Mavzuga doir tayanch iboralar: Hindiston jamiyati, islom mafkurasi, boburiylar davri, obodonchilik g’oyasi. Odil podshohlik, turli qatlamlar, g’oyaviy qarama – qarshilik, barham bermoqlik, xan sulolasi, daosizm.
Mavzu yuzasidan savollar: 1.Hindisto nda islomga qadar qanday mafkuraviy qarashlar mavjud edi?
2. Hindistonga islom taьlimotining kirib kelishi haqida nima bilasiz?
3. Boburiylar davrida qanday ijtimoiy – siyosiy mafkuralar ilgari surilgan?
Adabiyotlar ro’yxati: 1 T. Salimov. S. Mahkamov. Jahon tarixi. Toshkent, « Sharq», 2004 y
2 S. Xalilov. « Bobur xakida uylar ». Toshkent, « Sharq », 2006 y.
3. Hakikat manzaralari 96 mumtoz faylasuf. T. 2007 y.
4. Falsafa qomusiy lug’at, T. « Sharq », 2004 y.
11 – mavzu: Urta asrlarda Garbiy Evropada mafkuraviy jarayonlar.
Reja:
Urta asrlarda Garbiy Evropada ijtimoiy – iktisodiy va siyosiy - maьnaviy xayot.
Feodal tarkoklik, feodalizm mafkurasi. Markazlashgan cherkov xokimiyati.
Urta asrlarda goyaviy karama – karshilik. Papa xokimiyati va sxolastika xukumronligi.
« Erkinlikning buyuk xartiyasi », uning katolik cherkovi uchun mafkuraviy axamiyati.
U. Okkam siyosiy karashlari. P. Abelьyarning cherkov mafkurasi, ortodoksal sxolastikaga munosabati.
11.1. Urta asrlarda Garbiy Evropada ijtimoiy – iktisodiy va siyosiy - maьnaviy xayot. Biz yaxshi bilamizki, tarix fanida urta asrlar davri uch boskichga ajratiladi: 1) ilk urta asrlar (V- X asrlarni uz ichiga olib, bu davrda urta asrlarga xos ijtimoiy - siyosiy tartibotlar shakllandi). 2) XI – XV asrlar (bu davrda urta asr tuzilmalari tarakkiy etganligini kuzatish mumkin), 3) sungi urta asrlar davri( yangi jamiyat shakllanish davri bulib, XV – XVII asrlarni uz ichiga oladi.)
Urta asrlar davrining ilk davriga xos xususiyatlari shundan iboratki, jamiyat iktisodiyotining asosini kishlok xujaligi tashkil etadi va axolining asosiy mashguloti dexkonchilikdan iborat bulgan. Garbiy Evropa uchun urta asrlar natural xujalik xukm surgan va tovar - pul munosabatlari past darajada rivojlangan davrdir.
Ilk urta asrlar davri Garbiy Evropada dastlabki feodal davlatlari vujudga kelgan davr xisoblanadi. Inkirozga yuz tutgan Garbiy Rim imperiyasi xududida V oxiri – V I asr boshlaridan boshlab «varvarlarlar» deb nom olgan xalklar kirib keldi. Varvarlarning tabora kupayib borayotganligi axolii urtasida er masalasini juda keskin bulib kilib kuydi. Ular Rim imperiyasining serxosil va kisman butunlay ishlov berilmagan erlarini ishgol kilishga kirishdilar. Kattik zulm va ogir soliklardan azobda kolgan axoli varvarlarga deyarli keskin kurash olib bormadilar.
Varvarlar tamonidan Garbiy Rim imperiyasi xududida dastlab vujudga kelgan davlat bu – Franklar davlati. Bu davlatninig shakllanishi merovinglar sulolasidan bulgan Xlodvig ( 486 – 511 y. ) nomi bilan boglikdir. U butun Galliyani bosib olish bilan Franklar imperiyasiga asos soldi.
Franklar davlatining eng tarakkiy etgan davri Karl Martel yoki tarixda Buyuk Karl deb nom koldirgan kirol xukumronlik kilgan davr.
Buyuk Karl 768 – 814 yilda kushni mamlakat erlariga xujum uyushtirishi natijasida Italiyani bosib oldi, Ispaniyada esa arablar karshiligiga uchrab chekinishga majbur buldi. Sakslar bilan bulgan jangda esa Karl galabaga erishdi. 800 yilda Rimga kelib, uzini Rim imperatori deb eьlon kiladi.
Ammo Karl barpo etgan imperiya mustaxkam emas edi. Uning ulimidan sung vorislari urtasida davom etgan kurashlar natijasida imperiya bir necha: Frantsiya, Germaniya va Italiya kirolliklariga bulinib ketdi. Shu tarika Garbiy Evropada feodal tarkoklik vujudga keldi.
Shuningdek, Garbiy Evropada VII asrda anglosakson davlatlari birlashishi ruy berdi va IX asrda yirik kirollik Uesseke ishtirokida Angliya davlati tashkil topdi. X asrda esa Tevton davlati paydo buldi. Bu davlat Shvabiya, Bavariya, Frankoniya va Saksoniya, keyinchalik Lotaringiyani uz ichiga olgan edi. « Yosh davlatni katolik cherkovi kullab – kuvvatladi. Papadan siyosiy va mafkuraviy madad olayotgan German kirollari davlat xududini sharkka karab kegaytira boshladi».1