yordamchi asbob-uskunalari, shuningdek, o’quv
mebeli va anjomlari bilan
jihozlash xalqaro moliyaviy va boshqa institutlar, xorijiy tashkilotlar grantlari
doirasida kelib tushgan mablag’lar hisobidan amalga oshirish;
- 2021 yil 1 sentyabrdan boshlab Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va
Toshkent shahrida (keyingi o’rinlarda hududlar)
sinov tariqasida bittadan
umumta’lim maktablarida rivojlanishida turli nuqsonlari bo’lgan hamda
davolanishga va sog’lomlashtirishga muhtoj bo’lgan bolalar uchun tayanch
korrektsion sinflar ochish;
- ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarining 10-11-sinf o’quvchilariga kasbiy
ta’lim berish uchun ularning qiziqish va qobiliyatlari hamda mavjud sharoitlardan
kelib chiqqan holda o’quv-ishlab chiqarish majmualarini muassasaning o’zida
tashkil etgan holda bitiruvchilarga mehnat qilish huquqini beruvchi kasb malakasi
bo’yicha davlat namunasidagi diplom berish;
- 2020-2021 o’quv yilidan boshlab psixik rivojlanishida nuqsoni bo’lgan bolalar
uchun mo’ljallangan davlat ta’lim muassasalarida majburiy umumiy o’rta ta’limni
9 yillik muddatda amalga oshirish;
- ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarining 9-sinf bitiruvchilari uchun hududlarda
(3 ta hududda) o’rta va o’rta maxsus professional ta’lim
dasturlari joriy etilgan
imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan kasb-hunar maktablarini
tashkil etish to’g’risidagi takliflariga rozilik berilishi rejalashtirilgan.
Shuningdek, O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligiga:
a) O’zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Sog’liqni
saqlash vazirligi va Moliya vazirligi bilan birgalikda 2021 yil 1 yanvardan boshlab
ixtisoslashtirilgan maktablarga 1 tadan shifokor va hamshira shtat birligini kiritish;
b) O’zbekiston Respublikasi Investitsiya va tashqi savdo vazirligi, Qurilish
vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi va Moliya vazirligi bilan birgalikda
o’quvchilarning jismoniy va aqliy talab-ehtiyojidan va ta’lim
muassasalarining
geografik
joylashuvidan
kelib
chiqqan
holda
ixtisoslashtirilgan
ta’lim
muassasalarini optimallashtirish hamda imkoniyati cheklangan bolalarning
moslashishi va integratsiyasi uchun ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarini
bosqichma-bosqich maxsus texnik jihozlari bilan ta’minlash bo’yicha Vazirlar
Mahkamasiga asoslangan takliflar kiritish;
v) O’zbekiston Respublikasi Investitsiya va tashqi savdo vazirligi manfaatdor
vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ixtisoslashtirilgan ta’lim
muassasalari va
imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan kasb-hunar maktablar
uchun tibbiyot jihozlari, maxsus texnik va yordamchi asbob-uskunalar hamda
boshqa anjomlarni xalqaro moliyaviy va boshqa institutlar,
xorijiy tashkilotlar
grantlari mablag’lari hisobidan xarid qilish bo’yicha Vazirlar Mahkamasiga
takliflar kiritish;
g) O’zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Moliya vazirligi bilan birgalikda
tegishli normativ-huquqiy hujjatga bolalar musiqa va san’at maktablarida ta’lim
olayotgan I va II guruh nogironligi bo’lgan bolalarni to’lovlar ozod etishni nazarda
tutuvchi o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish vazifalari topshirilgan.
Qaror loyihasida O’zbekistonda inklyuziv (integratsiyalashgan) ta’limni 2030
yilgacha rivojlantirish Kontseptsiyasining maqsadi O’zbekistonda imkoniyati
cheklangan bolalarni o’qitish uchun inklyuziv ta’lim tizimini tashkil etish,
imkoniyati cheklangan har bir bolaning inklyuziv ta’lim olishiga bo’lgan huquqini
ta’minlashdan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: