Adolat odillik] Odilona ish tutish, odillik. Yaqinda sudning hal qiluv qarori ham ijro etildi. Mulkimizni qaytarib oldik. Adolat tantanasidan mamnunmiz. Gazetadan. Mahalt yoʻli ezgulik, himmat va adolat yoʻlidir



Download 134 Kb.
Sana31.12.2021
Hajmi134 Kb.
#276969
Bog'liq
LUGʻAT


ADOLAT — odillik] 1). Odilona ish tutish, odillik. Yaqinda sudning hal qiluv qarori ham ijro etildi. Mulkimizni qaytarib oldik. Adolat tantanasidan mamnunmiz. Gazetadan. Mahalt yoʻli — ezgulik, himmat va adolat yoʻlidir. Gazetadan. 2. Adolat (xotinqizlar ismi).,

AFT — Odam boshining old qismi; yuz, bet. Safar boʻzchi boshini qashib, yana maxdum ning aftiga qarab qoʻydi. A. Qodiriy, Meh robdan chayon. Soraxon.. “shu tobda kirib nima qilar edi” deganday qilib, aftini burish tirdi. A. Qaqhor, Sarob. Yuz koʻrinishi, qiyofa; turq. Havoning taftiga boq, odamning aftiga boq. Maqol. m Qodir bu odamning aftidan kasbkori ni belgilay olmadi. A. Qahhor, Qanotsiz chittak. Afti qursin Nafrat, qargʻishni ifoda laydi. ..kuydirgan kalladay irjayadi, uyalmay di ham! Afti qursin. K. Qahhorova, Chorak asr hamnafas.

AHDLASHMOQ — Oʻzaro qatʼiy vaʼda bermoq; vaʼdalashmoq. Jon, Polvon ogʻa, meni qumgami, dashtgami olib keting. — Polvon:] Sevganim bor, bika, ahdlashganmiz. J. Sharipov, Xorazm. rasm. Oʻzaro shartnoma tuzmoq, bitim ga kelishmoq. Oʻzaro foydali hamkorlik toʻgʻrisida dastlabki ahdlashuvga erishildi. Gazetadan.

AHILLIK — Ahil munosabat, shunday munosabatli holat. Ogʻaynilar oʻzlarining ahilligi, birbiriga mehri, shafqati bilan hammaning diqqatini jalb etar, hava sini keltirar edi. Oybek, Quyosh qoraymas.

AHVOL — holatlar] 1) Muayyan vaqt va sharoitdagi holat; vaziyat. Vodiydagi ahvol xavotirli edi. T. Malik, Qaldirgʻoch. Yoʻlchi Qoratoydan zamon ahvolini soʻradi. Oybek, Tanlangan asarlar. Turmush va ishfaoliyatdagi holat; hol ahvol. Ahvolingiz qalay— Yoʻlchi Shokir Oshanine ahvolini, tirikchiligini soʻradi. Oybek, Tanlangan asarlar. Xatda ahvolini ochiq oshkor aytdi. S. Zunnunova, Koʻk chirokdar. Jismoniy, ruhiy holat. Bemorning ahvoli. m Shundai boʻldi devlar ahvoli, Tu ray desa yoʻqdir hech holi. “Malikai ayyor”. Ahvoli ruhiya esk. ksh. Ruhiy holat, kay fiyat. Eʼzozxonning ahvoli ruhiyasini juda yaxshi shushunib olgan Tozagul dugonasining qalbida, ruhida, kayfiyashida yuz bergan oʻzga rishni.. soʻrashga boshina olmadi. H. Gʻulom, Mashʼal. Ahvol soʻramoq ayn. koʻngil soʻramoq, q. koʻngil. Ular achinib, Muroddan ahvol soʻrash di, hamdardlik bildirishdi, koʻnglini koʻta rishdi. T. Ashurov, Oq ot. Tashqi koʻrinish holati; qiyofa (odat da, yomon, yoqimsiz holatga nisbatan). Ahvo lingni qara, tagʻin sen hammomga tushgan bo lasan, chinnidek koʻylakni nima qilding Oy din, Oʻzi monand. Bir ahvolda Nochor, boʻlmagʻur ahvolda. Azizxon bunday qarasa, Lutfinisoning us tidagi koʻylak bir ahvolda. S. Ahmad, Ufq. Ne ahvolda Qiyin ahvolda, qiyinchilik bilan. Bemador, butun vujudi qaltirab titrayotgan qaddi dol Ena odim joyda na fas rostlayrostlai, ne ahvolda uiiga yetib oldi. “Yoshlik”.

AJDOD — “jadd” (bobo) soʻzining koʻpligi 1). Ilgari oʻtgan naslnasab, otabobolar (avlodga nisbatan). Mustaqi.1)ligimiz yillarida Imom alBuxoriy kabi buyuk ajdodlarimizdan azZamaxshariy, Najmiddin Kubro, Bahouddin Naqshbandlarning tava/mud sanalari nishoshshnganligi.. jamiyatimizning madaniymaʼrifiy yuksalishiga ijobiy tasir ztmoqda. Gazetadan. Ajdodlar ibrati avlodlar uchun namunadir. Gazetadan. 2. biol. Oʻsimlik va hayvonlarning qadimgi boʻgʻini.

AJIB — ajoyib, qiziq] Hayron qolarli, hayratga solib, qiziqish uygʻotadigan, gʻalati. Ajib manzara. n ...favvorachalardan oftob nurida kumushdai tovlanib taralayotgan suv zarrachalari atrofga ajib bir tarovat baxsh etardi. Gazetadan.

AJOYIB — ajib narsalar] 1). Juda ham yaxshi, taʼrifga sigʻmaydigan. Ajoyib manzara. Ajoyib sanʼatkor. n Uzoq hishloqda juda sodda turmush kechirishga oʻrgangan bu bechoralar mana endi ajoyib shaharga kelib qoldilar. P. Tursun, Uqituvchi. Hindistonning ajoyib, rangbarang goʻzal gullari sekin barq urib oʻsar edi. Oybek. Nur qidirib. 2.Taajjubga soladigan, gʻaroyib. Uning — Bektemir\ uchun parovozlar qudratli, ajoyib jonli maxluqlar edi. Oybek, Quyosh qoraymas. 3. Kishini qiziqtiradigan; qiziqarli, qiziq. Ajoyibhikoya.

Aks

Aks etmoq



ALAHLAMOQ — 1) Bosinqirab yoki isit maning zoʻridan qovushmagan, noaniq soʻz lar soʻzlamoq. Tun yarmiga borganda, Boboqul otaning ahvoli yomonlashdi. Dambadam hu shini yoʻqotib, alahlay boshladi. S. Anorbo yev, Oqsoy. 2 koʻchma Tuturiqsiz, bemaʼni ran qil moq, valdiramoq. Hamyoningda bir miring ioʻq, namuncha millat, millat deb bijib alahlaysan. K. Yashin, Hamza.

ALLOMA — a. — eng bilimdon, zoʻr olim] kt. Ilmfanning bir yoki bir necha soqasini mukammal egallagan shaxs; qomu siy olim. Jahon ilmi xazinasiga buyuk hissa qoʻshgan allomalarimizning tavallud sana lari.. keng nishonlanayotganligi.. mustaqil ligimiz samarasidir. Gazetadan.

ALOQADOR — Munosabati, aloqasi boʻl gan; daxldor. Mavzuga aloqador kitob va qoʻshimcha materiallar. n Kundalik daf tarda bu safarimga aloqador va aloqasiz koʻp narsa/shr yozilgan. N. Safarov, Olovli izlar.

Amalga oshmoq Yuzaga chiqmoq, vujudga kelmoq; barpo boʻlmoq; bajarilmoq. Orzular amalga oshdi. Reja amalga oshdi. gsh Bu ishga ham birorta azamat bosh qoʻshsa, ajab emas, amalga oshsa. Oydin, Hazil emish. Amalga oshirmoq Yuzaga chiqarmoq, vujudga keltir moq; bajarmoq; joriy qilmoq. Maqsadni amalga oshirmoq. Rejani amalga oshirmoq.

ANHOR — daryolar] Katta ariq, katta sugʻorish kanali. Togʻdan erib tushgan qor va irmok^shrdan kattagina anhor hosil boʻlgan. Shuhrat, Shinelli yillar. Ilgari kanal toʻgʻrisida gap boʻlganda, Sidiqjon u ni biron tegirmon suv eltadigan ariq deb oʻylagan edi, tuproqni koʻrib: Eha, — dedi, — kattakon anhorku. A. Qedor, Qoʻshchinor chiroqlari.

AQLLI — Aqli raso; miyali. Aqlli bola. Aqlli yigit. Aqlli oʻzini ayblar, aqlsiz — doʻstini. Maqol. n Muallim oʻrta yashar, aiyi li, yoshlarga mehribon kishi edi. Oybek, Nur qidirib. Akuыi kishilarning sadagʻasi ketsang ham arziydi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar. Aql bilan vujudga kelgan; fahmfa rosatdan, bilimdonlikdan dalolat beradi gan. Aqlli tadbir. Akrыi ish. n Uning — Dav latyorning — baʼzan loʻnda va aqlli gaplarini eshitganda, Elmurod huzur qilardi. P. Tur sun, Oʻqituvchi. Ziyrak, fahmli, hushyor (hayvon va qush lar haqida). Aqlli it. HI Davraga eʼlonchi chiqib: Hov, yaxshilar, hozir biz simarga no merlarni: aqlli otlar oʻyinini.. koʻrsatamiz. T. Obidov, Yusufjon qiziq.

ARALASHMOQ — 1) Birbiriga qoʻshilmoq. Ikki tomon qoʻylari aralashib ketdi. n Koʻchalarda nayzabozlik jangi boshlanib.. yarim kechaga borganda, ikki tomon aralashib ketdi. A. Qahhor, Oltin yulduz. Biror guruh, toʻda va sh.k. ga qoʻshilmoq, kirmoq. Oʻqimaydiyam, ishlamaydiyam bu taka saltang1)shr. Sen nimaga bularga aralashib qolding“Yoshlik”. Odamlarga ham aralashmay, bir chekkaga borib, boshini egiboʻtiraverdi. S. Ahmad, Ufq. Harom aralashgan turmushda baxt boʻlmaydi. S. Zunnunova, Olov. Bosh qoʻshmoq; qotishmoq, qatnashmoq (ran, soʻz, ish va sh.k. ga). Noiloj mening ham aralashishimga toʻgʻri keldi. Gazetadan. — Yor mat:] Bu oilada nima sir oʻtsa, barchasi men ga ayon. Toʻy, aza — barisiga aralashaman. Oybek, Tanlangan asarlar. Aloqa, munosabatda boʻlmoq; odamlarga qoʻshilmoq. Anvar oʻz tengi bolalar bilan oz aloqa qilar, ularga kam aralashar va ortiq cha oʻynab kulmas edi. A. Krdiriy, Mehrobdan chayon. Oqibatda mahallaga chiqib aralashib yurishdan ham mopmwiduM. Gazetadan.

ARBOB — janoblar; xoʻjayin lar; amaldorlar] 1) Fan, madaniyat, sanʼat sohasida yoki davlat ishida oʻz faoliyati bilan tanilgan, shu sohada oʻzini koʻrsatgan shaxe. Jamoat arbobi. Madaniyat arbobi. Sanʼat arbobi. Siyosiy arbob. Davlat, hukumat apparatida ishlovchi yuqori martabali shaxe, rahbar. Oʻrta Osiyo ayollaridan davlat arboblari, mehnat qah ramonlari, olimlar yetishgan. Oybek, Nur qidirib. tar. Buxoro xonligida: mahalla bosh ligʻi, ellikboshi yoki qishloq OQSOQOLI. Haydar uchinchi gʻalvirni toʻldirayotganda, qishloq tomonidan har biri bir xurjun kutarib imom, sartarosh va arbob shoshib pishib yetib keldilar. S. Ayniy, Qullar.

ARDOQLAMOQ — Izzathurmat, ardoq bilan munosabatda boʻlmoq. ..el ardoqlagan sanʼatkorlardan biri. Gazetadan. Qishloqla rimizning eng izzatli, eng hurmatli, xal qimiz ardoqlab, qoʻlida koʻtarayotgan kishi lari.. mexanizatorlardir. S. Abduqahhor, Ol tin vodiylarni kezganda. Ehtiyot qilmoq, avaylamoq. Men seni ardoqlab gʻubordan, changdan, Yoʻlingga har kuni suv separmidim! Shuhrat. Umr boʻyi ar doqlagan aziz narsasini yoʻqotgandek edi. A. Muxtor, Boʻronlarda bordek halovat.

ARMIYA — lot. armare — qurollantir moq — 1) Davlatning barcha qurolli kuchlari majmui. Respublikamiz armiyasi. vt Urush ning ikkinchi yili otasi armiyaga ketdiyu, qoʻlida hunari yoʻq ona ikki bola bilan qol di. P. Qodirov, Uch ildiz. Harakatdagi armiya Armiyaning urush vaq tida frontda boʻlgan qismlari. ayn. harakatdagi armiya Shuuzilib tush gan ikkita barmoq tufayli u armiyadan qolib ketdi. N. Safarov, Tanlangan asar lar. Biz oʻstirgan oʻgʻillar Armiyaga borurlar, Tikilib kelsa dushman, Jazosini berurlar. “Qoʻshikdar”. Qurukdikdagi qurolli kuchlar. Bir yoki bir necha qoʻshin turlarining bir necha korpus yoki diviziyadan tashkil toptan, urush harakatlarini olib borish uchun belgilangan qoʻshilmasi. Tank armiyasi. koʻchma Umumiy ish, umumiy maqsad bilan birlashgan kishilar. Mexanizatorlar armiyasi.

ARPA — Gʻalladoshlar oilasiga mansub, doni ovqatga va yem sifatida ishlatiladi gan bir va koʻp yillik gʻalla oʻsimligi va uning doni, gʻallasi. Arpa ekkan arpa olar, bugʻdoy ekkan bugʻdoy olar. Maqol. Arpa qayer da pishsa, chumchuq oʻsha yerda. Maqol. yat Sopollitepaliklar, koʻpincha, bugʻdoy, arpa va tariqdan tayyorlangan atala isteʼmol qilishgani aniqlandi. “Fan va turmush”. Arpangni xom oʻrdimi Nima yomonlik qildi (yomonlik qilmaganlikni qayd etuv chi ibora). A/shsher Navoiyga qarshi tilla ringni muncha qayray berdilaring! U janob senlarning arpalaringni xom oʻrdimi Oybek, Navoiy.

ARGʻIMCHOQ — Daraxtning shoxiga yoki imorat yogʻochiga ikki uchini bogʻlab osil gan arqon; hayinchak. Argʻimchoq solmoq. Ar gʻimchoq uchmoq. Umuman, shunday uchib oʻynash uchun ishlangan moslama, qurilma. ..argʻimchoqlar ni toʻla taʼmirdan chiqarib, bolalarga hadya etishdi. Gazetadan.

ARZANDA — arziydigan, loyiq] 1) Orzu qilib yetishgan yolgʻiz oʻgʻil yoki qiz. Besh yashar qizchasini chaqirib, u bolaga koʻrsatib: Ana koʻrmaysanmi, bu qanday op poq, doʻndiqcha! Mana shu mening birdanbir arzandam, — dedi. S. Ayniy, Esdaliklar. Engsevikli, erka oʻgʻil yoki qiz. Lutfi niso erining davlatidan mumkin qadar koʻproq qoʻporib, shu kenja, arzandasiga sarf qilish uchun urinar, bu qizni katta shavkat va dabdaba bilan uzatishni orzu qilar edi. Oybek, Tanlangan asarlar. Biror kishining hammadan ortiq koʻrgan sukjli kishisi, erkasi. Gulnorgaxudo berdi, u erkaarzanda xotin boʻlib, eriga su wiu6, koʻngliga nima kelsa, shuni qshtdi. Oybek, Tanlangan asarlar.

ASKAR — lashkar, qoʻshin] 1) Harbiy xizmatdagi shaxs. ..bir guruh otaona lar Qashqadaryo viloyatidagi askarlarning hayoti bilan tanishish maqsadida keldilar. Gazetadan. Davlatning qurolli kuchlari majmui yoki ularning bir qismi; qoʻshin, armiya. Otliq askar tar. Ikkinchi jahon uru shidan oldin ot bilan xizmat qiluvchi askar, qoʻshin. Qorongʻida otliq askarlarning qanchsshigini bigmagan ekanman.. Gʻayratiy, Unutilmas kunlar. Qizil askar tar. Sovet armiyasining va unga mansub jangchining urushdan oldingi nomi.

ASL — kelib chiqish] ot 1) Kelib chiqishi, kelib chiqish eʼtibori bilan qa rashliligi; nayeli, tagi. Men aslimni, choʻpon, senga aytayin, Koʻhi Qofda Oysha pari bo lasi. “Oysuluv”. Madaminning asli kimligi ni, Tojiboy uni qachondan tanishini surish tirdi. P. Tursun, Oʻqituvchi. Kelib chiqqan (asos) joyi. Asli tosh kentlik. n Men ham dehqon bolasiman. Aslimiz Qudashdan. A. Qahhor. Qoʻshchinor chiroqlari. Yaratilishdagi, bosh, dastlabki. Asl nusxa. n Bundan ikki yil avval xon saroyi ning ichki binolari taʼmirlanib, asl holiga qaytarilgan edi. Gazetadan. sft. Chin, chinakam, haqiqiy. Asl mud dao. Asl nom. n Otabek, uyalmay, tortinmay javob beringiz, bu gal Toshkentdan chiqishin gizdagi asl maqsadingiz nima edi A. Krdi riy, Oʻtgan kunlar. Bilim olishga asl yoʻl endi ochshdi. P. Tursun, Oʻqituvchi.

ASLI — Asl s. 3sh. shakli. Odamlarning yaxshisi — gʻazabi sekin kelib, asliga tez qaytadiganidir. “Fan va turmush”. ayn. asl 1), 2. Hiloliy Ravshanbekning asli zotini soʻrab.. bir soʻz dedi. “Goʻroʻgʻli ning tugʻilishi”. Asli oʻsgan yerim mening Koʻ yiston. “Malikai ayyor”. Haqiqat eʼtibori bilan; aslida. Qa rovi bizdan boʻlgani bilan.. mol asli Jovli voyniki.. N. Norqobilov, Toʻqnashuv. Gap ning qisqasi, taomilimizda asli bor boʻlib, soʻnggi davrlarda isteʼmoldan chiqib ketgan. Gazetadan. Odatga koʻra, tabiatan; aslida. Dadam asli xatni ondasonda yozadi. S. Siyoyev, Yorugʻlik. mod. s. vzf. Fikrning toʻgʻriligini (soʻzlovchining shunday munosabatini) bil diradi; aslida. Asli, libos emas, ulugʻdir odam.. Voqif. Asti, odam nayeli devdan ulugʻ dir.. “Malikai ayyor”.

ASLIDA — ayn. asli 35. Aslida buxursand chilik Ramazon oyi kirib kelishi bilan bosh lanadi, desam mubolagʻa boʻlmaydi. Gazetadan. Marhumlarning xotirasiga oʻtkaziladigan maʼrakalarga azadordan koʻngil soʻrash uchun boriladi, aslida. Gazetadan.

ASOS — negiz; manba] 1) Nar saning barcha qismlarini tutib yoki koʻta rib turuvchi qismi, tayanchigʻi. Shamdon aso si. Stanok asosi. Ijtimoiy hayot yoki tabiat hodisala rining negizini tashkil etgan narsa; tayanch, negiz, poydevor. Ilmiy asos. Nazariy asos. n Ijodiy mehnat qadrqimmatining hu quqiy asoslarini yaratish kerak. Gazetadan. Asos solmoq Asosini yaratmoq, yuzaga keltirmoq. Shaharga asos solmoq. m Demak, bundan besh ming yil muqaddam asos solingan dehqonchilikda sholi ham boʻlishi kerak. K. Mahmudov, Qiziqarli pazandalik. Kamol Iqoniy asos solgan iqoniya tarmogʻi tari qat shajarasining Zangiota tarmogʻidan boshlanadi. “Fan va turmush”. (faqat koʻt. shaklida) Bosh qoidalar, elementlar, asosiy prinsiplar. Fan asos lari. Kimyo asoslari. Sodir boʻlgan yoki qilingan ishharakat, aytilgan fikr va sh.k. ni dalillovchi narsa. Men bu yigitning ishini tekshirib koʻrdim. Mahkamni ayblashga asos topolmadim. N. Safarov, Uygʻonish. Ishonishga asos bor, — dedi Ramazonov dadi.shk bilan. “Sharq yulduzi”. kim. Kislotalar bilan oʻzaro taʼsir qilib, tuz hosil etadigan birikma.

Asos solmoq

ASRAMOQ — Yomon taʼsirdan, salbiy hodisadan himoya qilmoq. Maqsadimiz elni asrash. m Shundan buyon Unsin yigʻlaidi. Sho kir ota: “Zolimning zulmidan asra!” deb Yoʻlchi uchun qaygʻuradi. Oybek, Tanlangan asarlar. Yoʻq boʻlish va sh.k. ga qoʻymay, eqtiyot holda tutmoq. Ugʻli Muhammad Rasul Mirza boshi otasidan qolgan va oʻzi toʻplagan ikki mingdan ziyod.. kitoblarni hech kimga ber may, kelajak uchun asraydi. K. Yashin, Xamza. Orolni asrash komitetining tashabbusi bilan Oʻzbekiston melioratsiya va suv xoʻja ligi vaziri K. Sapayev bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi. Gazetadan. Biror maqsadda parvarishlab qaramoq; boqmoq. Mol asramoq. Qush asramoq.

ASTOIDIL — yurakning chuqur joyidan] rvsh. 1) Chin koʻngildan, sid qidil bilan. U — Zebo — Elmurodni astoydil sevib qolgan edi. Shuhrat, Shinelli yillar. Bekor qilayotirsiz, ogʻa.. men sizga astoydil xizmat qilmoqchi edim. S. Siyoyev. Avaz. Jiddiy ravishda; rostakamiga. Safar akaning astoydil achchiqlanganini sezgan imom oraga tushdi. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon. Astoydil kuyib gapirayotgan mehmon, Hakimjonning koʻzi uyquga ketganidan ke yingina soʻzdan toʻxtadi. “Sharq yulduzi”. Halollik bilan, vijdonan. — amma kecha demay, kunduz demay, astoydil ishla yapti. J. Sharipov, Saodat.

ATIR — xushboʻy modda] Xushboʻy moddalarning spirtdagi eritmasidan ibo rat kosmetik suyuqlik. Bir shisha atir. Atir isi. n Bozorov “Landish” atiridan yuziga, sochiga, kitelining yoqasiga surtdi. I. Rahim, Chin muhabbat.

ATROF — tomonlar, chekka joylar] 1) Tevarakdagi fazo, joy, yer; hamma taraf. Kun botgan, butun atrof qorongʻilash gan edi. S. Ayniy, Qullar. Yoʻlchi atrofga koʻz tashlar, shamolda shildiragan har bargdan choʻchir edi. Oybek, Tanlangan asarlar. Kuy kechaning jimligida atrofga ravon oqadi. S. Zunnunova, Olov. Tevarakdagi yaqin joy, yaqin oradagi yerlar. — Yormat] Atrofdan bironta tarvuz topib keltirish uchun Oʻrozga yalindi. Oybek, Tanlangan asarlar. Qorabuloq qishlogʻi va atrofiga qozilik qiluvchi maʼlum zot edi. M. Ismoiliy, Fargʻonat. o. Biror narsaning gir aylanasi, teva ragi yoki cheti, zihi. Atrofi qora, oʻrtasi gulli patnis. Dasturxon atrofi. Hovuz atrofi. m Asrorqulning koʻz atrofi qizarib, yuzida soxta tabassum aks etdi. A. Qahhor, Asror bobo. koʻchma Tevarakdagi muhit, kishilar. Maryamxon oʻzi toʻqiganmi yo atrofdan eshit ganmi, har vaqt shunday javob berar edi: Kundosh — boshingda tosh, koʻzingda yosh. Oybek, Tanlangan asarlar. 3sh. j. k. va oʻ.p. k. affikslari bilan qoʻmakchi vazifasida qoʻllanadi (q. atrofiga, atrofida).

AVLOD — oʻgʻillar, bolalar, nayel] 1). Otabobodan qolgan nasl (ajdodga nisbatan). Viz eski qullarning avlodimiz.. otabobolarimiz ozod boʻlgan chogʻlarda oʻzlari uchun qurgan chashshdek usharda tirikchilik qilamiz. S. Ayniy, Qullar. Ajdodlar boʻlmagay avlodsiz, Avlodlar ziynati ajdodlar. B. Boyqobilov. 2. Otabobo va uning nayeli; sulola; zot. Temur avlodi (temuriylar). Bobur avlodi (boburiylar). ■■ Devonbegshshr avlodiga mansub boʻlgan Shernazarboy Islomxoʻjani ichichidan yomon koʻrar, azaldan adovati bor edi. J. Sharipov, Xorazm. Fisqfujur uyasi boʻlgan bu oila hammani qorashsa ham, oʻz avlodi boʻlgan ana shu katta boyga aslo mwi tegizmas edi. P. Tursun, Oʻqituvchi. 3. Zamonning maʼlum qismiga mansub odamlar; boʻgʻin. Keksa avlod. Oʻrta avlod. Yosh avlod. Kelgusi avlod. n Oʻylaymanki, mana shunday obod va ozod yurtni koʻrganda, nafaqat katta yoshdagi kishilar, balki yosh avlod ham yangi kuchquvvat oladi, gʻururlanadi. Gazetadan. 4. koʻchma Zamonaviy elektronhisoblash mashinalarining va b. texnik jihozlarning yangilangan, takomillashgan turkumi. Bu apparat komptterlarning toʻrtinchi avlodiga mansub.

AXBOROT — Ish, voqeahodisalar haqi da tushuncha beruvchi xabar, maʼlumot. Maj lisda soʻzga chiqqan parlament qoʻmitalari ning raislari.. axborot berdilar. Gazetadan. Radio eshittirishi, televideniye koʻr satuvida maxsus informatsion dasturning nomi. Konsert, kino, “Axborot” mayliya, sportu obhavo maʼlumotigacha.. koʻradi. S. Nurov, Narvoy. Vaqtivaqti bilan chiqib turadigan baʼzi toʻplamlarning nomi. Fanlar aka demiyasining axboroti.

AXTARMOQ — Topish qarakatida boʻlmoq; qidirmoq, izlamoq. Qorongʻida gugurt axtar moq. Axtargan topar. Maqol. m Kishilar kuchquvvatlarini sotishga ish axtarib, yer axtarib, ovqat, kiyimkechak axtarib, oʻz tugʻilgan yerlaridan chiqib ketar edilar. P. Tursun. Oʻqituvchi.

AYAMOQ — Rahmshafqat qilmoq, rahm dillik qilmoq. Ayamasdan urmoq. Ayamasdan tanqid qshtoq. Yovni ayagan yara yer. Maqol. n Devlarni ayamang, oʻldiring, Zargar.. “Mali kai ayyor”. Zulfiya opa.. mugʻambir va aldoq chini va ayniqsa ayyor odamni yomon koʻradi, ayamaydi. “Saodat”. Ehtiyot holda tutmoq, ehtiyotlik bilan munosabatda boʻlmoq. Ayagan koʻzga choʻp tuilar. Maqol. ■■ Baʼzi otaonalar bola.yu rini ayagan boʻladilarda, ularni hayot uchun yaroqsiz, jismoniy zaif qilib qoʻyayotgashsh rini bilmay qoladilar. S. Zunnunova, Olov. Darigʻ tutmoq, hayf koʻrmoq; qizgʻan moq. Umendan hech narsani ayamaydi. m Maʼ naviyatni mustahkamlashga mehnat va mab lagʻni ayamoq oʻzini kelajakdan mahrum qi lish demakdir. Gazetadan. — Insofdiyonatli odam] ..qoʻli kaltalardan muruvvatini ayamaydi. Gazetadan. Mehnatingni ayamasang, suv boʻlsa, oʻzingham, molingham toʻq. S. Siyo yev, Yorugʻlik.

AYNIQSA — mod.s. Oʻzi bogʻlanib kelgan soʻz bildirgan shaxs yoki narsani alohida qayd etadi; xususan. — Yoʻlchi — Yormatni, ayniqsa, Gul sumbibini oʻylab, ularga achindi. Oybek, Tan langan asarlar. ..Qizning chehrasida Gulnor ning ruhini koʻrdi: yuz bichimi, ayniqsa, koʻzla rining ichki manosi va jshgvasi Gulnorni yod latdi. Oybek, Tanlangan asarlar. 2 Juda ham, gʻoyat darajada, beniqoyat. Atom energiyasidan foydalanishning istiq boli ayniqsa kengdir. “Fan va turmush”.

AYOZ — Kech kuz, qish va erta bahordagi achchiqsovuq, qora sovuq. Garchand hozir kech kuz, ayoz boʻlsa ham, Olloquliboy hamon terlar, semiz gavdasini koʻtarolmasdi. J. Sharipov. Xorazm. Tun ayoz, izgʻiriq yel toʻrt tarafga yugurib, jon achitmoqchi boʻlar edi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar.

AYOVSIZ — Ayov bermay, ayamay qilingan, rahmshafqatsiz. Ayovsiz kurash. Ayovsiz zarba. Ayovsiz tanqid. n Ayovsiz tushirilgan ikkiuch mushtdan keyin Qudratning burnidan qon ketdi.. M. Ismoiliy, Bizningroman.

AYVON — qasr; oldi ochiq bino] Koʻpincha uch tomoni berk, oldi ochiq xona. Oʻzganing toqu ravoqidan oʻzingning ay voning yaxshi. Maqol. sh Uyning orqasi ham bir zamonlar shuning singari uy boʻlsa kerak, lekin buzilganban keyin, oldi devorni olib tashlab, ayvon qilinibdi. A. Qahhor, Qoʻsh chinor chiroqtari. Jahon ayvonida poet. Olamda, dunyoda, jahonda. ..Yoʻq jahon ayvonida oning kibi shoʻxu zarif. Avaz.

AZALDAN — rvsh. Qadim zamonlardan beri, eskidan, qadimdan. Aza,zdan maыum gap. n Doʻst, qardoshdir aza,1)dan oʻzbegim tojik bshan. A. Oripov.

AZIM — ulugʻ, buyuk, katta. Kurinish, tuzilish eʼtibori bilan gʻoyat katta, ulkan. Azim terak. Azim togʻlar. Azim daryo. Shahri azim. n ..Eski Joʻvada azim bir jamoa iigʻib, Azizbek bilan boʻlgan mojaro sini soʻzladi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar. Gunohi azim (azim gunoh) Katta gunoh. Behuda qon toʻkmoq, yurtni parchalamoqdan azim gunoh yoʻq! Oybek, Navoiy. ..olimlarni haqorat qilish va azoblash kechirib boʻl maydigan gunohi azim sifatida taʼriflan gan. E. Yusupov, Istiqlol yoʻlida. Baloyi azim 1)) katta balo, kulfat. Boʻtam, nosharʼ iy baytu gʻaza,1) bitib, meni baloyi azimga qoʻymang. S. Siyoyev, Yorugʻlik; 2) qoʻlidan har balo keladigan. Qilmaydigan, bilmaydigan ishi yoʻq — baloyi azim ekan. Soʻzlashuvdan. 2 Azim (erkaklar ismi).

AʼZO — a. 1) .Lg I — uzvlar, qismlar] 1) Odam yoki — ayvon organizmining muayyan bir va zifani bajaruvchi qismi. Sezgi aʼzolari. Ichki aʼzolar. n Har bir aʼzosi qaqshab ogʻrirdi. “Sharq yulduzi”. Kishining butun vujudi; badan, tana. Siz nima javob berdingiz — dedi butun aʼzosini titroq bosgan Gulsumbibi qichqirib. Oybek, Tanlangan asarlar. Aʼzoyi badan Butun aʼzo, butun vujud. Ota uyiga yetib borganida ham aʼzoyi bada nidagi qaltiroq bosshshadi. S. Nurov, Narvoy. Biror guruh, hudud va sh.k.da yashovchi, unga mansub shaxe. Oila aʼzosi. Mahalla aʼzolari. Biror guruh, kengash, jamoa, jamiyat va sh. k.ga rasmiy qabul qilingan, saylan gan, unda faoliyat koʻrsatuvchi shaxe, jamiyat, mamlakat va sh. k. lar. Partiya aʼzosi. Kengash aʼzosi. m Guruh aʼzolari qidiruv ish larini moy tomchisi izidan boshlashga qaror qilishdi. Gazetadan. Jahon hamjamiyatining teng huquq,sh bir aʼzosiga aylangan Oʻzbekis ton hech qachon urush tarafdori emas va u tinchlik uchun kurashda mudom ishtirok eta veradi. Gazetadan.

AZIZ — ulugʻ, qadrli] 1). Kam topiladigan, noyob va qadrli; taqchil. Erur ozki, firuza boʻlmish aziz.. A. Navoiy. Suv bosh qa joylarga ham xuddi shu yerdan taqsimla nadi. Sakkiz kun Margʻshyun bilan Simga, sakkiz kun Chimyon.. Oltiariqqa oqadi. Shu ning uchun ham suv bizda odam qoniday aziz. S. Ahmad, Ufq. Hayot uchun eng zaruriy va qadrli, ten gi yuq. Aziz taom. n Bugʻdoy shunday aziz ovqat. Oybek, Tanlangan asarlar. Balla xal qimizning peshona teri bilan, bilak kuchi 6iuan bunyodga kelganligi uchun ham aziz va muqaddasdir. Gazetadan. Eʼzozeʼtiborga, izzathurmatga lo yiq, ardokdi, qadrli. Aziz Vatin. Azizmeh mon. Bola aziz, odobi undan aziz. Maqol. Er siylangan yerda aziz. Maqol. yaya ..nahot sen, mening pushti kamarimdan bulgai, jon dan aziz farzandim, shu haqiqatni tushun masang. K. Yashin, Hamza. Oliy qadrga ega, tabarruk. U yerda \ Sho himardonda| a,maqanday bir azizning qabri bor deyishadi.. K. Yashin, Hamza. Uzbekistan azizlar Vatani. Gazetadan. Qayd etilgan belgixususiyatlarga ega likni taʼkidlovchi munosabatni bildira di. ziz doʻstim. Aziz ustoz,shr. yaya Azizim, qi zingizning baxtini birovlarning ostonasidan qidirmang. A. Qahhor, Ogʻriqtishlar. Aziz (erkaklar ismi).

AGʻANAMOQ — Yotgan holda u yoni, bu yoniga agʻdarilmoq, yumalamoq. Ot agʻanagan joyda yungi qoladi. Maqol. shya Har kun shom dan tortib azongacha yotgan joyida u yoqbu yoqqa agʻanab, oʻy oʻylaydi. Choʻlion, Kecha va kunduz. Qoʻchqor ustmaust ikki doʻppi suv ichib, oʻzini ajriqqa otdi, xuddi yosh bola day agʻanab oʻynarkan, xushnud qichqirdi.. O. Yoqubov, Er boshiga ish tushsa. Qulamoq, agʻdarilmoq. Arava agʻanadi. Mashina agʻanadi. Nodira turgan joyidan divanga agʻanab tushdi.

ANGLATMOQ — Anglamoqfl. ort. n. 2 Ifodalamoq, bildirmoq Bu nimani anglatadi — Azizbekka xalq:] Sendek it dan bizga qipchoq yaxshi! — Xalqning bu ja vobi ishning na darajaga yetganini anglatar edi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar. “Kosmetika” aslida grekcha soʻz boʻlib, u “goʻzallashtirish” degan maʼnoni anglatadi. “Saodat”.

BADANTARBIYa – esk. – . jismoniy tarbiya. q. tarbiya. G'oziddin tong qorong'isida turib, badantarbiya qilib, obdan yuvinib olgach, kitob o'qib o'tirar, ba'zan esa qaytib bir oz mizg'irdi. O. Muxtorov, Egilgan bosh. U har kuni badantarbiya qilgisi kelardiyu, ish ko'pligidan bu istagiga erisha olmasdi. Sh. Rashidov, Bo'rondan kuchli. Badantarbiya – dam olish, o'pka va yurakni me'yorga solish uchun mo'ljallangan bo'lsa mayli ediya! Afsus, uniki mushtlashuvni, qasosni mo'ljallagan badantarbiya edi. «Yoshlik».

BADAVLAT – [ba.. + davlat] Katta boylikka, bisotga ega bo'lgan; boy. Badavlat odam.U o'z ajoyib g'oyasini amalga oshirish uchun mablag' bilan ta'minlab turishga bir badavlat odamni unatdi. «Fan va turmush». Bu davlatning badavlat kishilari mening og'ainimdek, yetimyesirlari bolalarimdek bo'lib qoldi. «Fan va turmush».

BAHAM – [f. – birga, birgalikda]: baham ko'rmoq yoki baham ko'rishmoq 1). o'rtada teng bo'lishib yemoq yoki ichmoq; bo'lishib olmoq. Ahmadjon aka.. o'zlari serjon bo'lsalar ham, bitta nonni topsalar, biz bilan baham ko'rishgan. M. Qoriev, Oydin kechalar. Hammamiz xuddi bir otaonaning bolasidek ahilmiz. Hamma narsani baham ko'ramiz. H. Nuriy, Lochin bolasi lochin. Hyech bo'lmasa, bunday birga o'tirib, shu choynakdagi choyni baham ko'rsa, nima qilarkin S. Anorboev, Oqsoy. ko'chma o'rtoqlashmoq, sirlashmoq, o'zaro fikr almashmoq. Do'st faqat tashvishda emas, quvonchni baham ko'rishda ham bilinadi. «Yoshlik». Mavluda o'z tajribalarini hyech vaqt sir saqlamaydi, balki uni doimo o'z dugonalari bilan baham ko'radi. U. Muhamedov, Opasingillar. Bekmirza ikkimiz film haqidagi taassurotlarimizni orada baham ko'rdik. Y. Shamsharov, Qahramonlik yo'li. Ahmadlarni tezroq uchratib, shodligimni baham ko'rgim keladi. S. Siyoev, Yorug'lik.

BAHSLAShMOQ 1). Bahs (munozara)da qatnashib, har xil fikrlardan birini, xususan o'z fikrini yoqlab so'zlamoq; tortishmoq, talashmoq. Botir yov kelganda bilinar, chechan – bahslashganda. R. Jumaniyozov, So'z ko'rki – maqol. Yoshlik, sevgisadoqat haqida qizg'in bahslashdilar. Shuhrat, Shinelli yillar. Ba'zan to'g'ri kelmay qolsa didimiz. Do'stim, bahslashamiz, yonamiz lovlov. Shukrullo, Javohirlar sandig'i. sprt. Musobaqalashmoq, g'oliblik uchun kurashmoq. Turnirda dastlabki to'rt o'rinni egallagan shashkachilar.. birinchi ligada bahslashish huquqiga ega bo'ladilar. Gazetadan.

BALIQ I 1). Suzgichlari bo'lgan, oyquloqlari orqali nafas oladigan, umurtqalilar kenja tipiga mansub suv jonivori. Laqqa baliq. Qora baliq. Oltin baliq. Zog'ora baliq. Sachratqi baliq. Qizil baliq. Baliqning tirikligi suv bilan. Maqol. Ko'lning otini balig'i chiqarar. Maqol.Baliqlar gavda harorati beqaror, sovuqqon jonivorlardir. «o'zME». Ushbu suv jonivorining go'shti. Qovurilgan baliq. Tuzlangan baliq. Baliq kombinati. Eshak mingan ot so'ramas, Baliq yegan et so'ramas. Maqol.Baliqni har kuni iste'mol qila boshlagan odamlar orasida infarkt 5).0 foizga kamayar ekan. «Fan va turmush». Muchal yil hisobidagi beshinchi yil nomi. Baliq yili q. muchal.



BALO I – [a. – sinov; ofat, musibat, baxtsizlik] – 1). Biror voqyeahodisa, harakat tufayli yuzaga kelgan ofat, falokat; tashvish. Taqdirning balosi ko'p, saqlansa panasi ko'p. Maqol. Yomon til boshga balo keltirar, Yaxshi til davlat, dunyo keltirar. Maqol. Sadaqa baloni yer, tavba – gunohni. Maqol. Ot boshiga balo bo'ldi. G'ayratiy. Iloyo omin, – kampir ham fotiha o'qidi, – qadam yetdi, balo yetmasin! X. To'xtaboev, Shirin qovunlar mamlakati. Balo bormi o'rinsiz ish, harakat, yoqimsiz narsa yoki kimsaga duch kelganda, yoqtirmaslik, norozilik (nima bor nima qilib yuribdi) ma'nosini ifodalaydi. Saltanatni qaerda ko'rmay, satang bo'p yasanib olgan bo'ladi. Ikki chakkasidagi gajakka balo bormi deyman! «Yoshlik». Paxta terimi ketayotgan dolzarb payt karantinga balo bormi «Yoshlik». Shu ayozda charm kastumga balo bormi A. Obidjon, Akang qarag'ay Gulmat. Baloga qolmoq Yomonlikka duchor bo'lmoq, da'vosiga qolmoq. Bilmasdan gapirma! Baloga qolasan, qizim! Hamza. Baloyi azim Ulkan ofat, mislsiz kulfat. Monokultura deb atalmish bu yakkahokimlik borabora unday bir baloyi azimga aylandiki.. «o'zME». Baloyi nafs yoki nafs balosi Ochko'zlik, nafsi buzuqlik orqasida boshga tushgan kulfat. Balo urmaslik Hyech qanday shikast yemaslik, esonomon qutulib ketish. Balo o'qi o'lim ma'nosini ifodalaydi. Balo o'qiga nishon bo'lmasdan burun bu ishlarni oxiriga yetkazishga harakat qilar edi. M. Osim, Karvon yo'llarida. Bir balo Noma'lum, sirli, bilib bo'lmas salbiy narsa yoki hodisa. Oldin, bu kampirga bir balo bo'lgan, deb hayron bo'lib yurganlar.. bu ayol bir narsani bilar ekan, deb tan berishdi. S. Nurov, Maysalarni ayoz urmaydi. Bir balo borga o'xshaydi oralarida. S. Zunnunova, Olov. Boshga balo bo'lmoq Ortiqcha ta– shvish, dardisar bo'lmoq. Nima (yoki ne, qanday) balo Taajjub, hayratlanish, hayron qolishni, ba'zan kinoyaomuz so'roqni bildiradi. Nima balo, to'yni nasiya qilib, kelinni olib kevoldingizmi deguvchilar ham bo'ldi. S. Zunnunova, Olov. Nima balo, bolachaqangiz ko'payib ketdimi «Guldasta». Suv balosi Toshqin, sel va sh. k. lardan kelgan ofat. Tuhmat balosi Tuhmat orqasida boshga tushgan kulfat. Sodiq qulingiz.. tuhmat balosiga giriftor bo'lib, zindonda sarg'ayib yotibdi. J. Sharipov, Xorazm. o't balosi Yong'in ma'nosini ifodalaydi. Suv balosi, o't balosini ko'rganlar bor.. «Yoshlik». Har balo – 1).) turlituman noxushliklar; turli salbiy holatlar. Asli Yunus olgan aqlu hushimni, Har baloga solgan mening boshimni. «Malikai ayyor»; 2).) har qanday narsa. U har baloni biladi. Hyech balo Hyech narsa, hyech nima. Bobo ko'zlaridan qochmas hyech balo, Bir zumda dalani chiqar aylanib. Mirtemir. Hyech baloda yo'q yoki hyech baloni bilmaydi Hyech narsani bilmaydigan, qo'lidan hyech ish kelmaydigan (odam). Bizda ham sergap, quruq maslahat beradiganlar juda ko'pu, lekin – [ular] amalda hyech baloda yo'q. T. Obidov, Yusufjon qiziq. ko'chma s.t. Uddaburon, ishning ko'zini biluvchi, o'z ishiga pishiq. Balo qiz ekan bu. S. Ahmad, Ufq. Eshniyoz aka balo! – deb davom etdi Ravshan Ro'zi. Sh. Xolmirzaev, Yoshlik. Sayfiddin Umarov esingdami, matematikadan balo edi. Oybek, O.v. shabadalar.

BALQ – . barq. Yarqillaydi yulduzday ikki ko'zi, Oydayin balq urar guldayin yuzi. «Oysuluv».

BALQIMOQ I 1). Yorqin nur sochib jilva qilmoq; nurga to'lmoq, yarqiramoq. Dala sutdek oydin, Nur qo'ynida balqib yotardi. E. Raimov, Ajab qishloq. Quloch yoydi atroflar, Ufq balqidi. A. Muxtor, Asarlar. Quchog'ida nur ko'tarib balqimoqda tong. A. Muxtor, Asarlar. ko'chma Gullab yashnamoq, gulgul yashnamoq, ravnaq topmoq. Saodat oyday balqib, yo'lakda paydo bo'ladi. «Yoshlik». Go'ro'g'libek Hasanxonga qarasa, oyday balqib turibdi. «Gulnorpari». Shodlik bilan to'lsin to'rtala ufq, Kulgi bilan balqsin bu qadim jahon. A. Oripov. Barq urib ko'rinmoq, namoyon bo'lmoq. Komiljonning singlisi Shohida cho'zinchoq yuzli, ko'zlaridan samimiyat balqib turadigan o'n sakkiz yoshlardagi so'zamol qiz edi. D. Nuriy, Osmon ustuni. Sulton quvonch porlagan, mehr balqigan ko'zlari bilan Gulchehrani kuzatar, iliq boqardi. M. Xayrullaev, Hikoyalar. ko'chma Ro'yobga chiqmoq, amalga oshmoq, namoyon bo'lmoq.Yo'q, otajon! – dedi Shermat, – tinchlikni, hurriyatni, haqiqat oftobining balqib chiqqanini siz ham ko'rasiz! Oybek, Ulug' yo'l. Ey zamin, bo'shashma, dadil bo'l, balqi. Gazetadan. Osmon degan nimayu quyosh degan nimadir Barchasidan ustunsan, o'zing yasha, o'zing balq!G'. G'ulom. ko'chma o'ziga maftun, rom qilmoq; bo'shashtirib yubormoq. Oydayin barq urar aning jamoli, Odamni balqitar tegsa shamoli, Boysarining shunday qizi bor ekan. «Alpomish».

BAND IV – [f.– to'silgan, berkitilgan] 1). Egallangan, ishg'ol qilingan, bo'sh emas. Uy odamlar bilan band. Telefon hozir band.U o'tirgan o'quv zalida hamma o'rinlar band. P. Qodirov, Uch ildiz. Kupega kirganimda, pastki qavatning ikkalasi ham band edi. S. Ahmad, Saylanma. Biror ish, faoliyat bilan o'ta mashg'ul, qo'li bo'sh emas; vaqti yo'q. Men hozir ish bilan bandman.Gulbahor erkaklarga dasturxon tuzash bilan band, yelibyugurardi. Y. Shamsharov, Toshqin. Balkon o'rtasidagi stol atrofida ikki xotin o'tirib, chuchvara tugish bilan band. «Yoshlik». Sultonov band ekan, kutib qoldi. «Yoshlik». Band bo'lmoq 1).) biror narsa bilan ishg'ol (to'la, egallangan) bo'lmoq. Yaxshi joylar band bo'lib qolibdi.Hyech narsani oldin olib qo'yish kerak emas, chunki pul bekor band bo'lib qoladi. A. Qahhor, Sarob; 2).) biror ish, xarakat bilan mashg'ul, ovora bo'lmoq. G'ulomjon kuzgacha maktab tayyorgarligi bilan band bo'ldi. M. Ismoiliy. Farg'ona t.o.; 3).) ko'chma maftun bo'lmoq, asir bo'lmoq, berilmoq. Bir zum go'zallikning huzurida jim Samoviy hislarga bo'lib qoldim band. A. Oripov. Band qilmoq (yoki etmoq) 1).) joyni rasmiy yoki norasmiy (so'roqsiz) oldindan egallamoq. Allaqachon kirib ulgurgan yigitlar, qizlar guvlashib, sahnaga yaqinroq stullarni band qilishmoqda edi. N. Qilichev, Chig'iriq; 2).) maftun qilmoq, qamrab, egallab olmoq; o'ziga tortmoq. Band etgan dilimni go'zal tuyg'ular.. «Yosh kuch». Uning butun o'ylarini Lola band qilgan edi. M. Xayrullaev, Tilla marjon. Qo'lim band 1).) qo'limda narsa bor; 2).) qo'limda ish bor, ish bilan mashg'ulman.

BARAKAT – [a.– duo, oq fotiha; ollohning marhamati] kam. qo'll. – . baraka. Barvaqt qilingan harakat – hosilga berar barakat. «Qanotli so'zlar». Sendan harakat — mendan barakat. Maqol.

BARKASh – «ko'tarmoq, tortib chiqarmoq» fe'lidan] – 1). Jez yoki misdan tayyorlanadigan va patnis o'rnida ishlatiladigan, doira yoki to'rtburchak shaklidagi ro'zg'or asbobi. Manzuraxon oppoq sochiq to'shalgan barkashda qahva ko'tarib kirdi. A. A'zamov, Javob. Qizil belbog'li yosh yigit kirib, dasturxon yozdi, barkashda non, turli nozne'matlar va uch kosa sharbat keltirib qo'ydi. M. Osim, Karvon yo'llarida. ko'chma To'garak, gardish, yumaloq, doirasimon. Quyoshning oltin barkashi. Oy barkashi. Qipqizil quyosh barkashi qoyalar uchlarini ham qizilga bo'yab botayotir. M. Mahmudov, Mangu kuy izlab. Dengiz o'ynar oy barkashin to'p qilib, Uning yuzi ko'rinadi sepkilli. E. Oxunova, Men tongni uyg'otdim. o'siq kipriklari orasidagi charos ko'zlari olov barkash –

quyoshdek jozibali. A. Muhiddin, Chap cho'ntak. Barkashbarkash – 1).) mo'l, juda ko'p. Shunda o'sha mo'ysafid chiqib, – [boyvachchaning] oldiga barkashbarkash nozne'matlar qo'yibdi. Shukrullo, Javohirlar sandig'i. 2).) ko'chma katta, bo'liq. Govmishlar podapoda, Barkashbarkash yelinlik. Mirtemir, Asarlar. Boshini barkash, yelkasini obkash qilmoq Butun borlig'ini baxshida qilmoq. Axir nene ko'rgiliklar bilan, boshimni barkash, yelkamni obkash qilib voyaga yetkazdim. S. Siyoev, Rayhon.

BARPO – barqaror, turg'un; qurilgan, o'rnatilgan]: barpo bo'lmoq Bunyodga, vujudga kelmoq, qurilmoq. Yolg'on, egrilikka o'rganma aslo, Jahon to'g'rilikdan bo'lmishdir barpo. «Aql aqldan quvvat oladi». ..biron narsa, biron va'da evaziga yana uyda noma'lum muddatga tinchtotuvlik barpo bo'lardi. o'. Umarbekov, Yoz yomg'iri. Barpo qilmoq (yoki etmoq) Bunyodga, yuzaga keltirmoq, tashkil etmoq, qurmoq. Navro'z, Marjonbuloq shaharlari tezkorlik bilan barpo etilmoqda. «o'zbekiston qo'riqlari». Yangi qishloq barpo qilinib, atrofiga chinorlar ekilib, qishloqqa Mingchinor nomi berilgan. «o'zbekiston qo'riqlari». Barpo etib bo'stonlar, Topdi quvonch, baxtini. Z. Diyor.

BAXTLI 1). o'z hayotidan mamnun, baxti kulgan; baxtiyor. Baxtli qiz.Bunday baxtli yoshlik bir marta keladir. Zavqini surib qoling, aylanay. P. Qodirov, Yulduzli tunlar. Ilohim, baxtli bo'l!Onangga, otangga rahmat, senga ish o'rgatishibdi. Oybek, Tanlangan asarlar. ayn. baxtiyor 2)..Ha, mayli, – dedi xo'rsinib – [Qirmizxon], – Siz bilan o'tkazgan onlarimni shu notavon umrimning eng baxtli damlari deb bilaman. N. Aminov, Qahqaha. U bu uyda eng shirin, baxtli kunlarini o'tkazdi. S. Zunnunova, Ko'k chiroqlar.Tolei baland, omadi bor, omadli. Baxtli ovchiga cho'loq kiyik yo'liqar.Maqol.Aylanay, kuyov bola, baxtli yigit ekansiz, shunday odamlarga o'g'il bo'libsiz. «Mushtum».

BAXSh – [f. < – «bermoq, bag'ishlamoq; afv etmoq» fl. hoz. zam. o'zagi]: baxsh etmoq (yoki aylamoq). – 1). Yo'q narsaga muyassar qilmoq, yo'q narsa bilan ta'minlamoq; ato qilmoq; bag'ishlamoq. Nigora kechasi tog' ko'rinishiga afsonaviy ulug'vorlik baxsh etib, bir tekis guvullayotgan bu sharsharaga borib, uni o'z ko'zi bilan ko'rishga ahd qilgan edi. S. Anorboev, Oqsoy. Do'stim, jonni baxsh etaylik Faqat onaVatanga. A. Oripov. Bermoq, paydo qilmoq. Qachonki Tangri biror podshohga yaxshilikni xohlasa, unga sodiq vazir baxsh etadi. «Fan va turmush».

Bayon qilmoq. Fikr bayon qilmoq.Bu yog'ini qaysi til bilan bayon etsam ekan.. X. To'xtaboev, Sehrli qalpoqcha. Go'ro'g'libek boshidan o'tgan voqyealarni birmabir bayon etdi. «Go'ro'g'li». Ha, ko'rasan, lekin shuni unutma aslo, Ahvolingni bayon qilgin farzandlarga xos. A. Oripov. Agar chindan ham seni pul qiziqtirmay, muhim deb o'ylagan gapingni qisqa bayon etish qo'lingdan kelsa, quchoqquchoq asar yozishingning foydasi yo'q. Shukrullo. ad. Adabiy asarning sodir bo'lgan yoki bo'layotgan voqyealar hamda voqyealarning borishi haqida hikoya qilinadigan qismi. Romanda tavsif, muallif mulohazalari va bayonlar ko'p. ad. Tavsif; izoh berish. Asarning qimmatli boblaridan biri she'riyat va aruz bayonidir. «Fan va turmush». o'qib yoki aytib berilgan biror matn asosida yozib chiqilgan ish; yozma ish (o'quvchilar bilimini baholashning yozma shakllaridan biri). o'quvchilvr bayon yozishdi. Bayonni tekshirib chiqmoq. Bayonlar to'plami. Bayon alomati tlsh. kam qo'll. Ostinustin turgan ikki nuqtadan iborat tinish belgisi (:).

BAYROQ 1). Yog'och yoki metall dastaga, sim yoki chilvirga mahkamlangan, bir yoki bir necha rangli, davlat, tashkilot, uyushma, harbiy qism va sh. k. larga qarashlilikni ifodalovchi gerb, emblema va boshqa ramziy belgilar, bezaklar tasviri tushirilgan muayyan o'lchamdagi mato; alam, yalov; tug'. Davlat bayrog'i. Diviziya bayrog'i. Ko'chma bayroq. Bayroq o'rnatmoq.o'zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1).991). yil 1).8 noyabr va 1).992). yil 3). iyulda bo'lib o'tgan sessiyalarida Respublika Davlat bayrog'i, Respublika Davlat gerbi tasdiqlandi. «o'zbekiston Respublikasi». Birdan uning ko'zi bayroq ko'tarib turgan bir to'da paranjili xotinlarning suratiga tushdi. S. Zunnunova, Olov. ko'chma Maqsad, g'oya, yo'l. Tinchlik bayrog'i. Ozodlik bayrog'i, Mustaqillik bayrog'i. Adolat bayrog'i.Buyuk orzu qovushtirgay xalqlar boshini, Buyuk orzu adolatni aylagay bayroq! «Yoshlik». Yosh oybeklar bayrog'ini Ko'taraylik balandga. Do'stim, jonni baxsh etaylik Faqat onaVatanga. A. Oripov. maxs. o'zbek kulolchiligida keng qo'llanadigan, bayroqqa o'xshash bezak. Sopol idishlarning chetlaridagi hoshiyaning ba'zi turi ham bayroq deyiladi. «o'zME».

BAG'RIKeNGLIK – Masalaga keng ko'lamda, ochiq ko'ngillik bilan yondashishlik. Gap bag'rikenglikda, xolislikda, adabiyotimizning kelajagi uchun chinakamiga qayg'ura bilishdadir. Gazetadan. Ana shu «kompozitsion» bag'rikenglik birinchi navbatda Shayxzodaning yagona bir motivni poyamapoya rivojlantirish san'atida ko'zga tashlanadi. «o'TA».

BeBAHO – [be.. + baho] Hyech baholab, bahosiga yetib bo'lmaydigan, o'ta qimmatli; bahosiz. – [Navoiy:] Senga besh bebaho haykal qururmen. Gahi Layli, gahi Shirin bo'lib sen, Yasharsen doimo dostonlarimda. Uyg'un va I. Sulton, Alisher Navoiy. Bebaho damlarning tirik joni biz, Har oni o'tmishning yuz yiliga teng. F. G'ulom. Muhabbat degan narsa juda oz kishilarga nasib bo'ladigan bir durri bebahodir. A. Qodiriy, o'tgan kunlar.

BeGONA I – [f.– qarindosh yoki tanish bo'lmagan; yot] 1). Qarindoshlik yoki boshqa jihatdan bir toifadagi, guruhdagi kishilardan chetda turuvchi, ularga munosabati bo'lmagan; yot. Menga begona bo'lsangiz, o'g'lingizga begona emassizku. A. Qahhor, Qo'shchinor chiroqlari. Yo'lchi uchun bu qiz endi begona emas. Oybek, Tanlangan asarlar. Elmurod uning yonida o'tirar va beixtiyor uning chiroyli ko'zlariga dambadam qarab qo'yar, nazarida, Fotima tobora uzoqlashib, tobora yot va begona bo'lib borayotganga o'xshar edi. P. Tursun, o'qituvchi. Begona qilmoq 1).) o'zidan uzoqlashtirmoq, yot kishilar qatoriga o'tkazmoq; 2).) ko'chma chetga ketkizmoq, birovning qo'liga, ixtiyoriga o'tkazib yubormoq. Agar bundan keyin ham nasiyaga go'sht olmoqchi bo'lsalar, savdoni begona qilmay, mening oldimga kelaversinlar. «Latifalar». Aqlni begona qilmang! Agar chora ko'rish lozim bo'lib qolsa, men bu yerda. N. Safarov, Sohib changal. Tegishli bo'lmagan, chetdan kelgan; chet. Tunlari har hovli eshigida o'sha yerda yashovchilardan navbatchilar tayinlanadi – begona kirmasin. Shuhrat, Shinelli yillar. Bir yerga yangi kelgan begona odam darrov hammani taniy olmaydi. P. Tursun, o'qituvchi. o'zgalarga tegishli, notanish; o'zga. Begona shahar.Mana endi, begona ko'z, begona quloqning yo'g'ida uchovi xoxolashib, og'izburun o'pishib kelayotir. M. Ismoiliy, Farg'ona t.o. Ayol.. begona tilda gaplashuvchilarga tikilib, rangi o'chib, o'rnidan turdi. Oybek, Quyosh qoraymas. Ularning – [mehmonlarning] gaplari, muomalalari, yurishturishlari Yo'lchiga tamom begona tuyuldi. Oybek, Tanlangan asarlar.ko'chma Xabari bo'lmagan, ko'rmagan, bilmagan; yot. Hayotning dag'al muomalasidan begona, faqat uning chuchuk so'zlarinigina tinglab kelgan Otabekka bu xo'rlik turmushdan birinchi zarba edi. A. Qodiriy, o'tgan kunlar. Ammo Unsinning ko'ngli o'yinkulgini ko'tarmas, shodlik unga begona edi. Oybek, Tanlangan asarlar. Begona o't Odamlar ekmaydigan, ammo madaniy ekinlar orasida tasodifiy urug'dan ko'karib chiqqan yovvoyi o't. yerdan yaxshi unum olish uchun yerning begona o'tlardan tozalanishi, kuzda chuqur chopilishi, go'ng solinishi kabi masalalarga ko'p ahamiyat berib qoladi. A. Qodiriy, Obid ketmon.

BeIXTIYoR – [be.. + ixtiyor] rvsh. o'z ixtiyoridan tashqari holda, g'ayriixtiyoriy ravishda; ixtiyorsiz. Bekning vujudi titrab, beixtiyor «uh» deb yuborganini o'zi ham sezmay qoldi. H. G'ulom, Mash'al. Zumrad bilan bir qur uchrashgan, ikki og'iz gaplashgan kishi beixtiyor unga mahliyo bo'lib qolardi. S. Siyoev, Otliq ayol. Nafisa beixtiyor o'rnidan dik turdi. Mirmuhsin, Umid.

BeK I – 1). tar. Turkiy xalqlarning ba'zilarida xonliklar davrida davlat arboblariga, shahar yoki viloyat hokimlariga, ularning bolalariga berilgan faxriy unvon hamda shunday unvonga sazovor bo'lgan shaxs. Boshlab hudaychi ot ustidan bir kimxob to'nni olib, qo'rg'on begiga kiydirdi. A. Qodiriy, o'tgan kunlar. Atrof shahar va qishloq beklari.. aksar Musulmonqulning o'z odamlaridan. A. Qodiriy, o'tgan kunlar. Aslida bu otni, Ulug'bek Mirzo Samarqand taxtiga chiqqanda, Buxoro begi tuhfa etgan edi. Mirmuhsin, Me'mor. Beklar begi q. beklarbegi. Bek oyim // begoyim Bekning onasi yoki xotini va ularga murojaat shakli. Hasanali tanitdi: Mana bu kishi qayin onangiz – bek oyim bo'ladilar. A. Qodiriy, o'tgan kunlar. Erkaklar ismining tarkibiy qismi, mas., Yo'ldoshbek, Otabek, Yusufbek. (– 1).sh. egalik shaklida) o'z begi yoki xo'jayiniga murojaatda yoki ular haqida gapirganda ishlatilgan so'z. Qayg'urma, begim! Hasanali otang bu to'g'rida ham seni yodidan chiqarmaydi. A. Qodiriy, o'tgan kunlar. – eski vaqtda yersuv egalarining xizmatkorlari xonlar zamonidagi rasmrusmni qilib, o'z xo'jayinlarini «begim», «xonim», «oyim» deb hurmatlar edilar. M. Muhammadjonov, Turmush urinishlari. o'zi(ga) xon, o'zi(ga) bek q. xon. Har kim o'ziga xon, o'ziga bek. Maqol.

BeKINMAChOQ 1). Yashiringanlarni qidirib topishdan iborat bo'lgan bolalar o'yini. Ko'chadan bekinmachoq o'ynayotgan bolalarning qiychuvi eshitildi. M. Ismoiliy, Farg'ona t.o. Oy suv yuzida qalqib borayotgan qovun pallasi kabi «bekinmachoq» o'ynab, goh ko'rinadi, goh yashirinadi. H. Nazir, So'nmas chaqmoqlar. ko'chma Ishni bitirmasdan sarson qilish, ko'rinmay qochib yurish; aldash. Bekinmachoq o'yinidan ensasi qotgan Soboleva Oripovga uchrashmay chiqib ketdi. «Mushtum».



BeMAZA – [be.. + maza] 1). Og'izga xush yoqmaydigan, ta'mi yomon; ta'msiz, lazzatsiz. Bemaza ovqat. Bemaza tarvuz. Bemaza qovunning urug'i ko'p. Maqol.Kasalga asal ham bemaza bo'lib ko'rinadi. «Qanotli so'zlar». Yo'lchining taqachi oshnasi Qoratoy och qornini bemaza moshxo'rdaga to'ldirib.. sovuq uyda xomush o'tirar edi. Oybek, Tanlangan asarlar. Og'zi bemaza 1).) og'zi ovqatning mazasini, ta'mini sezmaydigan (ba'zi kasalliklar sababli). Sidiqjon, garchi hanuz og'zi bemaza va boshi og'irroq bo'lsa ham.. kampirning mehribonchiliklaridanmi, ko'ngli ko'tarilib,juda yengil tortdi. A. Qahhor, Ko'shchinor chiroqlari; 2).) beadab gaplarni ko'p gapiradigan; chakki og'iz. Og'zi bemaza odam. ko'chma Badiiy zaif, estetik zavq bera olmaydigan; bema'ni, siyqa. Bemaza asar.Bemaza kitobniku jonga tekkan joyda shartta yopib qo'ysa bo'lar, biroq umr kitobinichi X. Sultonov, Onamning yurti. Bunaqa bemaza suratlarning avtorlari institutda ko'p emas. «Mushtum». Yaramas, yoqimsiz, bema'ni, yomon. Bemaza odam.Akam bemaza chiqdida,– dedi Hamid Munavvarga. S. Anorboev, Mehr. Bemaza qizning bo'lmas hayosi.. «Gulixiromon». E, bunaqa bemaza televizorni sotib yuboring. «Askiya». Odobaxloqqa xilof, odobdan tashqari; behuda, bekorchi. Bemaza qiliqlar. Bekorchidan bemaza gap chiqadi. Maqol.– [Gulshan:] Bemaza gaplarni qo'yinglar, uxlaylik! A. Qodiriy, Mehrobdan chayon.

BeT 1). Odam boshining old qismi, old tomoni; yuz, aft. Uning – [qizning] betidagi quyuq qora qoshi, qorachig'i, yirikdan kelgan o'ynoqi ko'zlari Elmurodga Muharramni eslatdi. Shuhrat, Shinelli yillar. Go'yo bu sehrgar chol hamma sirni betdan o'qib olar edi. A. Qodiriy, o'tgan kunlar. Xon, Avazning gapini eshitmagandek, betini burib, qavatidagi naqqoshga nimadir tayinlagan bo'ldi. S. Siyoev, Avaz. Yuzning yonoqdan iyakkacha bo'lgan ikki tomonidan har biri; chakka. Ikki beti qipqizil olmaday.Doka ro'molin dol qo'ygan, o'ng betiga xol qo'ygan. «Qo'shiqlar». Ikki beti yiltillab, Novvoy shirmoy kulchaday.. «Nurali». Biror narsaning betkay, sirt tomoni, yuzasi. yerning beti sergib, tobiga kelishi bilan chigit ekishga kirishuvimiz kerak. Gazetadan. Hovuz betiga kumushday yiltiroq tanga baliqlar chiqib, non ushoqlarini ilib keta boshladi. H. Nazir, So'nmas chaqmoqlar. Sol qalqib turibdi suvning betida. «Nurali».– . sahifa 1).. Gazetaning to'rtinchi beti.Ertasiga haligi she'r gazetaning ikkinchi beti boshida bosilib chiqib, hammaning og'zida qiroat qilindi. A. Qodiriy, Kichik asarlar. Axir necha yuz bet keladigan asarni kechakunduz uxlamay, ko'z nurini to'kib, qo'lda yozib chiqishning o'zi ham mehnatga kirmaydimi Shukrullo, Saylanma. ko'chma Tomon, chet, sohil. Salorga yaqinlashganda, suvning narigi betidan xotinlarning tovushi keldi. Oydin, o'zidan ko'rsin. Sal yurishgandan keyin ayol, yetdik, deb ko'chaning chap betidagi eshik oldida to'xtadi. S. Ahmad, Ufq. ko'chma Temirdan yasalgan asbobqurollarning tig'i, dami. yer ketmonning betini qayiradigan darajada toshmetin bo'lib muzladi. S. Anorboev, Oqsoy. Bet bo'lmoq Yuzmayuz bo'lmoq, ro'para kelmoq, uchrashmoq. ..bolachaqasining ko'z o'ngida sharmanda bo'lgan odam qayta boshdan ularga bet bo'lishga haddi bo'lmaydi. «Yoshlik». Bet bo'laman deb tag'in melisaga tushib qolma. «Sharq yulduzi.». Bet olmoq Qalinlashmoq, qaymoqlanmoq. Ertalab sut bet oladi va bir oz quyuq tortadi. K. Mahmudov, o'zbek tansiq taomlari. Bet chidamaydi Uyalasan, nomus qilasan kishi. Hadeb gap eshitaverishga bet chidamaydi. Betga aytmoq Ayamasdan (yashirmasdan) o'ziga aytmoq. Betga aytganning zahri yo'q. «Askiya». Betga chopmoq Yuzxotir qilmay tik gapirmoq. Betiga oyoq qo'ymoq q. oyoq. Betiga qaramay 1).) hisoblashmay, saxiylik bilan. Pulning betiga qaramay sarf qilmoq; 2).) ayamay, ayab o'tirmasdan. Otning betiga qaramay, kechikmay nomani yetkaz. «Yusuf va Ahmad». Qaramang otning betiga, Qamchilar uring etiga. «Gulnorpari». Beti yo'q Ornomusi yo'q, yuzsiz. Elga qo'shilganning ko'ngli to'q, eldan ajralganning beti yo'q. Maqol. Bekorchining beti yo'q, Qozon osar eti yo'q. Maqol. Beting bormi Uyating, ornomusing bormi ..betini ko'rmagan Hyech ko'rmagan, boshdan kechirmagan, o'zi nima ekanligini bilmaydigan. Esini tanigandan buyon xasta bo'lmagan, tabib betini ko'rmagan Yo'lchi.. Oybek, Tanlangan asarlar. Betini ko'rmay ketmoq Yo'qolib, uzoqlashib ketmoq; judo bo'lmoq. o'n besh yil Shodmonboyning pulsiz xizmatini qilib, oxirida o'n to'rt yil qishloq betini ko'rmay ketsin. A. Qodiriy, G'irvonlik Mallavoy. Betini sidirmoq Uyatni yig'ishtirib qo'ymoq, lo'lilik qilmoq. Qilib sharmandalik, betni sidirdi, Yulib ko'z, hiylai nayrang qidirdi. Habibiy. Betini yulmoq Dodfaryod solib, betini timdalamoq. Onam yonimga kelib, betini yula boshladi:Nima balo qilding, juvonmarg Endi elyurt oldida qandoq tirik yuramiz P. Tursun, o'qituvchi. Betini qaytarmoq Shashtini to'xtatmoq, orqaga burib tashlamoq, chekinishga majbur qilmoq. La'nati fashistning betini bir qaytarib olsak, marra bizniki.. S. Siyoev, Yorug'lik. Beti qalin (yoki qattiq) Gap ta'sir qilmaydigan, ornomusi yo'q, surbet. Betimning qalini – jonimning huzuri. Maqol.Umid qilma endi sutu qatiqdan, o'rgildimku sendek beti qattiqdan. A. Po'lat. Beti qolmaslik Botina olmaydigan, uyaladigan bo'lib qolmoq. o'zim chiqay desam, betim qolmadi. S. Siyoev, Yorug'lik. Beti qora El oldida uyatga qolgan, yuzi shuvut. Badfe'lning beti qora. Maqol. Beti qotmoq Gap ta'sir qilmaydigan, uyalmaydigan bo'lib qolmoq. Bolani so'ksang, beti qotar, Ursang – eti qotar. Maqol. Beti qursin qarg'. Yuzini ko'rishga toqatim yo'q, ko'zga ko'rinmasin, yo'qolsin, o'lsin, qurib ketsin.Betlaring qursin, odamxo'rlar!– deb g'ijinardi. G'ayratiy, Unutilmas kunlar. Qaysi (yoki ne, qanday) bet bilan Qanday qilib, uyalmaynetmay. Akam – jigarim. Suyunaman! Lekin.. endi unga qaysi betim bilan ro'para bo'laman! A. Qahhor, Qo'shchinor chiroqlari. Ne bet bilan Qo'ng'irot elga boraman. «Alpomish». Qo'lini betga tortmoq Fotiha qilmoq, duo qilmoq, fotiha bermoq. Dushman bitgan – bari jonni sotadi, Mirza Mahmud qo'lni betga tortadi. «Yusuf va Ahmad».

BeZAK 1). Bezatish, yasatish vositasi; husn, ko'rk, chiroy beruvchi narsa; ziynat beruvchi buyum yoki naqsh. Arxitektura bezaklari. Archa bezaklari. Bezak buyumlari. Badiiy bezak.Egar jabduqlaridagi oltin bezaklari quyosh nurida yaltyalt qilayotgan bo'z otni jilovdor yetaklab keldi. P. Qodirov, Yulduzli tunlar. Nuri kiyinishni, bezakni sevar edi. Zirak, bilaguzuk, zarkokil, qo'ltiqtumor, tillaqosh, zebigardon kabi.. buyumlardan qutiquti yiqqan. Oybek, Tanlangan asarlar. Dasturxon bezagi Dasturxonga ko'yilgan yoki qo'yiladigan nozne'matlar. Har gujumi asaldek tatiydigan uzum, har bir tilimi tilni yoradigan qovun, shifobaxsh tarvuz, olma, nok, qo'yingchi, qo'li gul bog'bonlar yetishtirgan mevacheva, darhaqiqat.. dasturxon bezagidir. Gazetadan. ko'chma Husn, ko'rk. So'z – kishining o'zagi, Odob – kishining bezagi. Maqol. Til – aql bezagi. Maqol.Yaxshi fazilatlar inson kamolotining bezagi, husni, jon rohati va farog'atidir. Gazetadan.

BeZOVTALANMOQ – Odatdagi tinch holatini yo'qotmoq, ta– shvishlanmoq; ta– shvish tortmoq, ta– shvishga tushmoq. Vaqt o'tgan sari mehmonlar bezovtalana boshlashdi. R. Fayziy, Shohi darparda. Ko'ngli allaqanday noxushlikni sezib, bezovtalandi. «Yoshlik». Qushlar galasi bezovtalanib, daryo tomonga tez uchib ketdi. Nazarmat, Jo'rlar baland sayraydi.

BeG'UBOR – [be.. + g'ubor] 1). Changg'ubordan, ifloslikdan xoli; musaffo, toza. Zangori osmon ham shunday tiniq, shunday beg'uborki, ko'zni oladi. Oybek, Tanlangan asarlar. Beg'ubor, mayin shabada esadiyu, odamlarni bog'u rog'larga chorlaydi. Gazetadan. Osmon ko'nglim kabi keng, Ko'nglim kabi beg'ubor. E. Vohidov, Muhabbat. ko'chma Ko'nglida yomonligi, kiri yo'q; pok, sofdil, sidqidil. Beg'ubor yigit.Yuzidan mehr yog'ilib turgan bu ajoyib, sodda, beg'ubor qizga shartta uylanib, oyimni baxtiyor qilishga nima xalaqit beradi A. Muxtor, Asarlar. Tolibjon bu sodda va lekin beg'ubor kishilarning o'zlaridek beg'ubor suhbatlariga kulibkulib, quloq solib o'tirar edi. S. Ahmad, Jimjitlik. ko'chma Dog' tushmagan, pokiza. Elmurod.. qarshisida chug'urlashgan, ko'zlari tiniq, qalblari beg'ubor bolalarning har birini quchoqlab, yuzlaridan o'pgisi keldi. P. Tursun, o'qituvchi. Do'ppimni yerga olib, endi o'ylab qarasam, Yoshlik degani asli poklik ekan, beg'ubor. A. Oripov.

BIRGALAShMOQ – Birga bo'lmoq, birga qo'shilmoq, qo'shilishmoq; birgalikda, bir bo'lib uyushmoq. Birgalashib ovqatlanmoq.Darvoqye, xatni birgalashib yozamiz. K. Yashin, Hamza. Mansurni ko'rishi bilanoq Gavhar hyech qayoqqa bormay, uning yonida qolgisi, mana shu yomg'ir havosida birgalashib ko'cha kezgisi kelib ketdi. o'. Hoshimov, Qalbingga quloq sol. Otabek bilan Qutidorning yo'llari bir bo'lganlikdan, birgalashib ketdilar. A. Qodiriy, o'tgan kunlar. Kelin bilan birgalashib keldi davlat, yoryor, keldi davlat. «Qo'shiqlar».

BIRMUNChA – rvsh. 1). Bir qancha, anchagina. Birmuncha vaqt.Elmurod shu ko'yi yana birmuncha yurgach to'xtadida, yo'l chetidagi bir toshga o'tirdi. P. Tursun, o'qituvchi. Abdujalil boy tegirmonga yana birmuncha vaqt aylanishadi.A. Qodiriy, Obid ketmon. Yoz oylari edi. Havo birmuncha salqin. X. Yodgorov, Hayot to'lqinlari. Bir qadar; ma'lum darajada. Bemorning ahvoli birmuncha yaxshilandi. «Sharq yulduzi». Elmurod qizga yaqinlashar.. va uning oldida birmuncha xijolat chekib, ko'pincha gap topolmay, qizarar edi. P. Tursun, o'qituvchi. Publitsistikada konflikt birmuncha o'ziga xos shaklda aks etadi. Gazetadan.

BIRODAR – [f.– aka, uka] 1). Aka yoki uka; og'a yoki ini. Boysunqur mirzo o'z qobiliyati, o'tkir zehni, ishbilarmonligi bilan birodarlaridan ajralib turadi. Mirmuhsin, Me'mor. Faoliyati, qarashlari, munosabatiga ko'ra o'zaro yaqin shaxs; hamdam, do'st. Tangri birodarlariga qovog'ini solib qarovchi kishilarni yoqtirmaydi. «Hadis». Muribdek kishini birodar, og'a tutinib, Avazning yorug' kunlari ziyoda bo'ldi. S. Siyoev, Avaz. Ming tashakkur, ming rahmat, yonimizga kirib, dehqonchilikka o'rgatgan o'zbek birodarlarimizga. «o'zbekiston qo'riqlari». o'rtoq, og'– i (murojaatda). Siz qutlug' kunlarda yetib keldingiz, aziz birodarlar! A. Muxtor, Do'stligimiz barq ursin. Birodar, Azizxon degan polvon bolani qaydan topsam bo'ladi S. Ahmad, Ufq.Qayoqqa, birodar – dedi shopmo'ylov taksichi, mashinaning qiya derazachasidan mo'ralab. o'. Hoshimov, Qalbingga quloq sol. Birodari aziz Aziz do'stim, og'– im. Birodari aziz, siz mening bu so'zlarimdan xafa bo'la ko'rmangiz.. A. Qodiriy, o'tgan kunlar. Birodar (erkaklar ismi).

BIROV II – gum. olm. 1). Kimligi noma'lum, qandaydir bir noma'lum kishi, kimdir, allakim. Birni birov beradi, Ko'pni – mehnat. «Qanotli so'zlar». Birov bilganini maqtar, birov – ko'rganini. Maqol.Qalaysan, uka – birov kelib turtdi Yo'lchini. Oybek, Tanlangan asarlar. Birov borkim, boru – bor bo'lsa ham yo'q, Birov borkim, yo'g'u – yo'q bo'lsa ham to'q. Habibiy. Boshqa bir kishi; o'zga, begona. Bolaxonada ikkalamiz turganimizni tag'in birov ko'rib qolmasin. K. Yashin, Hamza. Endi uni – [Umidni] ko'rishi ham, u haqida o'ylashi ham mumkin emas, U endi birovning baxti. Mirmuhsin, Umid. Birovning ko'ngliga zo'rlik bilan egalik qilib bo'lmaydi. S. Ahmad, Ufq.Ba'zi birovlar Ba'zi bir kishilar, o'zgalar. Ba'zi birovlar ushlashib qo'lini, Topolmay ovora bo'larlar yo'lini. «Qo'shiqlar». Birovlar Urishib, arazlashib qolgan kimsaning nomini tilga olish xohlanmaganida, uning nomi o'rnida ishlatiladigan so'z. Ammo – [Otabekda] «birovlar» to'g'risida, nima bo'lganda ham, bir gap eshitmak havasi tug'ilgan edi. A. Qodiriy, o'tgan kunlar.

BITMOQ III – esk. 1). – . yozmoq. II –. Yurtim, senga she'r bitdim bu kun, Qiyosingni topmadim aslo. A. Oripov, Yurtim shamoli. Xo'ja Abdulla Marvoriy.. xatni chiroyli bitardi. Oybek, Navoiy. Ro'yob Mamatova Mirzacho'lni o'zlashtirib, o'z jasorati solnomasiga ilk satrlarini bitganda, yoshgina qizcha edi. «o'zbekiston qo'riqlari». (j.k. bilan) Muyassar, ega bo'lmoq; paydo bo'lmoq. Mana, xudo xohlasa, boshingga do'ppi, oyog'ingga etik, egningga chopon, ko'ylakishton bitadi. P. Tursun, o'qituvchi. Aql bitmoq Aql kirmoq. Bu nimasi tag'in.. senga sira aql bitmadi. Bo'yingni qara, menga yetay deb qoldi. Oydin, o'zi monand. Boshga bitgan balo Qutulish qiyin bo'lgan ta– shvish, quruq ta– shvishdan iborat. Hye, bu urush boshga bitgan balo bo'ldida. German ham qursin.. oq poshsho ham qursin. Enasining mahrini talasharmikan! Oybek, Tanlangan asarlar. Muguz (yoki shox, qanot va sh.k.) bitdi Muguz (shox, qanot va sh.k.) paydo bo'ldi. Eshakka muguz bitsa, jami jonivorlarni suzib o'ldirar ekan, mushukka qanot bitsa, hyech bir parrandani qo'ymas ekan. P. Tursun, o'qituvchi. Qay bola maktabda o'qisa a'lo, o'shanga hyech tolmas zo'r qanot bitar. Q. Muhammadiy. Hojar opaning gap ohangidan yon berganini sezib, Rasul akaga qanot bitdi. «o'zbekiston qo'riqlari». Peshonaga bitgan (yoki bitib qo'yilgan) – esk. Taqdirda bor, taqdirda belgilab qo'yilgan. – [Yusuf:] Mana, xotindan ham ayrildik! –[Mehri:] Nima qilay, bu ham bo'lsa, peshonaga bitgan bir ko'rgilik, bolam. O. Yoqubov, Aytsam tilim kuyadi, aytmasam – dilim. Peshonaga bitgan yolg'iz ot edi. Uni ham o'rtaga qo'yaymi P. Tursun, o'qituvchi.

BIYoBON – [f. – qaqroq cho'l, sahro] Suvsiz va giyohsiz taqir, cho'l, sahro. Yaxshilikni daryoga qil, biyobondan top. Maqol.Pashsha Saidjalolxonni ergashtirib, bir biyobonga olib chiqdi. A. Qahhor, Asarlar.

BOL 1). – . asal 1)., 2).. Bol sotgan barmog'ini yalar. Maqol.Bu yerning uzumi, anori, anjiri bol bilan teng deydilar. Gazetadan. Olol bo'lsin, ol bo'lsin, yoring labi bol bo'lsin. «Kuntug'mish». ko'chma Tot, lazzat. Til bor – bol keltirar, Til bor – balo keltirar. Maqol. Yaxshi xotin – umr boli. Maqol.Ular hayot bolini emas, hayot zahrini yutib o'tirardilar. M. Ismoiliy, Farg'ona t.o. ko'chma Yaxshi, muloyim muomala. Tilingda bo'lsa boling, Kulib turar iqboling. Maqol. Muzdan suv tomar, So'zamoldan – bol. Maqol. Og'zidan (yoki labidan, so'zidan) bol tomadi Juda ham shirinso'z odam haqida. Anorgulning har so'zidan Bollar tomar, yoryor. «Qo'shiqlar». Har so'zingdan bol tomsin, Ko'rgan orzulab qolsin. Q. Muhammadiy. Kattakichikka og'zidan bol tomib muomala qiladigan xola negadir men bilan til uchida so'rashib qo'ya qoldi. «Mushtum». Lablaringizdan bol tomadi, yonib turgan olovsiz. K. Yashin, Hamza.

BOLAKAY – Bola 1)., 2). s. kichrerkl. Qani, o'sha bir paytlar kattalarning suhbatiga aralashmasdan, mehr bilan kuzatadigan tortinchoq bolakaylar va qizaloqlar. Gazetadan.Ha, bolakaylar, nima gap – dedi Jo'raning dadasi, tuyadagi bolalar yetib kelgach. N. Fozilov, Irmoq.



BORLIQ 1). fls. Inson ongi va sezgisidan tashqaridagi ob'ektiv dunyo, olam, mavjudot. Ahmad ko'chaga chiqdi. Kun issiq, borliq lovlov yonardi. F. Musajonov, Himmat. ..cho'l ham, butun borliq ham noz uyquda yotgandek. «o'zbekiston qo'riqlari». Intilar borliqni inson Barkamol etmoq uchun, Ne ajab, insonni borliq Barkamol etgan emas. E. Vohidov, Muhabbat. Kishining vujudi, jismi, turishturmushi. Borlig'im muhabbatingiz alangasi bilan tutashgani holda zavjingiz Otabek. A. Qodiriy, o'tgan kunlar. Og'riq uning butun borlig'ini chulg'ardi. «Yoshlik». Daryo yoqasida o'tirib, butun borlig'i bilan qo'shiq aytayotgan qizga ko'zim tushdi. «Sharq yulduzi». Borlig'idan sovuq ter quyilib ketdi. X. To'xtaboev, Shirin qovunlar mamlakati. Barcha, hamma, butun. o'zbek oyim o'g'lining «o'lganning ustiga chiqib tepish» qabilidan bo'lgan bu harakatidan tutuni ko'kka chiqib, borliq qahrg'azabini eri ustiga to'kadi. A. Qodiriy, o'tgan kunlar.

BOYLIK 1). Boy bo'lishlik, boy mavqyei; molmulkning yig'indisi, majmui; mo'llik. Ota boyligi yerga singar, Mehnat boyligi – elga. Maqol.Bu yigit yaxshigina davlatmand bo'lsa ham.. nima uchundir, boyligi bilan bo'lmay, «Homid xotinboz» deb shuhratlangan. A. Qodiriy, o'tgan kunlar. Hovli sahniga, ayvonlarga «sep» yoyildi. Sepning boyligi, turi, rangbarangligi hammani hangmang etdi. Oybek, Tanlangan asarlar. Yirikroq toshlar hukmronlik va boylik ifodasi sanalgan. S. Karomatov, Oltin qum. Dunyo, davlat, molmulk. Muhabbat boylikka boqmas. Maqol. Ro'zg'or o'lchov bilan, Boylik tejov bilan. Maqol.o'n olti ming qo'y, ikki yarim ming yilqi hazilakam boylik emas. P. Qodirov, Yulduzli tunlar. Boylik bor joyda samimiylik o'rnini soxtalik egallaydi. F. Musajonov, Himmat. Tabiiy, moddiy resurslar majmui. yer osti boyliklari. Moddiy boyliklar. Tabiiy boyliklar. Qazilma boylik.Endilikda o'zbekiston ulkan tabiiy boyliklar, ko'pdanko'p noyob sanoat mahsulotlari vatanidir. «Saodat». o'lkamiz tabiiy boyliklarini o'rganish.. ishiga nufuzli olimlarimiz salmoqli ulush qo'shmoqdalar. Gazetadan. Endilikda insoniyatga zarur moddiy boyliklarning uchdan ikki ulushi ayol qo'li, ayol aqlzakovati bilan yaratiladi. Gazetadan. Aqliy, ruhiy, ma'naviy faoliyat hosilasi, majmui. Milliy boylik. Madaniy boylik. Ma'naviy boylik. Aqldan ortiq boylik yo'q. Maqol.Tarixiy va madaniy yodgorliklar – bizning milliy boyligimiz, cheksiz faxrimizdir. Gazetadan. Xalq o'z tilini eng ulkan milliy boylik sifatida asrashi kerak. Gazetadan.
Download 134 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish