Dindagi o'zgarishlar.
Siyosiy inqiloblar, sanoat to‘ntarilishi va
urbanizatsiya natijasida kelib chiqqan o‘zgarishlar aholining e'tiqodiga
juda katta ta’sir ko‘rsatdi. Ko‘plab ilk sotsiologlar diniy e'tiqod
malakasiga ega edi va faol, ayrim hollarda hatto professional darajada
dinga jalb qilingan edilar. Ular sotsiologiyaga o‘zlarining diniy
hayotlarida mavjud bo'lgan maqsadlami olib kirdilar. Ular insonlar
hayotini yaxshilashni istardilar. Ayrimlari, masalan Kont uchun
sotsiologiya dinga aylandi. Boshqalaming sotsiologik nazariyalarida
diniy alomatlarni ko‘rish mumkin edi. Dyurkgeym o‘zining asosiy
asarlaridan birini din bo‘yicha yozdi. Veber asarlarining ahamiyatli
qismi dunyo dinlariga bag‘ishlangan edi. Marks ham din muammolari
bilan ularga faqatgina tanqidiy nuqtai nazardan yondashish uchun
qiziqqan edi3.
’ Qarang: George
Ritzer. Sociological Theory.
Eighth Edition.
M e
Graw-Hill. 2010. - P. 6-7.
2 0 ‘sha joyda. - B. 7.
3 Qarang: George Ritzer. Sociological Theoiy. Eighth Edition. M e Graw-Hill. 2010. - P. 7.
20
Far. taraqqiyoti.
Sotsiologiya rivojlanayotgan bir davrda, fanning
roli nafaqat kollej yoki universitetlarda, balki umuman jamiyatda ham
o ‘sib
borayotgan edi. Iimiy texnologik ishlanmalar mahsuli
jamiyatning barcha sohalariga kirib bordi, bu bilan fanning mavqyei
oitdi. Fanning nisbatan muvaffaqiyatli sohalarida band bo'lganlar
(fizika, biologiya va ximiya) jamiyatda obro‘-e'tiborga ega boMdilar.
Sotsiologlar (ayniqsa Kont va Dyurkgeym) fan bilan qiziqib
sotsiologiyani iizika va biologiya kabi modellashtirishni istardilar. Tez
orada ilmiy modelni yoqlovchilar va Veber singari ijtimoiy hayotninp
o‘ziga xos xususiyatlari ilmiy modelga ko‘r-ko rona ergashish
mumkin emasligini ilgari surganlar o‘rtasida bahs-munozaralar
boshlanib ketdi. Sotsiolorgiya va qat'iy fanning o‘zaro munosabatlari
bahs-munozarasi xali-hanuz ham davom etmoqda, shunday bo'lsada,
ilg‘or jumallami birrov ko'rib chiqsak, sotsiologiyani akademik fan
sifatida tan oluvchilar ko‘pchilikni tashkil etishini ko‘rish mumkin
bo'ladi.1
Shuningdek, J.Ritser sotsiologiya fani taraqqiyotida sotsial
omillar
o‘ta
muhim
bo‘lsada,
sotsiologik
nazariyalaming
shakllanishida markaziy rol o‘ynagan intellektual kuchlarga alohida
bobni bag‘ishiaydi va real olamda intellektual kuchlami sotsial
kuchlardan ajratib olish mumkin emasligini ham ta’kidlab o ‘tadi.2
3.
Sotsiologiya fanining tarixiy rivojlanish bosqichlari haqida gap
ketganda shuni ta’kidlab o‘tish joizki, ko‘pchilik sotsiologlar uni ikki
bosqichga: mumtoz va zamonaviy bosqichlarga bo‘lib o‘rganish
lozimligini ta’kidlaydi. Shunday bo‘lsada, sotsiologiya tarixi bo‘yicha
ayrim mutaxassislar sotsiologiya tarixini o‘rganish uchun uni bir
necha mezonlarga ko‘ra davr va bosqichlarga ajratib o‘rganish
ma’qul, deb hisoblaydilar.
Masalan, G.ye.Zborovskiy fikriga ko‘ra, sotsiologiya fanining
shakllanish, rivojlanish va amal qilishi davrlarini ajratishda uchta
asosiy mezonni ko‘rsatish mumkin. Bular: davriy, makonga oid,
tarkibiy.3
Birinchi mezonga ko‘ra, sotsiologiya fanining XIX-XX asrlarda
yuzaga kelishi, tan olinishi va rivojlanishi bosqichlari ajratiladi.
1 0 ‘shajoyda. - B . 8.
2 Qarang: O 'sh ajo y d a. - B . 8-11.
3 Qarang: Зборовский Г.Е. И стория социологии: классический этап: учебник для вузов. 2-е изд.
испр. и доп.
-С у р г у т и [др.]: РИО СурГП У, 2 0 1 4 .- С . 11-14.
21
Ikkinchi mezonga ko‘ra, uning fan sifatida u yoki bu tarixiy
davrlardagi faol taraqqiyotini belgilagan davlatlarni (kontinentlar)
ajratadi. Tarkibiy mezonlar esa turli xil yo‘nalishlar, maktablar,
oqimlar, paradigmalar va ularning yorqin vakillarini ajratib oladi.
Sotsiologiya tarixini davrlarga ajratishda bu mezonlar kamdan-
kam holatlarda yaxlitlikda hisobga olingan, ayrim ilmiy ishiarda esa
hyech qanday mezonlar ajratilmagan.
Asosan
sotsiologiya
tarixi
haqidagi
ishiarda
faqatgina
mezonlardan biriga, asosan zamon yoki tarkib mezoniga ahamiyat
qaratilgan. Fransuz olimlari Sh.A.Kyuen va F.Gresl “Sotsiologiya
tarixi”1 ilmiy ishida sotsiologiya fanining 5 ta rivojlanish bosqichini
ajratganlar:
1. 1917- yilgacha.
2. 1918-dan 1945-yilgacha.
3. 1945- yildan 1968- yilgacha.
4. 1969 -yildan 1990- yilning boshlarigacha.
5. 1990-yilning boshlari.
Ko‘rinib turibdiki, bu bosqichlarga ajratish asosiga tarkibiy
mezonlar emas, balki jamiyat taraqqiyotiga jiddiy ta’sir ko‘rsatgan
yirik siyosiy voqyealar: inqiloblar, urushlar, ommaviy-siyosiy harakat
va chiqishlar qo‘yilgan. Masalan, 1968-1969-yillardagi Yevropa va
AQSHdagi talabalar chiqishlari (ayrim mualliflar uni talabalar
inqilobi, deb ataydi).
Albatta, sotsiologiya fanining rivojianishi radikal ommaviy-
siyosiy transformatsiyalar bilan bog‘liq, lekin ulami asosiy mezon
darajasida ko‘rishga sabab bo‘ladigan bog‘liqlik darajasida emas.
Sotsiologiya tarixini davrlarga ajratishda fanning ichki rivojlanish
tahlili,
uning
tarkibidagi
o‘zgarishlar
va
sotsiologik
bilim
taraqqiyotiga ta’sir ko‘rsata olgan uning asosiy muammolariga
asoslanish to‘g‘ri hisoblanadi. Ularning tarkibiga jamiyatni, uning
sotsial guruhlar va shaxslar bilan o‘zaro munosabatini talqin etish,
sotsiologiya fanining predmeti muammosi va boshqalami kiritish
mumkin. Shuning uchun eng dolzarb muammolardan biri nazariy va
empirik sotsiologiyaning o‘zaro munosabati masalasi hisoblanadi.
Ko‘pchilik mualliflar sotsiologiyaning, asosan, ikkita rivojlanish
bosqichini ajratadilar (masalan: Ritser J., Dillon М., Zborovskiy G.Y.,
! C uin Ch., Gresle F. Histoire de ia sociologie. - P., 1992.
22
Kravchenko A.I.)1. Birinchisi - mumtoz, ikkinchisi esa zamonaviy
bosqich deb nomlangan.
Bizningcha, sotsiologiya fanining uchta asosiy rivojlanishi
bosqichini ajratish mumkin. Birinchisi: sotsiologiya fani shakllanishi
va taraqqiyotining mumtoz bosqichi, ikkinchisi XX asr boshi va
o‘rtalarida sotsiologiyaning rivojlanishini, uchunchi bosqich esa XX
asr oxiridan to bugungi kungacha bo‘lgan davmi to‘liq qamrab oladi.
Agar birinchisi nazariy (mumtoz sotsiologiyaning yuzaga kelishi va
rivojlanishi bosqichi) sotsiologiyaning yuzaga kelishi bilan bog'liq
bo‘lsa,
ikkinchisi
esa
empirik
(zamonaviy
sotsiologiyaning
rivojlanishi bosqichi) sotsiologiyaning shakllanishi bilan bog‘liq.
Ikkinchi bosqichda nazariy sotsiologiyaning rivojlanishi empirik
sotsiologiyaning shakllanishi bilan bir vaqtda amalga oshadi.
Zamonaviy bosqichda nazariy va empirik sotsiologiyaning o‘zaro
aloqadorligi (hatto qarama-qarshilik shaklida ham) kuzatiladi.
Albatta sotsiologiyaning zamonaviy rivojlanish bosqichi (1920-
yillardan to bugungi kungacha) haqida gapirganda, biroz noqulaylik,
tushunmovchilik paydo bo‘ladi, chunki biz XXI asrda turib, XX asr
boshlaridagi fikrlami zamonaviy, deb baholashga majbur boiam iz.
Sotsiologiyaning mumtoz va zamonaviy rivojlanish bosqichlari
haqida gap ketganda, sotsiologlar ulaming chegarasini belgilashga
turlicha yondoshadilar. V.P.Kultigin fikricha, zamonaviy bosqich
Ikkinchi jahon urushidan keyingi davr va eng yangi sotsiologiyani o‘z
ichiga oladi. Bu ikki davr chegarasini 1960-yillarga to‘g‘ri kelishini
ta’kidlaydi. Mumtoz bosqich XIX asr o ‘rtalarida sotsiologiyaning
shakllanishidan to Ikkinchi jahon urushiga kelib taqaladigan erta va
kechki davrlami ajratadi. Ulaming oralig‘iga Birinchi jahon urushi va
Rossiyadagi oktyabr inqilobini chegara qilib qo‘yadi.2
Muhokama qilinayotgan masala yuzasidan yakuniy xulosa
chiqarish uchun G.Y.Zborovskiy yana bitta dalilni keltiradi:
sotsiologiyaning mumtoz va zamonaviy rivojlanish bosqichlari
1 Qarang: G eorge Ritzer. Sociological Theory. Eighth Edition. M e G raw-Hill. 2010; M ichele D illon.
Introduction to Sociofogicai Theory. Theorists, C oncepts, and T heir
Do'stlaringiz bilan baham: |