Jiyanmuratova G. S0TS10L0 I d I y



Download 11,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/101
Sana20.07.2022
Hajmi11,54 Mb.
#825335
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   101
Bog'liq
Jiyanmuratova G.Sh. Sotsiologiya tarixi. 2020

olati sifatida
ta’minlashi zarur hisoblanadi. Kont 
sotsial statika tahlilini oiladan boshlaydi, uni sotsial organizmning 
asosiy hujayrasi sifatida olib qaraydi. Oila jamiyat va inson o ‘rtasida 
turadi, ularni bir-biriga yaqinlashtiradi. Kont fikriga ko‘ra, faqatgina 
oilaviy majburiyatlar tufayli inson o‘zidagi egoistik xususiyatlami 
yengib o‘tib, ijtimoiylik darajasiga ko‘tarila oladi. 2
Oilaning parchalanishi jamiyatning parchalanishiga olib keladi . 
Kont fikricha oila jamiyatdagi bir qator muhim vazifalami bajaradi: 
madaniy merosni saqlaydi, insonlar o‘rtasidagi emotsional va axloqiy 
aloqani o‘matadi, turli avlodlar maqsadlarini muvofiqlashtiradi. Oila -
hissiyotlar, ulaming kuchi asosida yaratiladigan birlamchi birlik
1 George Rrtzer. Sociological Theory. Eighth Edition. M e Graw-Hill. 2010. - P. 15.
2 К онт О. С истем а позитивной политики // Западно-европейская социология X IX века: Тексты. -
М., 1996.
- С . 2 2 0
45


hisoblanganligi sababli, aynan undan kishilik. birlashmalarining 
boshqa shakllari - qabila, xalqlar va h.k.Iar kelib chiqadi.
Qizig‘i shundaki, Kont oilaning u yashagan davr uchun muhim 
ahamiyat kasb etgan iqtisodiy rolini qarab o‘tmagan. Yuqorida 
Kontning iqtisodiy masalalarga umuman e'tibor qaratmaganligi haqida 
to‘xtalib o‘tgammizdek, buning hayron qc’iarli joyi yo‘q. Kont oila 
masalasida ham asosan axloqiy masalalarga doir muammolar bilan 
qiziqqan. Kontning oila va asosan ayoi to‘g‘risidagi qarashlari arxaik 
va konservativ ko‘rinishda bo‘lgan. \J ayollar va erkaklar tengsizligini 
oqlaydi, ayollaming erkaklarga nisbatan aqliy jihatdan ojizroq 
ekanligini isbotlaydi, shu bilan birga uni muhabbatning kuch-qudrati 
sifatida baholab, ongdan ko‘ra ustuvorroq ekanligini tan oladi. Kont 
ilgari surgan formula ajoyib: “Har qanday harakat va fikrdan to‘yish, 
bezish mumkin, muhabbatdan esa to‘yib boHmaydi” 1.
Sotsial dinamika fikr, ruh va jamiyatning uch bir-birini 
toidiruvchi ketma-ketlikdagi fazalarda (bosqich, holat) rivojlanishini 
ifodalaydi. Kont o‘zining “Pozitiv falsafa ruhi” kitobining birinchi 
bobini «Insoniyat intellektual evolyutsiyasi qonuni, yoki Uch bosqich 
qonuni» deb nomlaydi va uni quyidagi mazmundagi so‘zlar bilan 
boshlaydi: “Mening asosiy ta’limotimga ko‘ra bizning barcha ham 
individual, ham avloddan-avlodga o‘tuvchi mulohazalarimiz ketma- 
ketlikda 3 xil nazariy bosqichlami bosib o‘tishi shart. Bu bosqichlar:
-teologik; metafizik; pozitiv”.2
Kontning aytishi bo‘yicha, bu bosqichlar o‘z rivojida quyidan 
yuqoriga qarab, ham individul inson ongi, ham umuminsoniyat (tarix 
va madaniyat nazarda tutilmoqda) ongi orqali o‘tadi.
Birinchi - teologik - diniy-mifologik ongning hukmronligini 
namoyon etadi, ikkinchisi - metafizik - mavhumlikning hukmronligi 
va uning reallikdan xoliligi sababli buzg‘unchi, salbiy, inqirozli va 
o‘tkinchi sifatida tavsiflanadi. Faqatgina uchinchi - pozitiv (ilmiy) 
bosqich tabiat va jamiyatga yangicha qarashni butunlay va to‘liq 
tasdiqlanishini nazarda tutadi. Uchchala bosqichni (Kontga ko‘ra -
fazis) insoniyatning tarixan bir-birini almashtiradigan sotsial tashkil 
topishi sifatida namoyon bo'ladi. Alohida ta’kidlash joizki, sotsial
1 Зборовский Г.Е. И стория социологии: классический этап: учебник для вузов. 2-е изд. испр. и 
доп. - Сургут и [др.]: РИО СурГПУ, 2014. - С. 22.
2 К онт О. Дух позитивной философии // Западно-европейская социология XIX века: Тексты. -
М., 1 9 % .- С . 7-8.
46


statikada ham, sotsial dinamikada ham ma’naviy omil ustunlik qiladi. 
Ikkalasida ham ma’naviy hayotdagi o ‘zgarishlar ijtimoiy hayotning 
boshqa sohalaridagi o‘zgarishlami keltirib chiqaradi.
Har bir bosqichni alohida qarab o‘tamiz. Ong taraqqiyotidagi 
teologik bosqich (1300-yilgacha bo‘lgan davrni qamrab oladi) 
jamiyatdagi barcha hodisalami g‘ayritabiiy kuchlar harakati natijasi 
sifatida olib qarashga tayanadi va mos holda - qadimgi va o‘rta 
asrlaming boshlarini qamrab oladi. Bu bosqichning o‘zi yana uchta 
davrni o‘z ichiga oladi - fetishizm, politeizm, monoteizm. Fetishizm 
bosqichida insonlar narsalarga, butlarga sig‘inib, ulaming sehrli 
kuchlariga 
ishongan, 
ularda 
xudolami 
ko‘rgan. 
Politeizm 
(ko‘pxudolik) bosqichi Qadimgi Yunoniston va Rimda yorqin 
namoyon bo'lgan, shoirona dunyoqarash, badiiy ijodiyotning 
taraqqiyoti bilan bog‘liq. Shuning uchun ham, Kont Qadimgi dunyoda 
moddiy madaniyat juda sekin rivojlangan, deb hisoblaydi. Monoteizm 
bosqichiga keladigan bo‘lsak, u jamiyatda yakka xudoli dinlaming 
hukmronlik qilishi bilan tavsiflanadi.
Metafizik bosqich (taxminan 1300-yillardan dan tortib to 
1800-yillargacha bo‘lgan davrni qamrab oladi) Reformatsiya, 
Ma’rifatparvarlik, inqiloblar, urushlar va h.k.larga, 0 ‘rta asrlarda 
ijtimoiy tartibot asosini tashkil etgan eski e'tiqodlaming buzilishiga 
yo‘nalgan. Hokimiyat, din, hukmron sinflar - o‘z davrining barcha 
avtoritetlari tanazzulga yuz tutadi. Pozitiv bosqichga (1800-yildan 
boshlab) keladigan bo‘lsak, bunda jamiyat xususiyatlarini belgilab 
beruvchi tafakkur yo‘nalishlari tubdan o‘zgaradi. Harbiy va teologik 
holatga qarshi industrial (sanoatlashgan) tuzum vujudga keladi. 
Pozitiv bosqichning o‘ziga xos xususiyati moddiy madaniyatning 
(nisbatan yengil va yoqimli hayotni ta’minlovchi) shiddat bilan 
rivojlanishi, sotsial hissiyotlar, birdamlik, adolat va tinchlikning 
o‘sishi bilan tavsiflanadi. Inson tafakkuri endi barcha narsalami 
hodisalar o‘rtasidagi kuzatilishi mumkin boMgan tarzda namoyon 
bo‘luvchi kashf etiladigan qonunlar bilan tushuntirishga intiladi, bir 
so‘z bilan aytganda, insonlar absolyut sabablami (Xudo yoki tabiat) 
qidirishdan o‘zlarini to‘xtatib, endi buning o‘miga sotsial va moddiy 
olamni kuzatishga e'tiborini jamladi va ularni boshqaruvchi 
qonunlarni izlashga tushdi.1
1 Qarang; G eorge Ritzer. Sociological Theory. Eighth Edition. Me Graw-Hill. 2010. - P. 16-18.
47


Sotsial statika va sotsial dinamika haqida gapira turib, 
sotsiologiyaning ikki bir-biri bilan uzviy bog‘liq tushunchalarani 
unutmaslik lozim, bular: tartib va taraqqiyot. Bulaming ikkisi ijtimoiy 
yaxlitlikni namoyon etuvchi tushunchalar hisoblanadi. Biri sotsial 
statikaga, ikkinchisi sotsial dinamikaga xos. Umuman olganda, Kont 
o‘zining dunyoviy nazariyasida intellektual omillarga alohida e'tibor 
qaratdi. Haqiqatan ham, u sotsial tartibsizliklaming sababi -
intellektual tartibsizlik ekanligini ta’kidladi. Bu tartibsizliklaming 
manbai pozitiv tizimda ham mavjud bo‘lgan ilk davrlar g‘oyaviy 
tizimlarida (teologik va metafizik) ekan. Qachonki pozitivizm 
umumiy nazoratni qo‘lga olsagina, sotsial to‘ntarilishlar va inqilobiar 
yakun topadi. Bu evolyutsion jarayon bo‘lganligi bois, sotsial 
to‘ntarilishi va inqiloblarga ehtiyoj sezilmaydi. Lekin pozitivizm 
bosqichi, balki, ayrimlar istaganidek, tezda amalga oshmasligi 
mumkin. Bu yerda Kontning sotsial reformizmi va sotsiologiyasi bir- 
biriga mos keladi. Sotsiologiya pozitivizmni tezlashtirishi, va shundan 
kelib chiqib, sotsial olamni tartibga keltirishi mumkin. Awalambor, 
Kont inqilob tarafdori emasligini ko‘rsatishga urindi. Uning fikriga 
ko‘ra, dunyoda tartibsizliklar yetib ortadi. Har qanday vaziyatda ham, 
Kont fikriga ko‘ra, intellektual o‘zgarishlar zarur bo iib kelgan, 
demak, sotsial va siyosiy inqilobiar uchun bahonalar kam bo'lgan1.
Tartib va taraqqiyotning o ‘zaro bog‘liqligi masalasiga Kont 
o‘zining “Pozitiv siyosat tizimi” asarida alohida e'tibor qaratadi. 
Awalambor, u pozitivizmning shiorini shakllantiradi: tartib va 
taraqqiyot. Kont tomonidan taraqqiyot tartibning rivojlanishi sifatida 
baholanadi. U taraqqiyotning to‘rt xil ko'rinishini farqlaydi va ulami 
tahlil qiluvchi nazariyaga asos soladi. Bular:
- moddiy (hayotning tashqi sharoitlarini yaxshilash);
- jismoniy (inson tabiatining mukammallashuvi);
- intellektual 
(intellekt 
rivoji, 
teologik 
va 
metafizik 
dunyoqarashdan pozitiv dunyoqarashga o‘tish);
- axloqiy 
(guruhiy 
birlik 
va 
ahloqiy 
munosabatlaming 
rivojlanishi).
Oxirgisi tartibotni ushlab turishga yordam beradi, jamiyat va 
insonni mukammallashtiradi. Inson takomillashuvi tizimi taraqqiyot 
ko‘rinishlariga mos ravishdagi to‘rt bosqichni bosib o‘tadi. Awaliga
1 Qarang: 0 ‘sha joyda.
48


moddiy, keyin jismoniy, 
intellektual va oxir-oqibat axloqiy 
(ma’anaviyO takomillashuv. Boshqacha qilib aytganda, ijtimoiy 
taraqqiyot va inson takomillashuvi ko‘rinishlari ierarxiyasi saf 
tortadi1.
5. 
Kont o ‘zi ilgari surgan pozitivizm ta’limotining aniq faktlar va 
ularni tekshirishga asoslangan o‘ziga xosligidan kelib chiqib 
sotsiologiya fanining metodlari masalasiga alohida e'tibor qaratgan. 
Sotsiologik bilim aniq, jiddiy, obyektiv, ilmiy bo‘lishi uchun, 
awalambor bunday bilimni hosil qiluvchi vositlar, ya’ni metodlar shu 
talablarga javob berishi lozim. Kont sotsiologiyaning to‘rtta asosiy 
metodini farqlaydi: kuzatish; tajriba; qiyoslash; tarixiy.
Kont sotsial faktlarni kuzatish metodini sotsiologiyaning asosiy 
metodi sifatida olib qaragan. Bunda u insonlaming jismoniy xulq- 
atvorini kuzatishni nazarda tutgan. Tahlil etilayotgan materialni 
kuzatish sotsiologiyani fan sifatida xuddi fizika fani bilan bo‘lgani 
kabi ob'ektivlik xususiyatini ta’minlaydi. Shuni ham yana bir 
marotaba eslatib o‘tish joizki, Kont sotsiologiyani tabiiy-ilmiy 
metodlarga asoslanuvchi sotsial fizika deb bilgan. Lekin, ko‘pchilik 
sotsiologlarning fikriga ko‘ra, u sotsiologiyada bilim olishning tabiiy- 
ilmiy usullarini tadbiq eta olmagan. Bu ayrim mualliflar tomonidan 
Kont sotsiologiyasining paradoksi sifatida qayd etilgan.2
Aniq bilimlami beruvchi manbaga aylanishi uchun sotsiologiya 
tugallangan nazariyaga (pozitiv falsafa) tayanishi lozim. Bu kuzatish 
usulini qo'llashning birinchi talabi edi. Ikkinchi talab kuzatiladigan 
ob'ekt va sub'ektni aniq ajratib olishni taqozo etadi. Kont bu borada 
chetdan kuzatishni nazarda tutadi. XX asr empirik sotsioogiyasining 
metodlaridan biri bo‘lgan ichkaridan, qo‘shilib kuzatish turi Kontga 
ma’lum emas edi. Ammo olim urf-odatlar, an'analami yoritishda 
bilvosita kuzatish turining muhim ahamiyatini yoritgan. Kuzatish 
ususlining samaradorligini belgilab beruvchi uchinchi talab uni oson 
amalga 
oshadi, 
degan 
illyuziyadan 
qochish 
hisoblanadi, 
tadqiqotchining o‘zi ham hodisalar ishtirokchisiga aylanadi. Kont 
fikriga ko‘ra, tadqiqotchi bunda ham shaxsiy, ham guruhiy 
manfaatdorlikdan qochishi, yolg‘on tasawurlardan xoli boiishi lozim.
1 Q arang: Korn О. С истем а позитивной политики 
К
Западно-европейская социология XIX века: 
Тексты. - М ., 1996. - С. 230-233.
2 Qarang: Громов И. А., М зцкевич А. Ю ., Семенов В. А. Западная теоретическая социология. -
М., 1996. - С. 27.
49


Sotsiologiyada ahamiyati bo‘yicha ikkinchi o‘rinda turuvchi usul, 
Kont fikriga ko‘ra, maxsus yaratilgan shart-sharoitlar ta’sirida 
hodisalar o‘zgarishini kuzatish, ya’ni tajriba (eksperiment) usulidir.
U bevosita va bilvosita eksperimentni farqlaydi. Uning fikricha, 
ko‘pincha bilvosita turi qo‘llaniladi. U o‘zgarishlar, inqirozlar, 
jamiyatdagi patologik chetga og‘ishlar va nihoyat keskin sotsial 
talofatlami kuzatish sifatida namoyon bo‘ladi. Bunday kuzatish 
(bilvosita tajriba) jamiyatning normal holatini tushunishga yordam 
beradi. Bevosita tajribaning esa sotsial omillarni nazoratga olish va 
sun'iy tarzda o‘zgartirish murakkabligi nuqtai nazaridan imkoniyati 
cheklangan. Sotsiologiyadagi uchinchi usul xalqlar hayoti va davlatlar 
faoliyatini 
taqqoslashga 
asoslangan 
qiyoslash 
usulidir. 
Kont 
taqqoslashning uchta asosiy turi haqida gapiradi:
a) jamiyat, xalq va davlat hayotiga ta’sir ko‘rsatuvchi axloqiy va 
intellektual omillarni taqqoslash;
b) sinxron tarzda bir vaqtda mavjud bo‘lgan, biroq bir-biriga ta’sir 
o‘tkazmaydigan turli jamiyatlarni taqqoslash, bu turli xalqlar 
rivojlanishidagi umumiy jihatni aniqlash imkonini yaratadi;
d) aynan bir jamiyatni turli holatlarini, turli sinf va guruhlar 
sotsial holatini taqqoslash, bu shu jamiyat rivojlanishining aniq 
bosqichlarini ajratish imkonini beradi.
Bu Kontning yana bir usulga qiziqishini belgilab bergan, ya’ni -
tarixiy usul. Aynan shu usul sotsiologiyani pozitiv fan darajasiga olib 
chiqishga qodir. Bu usulning vazifasi jamiyat holatini o‘tgan, hozirgi 
va kelajak zamondagi tadrijiy holatlarini taqqoslashdan iborat. Bu usul 
jamiyat taraqqiyoti tendensiyalari va qonuniyatlarini aniqlashga 
yo‘naltirilgan. Sotsiologiyadagi usullar tahlili sotsial faktlami aniq 
empirik tekshirish talabini Kont ta’limotining muhim holatiga 
aylantirdi. Sotsiolog, uning fikriga ko‘ra, 3 ta asosiy tamoyilga rioya 
qilishi kerak:
- empirizm; pozitivizm; fizikalizm.1
Empirizmga ko‘ra, dunyo haqidagi haqiqiy fanning yagona 
manbai tajriba hisoblanadi. Pozitivizm uning predmeti faqatgina 
faktlardan iborat bo‘lishi lozimligini belgilaydi. Fizikalizm esa barcha 
mukammal tushunchalami fizika yaratganligi, demak hamma ilmiy 
ko‘rsatkichlar unga mos kelishi lozimligini ifodalaydi.
1 Родоначальники позитивизма. - С П б ., 1910. - С . 214.
50


6. 
Kontning o‘z sotsiologiyasida ilmiy bilishni isloh qilishga 
urinishi uning jamiyatni pozitiv ruhda takomillashtirish maqsadi bilan 
mos tushgan. Uning pozitiv siyosat tizimini yaratishga da’vogarlik 
qilishi bejis emas, u shu nomli asarni yozadi, bunda jamoatchilik 
ongini qayta shakllantirish bo‘yicha faol amaliy faoliyatni olib boradi. 
“Pozitiv siyosat” sohasidagi ham amaliy, ham nazariy faoliyat Kont 
hayotining oxirgi yillariga to‘g‘ri keladi (1840-yy. oxiri - 1850-yy.). 
Bu davr qilingan ishlar va insoniyat manfaati yo‘lida yana nimalar 
qilishga ulgurish borasida xulosa chiqarish davri bo‘ldi. Kont sotsial 
siyosat ichiga kirib boradi va uni o‘zgartirish uchun pozitiv 
programma yaratishga intiladi, u esa o‘z navbatida nafaqat Fransiya, 
balki butun insoniyat darajasida jamiyat hayotini yaxshilashga yordam 
beradi, deb hisoblaydi.
Buning ma’nosi - jamiyatda xususiy mulkni saqlagan holda 
barcha sinflar o‘rtasida garmoniyani yaratish, ulami konseksusga 
erishishini ta’minlash. Sinflar konsensusini Kont altruistik sotsial 
hissiyotlar asosidagi oila a’zolari o‘rtasidagi konsensusga o‘xshatadi. 
Aynan mana shu hissiyotlar oila a’zolarini ham, sinflarni ham 
bo‘linishiga olib keluvchi egoistik hissiyotlarga zid qo‘yiladi. 
Altruistik hissiyotlar ijtimoiy birdamlikning mustahkamlanishiga olib 
keladi, deb hisoblaydi01. Pozitivistik ta’limot va uning asosiga 
qurilgan pozitiv siyosatning mazmun-mohiyati altruizmning egoizm 
ustidan g‘alabasi, ijtimoiy manfaatlaming shaxsiy manfaatlardan 
ustuvorligigia erishishdan iborat edi.
Faqat shunday tartibgina sotsial progressga olib kelishi mumkin. 
Kont har qanday turdagi inqiloblarga qarshi chiqadi va u jamiyatning 
yangilanishi uning har bir a’zosining axloqiy va manaviy yangilanishi 
yo‘li bilan amalga oshishi kerak, deb hisoblaydi.
U proletariatga alohida e'tibor qaratadi, uni “ma’naviy hokimiyat 
uchun tayanch bo‘lishga” qodir, chunki “boshqa sinflardan ko‘ra 
jamiyatning manaviy asosini mukammal tizimga aylantira olmasada, 
ulami sezish va tushunishga qodir” sinf, deb biladi.2 Bu maqsadga 
erishish uchun proletariatni ma’naviy hokimiyat uchun tayanchga 
aylantirish - qayta shakllangan jamoatchilik fikrining axloqiy va 
siyosiy kuchini harakatga keltirish lozim, deb biladi. U o‘zining ijobiy
* K ont altruizm tushuncbasini ilk m arotaba q o ‘llagan olim lar qatoriga kiradi.
2 Qarang: К о ш - О. О бщ ий обзор позитивизма // Западно-европейская социология X IX века: 
Тексты. - М., 1996. - С. 127.
51


ta’siri bilan axloqqa tayanch bo‘la oladi, shuningdek, har bir 
insonning boshqalar oldida ochiq yashashi, natijada esa jamiyat har bir 
insonning faoliyatini nazorat qila oladi, deb biladi.
Biz bu yerda Kont sotsiologiyasidagi ziddiyatga duch kelamiz. 
Bir tomondan, u jamiyatning quyi qatlamlari, xususan proletariatning 
moddiy va axloqiy jihatdan manfaatini ilgari sursa, ikkinchi tomondan 
esa uning qarashlaridagi avtoritarizm, hatto totalitarizmni ko‘rish 
mumkin holatlar mavjud. Masalan, u insonning fuqarolik huquq va 
erkinliklarini rad etgan holda jamiyatning har bir a ’zosini ochiq 
nazoratga olish, hokimiyatning fuqarolaming nafaqat ijtimoiy, balki 
shaxsiy hayotiga aralashishi lozimligi g‘oyasini ilgari suradi.
Kontning pozitiv siyosati yo'nalishlaridan biri uning “pozitiv din” 
yaratish g‘oyasi bilan bog'liq bo‘lgan (shuni eslatib o‘tish joizki, 
Kontning pozitiv siyosat to‘g‘risidagi asarining to‘liq ko‘rinishda 
«Pozitiv siyosat tizimi, yoki Insoniyat dinini o‘matuvchi sotsiologiya 
to‘g‘risidagi Traktat» deb nomlangan). Jamiyatning qayta qurishda 
ma’rifatchilik faoliyatidan qoniqmagan Kont yangi “dunyoviy din”ni 
- Insoniyat dinini yaratishga harakat qiladi, uning asosida esa 
doimgidek pozitivizm tamoyillarini qo‘yadi. Bu dinda xudo yo‘q, 
uning o‘mini “yuksak mavjudot” deb tan olinishi lozim bo‘lgan 
jamiyat egallaydi, chunki inson hayotidagi barcha narsalar aynan shu 
mavjudotga bog‘liq.
Kont, hattoki pozitiv cherkovlami yaratish masalasini ham ilgari 
surgan, u yerda ruhoniylar o‘mini olim va aktyorlar egallaydi. Bu 
cherkovda Kont ishlab chiqqan rasm-rusumlar ham amalga oshirilishi 
zarur edi. Ularning maqsadi - inson bilan uning butun umri davomida 
yonma-yon turish. Kont bu rasm-rusumlar mazmun-mohiyatini 
amalda ko‘rsatish maqsadida, o‘z shogirdlarini chuqintirdi va 
nikohladi.
Albatta pozitivik sotsiologiyani dinning ma’lum shakliga («diniy 
pozitivizm») aylantirish jamiyatni utopik tarzda isloh qilish usuli edi. 
Utopizm Kontning boshqa harakatlariga ham xos edi, masalan Parijda 
shtab kvartirasiga ega bo'lgan xalqlar pozitivistik federatsiyasini 
yaratishga urinish, bunda uning vazifasi butun dunyoda abadiy 
tinchlikni ta’minlash 
va turli 
millat 
va elatlar 
vakillarini 
birlashtirishdan iborat edi.
Kont pozitiv siyosatini uning sotsiologiyasining eng konservativ 
va utopik xususiyatga ega qismi sifatida olib qarash mumkin. Bundan
52


tashqari, faqatgina unda ijtimoiy taraqqiyotning ob'ektiv qonunlarini 
“sub'ektiv omillarga” aylantirishga intilish yotadi. A.B.Gofman fikriga 
ko‘ra, Kontning “sub'ektiv sotsiologiya”sida jamiyat taraqqiyotining 
tabiiy qonun va tendensiyalari ijtimoiy manfaatlami o‘ziga xos tarzda 
tushunuvchi va bayon etuvchi kishilar guruhining maqsadli 
yo‘naltirilgan faoliyatlari bilan almashtiriladi. Tabiiy qonunlar 
boshqariladigan qonunlarga aylantiriladi, ulami anglab yetgan inson 
esa ilohga aylanadi. “Sub'ektiv” omil birinchi o‘ringa chiqib, bunda 
fan voqyelikni emas, balki ideal, komillikni loyihalashtirishga 
aylanadi. Shunday qilib, Kont sotsiologiyasining fandan utopiyaga 
aylanishi yuz beradi».1
0 ‘z sotsiologik nazariyasi maktabini yaratishi uchun Kontga 
kuchli akademik baza yetmagan bo‘lmasa ham, u sotsiologik 
nazariyaning muhim yo‘nalishi taraqqiyotiga asos soldi. Lekin uning 
avlodlar uchun roli fransuz sotsiologiyasidagi shogirdi va g‘oyalari 
davomchisi Emil Dyurkgeym tomonidan kamaytirib yuborilgan.2
7. 
Kontning pozitiv siyosati muammolari bilan ta’lim va tarbiya 
xarakteristikasi cheklangan tarzda bog‘langan hisoblanadi. Ulardan 
tashqarida pozitivizm prinsiplarini amalga oshirish mumkin emas. U 
asosan xalq ta’limi haqida gapiradi, u olim tomonidan proletariat 
ta’limiga borib taqaladi. “Pozitivizmning umumiy obzori” kitobining 
boblarining birini olim “Sotsial muammolarni yechishda yangi ta’lim 
tizimining zarurligi” deb nomlaydi. Olim ta’limdagi islohotni ta’lim 
va tarbiyaning katolitik tizimidan voz kechishdan iborat, bu ta’lim 
faqat 0 ‘rta asrga xos, deb biladi. Kont 0 ‘rta asrlar tizimini unda 
tarbiya ta’limdan ustun qo‘yilganligi sababli tanqid ostiga oladi.
Yangi ta ’lim (uni oliy xalq ta’limi, deb ataydi), birinchi navbatda, 
umumiy va hammaning qurbi yetadigan bo‘lishi kerak. 0 ‘zining 
“Pozitiv falsafa ruhi” asarida olim ta’lim masalalariga to‘xtalib, uning 
asosiy vazifasi umumiy tarbiya bo‘lib, u har qanday zararli 
tendensiyaga qaramay, xususiyati va yo‘nalishini o‘zgartirishi zarur 
deya ta’kidlaydi.
Birinchi navbatda, keng ommaga real bilimlami tarqatish zarur. 
Bunday keng, umumiy, xalq ta’limi asosida proletarlar va faylasuflar 
o‘rtasida ittifoq o‘matish mumkin bo‘ladi, va nihoyat, pozitiv jamiyat 
qurishga erishiladi. Bunda proletarlar ta’limi darajasini pozitiv jamiyat
1 Qarang: Гоф м ан А.Б. С ем ь лекций по истории социологии. — М , 2001. - С. 85.
2 George Ritzer. Sociological Theory. Eighth Edition. Me G raw -H ill. 2010. - P. 18-19.
SB


vazifa va muammolarini anglab yetish darajasigacha olib chiqish 
lozim.
Olim tomonidan insonning ta ’lim olishi (Kont uni tug'ilgandan to 
voyaga yetgungacha olinadi, deb hisoblaydi) ikki qismga boiinadi. 
Birinchisi, oiladagi ta’lim va ijtimoiylashuv bilan bog‘liq, estetik did 
rivojlanishi, ma’lum bir kasbga o‘rgatishdan boshlanadi va jinsiy 
yetuklik boshlanishi bilan tugallanadi. Ikkinchisi esa, uydagi emas, 
balki maktab ta’limini nazarda tutadi, bunda ota-onalar faqat 
ikkilamchi darajada ishtirok eta oladilar. Biroq bunda bolani oilaviy 
hayotdan uzoqlatish mumkin emas, chunki insonning axloqiy 
evolyutsiyasi oilada kechadi. Kont fikriga ko‘ra, ta’limni oshirishga 
sayohatlar ham katta yordam beradi, ulaming foydasi juda katta.
Ta’limning ikkinchi qismi mazmun-mohiyati eng aw alo Kont 
yaratgan fanlar klassifikatsiyasidagi oltita fanni o'rganishni taqozo 
etadi. “Pozitivizmning umumiy obzori” kitobida Kont proletarlar 
ta’limi uchun juda muhim yana bir fanga - tarixga katta e'tibor 
qaratadi. Ta’lim berish biror bir rasmiy mafkura va hokimiyat 
ta’siridan yiroq bo‘lishi kerak. Proletariat teologiyaga ishonchmasligi 
sababli, ular ta’limi tizimida din o‘qitilishi mumkin emas, deb 
hisoblaydi.
Kont fikricha, ta’limni rivojlantirish va tarqatishda davlat muhim 
rol o‘ynaydi, chunki bu yerda gap faqatgina proletariat ta’limi haqida 
ketmoqda. Jamiyatning boshqa sinf va qatlamlari ta’limi haqidagi 
Kont fikr bildirmaydi.

Download 11,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish