Jinoyaт huquqi тushunchasi, vazifalari, prinsiрlari va тizimi



Download 132 Kb.
bet2/11
Sana28.10.2022
Hajmi132 Kb.
#857676
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
1-Mavzu Jinoyat huquqining tushunchasi (7)

Jinoyat huquqi predmeti — jinoyat huquqi normalari bilan tartibga solinadigan ijtimoiy munosabatlar.
Jinoyat huquqining predmeti deganda, shaxs, jamiyat va davlat manfaatlariga xavf soluvchi jinoiy qilmish sodir etilishi bilan vujudga keladigan ijtimoiy munosabatlar tushuniladi.
Jinoyat huquqi predmetini aniqlash, bu — jinoyat huquqi normalari bilan tartibga solinadigan ijtimoiy munosabatlar doirasini belgilash demak.
Keng ma’noda jinoyat huquqining predmeti deganda, shaxs, jamiyat va davlat manfaatlarini ko‘zlagan holda jinoyat huquqi normalarining ijtimoiy munosabatlarga ta’sir etish tartibi tushu­niladi1.
Jinoyat huquqining predmeti bo‘lib, ijtimoiy salbiy (zarar keltiruvchi), ya’ni jinoiy tajovuz vaqtida vujudga keladigan jamiyat manfaatlariga zarar keltiruvchi munosabatlar hisoblanadi.

Bizga ma’lumki, huquq nazariyasida ikki turdagi:


1. Salbiy (retrospektiv), ya’ni sodir etilgan huquqbuzarlikning oqibati sifatida vujudga keluvchi;


2. Ijobiy (prospektiv), ya’ni ijtimoiy foydali va qonunda ruxsat berilgan xatti-harakat (faoliyat) natijasida vujudga keluvchi ijtimoiy munosabatlar nazarda tutiladi.
Bunday turdagi har ikki ijtimoiy munosabat ham jinoyat huquqining tartibga solish predmeti bo‘lib hisoblanadi. Salbiy ijtimoiy munosabatlar o‘zidan o‘zi ma’lumki, jinoiy qilmish sodir etilishi bilan yuzaga kelib, jinoyatchini jinoiy javobgarlikka tortish va uning qilmishiga yarasha jazo tayinlash bilan bog‘liq.
Ikkinchi guruh, ya’ni ijobiy munosabatlar esa, davlat tomo­nidan belgilangan jamiyat manfaatlariga xizmat qiluvchi, jamiyat uchun foydali xatti-harakatlar natijasida yuzaga kelib, jinoiy javobgarlik va jazodan ozod qilish hamda cheklangan tarzda jazo qo‘llash bilan bog‘liq bo‘lib, ular jinoyat huquqining «qilmishning jinoiyligini istisno qiluvchi holatlar», «shartli hukm qilish», «jinoiy javobgarlikdan ozod qilish», «jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilish», «amnistiya akti yoki avf etish asosida jazodan ozod qilish» kabi institutlari bilan tartibga solinadi.
Shuni ta’kidlash kerakki, jinoyat huquqining predmeti sifatida ko‘proq jazolash sanksiyalari bilan bog‘liq salbiy munosabatlarni ko‘rish mumkin.
M. Usmonaliyevning fikriga ko‘ra, «... jinoyat huquqining asosiy vazifasi jinoyat uchun jazolash emas, balki ijtimoiy munosabatlarni har qanday tajovuzlardan himoya qilishdir»1. Lekin bu fikrga qo‘shilib bo‘lmaydi, chunki barcha huquq sohalari kabi jinoyat huquqi ham o‘zining predmeti hisoblanuvchi ijtimoiy munosa­batlarni tartibga soladi.
Jinoyat huquqi tartibga soluvchi predmet hisoblangan ijtimoiy munosabatlarga ta’sir etish bilan birga ularni muhofaza qilish funksiyasini ham bajaradi. Jinoyat huquqining vazifalari Jinoyat kodeksida aniq belgilangan bo‘lib, kodeksning 2-moddasiga ko‘ra, jinoyat huquqining vazifalari shaxsni, uning huquq va erkinliklarini, jamiyat va davlat manfaat­larini, mulkni, tabiiy muhitni, tinchlikni, insoniyat xavfsizligini jinoiy tajovuzlardan qo‘riqlash, shuningdek, jinoyatlarni oldini olish, fuqarolarni respublika Konstitutsiyasi va qonunlariga rioya qilish ruhida tarbiyalashdan iboratdir.
Ana shu vazifalarni amalga oshirish uchun kodeks javobgarlik asoslari va prinsiрlarini, qanday ijtimoiy xavfli qilmish jinoyat ekanligini aniqlaydi, ijtimoiy xavfli qilmishlar sodir etgan shaxslarga nisbatan qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan jazo va boshqa huquqiy ta’sir choralarini belgilaydi.
Jinoyat huquqining vazifalari davlatning jinoyatchilikka qarshi kurash sohasidagi siyosati orqali amalga oshiriladi. Uning asosiy mazmuni jinoyat qonunining amalda qo‘llanilishi taktikasi va strategiyasini belgilash hamda jinoyatchilikning oldini olish ijtimoiy-huquqiy choralarni ishlab chiqish va amalda qo‘llanishida ifodalanadi. Jinoyatchilikka qarshi kurash sohasidagi siyosatning asosiy qoidasi jinoyat uchun javobgarlikning muqarrarligini amalga oshirishidan iboratdir. Bunday siyosat qonun talablariga to‘la va so‘zsiz rioya qilish, barcha fuqarolarning qonun oldida tengligi prinsiрiga asoslangan holda amalga oshirilishi kerak.
Hozirgi davrda O‘zbekiston Respublikasining jinoyatchilikka qarshi kurash sohasidagi siyosati:
birinchidan, o‘ta og‘ir jinoyatlarga qarshi kurash ishini muttasil ravishda olib borish va og‘ir jinoiy tajovuz sodir qilgan, jinoyat huquqiy taqiqlarni bir necha marotaba buzgan, retsidiv jinoyat sodir etgan shaxslarga hamda uyushgan guruh va jinoiy uyushma rahbarlari, ularning faol ishtirokchilariga nisbatan qattiq jazo choralarini qo‘llash;
ikkinchidan, ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan jinoyatlar uchun jinoiy repressiya choralarini kamaytirish, og‘ir bo‘lmagan jinoyatni birinchi marta sodir qilgan shaxslarga nisbatan, qilmishiga chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lgan shaxslarga yoxud qilmish yoki shaxs ijtimoiy xavfligini yo‘qotganligi munosabati bilan shaxslarga nisbatan jamiyatdan ajratish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazo choralarini qo‘llash, shartli hukm qilish, jazoni o‘tash muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilish yoki jazoni yengilrog‘i bilan almashtirish kabi choralarini qo‘llash an’analariga asoslanadi. Shuningdek, jinoyat qonunida jinoyat sodir qilgan voyaga yetmaganlarga nisbatan ancha yengil jazo choralarini qo‘llash nazarda tutilgan.



Download 132 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish