot (mil.avv. 481- 425), hamda Fukidid(mil.avv. 460-390) larning asarlaridan hisoblanadi. Keyinchalik Politiy ( mil.avv. 205- 125) tarix fani rivojiga muhim hissa qo‘shgan («Umumiy tarix» asari, 40 jildlik). Qadimgi Rimda esa Tit Liviy, Tatsit, Plutarx kabi tarixchilarning asarlari e’tiborlidir. Ularning asarlarida nafaqat voqeiliklarni hikoya qilinishi, balki voqeilikni sharxlab berish, ichki mantig‘ini tushunish, tarixiy jarayonlarning qonuniyatini ochib berish, tarixni hozirgi zamon tarixchilari uchun ibratli va foydali bo‘lishini hisobga olishdek jixatlar bo‘lgan. Xususan, Tit Liviy (mil.avv.59-milodiy 17) ham bu haqda quyidagilarni yozib qoldirgan- « O‘tgan voqeiliklar Bilan tanishining foydasi va u beradigan saboq shundaki, sen undan nimalarni qadrlash, nimalardan ehtiyot bo‘lishni tushunasan».

SHuningdek, kishilik tarixini sikllilik, boshi berk aylanmalilik, ya’ni bir xil bosqichlar takrorlanishi deb sharhlovchi qarashlar bo‘lgan. Xususan, Xitoy tarixchisi Sыma Syan’ ( mil.avv 145- 86) o‘zining « Tarixiy yozishmalar» nomli asarida ham kishilik jamiyati tarixini boshi berk aylanmalardan iborat deb e’tirof etgan.

Tarix fani shakllanishidagi 2- muhim qadamlar 9-12 asrlarga to‘g‘ri keladi. Abu Rayhon Beruniy ( 973- 1050), arab tarixchisi Ibn Xaldun ( 1332- 1406; «Ibratli misollar kitobi») kabi tarixchilar o‘z asarlarida tarixiy jarayonlarning nazariy jihatlarini keng yoritganlar.

Abdurauf Fitrat «Najot yo’li» asrida «Tarix ilmi o‘tgan qavmlarning umumiy ahvolini bizlarga ibrat va dasturamal qilib naql va muhokama etadi»- deb ta’riflaydi. Tarix juda qadimgi ilmlardan ekanlikligini, yunonliklar eng birinchi bo‘lib tarix yozgan qavmlardan ekanligini ta’kidlaydi. Qaysi millat ravnaqi taraqqiyotni istasa, tarixini bilishi lozim bo‘ladi. Tarix bir ko‘zguga o‘xshaydiki , har bir qavm o‘zining ahvoli va ijtimoiy hayoti qoidalarini undan ko‘rib, yaxshini yomondan farq qiladigan bo‘ladi. Tarix ilmining zarurligi haqida quyidagi oyatlardan ham bilib olishimiz mumkin « ey Muhammad, ulardan tarixdan hikoya qil, toki o‘tgan qavmlar haqida bilib olib, o‘ylasinlar va ibrat olsinlar».

Ingliz ma’rifatparvar tarixchisi O.Bolingbrokning ta’kidlashicha insoy har qanday tarixning predmeti hisoblanadi. Har bir voqea, tarixiy jarayon insonning hatti harakati, uning biron maqsadga intilishi bilan izohlanadi.

Hatto «Avesto»dagi ezgu kalom, ezgu fikrat, ezgu amallar tarix, falsafa, ijtimoiy mafkuraviy tarbiyaviy masalalarga oid qarashlar ijtimoiy-gumanitar fanlar rivojlanishi uchun muhim manba bo‘ldi.

«Tarix», ayniqsa, «tarix Fani» tushunchasi bo‘lmagan zamonlarda ham odamzod dunyosi Bilan bog‘liq xilma-xil ijtimoiy voqea, hodisalar, jarayonlar haqida sodda bo‘lsada tasavvuv, qarashlari bo‘lgan. Tabiat insoniyatning yashaydigan qadimgi makoni sifatida qanchalik qadimiyligini bilamiz. Insoniyat va uning tarixi Bilan bog‘liq tasavvur, tushuncha va qarashlar ham qadimiydir.

Tarix- bu o‘tmish voqealar haqidagi ertaklar emas yoki tarix bu ag‘darilgan o‘tmish ham emas, balki odamzod hayoti, odamlar ishlari haqidagi qarashlar, bilimlar tizimidir. Odamlar hayoti Bilan bog‘liq ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy, ma’naviy, siyosiy jarayonlarni o‘ziga xos xususiyatlari bilan aks ettiradigan tarixiy bilimlar tizimidir. Oddiydan murakkablikka tomon shakllanib, rivojlanib borgan. «Tarix ibtidosi» «Tarix intihosi» degan tushunchalar mavjud. Aslida ibtido intihoni, intiho esa ibtidoni taqoza etadi. Bu tarixning o‘ziga xos rivojlanish qonuniyati va mantig‘idir.

Kollingvud R. Dj.: Tarixchi o‘rganayotgan o‘tmish o‘lik o‘tmish emas, ba’zi ma’noda haliyam hozirda yashayotgan o‘tmishdir. O‘tmish Bilan hozir bir-biriga kirib bormasa, unda o‘tmishni bilish hozirning muammosini echishga hech narsa bermaydi. O‘tmishni bilish xozirning muammosini echish uchun ham zarurdir.

«Falsafa» tushunchasi insoniyat ongi, tafakkurning takomillashishi natijasi, mahsuli bo‘lib, qariyib 4 ming yilllik tarixga egadir. Falsafaning etimologik ma’nosi dono, donolikni sevish degan kalimada katta ma’no, mazmun bor. «Filosofiya» iborasini dastlab Pifagor ishlatgan bo‘lsada, «filosofiya» tushunchasini maxsus bilim shakli sifatida birinchi marta Platon ishlatganligi tarixda muhrlangan.

Hamma narsa tarix oqimida kechadi. 19-20- asrlarda tarix barcha gumanitar fanlarga o‘z ta’sirini o‘tkazgan etakchi fanga aylandi. Ular ma’lum ma’noda «tarixiylashdilar», ya’ni tarixga yo’naltirilgan fanga aylanabordilar. Masalan, «madaniyat tarixi», «falsafa tarixi», «adabiyot tarixi», «pedagogika tarixi», « sotsiologiya tarixi», hatto tabiiy va aniq fanlarga ham tarixiylik tamoyili kirib bormoqda.

Darhaqiqat, Fan texnika jadal sur’atlarda ilgarilab borilayotgan bir paytda tafakur va uning mohiyati, tafakur jarayonlarining turli tomonlarini taxlil etish dolzarb masalalrdan biridir.

Innovatsiya o‘zi nima? Innovatsiya yangi g‘oyalar, texnologiyalar, informatsion loyihalar va mahsulotlarni kashf etish, ishlab chiqish va jamiyatga tadbiq qilishin bilidirib hozirgi zamon ishlab chiqarish va ijtimoiy faoliyat tizimlarida asosiy faolyat turiga aylanmoqda. Kashf qilish va ixtiro qilishi ilmiy, badiiy va texnologik ijodiyotning sohasi hisoblanadi.

YO’naltirilmagan, sohaviy innovatsion tafakurni shakllanishi zaminida yangilikni ishlab chiqish, tadbiq qilish va tarqatishga qaratilgan ilmiy, muntazam amalga oshiriladigan jarayonga aylangan keyin ijodiy fikrlash ixtisos, intelektual, innovatsion faoliyat darajasiga ko‘tariladi.

Ko‘p qutbli, turfa xil jarayonlar, albatta, yangicha tafakkurning shakllanib borishiga o‘zining ta’sirini o‘tkazadi. 20 asrning birinchi atom fizikasi, kosmologiya, ijtimoiy taraqqiyot g‘oyalari olamning umumiy manzarasini bergan bo‘lsa, endilikda biotexnologiya, ekologiya, sinergetika, kibernetika, erkinlik va taraqqiyot g‘oyalari olamning YAngi ilmiy manzarasini shakllantirishda muhim rol o‘ynamoqda. Bular esa, o‘z navbatida, postnoklassik tafakur tarzining shakllanishiga olib kelmoqda.

Insoniyat Sivilizatsiya taraqqiyotning yangi tarixiy davr bosqichiga kirdi. Bir tarixiy sikl (industrial jamiyatning shakllanishi taraqqiyoti) tugab boshqa, YAngi tipdagi Sivilizatsiya taraqqiyotini o‘z ichiga olgan tarixiy siklga o‘tish jarayoni boshlandi. Bu jarayoning mazmunini tub ijtimoiy, siyosiy, ma’naviy, mafkuraviy va Fan – texnikaviy o‘zgarish tashkil qiladi. Ayniqsa hozirgi zamon fanida shunday muammoli paradigmal yangilanish sodir bo‘lmoqdaki, ular noklassik tipdagi fanlarni postnoklassik fanlarga aylanishini taqozo etmoqda.

Postnoklassik fanlar doirasida ishlab chiqilgan g‘oyalar, tasavvurlar boshqa tabiiy, texnik va ijtimoiy- gumanitar fanlarning nazariyalari va g‘oyalariga konseptual metodologik ta’sir ko‘rsatishmoqda. Bunday o‘zgarishlar jiddiy falsafiy talqinga muxtoj bo‘lgan muammolarni keltirib chiqarmoqdalar. Fanlarda tabiat, jamiyat, inson, uning faoliyati va tafakkuri xususida yangi g‘oyalar va nazariyalar ishlab chiqilmoqda. Falsafa sohasida ham differensiatsiya va integransiya jarayonlari sodir bo‘lmoqda. Fan- texnika va komp’yuter inqiloblari, ijtimoiy hayotni jabhalarida Internet tizimidan foydalanish esa rivojlanayotgan mamlakatlarni postindustrial jamiyat bosqichiga o‘tish jarayonlarini jadallashtirmoqda. Bunday sharoitda mutaxassislarni tafakkur tarzi madaniyatini yuksaltirishda Fan- texnika va hayot yangiliklarni falsafiy taxlil va umumiylashtirish qobiliyatini o‘stirishga, hozirgi zamon ilmiy dunyoqarashni shakllantirishga bo‘lgan extiyoj kuchayadi. Ayni paytda dunyoqarashni o‘zi, shu jumladan ilmiy dunyoqarash ijtimoi va Fan- texnika taraqqiyot ta’sirida o‘zgaradi, YAngi tushunchalar va g‘oyalar Bilan boyib boradi. YUqorida qayd etilgan masalalar postnoklassik tafakkur tarzining tadqiq etilishi va o‘rganilishi dolzarbligidan dalolat beradi.

Il’ya Prigojin aytganidek «turbulent» asrimizni olamni yangicha tushunishga yaqinlashdik. Postnoklassik Fan va texnologiya YAngi koinotni, YAngi tabiatni ochib bermoqda, tabiat, vaqt va kelajak bilan yangi tilda muloqat qilish vositasini berishmoqda.



20 asrning ikkinchi yarmidan boshlab postnoklassik tabiatshunosligi shakllana boshlandi. SHakllanayotgan postnoklassik tabiatshunosligi bir qancha YAngi tabiiy, ilmiy, geneseologik, uslubiy muammolarni o‘rtaga tashladi. Postnoklassik fanlar doirasida ishlab chiqilgan g‘oyalar, tasavvurlar va ilmiy tafakur tarzlar boshqa tabiiy- texnik va ijtimoiy- gumanitar fanlarni nazariyalari va g‘oyalariga konseptual va metodologik ta’sir ko‘rsatishmoqda.


Download 43,69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish