Turkiya. Osiyo va Yevropa qit’alarida joylashgan davlat. Gretsiya, Bolgariya, Gruziya, Armeniya, Eron, Suriya, Iroq davlatlari bilan chegaradosh. Shimoliy qismini Qora dengiz, janubini 0‘rta dengiz, g‘arbini Egey dengizi suvlari yuvib turadi. Marmar dengizi, Bosfor va Dardanell bo‘g‘ozlari orqali mamlakatning Yevropa va Osiyodagi hududlari ajralib turadi.
Ma’muriy jihatdan 76 ta viloyatdan iborat. Davlat tuzumi - Respublika. Davlat boshlig‘i - Prezident. U har 7 yilda saylanib, Qurolli Kuchlaming Bosh qo‘mondoni vazifasini ham bajaradi. Hukumat boshlig‘i - Bosh vazir. Qonun chiqaruvchi hokimiyat - 2 palatali parlament (Buyuk Millat majlisi). Aholisining soni 81,0 mln. kishi, o‘rtacha yillik o‘sish sur’ati 1,0% ga teng. Din nuqtayi nazaridan islomga mansublar 99,8% ni va boshqalar 0,2% ni tashkil etadi. Davlat tili - turk tili. Urbanizatsiya darajasi 70,1 %ga teng.
Do'stlaringiz bilan baham: |