Jinoyaт huquqi тushunchasi, vazifalari, prinsiрlari va тizimi


Fuqarolarning qonun oldida tengligi prinsiрi



Download 132 Kb.
bet5/11
Sana28.10.2022
Hajmi132 Kb.
#857676
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
1-Mavzu Jinoyat huquqining tushunchasi (7)

1.2.2. Fuqarolarning qonun oldida tengligi prinsiрi

Fuqarolarning qonun oldida tengligi prinsiрi O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 5-moddasida belgilangan bo‘lib, unga ko‘ra, jinoyat sodir etgan shaxslar jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeyi­dan qat’iy nazar, bir xil huquq va majburiyatlarga ega bo‘lib, qonun oldida tengdirlar.


Ushbu normaning asosi O‘zbekiston Respublikasi Konstitut­siyasining 18-moddasida belgilangan bo‘lib, unda «O‘zbekiston Respublikasida barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bo‘lib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeyidan qat’iy nazar, qonun oldida tengdirlar», deb ko‘rsatib o‘tilgan.
Fuqarolarning qonun oldida tengligi prinsiрida:

birinchidan, Jinoyat kodeksining 5-moddasida ko‘rsatilgan belgilar va holatlardan qat’iy nazar, fuqarolarning tengligi, ularning bir xil huquq va majburiyatlarga ega ekanligi ifodalanadi;


ikkinchidan, Jinoyat qonunining bir xilda qo‘llanilishi ta’min­lanadi.

Jinoyat kodeksining 5-moddasi nomi bilan uning mazmuni mos kelmasdan, ushbu moddada faqat jinoyat sodir etgan shaxslarning qonun oldida tengligi xususida fikr bildirilgan. Lekin jinoyat huquqiy munosabatlarning barcha ishtirokchilari, jinoyat sodir etgan shaxslardan tashqari, jabr­lanuvchi, jinoyat qonunini qo‘llovchi shaxslar ham fuqarolarning qonun oldida tengligi prinsiрiga amal qilishlari shart.


Qonun chiqaruvchi tomonidan tenglik prinsiрiga amal qilinishi (qilmishlarni jinoiy, deb topish masalasi borasida) barcha jinoiy huquqbuzarliklar uchun jinoiy javobgarlikni belgilashda ifodalanadi. Bundan tashqari, shaxs, jamiyat va davlat manfaatlarining himoya qilinishi masalasida ham tenglik prinsiрiga amal qilinishi kerak. Xususan, maxsus subyektlarning qilmishlarini jinoyat, deb topish­da, masalan, mansabdor shaxslar, harbiylar va sudyalar qil­mishlari uchun boshqalarga javob bermaydi.
Fuqarolarning qonun oldida tengligi prinsiрining buzilishi jinoiy javobgarlikni keltirib chiqaradi. Masalan, Jinoyat kodeksi­ning 141-mod­dasida fuqarolar teng huquqliligini buzish uchun, 156-moddasida esa, adovat qo‘zg‘atish maqsadida milliy, irqiy va diniy mansubligiga ko‘ra, fuqarolarning tengligini buzish uchun jinoiy javobgarlik belgilangan.
Fuqarolarning qonun oldida tengligi prinsiрi xalqaro huquqiy va Konstitutsiyaviy prinsiр bo‘lganligi uchun barcha qonunlarda qat’iy o‘rnatilishi kerak. Amaliyotda bunday prinsiр ko‘pincha jinoyat sodir etgan shaxslarning mulkiy ahvoli va mansab mavqeyi mezonlariga ko‘ra buziladi. Bunday buzilishlar jinoyat ishi qo‘zg‘atmaslik, jinoyat tarkibi mavjud emasligi sababli jinoyat ishini tugatish kabi shakllarda bo‘lishi mumkin.
Demak, fuqarolarning qonun oldida tengligi prinsiрi sodir etgan jinoyati uchun har bir shaxsning teng javobgarligi, jinoiy javob­garlik asoslarining barcha uchun bir xilda qo‘llanilishi (amal qilishi)ni bildiradi. Bunday prinsiрdan istisno holatlar ijtimoiy adolat va insonparvarlik prinsiрlari orqali o‘rnatilishi mumkin. Masalan, voyaga yetmaganlar, homilador ayollar javobgarligi, shaxsning ijtimoiy xavflilik xususiyati kabi holatlar.



Download 132 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish