Jiyanmuratova G. S0TS10L0 I d I y



Download 11,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/101
Sana20.07.2022
Hajmi11,54 Mb.
#825335
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   101
Bog'liq
Jiyanmuratova G.Sh. Sotsiologiya tarixi. 2020

Applicability' to the T w en ty-F irst Century.
2'E d . B lackw ell Publishing, 2014; Зборовский Г.Е. И стория социологии: классический этап: учебник для 
вузов. 2-е изд. испр. и д о а - С ургут и [др.]: Р И О Сур ГПУ, 2014; Курант: Зборовский Г.Е. И стория 
социологии: современный этап: учебник для вузов. 2-е изд. испр. и доп. - Сургут и [др.]: Р И О Сур ГПУ, 
2015; Кравченко А.И. Социология в 2 тт. Классические тео р и и через призму социологического 
воображ ения 
- М .: Ю райт, 2014; Кравченко А.И. С оциология в 2 тт. Н овы е и новейш ие 
социологические теории через призм у социологического воображ ения. - М.: Ю райт, 2014.
2 Q arang: К улты гин В. П. Специфика социологического знания: преемственность, тр ад и ц и и и 
новаторство // Социс. 2000. - № 8. - С. 5-7.
23


oralig‘idagi davr - Ikkinchi jahon urushi emas, balki aynan Birinchi 
jahon urushining tugallanishi davridan boshlanadi. Y a’ni, aniqroq 
aytganda 1920-yillaming boshlariga kelib, jamiyatning yangicha 
holatga o‘tish davri kuzatiladi, bunda jamiyatning an'anaviy 
sotsiologiyada qaror topgan nazariyalar yordamida emas, balki 
sotsiologik bilishning boshqacha vositalari yordamida, birinchi 
navbatda aniq empirik tadqiqot uslubida tavsiflash zaruriyati yuzaga 
kelgan. Bunda o ‘rganilayotgan masalaning o‘zining ham tavsiflari va 
o‘rganilish doirasi sezilarli darajada o‘zgarishi qayd qilinadi. Bu 
masalaning 
ijtimoiy 
guruhlaming, jumladan 
kichik 
ijtimoiy 
guruhlaming o‘rganilishi tomonga yo‘nalishda siljishi, shuningdek 
shahar hayoti, ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lgan ijtimoiy hayot, 
etnik o‘zaro munosabatlar va boshqa masalalar bilan uyg‘unlikda 
qarab chiqilishi amalga oshirilgan. Bu ko‘rinishdagi tadqiqotlaming 
olib borilishi natijasida sotsiologik bilimlaming o‘ziga xos 
yo‘nalishlar sohalari (masalan - mehnat, shahar, ta’lim, sanoat 
sotsiologiyasi 
va 
boshqalar) 
shakllangan. 
Sotsiologiyaning 
rivojlanishining yangi bosqichining yana bitta o‘ziga xos «belgisi» -
bu ushbu yo‘nalishning subyektiv tavsifga ega hodisalaming ularga 
ijtimoiy jarayonlaming ta ’siri nuqtai nazaridan kengroq o ‘rganilishi va 
uning ijtimoiy tabiatiga aniqlik kiritish sohasida tadqiqotlar 
kuchayishi bilan bogiiq hisoblanadi. Aynan, ushbu davrda (ya’ni 
1920-yillaming boshlarida) sotsiologiya fani sohasida an'anaviy 
nazariyalaming rivojlantirilishi bilan birgalikda, uning tavsiflari, 
tarkibi va yo‘nalishlarida sezilarli darajada o‘zgarishlar amalga 
oshganligi 
qayd 
etilgan, 
bu 
o‘zgarishlar 
o‘z 
navbatida, 
sotsiologiyaning ushbu davrdagi oxirgi yuz yillik davomida 
taraqqiyoti 
qiyofasini 
belgilab 
bergan, 
bu 
davmi 
biz 
-
sotsiologiyaning yangi rivojlanish bosqichi deb nomlaymiz, deb qayd 
etadi G.Y.Zborovskiy
Sotsiologiyaning zamonaviy rivojlanish bosqichining mazmun- 
mohiyati ushbu o‘rinda sotsiologiyaning butun XX asr davomida 
rivojlanishining o‘ziga xos jarayonlarining tavsiflari haqida umumiy 
tasawurlarga ega boiishni talab etadi. Bu holat sotsiologiyaning 
mumtoz tavsifdagi rivojlanish bosqichi chegaralarida qanday o‘ziga 
xos jihatlarga egaligini tushuna olish imkonini beradi.
Sotsiologiyaning zamonaviy rivojlanish bosqichi birinchidan, 
empirik sotsiologiyaning paydo bo‘lishi va rivojianishi bilan bog‘liq
24


hisoblanadi, ikkinchidan, sotsiologik fan sohalarining tarmoqlarga 
ajralishi bilan belgilanadi, uchinchidan, XIX asrdagi rivojlanish 
davriga nisbatan solishtirilganda, sotsiologiyada yangi maktablar, 
yo‘nalishlar, nazariyalar va paradigmalaming ishlab chiqilishi bilan 
bog‘!iq hisoblanadi, shuningdek to‘rtinchidan esa - bu davrda ma’lum 
darajada nazariy va empirik sotsiologiyaning o‘zaro birlashtirishga 
urinishlar amalga oshirilganligi qayd etiladi, beshinchidan - mumtoz 
nazariyalardan «postmumtoz» yo‘nalish tomonga o‘tish yo‘llarining 
qidirilishi bilan farqlanadi.
G.Y.Zborovskiy tomonidan taqdim etilgan davrlashtirish 3 ta 
mezonlar asosida, ya’ni: davriy, makonga oid va tarkibiy mezonlar 
bo'yicha amalga oshirilgan bo‘lib, unda sotsiologiyaning u yoki bu 
rivojlanish bosqichlarining (davrlaming) yuzaga kelishidagi ijtimoiy 
(iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy va g‘oyaviy) zaruriyat va talablarga 
oydinlik kiritish imkoniyati, uning boshlang‘ich tarkibi, jamiyatga 
(alohida odamlar guruhlari) yoki aksincha, jamiyatning unga ta’siriga 
aniqlik kiritish imkoniyati yuzaga keladi. Navbatdagi bosqichda, 
ko'rsatib o‘tilgan yondoshuv asosida sotsiologiyada mavjud bo‘lgan 
aloqadorliklarga aniqlik kiritish bilan birgalikda, bevosita, to‘g‘ridan- 
to‘g‘ri ijtimoiy (iqtisodiy, siyosiy, sinflarga oid, guruhlarga oid va 
boshqa) ehtiyojlar va manfaatlar bilan bog‘liq bo‘lmagan tavsifda, 
ushbu fanning rivojlanishida o ‘ziga xos ichki mantiqni tahlil qilish 
imkoniyati yuzaga keladi. Sotsiologiya tarixida davrlashtirishning 
keltirib o'tilgan uchta mezonini bir butun yagonalikda qarab chiqish -
ushbu fan uchun asosiy masalalar hisoblangan (yo‘nalishlar, oqimlar 
yoki paradigmalardan qat'i nazar) holatlarni belgilab olish imkonin 
beradi: ya’ni, jamiyat, ijtimoiy tuzilma, shaxs, madaniyat, ijtimoiy 
institutlar, ijtimoiy dinamika va boshqa ko‘plab masalalarga oydinlik 
kiritiladi. Bu sotsiologiya fani va uning o ‘z rivojlanish tarixi davomida 
o‘zgarishlari haqida bir butun tasawurlam hosil qilish imkonini 
yuzaga keltiradi1.
Shuningdek, sotsiologiya tarixiga oid boshqa adabiyotlarda uning
O.Kontdan boshlab to hozirgi kungacha bo‘lgan rivojlanishi tarixini 3 
ta asosiy bosqichga ajratilganini ham ko'rishimiz mumkin:
1 Qarang: Зборовский Г.Б. История социологии: классический этап: учебник для вузов. 2-е изд. 
испр. и доп. 
- Сургут и [др.]: РИО СурГПУ, 2014. - С. L4; Зборовский Г.Е. И стория социологии: 
соврем енный этап: учебник для вузов. 2-е изд. испр. и доп. - С ургут и [др.]: РИО СурГПУ, 2015. - С. 19- 
2 0
.
25


1) institutsionallashuv bosqichi (1880-yy. - 1920-yy.) -
sotsiologiyaning mustaqil nazariy va empirik fan maqomiga ega 
bo‘lishi;
2) reviziya bosqichi (1920-yy. - 1960-yy. o‘rtalari) - ilgarigi 
sotsiologik 
nazariyalami 
qayta 
ko‘rib 
chiqish 
va 
empirik 
sotsiologiyaning ustuvor rivojianishi;
3) inqiroz bosqichi (1960-yy. o‘rtalaridan to hozirgi kungacha) -
ko‘p paradigmali sotsiologik konsepsiyalaming tarqalishi.1
Sotsiologiyaning fan sifatidagi tarixini ikki xil nuqtai-nazardan 
olib qarash mumkin: birinchisi - sotsiologiyaning institutsionallashuvi 
tarixi, ikkinchisi - nazariy (fundamental va sohaviy) hamda amaliy 
(empirik) 
sotsiologiyaning rivojianishi. 
Ko‘plab adabiyotlarda 
mualliflar nazariy va amaliy sotsiologiyaning rivojianishi tarixiga 
asosiy e'tibomi qaratib, fanning institutsionallashuvi tarixiga jiddiy 
to‘xtalmaydilar.
4. 
Sotsiologiya 
fanining 
institutsionallashuvi 
masalasi 
V.I.Dobrenkov va A.I.Kravchenkoning 15 jildlik “Fundamental 
sotsiologiya” asarining 1-jildida qarab o‘tilgan2. Unda mualliflar 
institutsionallashuv masalasining asosiy jihatlariga to‘xtalib o‘tadilar: 
oliy ta’lim tizimida sotsiologiya kafedralari va fakultetining ochilishi, 
ilmiy-tadqiqot markazlari tizimining yaratilishi, malakali kadrlami 
tayyorlash va qayta tayyorlash, davriy nashrlar, ilmiy monografilar va 
to‘plamlar chiqarishni yo‘lga qo‘yish, konferensiya va seminarlar 
o‘tkazish.
Sotsiologiyaning institutsionallashuvi - sotsiologiyani ilmiy 
bilimning o‘ziga xos bir sohasi sifatida tan olinishi tarixiy jarayoni 
hisoblanib, u o‘z ichiga quyidagilami oladi:
- “sotsiologiya” terminining ilmiy leksikonga kiritilishi;
- sotsiologik muammolar yuzasidan ilmiy ishlar va davriy 
nashrlar chiqarish;
- ilmiy sotsiologik forumlar o‘tkazish;
- sotsiologik assotsiatsiyalar tuzish;
- sotsiologik ilmiy-tadqiqot markazlarini tashkil etish;
- umumiy va kasbiy sotsiologik ta’limni targ‘ib qilish;
1 Qarang: И стория социологии: учебник для бакалавров / М .Б.Глотов, А.В.Воронцов И. А.Громов; 
отв. ред. А.В.Воронцов. - М.: И здательство Ю р акт, 2013.
2 Qarang: Д обренькое В.И., Кравченко А.И. Ф ундаментальная социология. В 15 тт. Т.1. - М.,

Download 11,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish