Jinoyaт huquqi тushunchasi, vazifalari, prinsiрlari va тizimi



Download 132 Kb.
bet6/11
Sana28.10.2022
Hajmi132 Kb.
#857676
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
1-Mavzu Jinoyat huquqining tushunchasi (7)

1.2.3. Demokratizm prinsiрi

Demokratizm prinsiрi Jinoyat kodeksining 6-moddasida belgi­langan bo‘lib, unga ko‘ra, jamoat birlashmalari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari yoki jamoalar jinoyat sodir etgan shaxslar axloqini tuzatish ishiga qonunda nazarda tutilgan hollarda jalb qilinishlari mumkin.


Ushbu prinsiр, ya’ni demokratizm prinsiрi:

birinchidan, jinoyat sodir etgan shaxslarni axloqan tuzatish maqsadini ko‘zlaydi;


ikkinchidan, qonunda nazarda tutilgan hollarda jamoat birlashmalari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari yoki jamoalarni jalb qilinishini ta’minlaydi.


Demokratizm prinsiрining asosiy vazifasi jinoyat sodir etgan shaxslarni qayta tarbiyalash jarayonida jamoat birlashmalarini, jamoatchilikni jalb etish hisoblanadi. Albatta, ushbu ishga jamoat birlashmalarini jalb qilish shartlari, shakli va tartibi qonunda alohida ko‘rsatib o‘tilgan bo‘lishi kerak.
Demokratizm prinsiрini boshqacha tarzda «jamoatchilik yordami prinsiрi», deb ham atash mumkin. Ushbu prinsiрning bunday nomlanishiga sabab — jinoyat qonunida jinoyat sodir etgan shaxslarni qayta tarbiyalashda jamoatchilik yordamiga tayanilganligi ushbu norma orqali ifodalangan.
Ayrim olimlar fikriga ko‘ra, demokratizm prinsiрi sotsializm davridan qolgan bo‘lib, qonuniylik prinsiрining buzilishiga olib keladi. Lekin bu fikrga qo‘shilib bo‘lmaydi. Chunki jinoyat sodir etgan shaxsni qayta tarbiyalash insonparvarlik prinsiрining asosini tashkil etib, demokratizm prinsiрi jinoyatchilarni qayta tarbiyalash maqsadini ko‘zlaydi va ularni qayta tarbiyalashning shakllaridan biri hisoblanadi1.


1.2.4. Insonparvarlik prinsiрi

Bu prinsiр Jinoyat kodeksining 7-moddasida belgilab qo‘yilgan bo‘lib, uch asosiy qoida (norma)larni o‘z ichiga oladi:


1. Jazo va boshqa huquqiy ta’sir choralari jismoniy azob berish yoki inson qadr-qimmatini kamsitish maqsadini ko‘zlamaydi.


2. Jinoyat sodir etgan shaxsga nisbatan uning axloqan tuzalishi va yangi jinoyat sodir etishining oldini olish uchun zarur hamda yetarli bo‘ladigan jazo tayinlanishi yoki boshqa huquqiy ta’sir chorasi qo‘llanilishi kerak.
3. Jazolash maqsadiga Jinoyat kodeksining «Maxsus» qismi tegishli moddalarida nazarda tutilgan yengilroq choralarni qo‘llash orqali erishib bo‘lmaydigan taqdirdagina og‘irroq jazo choralari tayinlanishi mumkin.
Insonparvarlik prinsiрi shaxsning sha’ni va qadr-qimmatini himoya qilishga qaratilgan bo‘lib, uning asosi Konstitutsiyaning 26-moddasida o‘z aksini topgan. Unga ko‘ra, hech kim qiynoqqa solinishi, zo‘ravonlikka, shafqatsiz yoki inson qadr-qimmatini kamsituvchi boshqa tarzdagi tazyiqqa duchor etilishi mumkin emas.
Insonparvarlik prinsiрi ikki:

birinchidan, jamiyatning har bir a’zosining shaxsiy va mulkiy xavfsizligini, uning huquq va erkinliklarini jinoyat huquqiy vositalar orqali himoya qilinishini ta’minlash;


ikkinchidan, jinoyat sodir etgan shaxsga nisbatan qo‘llani­ladigan jazo chorasi qiynoq, zo‘ravonlik, jismoniy azob, inson sha’ni va qadr-qimmatini kamsituvchi tazyiqlardan xoli bo‘lishi ma’nosida qo‘llaniladi.

Bu prinsiр Jinoyat kodeksining bir necha moddalarida o‘z aksini topgan. Xususan, Jinoyat kodeksining 2-moddasida jinoyat qonunining vazifalari sifatida shaxs, uning huquq va erkinliklarini muhofaza qilish birinchi o‘ringa qo‘yilgan. Shuningdek, Jinoyat kodeksida qilmishning jinoiyligini istisno qiluvchi holatlar, javobgarlik va jazodan ozod qiluvchi holatlar mustahkamlangani jinoyat qonunimiz insonparvarlik prinsiрiga amal qilingan holda tuzilganligidan darak beradi.


Jinoyat kodeksining «Maxsus» qismi esa shaxs, uning hayoti, sog‘lig‘i hamda huquq va erkinliklarini muhofaza qilish haqidagi normalarni o‘z ichiga olgan bo‘lim va boblardan boshlangan. Shuningdek, insonparvarlik prinsiрi jinoyat huquqining javobgarlik va jazodan ozod qilish institutida ham amal qiladi. Qonun chiqaruvchi organ tomonidan Jinoyat kodeksining «Umumiy» qismiga «Voyaga yetmaganlar javobgarligining xususiyatlari» deb nomlanuvchi alohida VI bo‘limning kiritilganligi ham insonparvarlik prinsiрidan darak beradi.



Download 132 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish