Jinoyaт huquqi тushunchasi, vazifalari, prinsiрlari va тizimi


«Jinoyat huquqi» fanining boshqa huquqiy fanlar (ma’muriy huquq, jinoyat protsessi, kriminologiya)



Download 132 Kb.
bet10/11
Sana28.10.2022
Hajmi132 Kb.
#857676
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
1-Mavzu Jinoyat huquqining tushunchasi (7)

1.4. «Jinoyat huquqi» fanining boshqa huquqiy fanlar (ma’muriy huquq, jinoyat protsessi, kriminologiya)
bilan bog‘liqligi. Jinoyat huquqining
«Umumiy» va «Maxsus» qismlari


Jinoyat huquqi – huquq tizimidagi huquq sohalari bilan o‘zaro bog‘liqlikda bo‘lib, ulardan ayrimlari bilan o‘xshashligi ham mavjud. Lekin jinoyat huquqini boshqa huquq sohalaridan farqlay olish kerak.
Jinoyat huquqi boshqa huquq sohalaridan o‘zining predmeti, vazifalari va tartibga solish uslublari bilan farq qiladi.
Jinoyat huquqining boshqa huquq sohalari — kriminologiya, jino­yat ijroiya huquqi, kriminalistika, jinoyat protsessi, ma’muriy huquq va shu kabi huquq sohalaridan farqli va o‘xshash tomonlari mavjud.
Kriminologiya jinoyatchilik, uning sabablari, jinoyatchi shaxsi va jinoyatlarning oldini olishni o‘rganadi. Jinoyat huquqining predmeti jinoyat qonunchiligi hisoblansa, kriminologiyada jinoyat­chilik, uning sabablari, vujudga kelish shart-sharoitlari, o‘sish darajasi, jinoyatchining shaxsi va jinoyatlarning oldini olish chora­lari o‘rganiladi. Kriminologiyada ham jinoyat huquqi singari jinoyat qonunchiligi muammolari bo‘yicha tadqiqotlar olib bori­ladi, lekin bunday vaziyatda kriminologiyaning metodi sotsiologik xususiyatga ega bo‘ladi.
Kriminologiyaning jinoyat huquqi bilan bog‘liqligi shundaki, latent jinoyatchilik, jinoyatchilikning tarkibiy ko‘rsatkichlari hisoblangan voyaga yetmaganlar jinoyatchiligi, retsidiv guruh tomonidan sodir etilgan, zo‘ravonlik bilan sodir etilgan, shuning­dek, g‘ayriqonuniy muomala vositalarining qurol-yarog‘ va giyohvandlik bilan bog‘liq jinoyatlar darajasi haqidagi kriminologik ma’lumotlar jinoyat qonunchiligi, uning tartibga solish mexanizmi ishlash darajasini taqqoslash uchun qo‘llaniladi.
Shuningdek, jinoyatchining shaxsi haqidagi mavjud krimino­logik ma’lumotlar, ya’ni ijtimoiy-demografik, ijtimoiy-psixologik belgilar — jinoiy javobgarlik va jazo tayinlash uchun asos sifatida jinoyat huquqining «jinoyatchining shaxsi», deb nomlangan toifasini to‘ldiruvchi ishonchli statistik ma’lumotlar bo‘lib xizmat qiladi.
Jinoyat-ijroiya huquqi – sud hukmlari bo‘yicha jazoni ijro etish tartibini belgilaydi va bu borada vujudga kelgan ijtimoiy munosa­batlarni tartibga soladi.
«Jinoyat-ijroiya huquqi» fani jinoiy jazo va boshqa huquqiy ta’sir choralarini ijro etish jarayonida jazoning maqsadi, uni amalga oshirish va jazoni qo‘llash natijalarini o‘rganadi.
Jinoyat-ijroiya huquqi jazo, kriminal retsidivi, jinoiy javobgarlik va jazodan ozod qiluvchi holatlar kabi masalalar bo‘yicha jinoyat huquqi bilan bevosita bog‘liqdir.
Kriminalistika – sodir etilgan jinoyatga oid dalillarini topish, mustahkamlash va tadqiq qilish, shuningdek, jinoyatchi shaxsini aniqlash va qidiruv ishlarini amalga oshirish usul, uslub va vositalari tizimini o‘rganuvchi fandir.
«Jinoyat huquqi» fani kriminalistika bilan bevosita bog‘liq bo‘lib, jinoyat huquqi boshqa fanlar, sud psixiatriyasi, sud tibbiyoti, sud psixologiyasi kabilardan foydalanib, qilmish va jinoyatchining ijtimoiy xavflilik darajasini belgilash, sodir etilgan jinoyatlarni fosh etish, jinoyatchi shaxsiga baho berish hamda jinoyat tarkibining barcha elementlarini aniqlashda kriminalistikaga tayanadi.
Jinoyat protsessi va jinoyat huquqi o‘zaro bog‘liq fanlar bo‘lib, ular birgalikda yurisprudensiyada «moddiy va protsessual jinoyat huquqi», deb ataladi. Jinoyat huquqi jinoyat huquqiy munosa­batlarning moddiy asosini belgilab bersa, jinoyat protsessi jinoyat-huquqiy munosabatlarning protsessual tartibini asoslab beradi.
Jinoyat huquqi – jinoiy qilmishlar doirasi, javobgarlik asoslari va prinsiрlari, jazo tayinlash, jazo turlari va chegaralarini, jinoiy javobgarlik va jazodan ozod qiluvchi holatlar haqidagi moddiy normalarni belgilab bersa, jinoyat protsessi jinoyat ishlarini yuritish, jinoyatlarni ochish, jinoyat ishlarini ko‘rib chiqib hal qilish bo‘yicha huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyatini belgilovchi protsessual normalar majmuyini ifodalaydi.

Download 132 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish