KAZUS:
Moskva shahridagi notarial idorasiga Armeniya fuqarosi murojaat qilib
O‘zbekiston Respublikasi fuqarosiga qayta ishonchnoma berishni so‘rab murojaat
qildi. Notarius tomonidan ishonchnomani tekshirish vaqtida aniqlanishicha
dastlabki ishonchnoma Armeniya
qonunchiligiga binoan tuzilgan bo‘lib,
ishonchnoma beruvchi uni bekor qilmaguncha muddatsiz amal qilishi aniqlanadi.
Dastlabki ishonchnoma muddatsiz bo‘lgan.
Muhokama qiling: Vaziyatga huquqiy baho bering. Ushbu holatda vujudga
kelgan muammoni O‘zbekiston qonunchiligiga muvofiq hal qiling.
Bugungi kun fuqarolik jamiyatida insonlar bilan bog'liq jarayonlarni o'zida
mujassam etadigan va ular o'rtasidagi o'zaro ijtimoiy munosabatlarni tartibga
soladigan yo'nalish bu – fuqarolik huquqidir. Yuqorida bizga berilgan kazus ham
fuqarolik sohasida keng amalda bo'ladigan va foydalaniladigan jarayonlardan biri
bo'lgan ishonchnoma haqida. Kazusga yechim berishdan avval mavzu doirasiga
kirish uchun ishonchnoma haqida gap ochsak, maqsadga muvofiq bo'ladi.
Ishonchnoma
nima? Fuqarolik kodeksi
134- moddasiga
asosan, bir shaxs (ishonch
bildiruvchi) tomonidan ikkinchi shaxsga (ishonchli vakilga) uchinchi shaxslar
oldida vakillik qilish uchun berilgan yozma vakolat ishonchnoma hisoblanadi.
Ishonchli vakil o‘ziga ishonchnoma bilan berilgan vakolatlar doirasida ish olib
boradi. Yuridik shaxs nomidan, shuningdek yuridik shaxsga ham ishonchnoma faqat
yuridik shaxsning ustavida (nizomida) ko‘rsatilgan faoliyat maqsadlariga zid
bo‘lmagan bitimlarni tuzish uchungina berilishi mumkin.
1
Ishonchnoma oddiy
yozma shaklda yoki notarial shaklda rasmiylashtirilishi mumkin. Uning muddati
haqida gap ketganda, aytish joziki, u ko‘pi bilan uch yil muddatga berilishi mumkin.
Agar ishonchnomada muddat ko‘rsatilgan bo‘lmasa, u berilgan kundan boshlab bir
yil mobaynida o‘z kuchini saqlaydi.Berilgan kuni ko‘rsatilmagan ishonchnoma
haqiqiy emas. Notarius tomonidan tasdiqlanib, O‘zbekiston Respublikasidan
tashqarida harakatlarni amalga oshirishga mo‘ljallangan, amal qilish muddati
ko‘rsatilmagan ishonchnoma uni bergan shaxs tomonidan bekor qilingunicha o‘z
kuchini saqlaydi.Ushbu holatlar va normalar o'zimizning qonunchiligimizda
yozilgan va hayotga tatbiq etilgan. Kazusga e'tibor beradigan bo'lsak, xalqaro
munosabatlar bo'yicha holat ketmoqda. Ya'ni arman fuqarosi o'zbek kishiga qayta
ishonchnoma berish uchun Moskva notarial idorasiga borgan. Ammo unga oldin
Armaniyadan uning qonunchiligi asosida ishonchnoma berilgan. Bu esa muddatsiz
tarzda berilgan.
Avvalo, kazusni to'la yechish uchun ikki xil yondashuv asosida amalga
oshirishimiz mumkin. Ushbu vaziyatda Moskva notariusi ham ikki holatga ahamiyat
berishi lozim. Agar Armeniya qonunchiligi bo‘yicha ishonchnoma muddati
ko‘rsatilishi shart etib belgilangan bo‘lsa, bu holatda ishonchnoma haqiqiy emas deb
topilishi lozim. Bu vaziyatda notarius ishonchnoma berishi mumkin. Agar Armeniya
qonunchiligi bo‘yicha ishonchnoma muddatsiz tuzilishi mumkin bo'lsa, bu
vaziyatda notarius ishonchnoma berishni rasmiylashtira olmaydi. Xalqaro xususiy
qonunchilik bo'yicha hal qilinsa, xuddi shu tartibda amalga oshiriladi. Kazusda
yozganki, vaziyatni O'zbekiston qonunchiligi bo'yicha hal qilishimiz lozimligi
aytilgan. O‘zbekiston qonunchiligiga muvofiq vaziyatga huquqiy baho beradigan
bo‘lsak, O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksi
Do'stlaringiz bilan baham: |