Jiyanmuratova G. S0TS10L0 I d I y


partiyaviy yondashishni absolyutlashtirish oqibatida umumsotsiologik



Download 11,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/101
Sana20.07.2022
Hajmi11,54 Mb.
#825335
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   101
Bog'liq
Jiyanmuratova G.Sh. Sotsiologiya tarixi. 2020


partiyaviy yondashishni absolyutlashtirish oqibatida umumsotsiologik 
qonuniyat mohiyatiga putur yetkazildi. Jamiyat taraqqiyotni bir 
tomonlama 
bo‘rtirib 
tushuntirish 
oqibati 
sub'ektivizmga, 
volyuntarizmga olib keldi. Sotsiologiya falsafa va boshqa ijtimoiy 
fanlar 
singari 
siyosatga 
bo‘ysundirilib, 
uning 
xizmatkoriga 
aylantirildi. Sotsiologiyaning asosiy ijtimoiy vazifasi muayyan 
andozaga solingan, oldindan qat'iy belgilangan siyosiy buyurtmani 
bajarishdan iborat bo‘lib qoldi. Mavjud mafkura doirasidan chiqish 
qat'iy ta’qiqlandi.
Shunday qilib, o ‘sha davr ijtimoiy fanlar uchun metodologik asos 
qilib olingan tarixni materialistik tushunishdan chetlashildi. Ijtimoiy 
ong ijtimoiy hayotni emas, balki ijtimoiy borliq ijtimoiy ongni
1 Qarang: Алицориев H.C. У збеки ото нда социологик тадкикотлар ва илмий мактаблар / 
М устакиллик йилларида У збеки сто нда социология та р а к к и ё ти тш г долзарб муаммолари. - Тош кент, 
2010. - Б . 11-12.
31


belgilaydi, 
degan 
materialistik 
mohiyatga 
ega 
bo‘lgan 
umumsotsiologik qonuniyatga xilof ravishda ish yuritildi.
Sobiq ittifoq davrida sotsiologiyaning fan sifatida rivojianishi 
uchun 
to ia
imkoniyat 
bo‘lmadi. 
Buning 
asosiy 
sababi 
demokratiyaning yo‘qligi, ijtimoiy munosabatlarga faqat sinfiylik, 
partiyaviylik nuqtai nazardan qaralganligi bo‘ldi. Sotsiologiya esa 
faqat to‘la qonli demokratiya bo‘lgandagina fan darajasida amal 
qiladi. Chunki, sotsiologiya mohiyat e'tibori bilan jamiyat hayotining 
o‘zaro bog‘liq bo‘lgan siyosiy, iqtisodiy, m a’naviy va ijtimoiy 
turmush sohalari rivojlanish va funksional qonunlarini ob'ektiv 
jihatdan umumiy tahlil qiladi.
Binobarin, empirik tadqiqot darajasida olingan m a’lumotlar 
o‘rganilayotganda obyektning salbiy jihatlarini ham ifodalash 
mumkin.
Kishilaming 
davlat 
siyosatiga, 
mavjud 
siyosiy 
rejimga 
munosabatini, moddiy turmush darajasini, kayfiyati, intilishlari va shu 
kabi munosabatlarini sotsiologik tadqiq qilish orqali mavjud ijtimoiy- 
siyosiy holat yuzaga chiqariladi. Zero, to‘laqonli demokratik 
tuzumdagina mavjud siyosiy kuchlaming fikrlar xilma-xilligiga yo‘l 
qo‘yiladi.
Sotsiologiyada tadqiqot natijasi qanday bo‘lishidan qat'iy nazar 
ilmiy asoslangan va obyektiv xarakterda bo‘lishi talab qilinadi. Agar 
davlat demokratik asosda boshqarilmasa, hokimiyat tepasidagi siyosiy 
kuchlar manfaatiga xizmat qilmaydigan har qanday ilmiy sotsiologik 
tadqiqotdan voz kechiladi va u ta’qiqlanadi. Siyosiy mafkuraga 
bo‘ysundirilgan sotsiologiya o ‘zining ilmiyligini yo‘qotib subyektiv, 
sun'iy va soxta xususiyatga ega bo‘lib qoladi.
1989-yilda Moskvada tashkil qilingan jamoatchilik fikrini 
o‘rganish butunittifoq markazining (VSIOM) 0 ‘zbekiston bo‘limi ish 
boshladi. 
Bo‘lim 
sotsiologlari 
respublikamiz 
viloyatlari 
va 
tumanlarida xilma-xil mavzular bo‘yicha sotsiologik tadqiqotlar 
o‘tkazib, ular asosida kishilaming ruhiyati va kayfiyatidagi 
o‘zgarishlami aniqlashga muvaffaq bo‘ldilar. Ma’lum ma’noda, bu 
holat respublikamizda milliy ongning o‘sishiga va shuning natijasida 
milliy mustaqillikka erishishni tezlashuviga turtki bo‘ldi.
0 ‘zbekistonda 
sotsiologiya 
fanining 
institutsionallashuvini 
dastlab 1989-yilda Toshkent Davlat Universiteti (hozirgi 0 ‘zMU) 
Falsafa fakuiteti tarkibida sotsiologiya bo‘limi va kafedrasi tashkil
32


etilishi bilan bog‘lab tushuntirish lozim boladi. Bu davr sotsiologiya 
fanining tom ma’noda o‘quv fani sifatida namoyon bo‘lishini belgilab 
berdi, shuningdek sotsiolog-mutaxassislar tayyorlana boshlandi va 
1994-yili 40 mutaxassis bitirib chiqdi. 1995-yilda 30 ta, 1996 yilda 21 
talaba, 1997-yilda-12 ta talaba sotsiolog mutaxassisligiga ega 
bo‘ldilar.
Keyinchalik Samarqand, Farg'ona va Buxoro universitetlarida 
ham sotsologlami yetishtirib chiqarish yo‘lga qo‘yildi. Masalan, 
Farg‘ona Davlat Universitetida dastlab 1990-yilda sotsiologiya 
kafedrasi tashkil etildi. 1992-yilda esa shu kafedra asosida “Umumiy 
sotsiologiya” va “Amaliy sotsiologiya” kafedralari tashkil etildi. 
“Amaliy sotsiologiya” kafedrasi ilmiy tadqiqot yo‘nalishi - yoshlar 
faoliyatida mehnat omilini faollashtirish yo‘llari bo‘lib, bu borada 
aniq tadqiqotlar olib borilmoqda. 1991-yilda sotsiologiya bo‘yicha 
mutaxassislar tayyorlash bo‘limi ochilib, unga qabul qilingan 
dastlabki talabalardan 17 kishi, 1996-yilda sotsiologiya bo‘yicha 
mutaxassis sifatida bitirib chiqdi.
0 ‘zbekiston Respublikasi 
Oliy 
va o‘rta maxsus ta’lim 
vazirligining 18-iyul 1994-yil 87-01-242-sonli buyrug‘i bilan 1995- 
1996-o‘quv yilidan boshlab respublikaning barcha oliy o‘quv 
yurtlarida 1-blok fanlari qatorida sotsiologiya fanining o‘qitilishi joriy 
qilinishi mamlakatimizda bu fanning mustahkam o‘rin egallashida 
muhim qadam boidi.
1992-yilda Mehnat Vazirligi qoshida sotsiologik tadqiqotlar 
markazi tashkil qilinib, bu markaz tomonidan respublikamida keng 
suratda tadqiqotlar o‘tkazilib, unda aholining iqtisodiy islohotlarga, 
demokratlashtirish jarayonlariga bo‘lgan munosabatlari atroflicha 
o‘rganila boshlandi.
Mamlakatimizda 
1997-yildan 
boshlab 
«Ijtimoiy 
fikr» 
jamoatchilik flkrini o‘rganish markazi faoliyat ko'rsatmoqda. Bu o‘z 
navbatida 
sotsiologik 
tadqiqot 
markazlari 
va 
xizmatlarini 
muvofiqlashtirish imkoniyatini tug‘dirdi.
Bugungi kunda 0 ‘zbekistonda sotsiologiya sohasida yetarli ilmiy 
potensial shakllangan, deyish mumkin. Mamlakatimizda o‘z ilmiy 
yo‘nalishlari va ilmiy maktablari bilan tanilgan bir qator professor- 
olimlar 
bu 
sohada 
ilmiy 
izlanishlar 
olib 
borishmoqda: 
M.Bekmurodov, 
A.Xolbekov, 
N.S.Aliqoriyev, 
A.Umarov, 
M.X.Ganiyeva va h.k.
33


O'zbekistonda sotsiologiya fanini rivojlantirishda Birinchi 
Prezident I.A.Karimovning roli beqiyosdir. Chunki I.A.Karimov 
tomonidan iqtisodiy islohotlaming besh tamoyili, shu jumladan 
iqtisodiyotning siyosatdan ustuvorligi, uni har qanday mafkuradan 
ozod qilish lozimligi uqtirildi. “Iqtisodiyot o‘z qoidalariga asoslanib 
rivoj topishi kerak”, degan qoidaga ko‘ra iqtisodiyotni asosiy ijtimoiy 
tizim sifatida sotsiologiya fani doirasida o‘rganish jamiyatning boshqa 
jihatlarini o‘rganishga asos bo‘ladi.
Mamlakatimizda bugungi kunda yigirmadan ortiq jamoatchilik 
fikrini o‘rganish markazlari faoliyat ko‘rsatayotganligi, jamoatchilik 
fikri faol o‘rganilayotganligi nafaqat jamiyatning demokratlashuvidan, 
balki jamiyat oddiy odamlar fikrini ham inobatga ola boshlaganidan 
dalolat beradi. Jamiyatda umuman aholining, jumladan, uning 
ijtimoiy-siyosiy sohadagi fikrini o‘rganishning yangi uslubiyoti va 
usullari shakllanishiga jiddiy ta’sir ko‘rsatuvchi axborotga bo‘lgan 
ehtiyoj yuzaga keldi.
Shuningdek, kirib kelayotgan yilga nom berish an'anasiga 
muvofiq joriy 2017-yilning Prezident Sh.M.Mirziyoev tomonidan 
“Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari” yili deb atalishining 
negizida ham mamlakatimizda demokratik tamoyillarga asoslangan 
siyosat olib borilayotganligi, fuqarolik jamiyati barpo etish yo‘lida 
hamda inson huquq va manfaatlarini ta’minlashda sotsiologiya fani 
imkoniyatlaridan 
samarali 
foydalanilayotganligini 
ko‘rishimiz 
mumkin bo‘ladi.

Download 11,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish