sotsiologiya»
terminini ishlatdi2.
Kont bu yangi fanga nom berdi va uning asosiy chegaralarini
belgiladi. «Sotsiologiya» termini unga tegishli bo‘lib, (lotincha
societas
- jamiyat, yunoncha
logos
- fan) jamiyat haqidagi fan
ma’nosini anglatadi. 1830-yillarda ijtimoiy hayot muammolari alohida
fan doirasida o‘rganilmagan, dunyoqarashning umumiy manzarasini
tashkil etgan bo‘lsa, XIX asming o'rtalariga kelib sotsiologiya alohida
fan sifatida tan olindi.
O.Kontning asosiy maqsadi sotsiologiyani tabiatshunoslik fanlari
kabi aniq va mahsuldor, oqilona va samarali bo‘lgan, o‘zining
ahamiyati va foydaliligini isbotlab bergan kuzatish, tajriba, taqqoslash
va boshqa shu kabi usullardan foydalanuvchi fanga aylantirishdan
iborat edi. Gap ijobiy natija bera oladigan, pozitivistik yo‘nalishdagi
bilimlarga asoslangan bilim haqida bormoqda. Jamiyat va inson
to‘g‘risidagi fan uchun bunday yondoshuv o‘z davri uchun inqilobiy
hisoblangan. Bu sotsiologiya tarixining quyi chegaralarini aniqlashda
' Qarang: К омиссаров И.И. М еханистические общ ественны е модели А. Кетле и Г.Ч. Кэри:
сравни тельны й анализ // В естник Воронежского государственного университета. Серия: Ф илософия.
2015. № 4 (18). - С . 144-149.
2 Qarang: И стория социологии: учебник и практикум для академического бакалавриата /
А В .В о р о н ц о в , М .Б.Глотов, И. А.Громов; под общ. ред. М .Б.Глотова. - 2-е изд., перераб. и доп. - М.:
И здательство Ю р акт, 2017. - С. 36.
pozitivizmni tan olishni, O.Kontni esa uning ilk namoyandasi va
ifodalovchisi sifatida tan olinishini isbotlaydi.
Shuni alohida qayd etish lozimki, O.Kont tomonidan taqdim
etilgan pozitivizmni birinchi qo'llab-quvvatlagan olimlardan bin Jon
Styuart Mill (1806-1873) hisoblanadi. U - angliyalik faylasuf,
iqtisodchi va jamoat arbobi. J.S.Mill O.Kont bilan bevosita tanish
bo‘lgan, u bilan va unga atalgan ilk kitobni nashr ettirgan - «Ogyust
Kont va pozitivizm» (1859). J.S.Mill Kont pozitivizmini qo‘llab-
quvvatlab, uning poztitiv fanlar klassifikatsiyasini siyosiy iqtisod,
psixologiya va etika («etologiya») fanlari bilan boyitgan.
2.
Endi sotsiologiyaning fan sifatida yuzaga kelishiga sabab
bo'lgan bir qator omillami qarab o ‘tsak. Bu masala ham olimlar
tomonidan turlicha talqin etiladi. Masalan, bir qator olimlar
sotsiologiya
fani
shakllanishi
shart-sharoitiarini
quyidagi
ko'rinishdagi uchta guruhga ajratib chiqish maqsadga muvofiq, deb
hisoblaydilar: jumladan - ijtimoiy-iqtisodiy, tabiiy-ilmiy va g‘oyaviy-
nazariy shart-sharoitlar.1
Ulardan birinchisini qarab o‘tamiz. Ijtimoiy-iqtisodiy nuqtai
nazardan, sotsiologiya fanining paydo bo‘lishini belgilab beruvchi
shart-sharoitlami bevosita XIX asrning birinchi choragida kapitalizm
tuzumi bilan bog'liq rivojlanish belgilab beradi va bu davrda ijtimoiy
munosabatlar, inson va jamiyatning o‘zaro aloqadorligining ijtimoiy
bilimlar markazini egallashi qayd qilinadi. Yangi sharoitlarda
insonlaming hayoti rivojlangan kapitalistik mamlakatlarda, birinchi
navbatda, Angliya va Fransiyada ijtimoiy qarashlar va g‘oyalarda
qarama-qarshiliklar yuzaga kelishiga olib kelgan, aynan ushbu
mamlakatlarda sotsiologiya fanining dastlabki yirik vakillari - ya’ni,
mumtoz sotsiolog olimlar — O.Kont va G. Spenser yashaganligi va
faoliyat
olib
borganligi
tasodifiy
holat
hisoblanmaydi.
Bu
mamlakatlarda bir tomondan - oldingi rivojlanish davrlariga nisbatan
solishtirilganda, iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy jihatdan sezilarli
darajada taraqqiyot yuz bergan, boshqa tomondan esa - aholining
ma’lum bir qatlamlarining boshqa toifalar tomonidan ezilishi, inqiroz
holati, ishchilar mehnatining mislsiz mashaqqatli tus olishi, bolalar va
ayollar mehnatidan foydalanish kuchayishi, ish haftasi vaqtining
1 Qarang: Зборовский Г.Е. И стория социологии: классический этап: учебник для вузов. 2 -е изд.
испр.
и
доп.
- Сургут и [др.]: РИО СурГПУ, 2014. - С. 15-17.
10
uzaytirilishi, ishlab chiqarish va shu bil
birgalikda, oddiy
mehnatkashlaming maishiy turmush share
'ing qiyinlashishi
holatlari qayd qilinadi.
Tabiiyki,
bu
ko‘rinishdagi
sharoitlarga
qarshi
javob
reaksiyasining ko‘rsatilishi turli xilda ifodalangan.
Jumladan,
mehnatkashlar sinfl asta-sekin yangicha va kuchli sinfly qarshilik
shakllarini tuzishga va ulaming tarkibida birlashishga intila
boshlashgan. Bu holat birinchi navbatda, Angliyada ludditlar
harakatining (fabrikalarda ishchilaming asosiy dushmani sifatida
ishlab chiqarish mashinalarining buzib tashlanishini amalga oshirgan
yo‘nalish) avj olishiga olib kelgan, keyin - chartistlar harakati,
Fransiyada esa - Lionlik to‘qimachilaming qo‘zg‘oloni, Germaniyada
Silez norozilik harakatlari qayd qilingan.
XIX asming birinchi yarmida ijtimoiy qarashlarda ushbu qaror
topgan jarayonlarga nisbatan reaksiya ko‘rsatishning bir nechta
shakllari yuzaga kelishi kuzatilgan. Jumladan, hayoliy farovon
mamlakatni orzu qilishga asoslangan - utopizm ham, marksizm ham,
konservativizm hamda liberalizm va boshqa yo‘nalishlar ham
rivojlangan. Kapitalizmning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy jihatdan
rivojlanishining ma’lum bir shakllari bevosita jamiyat haqidagi yangi
fan hisoblangan - sotsiologiyaning paydo bo‘lishini belgilab bergan,
bu fan jamiyatning tabiiy rivojlanish qonuniyatlariga oydinlik kiritish
va bu jarayonlaming nimalar bilan bog‘liqligini tushuntirish lozim edi.
Shu bilan birgalikda, sotsiologiya fanining manbalarini nafaqat
kapitalistik jamiyatning o‘zidan, uning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy
rivojlanishi holatlaridan izlash talab qilinadi, balki ushbu jarayonlar
haqidagi ob'ektiv bilimlar ham sotsiologiyaning shakllanishini
belgilab bergan. So‘zsiz ravishda, sotsiologiya fanining tub ildizlari
umumiy sivilizatsion tabiatga ega holatlar bilan izohlanadi. Asta-sekin
butunjahon bozori munosabatlarining shakllanishi, o ‘zaro o ‘xshash
siyosiy tuzilmalaming paydo bo‘lishi, turli xil madaniyatlar o ‘rtasida
o‘zaro aloqadorlik shakllangan. Boshqacha aytganda, sotsiologiya
fanining paydo bo‘lishini belgilab beruvchi shart-sharoitlami bir butun
ijtimoiy olamning harakatlanishi nuqtai nazaridan qarab chiqish
maqsadga muvofiqdir. Albatta, uning o‘rganilishi zaruriyati - jamiyat
haqidagi yangi o‘ziga xos fanga ehtiyojni yuzaga keltirdi.
Sotsiologiyaning paydo boiishini ijtimoiy ehtiyojga o ‘ziga xos
tarzdagi javob sifatida olib qarash mumkin. Shu sababli, Kont,
i i
Spenser kabi sotsiolog oHmlaming sotsiologik qarashlarida ijtimoiy
masalaiarga katta e'tibor qaratilganligi tasodifiy holat hisoblanmaydi
(ulardan ayrimlarini biz hozirgi vaqtda global miqyosda ahamiyatga
ega masalalar, deb hisoblaymiz). Sotsiologiyaning yangi fan sifatida
o‘ziga xos tamoyillarini ishlab chiqqan dastlabki sotsiolog olimlar
tomonidan aynan jamiyat tushunchasining ta’riflanishi qayd qilinadi.
Albatta, bu yo'nalishdagi qarashlar XIX asrning o‘rtalarida qaror
topgan g‘oya!arda unchalik ko‘zga tashlanmasada, keyingi davrda
yaqqol kuzatiladi.
Shu sababli, sotsiologiya fanining shakllanishida ijtimoiy-sinfiy
jihatlarning tutgan o‘mini alohida bo‘rttirib ko‘rsatish kerak emas, bu
holat yaqin davrlargacha ayrim sotsiologiyaga oid adabiyotlarda
yaqqol kuzatilgan, ya’ni sotsiologiyaning yangi fan sifatida paydo
boiishi va rivojlanishi da ishchi-mehnatkashlar svn fining tutgan o‘mi
alohida ahamiyatga ega hisoblanishi ta ’kidlan%an. Bundan tashqari,
sotsiologiya asoschilari, jumladan birinchi
u a v b a td a
- Kont o‘z
qarashlarida ushbu masalaga alohida e’tibor qvaratgan. Uning «Pozitiv
siyosat tizimi» asarida sotsiologik pozitivizm va Fransiyada amalga
oshirilgan inqilob o‘rtasidagi aloqadorli’klar, shuningdek ushbu
harakatlarda manfaatdor bo‘lgan aholi qatlamlari, sinflar, guruhlar
tavsiflari qarab chiqilgan.1
Sotsiologiya fanining alohida fan sifatida qaror topishi haqida
mulohaza yuritganda,
ayrim tadq’-qotchilar tomonidan
ushbu
jarayonning asosini himoyaga qarati\gan vazifalar tashkil qilganligi
ta’kidlab
o ‘tiladi.
Tafakkur mantig‘i
quyidagicha
kuzatiladi.
Jumladan, burjuaziya sinfining rivojlanishi (XVIII asr) davri
boshlarida shakllangan g‘oyalarda asosan inqilobiy ruhiyat kuchli
hisoblangan va shu bilan birgalikda bu ruhiyat yangi shart-sharoitlarga
mos kelmagan. Kapitalistik tuzv.m ma’lum darajada mustahkamlangan
va o‘z taraqqiyotini inqilobiy nuqtai nazardan asoslashga hojat
qolmagan. Aksincha,
ijtim o iy
jihatdan yangicha vazifalar shakllangan:
jumladan - burjuaziya janr.yatini saqlab qolish qaroriga kelingan va
bu sotsiologiyaning yuzag?>i kelishini belgilab bergan.
Sotsiolgiya fanining paydo bo‘lishini qisman belgilab beruvchi
ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va g‘oyaviy shart-sharoitlami izohlab
beruvchi dalil-isbotlami hisobga olish bilan bir qatorda, shuni ham
1 Qarang: Конт О. С и с тем а позитивной политики // Западно-европейская социология XIX века:
Т е к с т ы .-М ., 1 9 9 6 .- С . 191-196.
12
qayd etish joiz-ki, ushbu jarayonning asosi
ifaqat jamiyatning
taraqqiyoti tashkil qilgan, balki fanning taraqc
'.am bunda muhim
rol o‘ynagan. Yangi bilim sohasining pa>ao bo‘lishining asosiy
sabablarini nafaqat undan tashqarida, balki uning o'zining ichidan
ham izlash maqsadga muvofiqdir.
Tabiatshunoslik faniari doirasida erishilgan yutuqlar muhim
ahamiyatga ega, tabiiyki, sotsiologiya fanining shakllanishida tabiiy-
ilmiy shart-sharoitlami qarab chiqish maqsadga muvofiqdir. Bu yerda
gap birinchi navbatda XIX asming o‘rtalariga kelib matematika,
astronomiya, fizika, mexanika (ushbu fan asosida jamiyatning
«mexanistik» modeli tushunchasi shakllangan, ya’ni jamiyatni har bir
tarikibiy qismi o‘z funksiyasini bajaradigan mexanizm sifatida qarab
chiqish g‘oyasi ilgari surilgan) faniari rivojlanganligi haqida
bormoqda. Shuningdek, biroz keyinroq biologiya fani rivojlangan
(jumladan, nemis olimlari T.Shvann va Y.Shleyden tomonidan
hujayra nazariyasining ishlab chiqilishi, keyin esa - Angliyalik
tabiatshunos olim Ch.Darvin tomonidan evolyutsion nazariyaning
ishlab chiqilishi amalga oshirilgan).
Bu
fanlarda erishilgan
yutuqlarsiz
sotsiologiya
fanining
shakllanishi va rivojlanishi haqida fikr yuritish qiyin masala bo‘lib
qoladi, ya’ni sotsiologiya fani dastlab tabiiy va aniq fanlar namunalari
asosida shakllantirilgan, sotsiologiya fanining asosiy
usullari
tabiatshunoslik fanlarining asosiy usullari asosida ishlab chiqilgan
(kuzatish, tajriba va h.k.). Bunda ushbu tadqiqot usullaridan olimlar
tabiatshunoslik fanlarida yangi hamda aniq dalillar va isbotlami
olishda foydalanishgan, aynan ushbu usullar jamiyatni o‘rganuvchi
olimlar e'tiborini o‘ziga jalb qilgan. Jumladan, K.A.Sen-Simon
tomonidan jamiyat va odam haqidagi pozitiv bilimlar g‘oyasi ilgari
surilishi davomida bilimlaming faqat o‘xshash usullari yordamida
qo‘lga kiritilishi mumkinligi haqida fikr ta’kidlanishi ham tasodif
emas. Keyinroq bu g‘oya to‘liq holatda O.Kont tomonidan ilgari
surilgan fikrlarda o‘z aksini topgan.
Usullar haqida aytib o‘tilgan ushbu fikrlar jamiyatdagi
qonuniyatlarga ham tegishli bo‘lib, ulaming tabiatshunoslik fanlarida
kashf qilingan qonunlarga muvofiq kelishini taqozo etardi.
Ob'ektivlik, ishonchlilik, isbotlilik, aniqlilik - bulaming barchasi
tabiiy-ilmiy qonuniyatlaming o‘ziga xos tavsiflari hisoblanib,
sotsiologiyada ham tadbiq etila boshlangan. Shuningdek, shunday
13
holat ham yuzaga keldiki, sotsiologik bilimlar tabiiy-ilmiy bilimlami
«quvib o‘tishi» kerak bo‘lib qolgandek edi. Bunda sotsiologiya fani
aynan tabiiy-ilmiy fanlar asosida o‘z mavqyeini mustahkamlashi talab
qilindi va sotsiologiya tabiiy-ilmiy fanlar bilan bir qatorda turuvchi,
ular bilan bir xil tadqiqot usullari asosida harakat qiladigan fan sifatida
talqin etildi.
Sotsiologiyaning shakllanishi va rivojlanishi shart-sharoitlari
haqida gap yuritilar ekan, shuni alohida ta ’kidlab o‘tish joizki, uning
paydo bo‘lishi va rivojlanishini belgilab bergan ijtimoiy tafakkur ikki
- konservativ va liberal yo‘nalishni qamrab oldi. Ulardan har biri
jamiyatning o‘z tarkibidagi individlar bilan o‘zaro aloqadorligi
bo‘yicha o‘ziga xos ijtimoiy nuqtai nazarlarga ega. Konservativ
yo‘nalishda (uning yorqin vakillaridan biri - Fransiyada yashab ijod
qilgan D. de Mestr hisoblanadi) har bir alohida insonga faqat
sezilarsiz darajada rol beriladi va jamiyat - bu uning tarkibidagi
alohida individar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar emas, balki ijtimoiy
institutlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar sifatida qarab chiqiladi.
Jamiyat - yakka tartibda olingan insonga nisbatan birmuncha yuqori
darajada turuvchi tushuncha sifatida qayd qilinadi.
Liberal yo‘nalish esa - (uning yorqin vakillari - bu Angliyalik
I.Bentam, J.S.Mill hisoblanadi) inson va jamiyat o‘rtasidagi o‘zaro
munosabatlarda boshqacha tasawurga ega. Garchi, liberal yo‘nalish
tarkibida ham jamiyat o‘z mohiyatiga ko‘ra alohida tarkibiy
qismlardan tashkil topgan mexanik agregat sifatida qarab chiqilsada,
biroq uning o‘zgarishlarida insonning tutgan o‘miga alohida darajada
katta ahamiyat qaratiladi. Bundan tashqari, yakka tartibdagi ongli
faoliyat jamiyatning shart-sharoitlari yaxshilanishiga yo‘naltirilgan
holatdagina mazmunga ega bo‘lishi, ya’ni o‘ziga xos «su'niy tana»
sifatida funksiya bajarishi qayd qilinadi. Shuningdek, insonning
alohida muhim hisoblangan jihatlaridan biriga asoslanuvchi -
individualizm g’oyasi ham shakllantirilgan. Bu g‘oyaning asosiy
mazmun-mohiyati shundaki, inson uchun eng yaxshi hisoblangan
holat, jamiyat uchun ham eng yaxshisi hisoblanadi. Umumiy holatda,
keltirib o‘tilgan har ikkala yo‘nalish ham sotsiologiyaning paydo
bo‘lishi va keyingi taraqqiyoti davomida m a’lum darajada rol
o‘ynagan, zero ulaming tarkibida inson va jamiyat o‘rtasidagi o‘zaro
munosabatlar masalasi markaziy o‘rinda turadi.
14
Sotsiologiyaning fan sifatida shakllanishi va rivojianishi shart-
sharoitlarini qarab chiqishda utopik sotsializm va uning g‘oyalari
ta’sirini esdan chiqarish mumkin emas. Bu yo'nalishning yirik
vakillaridan biri - fransiyalik faylasuf Sen-Simon hisoblanib, uning
fikrlari Kont sotsioiogiyasi uchun asos sifatida xizmat qiladi. Bunda
markaziy yo‘nalishlardan biri - bu nafaqat shaxsiy, balki g‘oyaviy
ta’sirlar bilan bog‘liq bo‘lib, taraqqiyot tabiatning universal tavsifga
ega qonuni sifatida tavsiflanadi. Ijtimoiy va shuningdek, ilmiy
taraqqiyotning amalga oshish imkoniyatlarida ishonch va e'tiqod
masalasi Fransiyada Uyg‘onish davrida faoliyat olib borgan ko‘pgina
faylasuflar fikrlarida o‘z ifodasini topadi, jumladan bu yo‘nalishdagi
qarashlar Sh.Monteske va J.Kondorse ilgari surgan g‘oyalarda
mujassamlashtirilgan. Bu g‘oya sotsiologiyaning fan sifatida qaror
topishida sezilarli rol o‘ynagan, bunda ushbu g‘oyalaming asosini
jamiyatning bosqichma-bosqich rivojianishi va taraqqiyoti tashkil
etadi.
Sotsiologiya fani shakllanishining g‘oyaviy asoslari haqida fikr
yuritganda, fransiyalik m a’rifatchi - Sh.Monteske qarashlari haqida
to‘xtalib o ‘tmasdan iloji yo‘q. Yuqoridata’kidlanganidek, sotsiologiya
tarixi boWicha ajoyib mutaxassis hisoblangan, Rossiyalik sotsiolog
olim N.I.Kareev quyidagi fikrlami qayd qilib o‘tgan: «Xali
sotsiologiya fani shakllanmagan davrda o‘zini sotsiolog sifatida da’vo
qilishga haqli deb hisoblanuvchi kishi - bu albatta Monteske. deb tan
olishga majburmiz»1.
Fransiyalik sotsiologiya
fani
asoschisi
hisoblangan Sh.Monteske o‘z qarashlarida jamiyatning rivojlanishini
tavsiflashda unga turli xil tabiiy omillar - jumladan, geografik muhit,
iqlim, aholi soni, hududning o‘lchamlari va boshqa omillar orqali
nazar solishni maqsadga muvofiq, deb hisoblagan. Ushbu nuqtayi
nazardan u «geografik determinizm» deb nomlanuvchi bir butun
sotsiologik yo‘nalishning haqli ravishda asoschisi hisoblanadi. U
ijtimoiy hayotning ko‘p sonli siyosiy masalalariga diqqat-e'tibor
qaratish orqali, ushbu masalalaming yechimini tabiiy omillar bilan
bog‘liqlikda qarab chiqish maqsadga muvofiq deb hisoblaydi.
Monteske tasodifiy hodisalar, konkret ijtimoiy hodisalar va faktlarda
ulami keltirib chiqaruvchi yashirin ichki sabablarni aniqlashga harakat
qilgan. Biroq u uni o‘zi yashan jamiyatning bir butunligi haqida,
1 Кареев Н.И. Введение в изучение социологии. - СПб., 1903. - С. 7.
1S
sotsiologiyaning markazini tashkil qiluvchi holatlar haqida aniq fikr
bildirmagan. Asosiy diqqat-e'tiborini siyosiy jarayonlar, siyosiy
tuzumni tavsiflashga qaratib, u jamiyatning tarixida yaxlit progressni
ko‘ra olmagan.
Shuningdek, sotsiologiya fanining bir qator nazariy-g‘oyaviy
asoslarini tarixiy va zamonaviy materiallami tahlil qilgan ayrim
faylasuflar tomonidan ishlab chiqilgan falsafxy konsepsiyalar tarkibida
ham ko‘rish mumkin. Ushbu nuqtai nazardan, ijtimoiy tengsizlik va
sinflar o ‘rtasidagi tafovutlar masalasi bo‘yicha bildirilgan fikrlar
muhim ahamiyatga egadir.
XVIII asming oxirlariga kelib, keng tarqalgan «tabaqa»
tushunchasi o‘miga «sinf» tushunchasining ishlatilishi ommalashgan.
Keyinroq esa, Fransiyada sinfiy kurash tushunchasi O.Terri, F.Gizo,
O.Mine qarashlarida o ‘z aksini topgan.
Shuningdek, sotsiologik fikrlar tarixida fuqarolik jamiyati,
jumladan uning eng aw alo - demokratik ko‘rinishdagi namoyon
bo‘lish shakli haqidagi tavsiflar muhim o‘ringa ega. Buyuk nemis
faylasufi - Gegel fuqarolik jamiyatini bir butun yaxlitlik (birorta
individ yakka tartibda boshqalarisiz bir butunlikni tashkil eta olmaydi)
sifatida ham, qarama-qarshi, ayrim holatlarda bir-biriga zid
manfaatlaming birligi sifatida ham qarab o‘tgan.
Nihoyat, xulosa o‘mida sotsiologiya fanining shakllanishi va
rivojlanishini belgilab bergan g‘oyaviy shart-sharoitlar qatorida
italiyalik faylasuf - J.Viko (XVIII asming oxirlari) tomonidan
bildirilgan fikrlar, qarashlar muhim ahamiyatga ega hisoblanadi,
jumladan uning taraqqiyot haqidagi fikrlari obyektiv, siklik tavsifga
ega bo‘lgan va providensial, ya’ni Yaratganning xohish-istagining
ro‘yobga oshishi shaklida tavsiflanadi.
Sotsiologiya fanining shakllanishida sotsial statistika bilan bog‘liq
holdagi empirik sotsial tadqiqotlar ham muhim ahamiyatga egadir.
Bunda xo‘jalik faoliyatiga oid qaydlar amalga oshirilgan, ommaviy
statistik so‘rovlar texnikasi ishlab chiqilgan, demografiya asoslari
yaratilgan. Angliya va Fransiyada kapitalizmning jadal rivojlanishi
bilan bog‘liq holda, shu mamlakatlarda jamiyatning ijtimoiy
taraqqiyoti muammolariga bag‘ishlangan ilmiy ishlar olib borildi. Jon
Siklerning 21 jilddan iborat «Shotlandiyaning statistik tavsifi», Fridrix
Engelsnirig «Angliyada ishchilar sinfning ahvoli», Charlz Butning
«London kishilarining hayoti va mehnati», Andre Gerrining «Fransiya
16
ahloqiy statistikasi ocherklari», Frederik Le Plening 6 jildlik «evropa
ishchilari» asarlari shular jumlasidandir.
Yuqorida ta ’kidlab o ‘tganimizdek, XIX asr yirik statistlaridan
Adolf Ketlening 1835-yilda chop etgan «Sotsial fizika yoki inson
qobiliyatlarining rivoji haqidagi tadqiqotlar tajribasi» asari amaliy
sotsiologik tadqiqot metodologiyasi va uslubiyotini ishlab chiqishda,
umuman, sotsiologiyaning fan sifatida vujudga kelishida muhim
ahamiyat kasb etdi.
Shuningdek, etnografik va antropologik yo‘nalishda tadqiqotlar
olib borish rivojlangan, o‘z navbatida antropologiya fani o‘z
xususiyati va yo‘nalishlarini o ‘zgartirgan. Agar XVIII asming
o‘rtalarida antropologiya fani dastlab inson tanasini o‘rganish bilan
bog'liq fan bo‘lgan bo‘lsa, oradan bir asr o‘tib bu fan tilshunoslik,
madaniyatshunoslik kabi bir qator yo‘nalishlami o‘z ichiga qamrab
oluvchi inson to‘g‘risidagi fan sifatida qayd etilgan.
Shunday qilib, 1830-1850-yillar davomida yangi, sotsiologiya deb
nomlanuvchi fan yuzaga kelishi uchun zaruriy - tabiiy-ilmiy va
g‘oyaviy-nazariy asoslar shakllangan. Jumladan, ijtimoiy jarayonlar
va hodisalaming mazmun-mohiyatini yangicha anglash zarurati
tug‘ilib, uni yangi fan, ya’ni sotsiologiya fani vositasida amalga
oshirish mumkin bo‘lib qoldi.
Shuningdek, sotsiologiya nazariyasi va tarixi bo‘yicha yirik
mutaxassis J.Ritser sotsiologiya fani shakllanishiga ta’sir ko‘rsatgan
omillami (kuchlar) quyidagicha tasniflaydi: siyosiy inqiloblar; sanoat
to‘ntarilishi va kapitalizmning yuksalishi; sotsializmning yuksalishi;
feminizm; urbanizatsiya; dindagi o‘zgarishlar; fan taraqqiyoti.1
Do'stlaringiz bilan baham: |