15. Asinxron mashina turlari, tuzilishi va ishlash printsipi.
Asinxron mashina turlari
Kollektorsiz asinxron motorlar elektr yuritmaning asosini tashkil etib, xalq xõjaligining
barcha sohalaridagi boshqarilmaydigan va avtomatik boshqarish jarayonlarida, kon
ishlaridagi yirik elektr jihozlari yuritmalarida, qishloq xõjaligida va boshqa sohalarda keng
qõllaniladi. Asinxron mashinalari
motor
,
generator
va
elektromagnit tormoz
rejimlarida
ishlash imkoniga ega bõlsalar ham, aksariyat motor rejimiga mõljallanib ishlab chiqarilmoqda.
Rotor aylanish tezligini õzgartirib boshqarish imkoni bõlgan faza rotorli asinxron motorlar
sanoatning ba’zi sohalarida ishlatilsa, yaqin õtmishgacha boshqarish imkoniyati cheklangan
deb kelingan, eng arzon, ekspluatatsiyasi eng qulay deb topilgan qisqa tutashgan rotorli
asinxron motorlari xalq xõjaligining barcha sohalarida eng kõp tarqalgan elektr motori
sifatida ishlatilmoqda. Yarim õtkazgichli õzgartkichlar texnikasi va elektromexanika
fanlarining keyingi 20-30 yillar mobaynidagi keskin rivojlanishi natijasida chastotali
boshqarish imkoniyati ochib berilgan qisqa tutashgan rotorli asinxron motorlari xalq
xõjaligining kõplab sohalarida õz õrnini topmoqda.
Asinxron mashinaning tuzilishi
Asinxron mashina ikki qism: qõzğalmas (rotor) va aylanuvchi (stator) qismlardan iborat.
Rotor stator ichiga õrnatiladi. U val, magnit õzak (magnit õtkazgich) va uning tashqi silindrik
yuzasidagi pazlariga joylashtirilgan qisqa tutashgan (kõp fazali) chulğam yoki uch fazali
chulğamdan iborat. Stator qismi esa staninaga joylashtirilgan põlat õzak va uning ichki silindrik
yuzasidagi pazlarida joylashgan bir, ikki yoki uch fazali chulğamdan iborat. Stator va
rotorlarning põlat õzaklari maxsus elektrotexnik põlatdan tayyorlangan yupqa tunukalardan
yiğiladi.
Asinxron motor rotorining tuzilishiga qarab ikki xil bõladi:
1) qisqa tutashgan rotorli asinxron motor;
2) faza rotorli asinxron motor.
Qisqa tutashgan rotorli asinxron motor – rotorining põlat õzagi pazlariga eritilgan
alyuminiy quyilib chulğam õtkazgichlari (sterjenlar) hosil qilinadi va ularning pazlardan
tashqari uchlari ikki tomondan quyma alyuminiy halqalar orqali qisqa tutashgan bõladi. Natijada,
yaxlit "olmaxon katagi" kõrinishidagi qisqa tutashgan chulğam hosil qilinadi.
Faza rotorli asinxron motorining rotori val, valga õrnatilgan põlat õzak, uning
pazlariga bir-biriga nisbatan 120
0
-ga siljigan uch fazali chulğamlardan tashkil topgan.
Rotorning faza chulğamlari yulduz usulida ulangan bõladi va ularning uchlari esa
valning bir tomonida õrnatilgan uchta mis yoki jez (mis va rux aralashmasi) halqalarga
ulanadi.
15.1- rasm.
Asinxron motorlar
a) “BROWN BOVERI” (Shveytsariya) firmasi ishlab chiqargan katta quvvatli faza rotorli
asinxron motor. b) Rossiyada ishlab chiqarilgan qisqa tutashgan rotorli asinxron motorning
qismlarga ajratilgan holda kõrinishi: 1,4-podshipnik qalpoği, 2- podshipnik qalqoni, 3-
podshipnik, 5-ventilyatsiya kurakchalari, 6- chulğami qisqa tutashgan rotor, 7-stator chulğami, 8-
stator chulğamining chiqish klemmalari joylashgan quti.
15.2- rasm.
Chulğami qisqa tutashgan rotorning chulğamlari turlari: a) olmaxon qafasi, b) quyma
alyuminiyli rotor, c) bir katakli chulğam, d) ikki katakli chulğam, e) chuqur katakli chulğam.
Do'stlaringiz bilan baham: |