Ma’muriy huquq – ma’muriy huquqbuzarlik, ma’muriy javobgarlikka tortish asoslari va tartibi, ma’muriy ishlarni ko‘rib chiqish tartibini belgilab beruvchi hamda o‘rganuvchi fandir.
Ma’muriy huquq – ma’muriy huquqbuzarlik bilan jinoyatlar o‘rtasidagi chegarani belgilash, ma’muriy va jinoiy jazo sanksiyalari, jinoiy qilmishning ma’muriy huquqbuzarlikka aylanishi va aksincha, ma’muriy huquqbuzarlikning kriminalizatsiya qilish bo‘yicha jinoyat huquqi bilan bog‘liq.
Jinoyat qonunchiligidan kelib chiqib, «Jinoyat huquqi» fani ikki qismdan iboratdir:
1. «Umumiy» qism
2. «Maxsus» qism.
«Umumiy» qism jinoyat huquqining umumiy qoidalari va tushunchalarini o‘z ichiga olib, unda jinoyat huquqi tushunchasi, o‘rganish predmeti va metodlari, vazifalari, prinsiрlari, jinoyat va jinoyatchilik tushunchalari, jinoyat tarkibi, jinoiy javobgarlik tushunchasi va asoslari, jazo tayinlash, jinoiy javobgarlik va jazodan ozod qiluvchi holatlar kabi masalalar o‘rganiladi.
Jinoyat huquqining «Maxsus» qismida esa, har bir aniq jinoyat, uning tarkibi, ushbu jinoyat uchun javobgarlik hajmi, javobgarlikni og‘irlashtiruvchi va yengillashtiruvchi holatlar, jazo tayinlash kabi masalalar o‘rganiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |