Jinoyaт huquqi тushunchasi, vazifalari, prinsiрlari va тizimi



Download 132 Kb.
bet7/11
Sana28.10.2022
Hajmi132 Kb.
#857676
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
1-Mavzu Jinoyat huquqining tushunchasi (7)

1.2.5. Odillik prinsiрi

Odillik prinsiрi Jinoyat kodeksining 8-moddasida belgilangan bo‘lib, ikki asosiy norma (qoida)dan iborat:


1. Jinoyat sodir etishda aybdor bo‘lgan shaxsga nisbatan qo‘llaniladigan jazo va boshqa huquqiy ta’sir chorasi odilona bo‘lishi, ya’ni jinoyatning og‘ir-yengilligiga, aybning va shaxsning ijtimoiy xavflilik darajasiga muvofiq bo‘lishi kerak.


2. Hech kim aynan bitta jinoyati uchun ikki marta javobgarlikka tortilishi mumkin emas.

Odillik prinsiрi ikki jihatga ega:


a) jinoyat qonunining odilligi;


b) jinoyat uchun sud tomonidan tayinlangan jazoning odilona bo‘lishi.

Jinoyat qonunining odilona bo‘lishi uchun unda belgilangan qilmishlarning jinoiyligi va jinoyat uchun belgilangan jazo amaldagi ijtimoiy talablarga javob berishi kerak. Jinoyat qonuni bunday talablarga javob bermasa, u jamiyat huquqiy ongiga ta’sir qila olmaydi, jamiyat manfaatlarini himoya qila olmaydi va amalda o‘z kuchini yo‘qotadi.


Jinoyat qonunining odilona, deb hisoblanishi uchun:


a) ijtimoiy asoslangan bo‘lishi, ya’ni o‘zining muhofaza qilish va oldini olish vazifalarini bajaradigan, jinoyat sodir etgan shaxs­larni axloqan tuzatish, uning jinoiy faoliyatini davom ettirishiga to‘sqinlik qilish, shuningdek, boshqa shaxslarning yangi jinoyat sodir etishini oldini olish kabi jazo maqsadlariga erishadigan bo‘lishi kerak;


b) kriminologik asoslangan bo‘lishi, ya’ni jinoyatchilik darajasi, dinamikasi, tuzilishi va prognozidan kelib chiqib, jinoyatchilikni kamaytirish maqsadini ko‘zlaydigan bo‘lishi kerak;
d) jinoyat-huquqiy bo‘shliqni o‘z vaqtida to‘ldirish, ya’ni haqiqatan ham ijtimoiy xavfli hisoblangan qilmishlarni o‘z vaqtida jinoyat, deb topishi kerak.
Jazoning odilligi prinsiрi jazo turlari, tizimi, jinoiy javobgarlik va jazodan ozod qilish to‘g‘risidagi normalarda ham o‘z aksini topgan.
Jinoyat sodir etgan shaxslarga nisbatan qo‘llaniladigan jazo va boshqa huquqiy ta’sir chorasi odilona bo‘lishi uchun quyidagi:

1. Qilmishning ijtimoiy xavflilik darajasi (jinoyat natijasida yetkazilgan zararning miqdori va uni sodir etish usuli) va xususiyati (jinoiy tajovuz obyekti);


2. Aybdorning shaxsi (jinsi, yoshi, oilaviy ahvoli) va uning xavflilik darajasi;
3. Jinoyat sodir etish holatlari, ya’ni jazoni og‘irlashtiruvchi va yengillashtiruvchi holatlar;
4. Aybning darajasi (shakli — qasddan yoki ehtiyotsizlik orqasida) muvofiq bo‘lishi kerak.

Odillik prinsiрining «hech kim aynan bitta jinoyati uchun ikki marta javobgarlikka tortilishi mumkin emas», degan asosiy qoidasi xalqaro huquqiy va Konstitutsiyaviy prinsiр hisoblanadi.


Jinoyat huquqi odillik prinsiрining mohiyati shundaki, shaxs sodir etgan qilmishning jinoiyligi jinoyat qonunida belgilangan holatlar va ishonchli dalillarga asoslangan hollardagina u jinoiy javobgarlikka tortiladi.
Ushbu prinsiр qonuniylik, fuqarolarning qonun oldida tengligi va insonparvarlik prinsiрlari bilan bevosita bog‘liqdir.



Download 132 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish