Jiyanmuratova G. S0TS10L0 I d I y


О. KONT VA POZITIV SOTSIOLOGIYANING PAYDO



Download 11,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/101
Sana20.07.2022
Hajmi11,54 Mb.
#825335
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   101
Bog'liq
Jiyanmuratova G.Sh. Sotsiologiya tarixi. 2020

36


О. KONT VA POZITIV SOTSIOLOGIYANING PAYDO
BO‘LISHI
Reja:
1. Ogyust Kontning hayoti va ijodi
2. Sotsiologiyada pozitivizm tushunchasi
3. Sotsiologiya va uning fanlar klassifikatsiyasidagi o‘mi
4. Sotsial statika va sotsial dinamika
5. Sotsiologiya fani metodlari
6. Pozitiv siyosat
7. Kont ijodida ta’lim va tarbiya masalalari
8. Kont sotsiologik nazariyasining ahamiyati
Ogyust Kont (1798-1857) pozitiv-ilmiy metodni qamrab olgan 
sotsiologiyaga asos solgan va uni kishilik jamiyatini tadqiq etishga 
moslashtirgan olim, fransuz faylasufi. U jamiyat to‘g‘risidagi fanning 
nafaqat mavjud bo‘lishi mumkinligiga, balki ijtimoiy taraqqiyot uchun 
juda muhimligiga ishongan.1
Ogyust Kont (to‘liq ismi - Isidor Ogyust Mariya Fransua Ksavye 
Kont) 1798-yilda Fransiyaning Monpele shahrida moliyachi amaldor 
oilasida dunyoga kelgan. 1807-1814-yillarda shu shahardagi maktab- 
litseyda ta’lim olgan. 0 ‘qishning so‘nggi yillarida yosh bo‘lishiga 
qaramay liberal va inqilob g‘oyalari bilan qiziqa boshlagan. 1814- 
yilda u Parijga keladi va imtihonlami muvaffaqiyatli topshirib, u 
yerdagi nufuzli Oliy politexnika maktabiga o‘qishga kiradi. Bu yerda 
u tabiiy fanlar sohasida bilim oladi. Shu bilan birga falsafa, iqtisod va 
sotsial muammolarga bag‘ishlangan yirik asarlar bilan tanishadi. 
1816-yilda o‘quvchilar va rahbariyat o‘rtasida yuzaga kelgan nizo 
tufayli ta’lim muassasasi hukumat tomonidan vaqtincha yopiladi va 
Kont o‘z fikrlarini erkin bay on etganligi uchun bir necha oyga 
Monpelega politsiya nazorati ostida qaytariladi. Maktab qayta 
ochilsada, Kontning o ‘qishga qayta tiklanmagani uning keyingi 
siyosiy qarashlariga o‘z ta’sirini ko'rsatadi. Kont Monpeledagi 
universitetda tibbiyot va fiziologiya fanlaridan ta’lim oladi. Keyin 
yana Parijga qaytib kelib matematika fanidan dars berib tirikchiligi
1 M ichele Dillon. Introduction to Sociological Theory. Theorists, Concepts, and Their A pplicability to 
the Tw enty-First Century. 2-Ed. Blackwell Publishing, 2014. - P. 17.
37


uchun pul topa boshlaydi. 1817-yilning avgust oyidan boshlab Kont 
taniqli fransuz mutafakkiri Klod Anri de Ruvrua Sen-Simonning 
(1760-1825) kotibi bo‘lib ishga joylashadi.1
Kontning 1817-1824-yillar davomidagi o‘zidan 40 yoshga katta 
bo‘lgan Sen-Simon bilan ishlagan davri uning hayotidagi muhim davr 
hisoblanadi, chunki Kontning pozitivistik qarashlari shakllanishida 
Sen-Simonning hissasi beqiyos, hatto ayrim faktlarga ko‘ra fanlar 
klassifikatsiyasi g*oyasi ham Sen-Simonga tegishli bo‘lgan. Kont 
A.Sen-Simonning nafaqat kotibi, balki uning yaqin do‘sti ham edi. Bu 
davrda Kont sotsial muammolarga bag‘ishlangan bir necha 
maqolalarini chop ettiradi. Ulardan biri - “Jamiyatni qayta 
tashkillashtirish uchun zarur ilmiy ishlar rejasi” asarida Sen- 
Simonning kuchli ta’siri seziladi. Bu maqola asosida Kont o‘zining 
birinchi yirik asari - “Pozitiv falsafa tizimi” asarini yozadi. Bu 
asaming birinchi jildining birinchi qismi Sen-Simon tomonidan 
muallifi ko‘rsatilmagan holda “Sanoatchilar katexizisi” nomli seriyada 
1824-yili nashr etiladi. Bu holat Kont bilan Sen-Simon o‘rtasida 
nizoga sabab bo‘ladi va oxir-oqibat Kont ishdan ketishga majbur 
bo‘ladi. Bundan key in u muntazam maosh to‘lanadigan ishda 
ishlamagan.
1832-1851-yillarda O.Kont Politexnika maktabida tahlil va 
mexanika bo‘yicha repetitlik qiladi. 1831-yildan to 1847-1848- 
yillargacha u Parijning Uchinchi okrugida astronomiya bo‘yicha tekin 
kurslarni o‘qiydi. O.Kont 1845-yildan boshlab asosan J.S.Mill va bir 
necha angliyalik boylar, 1848-yildan esa E.Littre va 100 ga yaqin 
izdosh va shogirdlari tomonidan to‘langan yordam puli hisobiga 
yashaydi.2
O.Kontning shaxsiy hayotida ham ko'plab muammolami ko‘rish 
mumkin. Xaylbron (Heilbron, 1995) Kontni past bo‘yli (taxminan 5 
fut, 2 dyuym), sal g‘ilayroq va muloqotda, ayniqsa ayollar bilan, o ‘ta 
qat'iyatsiz deya ta’riflagan.3 1825-yilda Karolin Massen ismli 
yengiltabiat ayolga uylanadi, lekin bu nikoh unga baxt keltirmaydi, 
keyinchalik Kont buni hayotidagi eng katta xato sifatida baholaydi 
(ulaming nikohi 1825-yildan 1842-yilgacha davom etgan). Karolin uni
1 Qarang: Арон P. Эганы развития социологической мысли: Пер. с фр. / Общ.ред. и предисл. 
П.С.Гуревича. - М.: И здательская группа «Прогресс»-«Политика»> 1992. - С. 130-131.
2 Q arang-. O ’sh ajo y d a. - В . 131-132.
1 George Ritzer. Sociological Theory. Eighth Edition. Me Graw-Hill. 2010. - P. 16.
38


bir necha marotaba tashlab ketadi, bu Kontga qattiq zarba beradi. 
Keyinchalik eng yaqin do‘sti va shogirdi E.Littre bilan ham 
kelishmovchiliklar yuzaga keladi.
Kont o‘zining kuchli xotirasi bilan tanilgan edi. Tasviriy xotiraga 
ega bo‘lib, u qachonlardir o‘qigan har qaysi sahifasidan sitatalar 
keltira olardi. Uning diqqatini jamlay olish qobiliyati shunda ediki, u 
qog‘ozga qo‘lini tekkazmay turib, butun bir kitobni xomaki yozib 
chiqishi mumkin edi. U matnlarsiz ma’ruzalar o‘qir edi. Kitob yozish 
uchun o‘tirganda, u hammasini xotirasidan olib yozardi1.
1826-yilda Kont o‘z kvartirasida o‘z falsafiy g‘oyalari asosida 72 
ta jamoat oldidagi ma’ruzadan iborat seriyani o‘tkazishmoqchi bo‘ldi. 
Kurs o‘ziga katta auditoriyani jalb etdi, lekin Kontning asablari 
buzilishi natijasida uchta ma’ruzadan keyin to‘xtatildi. U asab 
kasalligidan qiynalardi va 1827-yilda Sena daryosiga tashlab o‘z 
joniga (muvaffaqiyatsiz) qasd qildi.2 Shuni ham alohida qayd etish 
lozimki, shogirdlari O.Kontni o‘ziga bino qo‘ygan, xarakteri og‘ir 
inson sifatida eslaydi.
1838-yilda Kont hayotidagi eng og‘ir zarbaga duch keladi, aynan 
shunda u endi hyech kim uning umuman fan va qisman sotsiologiya 
to‘g‘risidagi asarlarini qabul qilmasligiga jiddiy tarzda amin bo‘ldi. 
Bu davrda u o‘z hayotida «aql-idrok gigienasi»ni e'lon qildi. Kont 
boshqa mualliflaming asarlarini o‘qishdan bosh tortdi, natijada u 
oxirgi intellektual yutuqlar bilan aloqani umidsizlik bilan yo‘qotdi. 
1838-yildan keyin Kont «Pozitiv siyosat tizimi»da aks ettirilgan 
jamiyatni isloh qilish haqidagi g‘alati g‘oyalarini ilgari sura boshladi. 
Shungacha yetib keldiki, Kont o‘zini insoniyatning yangi dinining 
katta ruhoniysi sifatida tasaw ur qila boshladi, u oxir-oqibat sotsiolog- 
ruhoniylar rahbarlik qiladigan dunyo yaralishiga ishonardi. (Kontga 
uning katolik kelib chiqishi katta ta’sir o‘tkazdi.) Shunisi qiziqki, 
o‘zining sharmandali g‘oyalariga qaramay, Kontning, oxir-oqibat, 
nafaqat Fransiyada, balki boshqa bir qator davlatlarda ham izdoshlari 
soni ortib bordi.3
1829-1842-yillarda Kont o‘zining asosiy asari - olti jildlik 
“Pozitiv falsafa kursi” asarini yozadi. Bu asar uning 72 ta ma’ruzasi 
asosiga quriladi. Uning birinchi jildi 1830-yilda nashr etiladi. Qolgan
1 George Ritzer Sociological Theory. Eighth Edition Me Graw-HilL 2010. - P. 16.
2 0 ‘sha joyda. - B. 17.
3 George Ritzer. Sociological Theory. Eighth Edition. Me Graw-Hill. 2010. - P. 17.
39


jildlar mos ravishda 1835, 1838, 1839, 1841-va 1842-yillardan nashr 
etiladi. Bu kitobda u fanlar klassifikatsiyasi, pozitiv falsafa va 
sotsiologiya tamoyillarini ishlab chiqadi. Bu kitobning oxirgi uch 
jildida Kont sotsial fizika, ya’ni sotsiologiyaning asoslarini bayon 
etadi. Yuqorida ta’kidlanganidek, asaming to‘rtinchi jildi 47- 
ma’ruzasi, 245-sahifasida ilk marotaba “sotsiologiya” atamasini 
ishlatadi. To‘rtinchi jildda sotsiologik qonunlami o‘rganish zaruriyati 
haqida gap borsa, beshinchi va oltinchi jildlarda Kont o‘zining asosiy 
qonuni - uch bosqich qonunini shakllantiradi. Bungacha u pozitiv 
fanga nisbatan “sotsial fizika” atamasini qo‘llagan edi. Shuni eslatib 
o‘tish joizki, “sotsial fizika” g‘oyasi XVII asrdayoq shakllangan 
bo‘lib, XIX asr boshlarida A.Sen-Simon tomonidan targ‘ib qilingan, 
1835-yilda belgiyalik statistik A.Ketle tomonidan qo'llanilgan 
bo‘lsada, O.Kontgacha hech kim bu g‘oyani to ‘liq, asosli va tizimli 
tarzda rivojlantirmagan. Kont fikriga ko‘ra, pozitiv falsafaning asosiy 
xususiyati Bekon tushuntirganidek, kuzatiluvchi faktlarga asoslangan 
real bilimlar hisoblanadi. Jamiyatdagi jarayonlami tabiiy qonunlar 
asosida 
tushuntirish 
asosiy 
vazifa 
hisoblanadi. 
Teolog 
va 
metafiziklardan farqli ravishda pozitiv falsafa “hayotning tabiati 
to‘g‘risida” fikr yuritmaydi, bugun inson ongi ham osmon 
(astronomiya), ham yer (fizika, ximiya va fiziologiya) fizikasini 
anglab yetgan bir paytda ularning kuzatuvlarini umumlashtiruvchi bir 
fanga - ijtimoiy fizikaga ehtiyoj sezilmoqda.1
O.Kont 1844-yilda “Pozitiv falsafa ruhi haqida mushohada”, 
“Mashhur astronomiya bo‘yicha falsafiy traktat”, 1848-1851-yillarda 
“Umuman pozitivizm haqida mushohada”, 
1851-(1852) yilda 
“Pozitivistik katexizis”, 1851-1854-yillarda 4 jildlik “Pozitiv siyosat 
tizimi, yoki Insoniyat dinini o‘matuvchi sotsiologiya to‘g‘risidagi 
Traktat”, 1855-yilda “Konservatorlarga chorlov”, 1856-yilda esa 
“Sub'ektiv sintez” asarlarini nashr ettiradi. Vafotidan keyin esa 4 
jildlik “O.Kont vasiyati” nomli asar nashrdan chiqadi. Ko‘plab asarlar 
muallifi bo‘lishiga qaramay, O.Kont Fransiya ilmiy doiralarida to‘liq 
tan olinmagan edi, hatto dushmanlari ko‘pligi sababli kafedra ochish 
bo‘yicha bir necha marotaba qilingan murojaatlari ham rad etilgan.
1848-yilda Kont “Pozitivistik jamiyat” tuzadi. Bu jamiyatning 
maqsadi xalqqa pozitivistik dunyoqarash ruhidagi bilimlami berish va
1 M ichele Dillon. Introduction to Sociological Theory. Theorists, C oncepts, and Their Applicability to 
the Twenty-First Century. 2-Ed. B lackw ell Publishing, 2014. - P. 18.
40


tarbiyalashdan iborat edi. Hayotining so‘nggi ,, .narini Kont ishchilar 
ommasiga 
m a’ruzalar o‘qish 
bilan 
o ‘tkazadi, 
unda 
Parij
proletariatlarining inqilobiy harakatlarini qoralaydi. Kont 1857-yil 5 
sentyabrda Parijda Mese-le-Prens ko‘chasidagi uyda o‘quvchilarining 
qurshovida rak kasalligidan vafot etadi.
2. 
XIX asr sotsiologiyasidagi ilk yo‘nalish pozitivizm (lot. 
positivus 
-
ijobiy) hisoblanadi. 
Uning 
mazmun-mohiyati
tabiatshunoslik fanlarining qonun va usullaridan foydalanish asosida 
jamiyat to‘g‘risidagi yangi bilimlar tizimini shakllantirishdan iborat 
edi. Pozitivizm spekulyativ mavhum nazariyalarga qarama-qarshi 
qo‘yilgan. Shunga mos ravishda u jamiyat haqida abstrakt fikrlardan 
voz kechish va tabiy-ilmiy nazariyalaming barcha mezonlariga javob 
bera oldaigan ijobiy sotsial nazariya yaratish maqsadida paydo 
bo‘lgan. Pozitivistik nuqtai nazardan sotsiologiyaning asosiy vazifasi 
sotsial voqyea-hodisalami faktlarga asoslanib. Empirik va tahliliy yo‘l 
bilan tadqiq etishdan iborat. Faqat shu holdagani u tom ma’noda 
“pozitiv” bo‘la oladi, jamiyat hayotidagi muamolami ijobiy va 
muvaffaqatli hal eta oladi.
Pozitivizmning 
asoschilari 
(awalambor, 
O.Kont) jamiyat 
haqidagi bilim tabiatshunoslik fanlari beradigan tabiat haqidagi 
bilimlar singari qat'iy va aniq, asosli va ishonarli, real va foydali 
bo‘lishi lozim. Kont o‘zining ishlari “Pozitiv falsafa ruhi” asarida 
“pozitiv” atamasining bir necha xil talqinini beradi. Ular quyidagilar:
- hayoliydan farqli voqyeiy; 
yaroqsizdan farqli foydali; 
shubhalilikdan farqli ishonchli; noaniqlikdan farqli aniq; salbiydan 
farqli ijobiy.1
Jamiyatning funksionallashuvi va taraqqiyoti qonunlari tabiiy 
qonunlaming davomi sifatida olib qaralganligi uchun, ulaming 
o‘zgarmasIigi, barcha davrlar uchun xosligi ta ’kidlangan. Shuning 
uchun ham sotsial hodisalaming tub mohiyatini va sababiy 
shartlanganligini anglab bo‘lmaydi. Va nihoyat, jamiyat qonunlarini 
tabiat qonunlaming davomi sifatida qabul qilish pozitivizm 
tarafdorlarini jamiyatni aw alo statik holda, ya’ni barqaror tizim 
sifatida, keyinchalik esa dinamikada o‘rganishiga olib keldi.
Jamiyat 
haqidagi 
bilimlar 
obyektivlik, 
reallik, 
ilmiylik, 
ishonchlilik, aniqlik, foydalilik talablariga javob berishi uchun
1 К онт О. Д ух позитивной ф илософ ии // Зап ад н о ев р о п ей ская социология X IX века: Тексты. -
М., 1996. - С. 39-40.
41


pozitivizm nuqtai nazaridan u tabiiy fanlar metodlariga tayanishi 
lozim edi. Ulardan asosiylari - bu kuzatish, tajriba, qiyosiy, tarixiy va 
u yoki bu darajadagi matematik usullar edi. Jonatan Temer fikriga 
ko‘ra, Kont pozitivizmi «sotsial olam abstrakt qonunlar taraqqiyotiga 
ulami ma’lumotlami to'plash orqali tekshirishga javobgardir» va «bu 
abstrakt qonunlar bizga sotsial olamning asosiy va umumiy 
xususiyatlarini ko‘rsatadi, va ulaming “tabiiy aloqalari”ni aniqlaydi». 
Ayrim klassiklar (ayniqsa Spenser va Dyurkgeym) Kontning sotsial 
hayot qonunlarini ochishga intilishini qo‘llab-quvvatlagan. Zamonaviy 
sotsiologiyaning muhim ahamiyatini saqlab qolib, pozitivizm bir 
vaqtning o‘zida bir necha tomonlama tazyiqqa duch keldi.1
Pozitivizm XIX asr sotsiologiyasinning paradigmasi sifatida 
konkret yo‘nalishlarda: naturalizm, organitsizm, evolyutsionizm, 
sotsial darvinizm, mexanitsizm, geografik determinizm, irqiy- 
atropologik kabi yo‘nalishlarda namoyon bo‘ldi. Bu yo‘nalish va 
oqimlarning barchasi bir-biridan yagona umumiy tamoyil -
sotsiologik reduksionizmga ko‘ra farqlanadi. Uning mazmun-mohiyati 
shundaki, ular ijtimoiy hayotning asosiy hodisalarini yagona omil 
hisobiga tushuntirishga harakat qiladi. Shuning uchun ham ular 
sotsiologiya tarixida “bir omil maktablari” deb nomlangan.
3. 
Kont fikriga ko‘ra, sotsiologiya - sotsial fizika - barcha boshqa 
fanlaming progressiv avansi boiishi kerak. Har bir avlod o‘zidan 
oldingi avlodga nisbatan aqlliroq, erkinroq bo‘lgani kabi insoniyat 
to‘g‘risidagi qarashlar ham borgan sayin aniqroq bo‘ladi. Bu Marks va 
Dyurkgeymning jamiyat va ijtimoiy tashkilot shakllari to‘g‘risidagi 
qarashlarida ham namoyon bo‘lgan. Bu progressiv ijtimoiy 
o‘zgarishning rivojlanuvchi ko‘rinishi sifatida baholangan: jamiyatda 
sodir bo‘layotgan har bir o‘zgarish oddiy o‘zgarish emas, balki 
oldingisidan ko‘ra yaxshiroq bo‘lgan o‘zgarishdir.
Bu 
evolyutsion-progressiv 
qarash 
Kontning 
sotsiologiya 
borasidagi qarashlarini belgilab berdi. Kontga ko‘ra, sotsiologiya eng 
oliy fan bo‘lishi kerak; u eng so‘nggi evolyutsion qarashlami ilgari 
surib ilmiy fanlardagi mavjud ilmiy metodlami o‘zida aks ettirishi va 
mukammallashtirishi lozim.2
1 Qarang: George Ritzer. Sociological Theory. Eighth Edition. M e G raw -Hill. 2010. - P. 18-19.
2 M ichele Dilion. Introduction to Sociological Theory. Theorists, Concepts, and Their Applicability to 
the Twenty-First Century 2-Ed. Blackw ell Publishing, 2014. - P. 18-19.
42


Kont o'zining oldiga muhim nazariy vazifalardan biri sifatida 
barcha bilim sohalarini qamrab oluvchi fanlar klassifikatsiyasini 
yaratish vazifasini qo‘ydi. U o ‘zining maxsus “klassifikatsiya 
qonuni”ni ham ishlab chiqdi. Unga oltita asosiy fanlami kiritdi:
- matematika;
- astronomiya;

Download 11,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish