5.1.1 Modul. Inklyuziv ta’limni joriy etish masalalari
Mavzu: Imkoniyati cheklangan o’quvchilarni ta’lim jarayoniga jalb qilish
strategiyalari
REJA:
1.Inklyuziv ta’lim nima?
2. Inklyuziv ta’limni tashkil etishning huquqiy asoslari.
3.Inklyuziv ta’lim tizimining strategik maqsadlari
Annotatsiya:
Inklyuziv ta’lim tushunchasi haqida hamda Inklyuziv ta’lim
tizimining strategik maqsadlari haqida ma’lumotlarga ega bo`lish.
Alohida ta’lim
ehtiyojlariga ega o`quvchilarni ta’lim jarayoniga jalb qilishga oid me’yoriy
hujjatlar bilan tanishish.
1.Inklyuziv ta’lim nima?
Inklyuziv ta’limdagi muammolar: ijtimoiy to’siqni qanday va nima uchun yengib
o’tishimiz kerak?
Inklyuziv ta’lim nima degani? Bu maktabgacha, o’rta va oliy ta’limni
o’zgartirish jarayoni bo’lib, barcha nogironligi bo’lgan
farzandlarimiz undan
foydalanishi, ushbu ta’limni ularning turli ehtiyojlariga moslashtirish mumkinligini
ko’zda tutadi.
Inklyuziv ta’lim nogironligi bo’lgan bolalarga nisbatan har qanday kamsitishni
istisno etadigan, barcha uchun teng muomalani ta’minlaydigan,
lekin maxsus
ta’lim ehtiyojiga ega bolalar uchun zarur sharoit yaratadigan mafkuraga asoslanadi.
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida barcha uchun ta’lim olish
huquqi kafolatlangan. Milliy qonunchiligimizda ham nogironligi bo’lgan shaxslar
uchun salohiyatlarini yuzaga chiqarishda teng huquqlar belgilangan.
Nimalarga e’tibor qaratish lozim?
Xo’sh, nogironligi va rivojlanishda nuqsonlari bo’lgan bolalar sifatli ta’lim
olishlari va keyinchalik munosib ish topishlari uchun
ularga haqiqiy inklyuziv
sharoitlarni qanday yaratish mumkin?
Eng avvalo, bolalar bog’chalari va maktablarni nogironlik aravachasidagi,
yaxshi ko’ra olmaydigan yoki eshita olmaydigan bolalar uchun qulay qilib
rejalashtirilishi,
panduslar qurish, liftlar, ogohlantiruvchi belgilar o’rnatish kabi
arxitektura-qurilish ishlari belgilangan normativlar asosida bajarilishi kerak.
Keyingi navbatda, esa inklyuziv ta’limga moslashtirilgan ta’lim maskanlari
tarbiyachi, o’qituvchilari va
tyutorlariga
zarur
shart-sharoitlar yaratish, ularning
ustama haqlarini oshirish masalasiga e’tibor qaratilishi lozim. Yana bir muhim
vazifa, bu
jamiyatni ijtimoiylashtirish, ya’ni, nogironligi bo’lgan bolalar va
umuman nogironligi bo’lga shaxslarga nisbatan jamiyat munosabatini to’g’ri
shakllantirishdir. Bunda, nogironligi bo’lgan insonlarning kundalik turmushi,
jamiyatga qay tarzda va darajada integratsiyalashayotgani, ularning ijtimoiylashuvi
qanday
kechayotgani, bilim olish, mehnat faoliyati, majburiy yolg’izlikni
qanday
yengishi, oilasi, bo’sh vaqtlarini qanday o’tkazishi haqida maqolalar, ko’rsatuvlar,
teatr, kinolar yaratilishi va OAVlarida keng yoritilishi yaxshi ta’sir kuchiga ega
bo’ladi.