o'xshash
jihati shuki, ikkisi ham
banklar orqali hech qanday naqd pulsiz ko'rinishda amalga oshiriladi, bundan
tashqari ikkisi ham biror bir majburiyatni bajarganlik yoki bajarmaganlik oqibatidan
kelib chiqadi.
Farqli
jihati shundan iboratki, akkredativ hisob-kitobda birinchi taraf
biror bir majburiyatni bajarishi lozim va shu jarayonni amalga oshirgandan keyin
unga pul o'tqazmasi akkretadiv orqali o'tqaziladi. Inkassoda majburiyat
bajarilmaganligi sababli bank orqali mijozga uning hisobidan yechiladi. Masalan,
turli xil soliq yoki shunga o'xshash majburiyatlarni bajarmaganlik oqibatida bakndan
uning hisobidan pul mablag'lari inkasso qilinishi mumkin.
2.
Xalqaro xususiy huquqda iste'molchiga nisbatan yetkazilgan zarar uchun
qo‘llaniladigan kollizion bog‘lovchilarni O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik
Kodeksiga asoslangan holda tushuntiring.
Xalqaro xususiy huquq ma’lum bir huquq sohasida, turli huquq normalaridan
tashkil topgan majmua sifatida huquqshunoslik sohasida, shuningdek huquq fani
sohasida qo‘llanishidan qat’i nazar, o‘ziga xos alohida ahamiyatga ega. Uning
normalari vositasida faqat bitta davlat ichidagi munosabatlar emas, balki uning
doirasidan tashqariga chiqadigan, ya’ni turli davlatlar o‘rtasidagi ichki huquq
qoidalariga bevosita taalluqli bo‘lgan va ularda nazarda tutilgan munosabatlar
tartibga solinadi.
2
Bu kabi munosabatlar orasida shartnomadan tashqari
majburiyatlar, ya’ni zarar yetkazish oqibatida kelib chiqadigan majburiyatlar
masalasi muhim ahamiyatga ega. Shartnomadan tashqari majburiyatlar bilan bog‘liq
munosabatlar Fuqarolik kodeksining 1193–1196-moddalarida belgilangan tartibda
bir taraflama harakatlardan iborat majburiyatlardir. Bunda zarar yetkazilganligi
oqibatida kelib chiqadigan majburiyatlar, iste’molchiga yetkazilgan zarar uchun
javobgarlik, asossiz boylik orttirish natijasida vujudga keladigan majburiyatlar
bo‘yicha bog‘liq munosabatlarni tartibga solish qoidalari belgilangan bo‘lib, ular
mohiyatiga ko‘ra hozirgi zamon xalqaro xususiy huquqining tamoyillarini o‘zida
ifoda etadi. Zarar yetkazish oqibatida kelib chiqadigan majburiyatlar haqida so‘z
yuritilganda shuni ta’kidlash kerakki, bunday hollarda asosiy kollizion mezon
bo‘lib, unda zarar yetkazilgan joy qonuni tamoyili amal qiladi. Masalan, Germaniya,
Italiya, Gretsiya, Turkiya, Yaponiya va boshqa bir qator davlatlarda ushbu tamoyil
amal qiladi. Bizning qonunchilikda zarar oqibatida kelib chiqadigan majburiyatlar
aniq belgilangan bo'lib, xususan, FK 1194- moddasida aytiladiki,
zarar
yetkazilganligi oqibatida kelib chiqadigan majburiyatlar bo‘yicha huquq va
majburiyatlar zararni undirishni talab qilish uchun asos bo‘lgan harakat yoki boshqa
holat yuz bergan mamlakatning huquqi bo‘yicha belgilanadi. Chet elda zarar
yetkazilganligi oqibatida kelib chiqadigan majburiyatlar bo‘yicha huquq va
burchlar, agar fuqarolar yoki yuridik shaxslar ayni bitta davlatdan bo‘lsalar, shu
davlat huquqi bilan belgilanadi.Agar zarar o‘rnini qoplash to‘g‘risidagi talab uchun
asos bo‘lgan harakat yoki boshqa holat O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligi
bo‘yicha g‘ayriqonuniy bo‘lmasa, chet el huquqi qo‘llanmaydi. Ko'rib
2
Rahmonqulov H.R. O‘zbekistonda xalqaro xususiy huquqning ahamiyati va vazifalari // Davlat va huquq. –
T.:2000. №2. 3.B
turganimizdek, zarar oqibatida kelib chiqadigan majburiyatlar biz aytgandek,
yuqorida keltirilgan asosda tartibga solinadi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi
2.
O`zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi
3.
Rahmonqulov H.R. O‘zbekistonda xalqaro xususiy huquqning ahamiyati va
vazifalari // Davlat va huquq. – T.:2000
4.
www.lex.uz
5.
www.norma.uz
Do'stlaringiz bilan baham: |