Jahon mamlakatlari iqtisodiy


Xo‘jaligi, transporti, ichki tafovutlari



Download 1,28 Mb.
bet128/173
Sana31.12.2021
Hajmi1,28 Mb.
#199298
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   173
Bog'liq
Jahon mamlakatlari 1

Xo‘jaligi, transporti, ichki tafovutlari. Janubi-g‘arbiy Osiyo mamlakatlarining ko‘pchiligi industrial-agrar iqti- sodiyotga ega. Ammo mamlakatlar xo‘jaliklarining rivojlanish darajasida anchagina farqlar ham mavjud. Ayrim mamlakatlarda ko‘p tarmoqli industrial ishlab chiqarish tashkil qilingan bo‘Isa (Isroil, Turkiya, Kipr), boshqa guruh mamlakatlar, asosan, bir-ikki tarmoq - neft qazib chiqarish va uni qayta ishlash sanoati (Fors qo‘ltig‘i davlatlari) asosida jahonning eng serdaromad davlatlari qatorida turadi. Boshqa mamlakatlardan Eron ko‘p tarmoqli ilg‘or iqtisodiyotni barpo qilish yo‘lida ildam qadamlar qo‘yayotgan bo‘lsa, Afg‘onistonda ishlab chiqarishning barcha sohalarida qoloqlik hukm surmoqda. Lekin asosiy guruh mamlakatlar (Livan, Iordaniya, BAA, Turkiya, Kipr, Isroil, Saudiya Arabistoni, Bahrayn, Iroq) xalqaro turizmni YIM ishlab chiqarishdagi asosiy tarmoq sifatida tez sur’atlarda rivojlantirmoqda.

Sanoati. Janubi-g‘arbiy Osiyo mamlakatlarining asosiy undiruvchi sanoat tarmog‘i, shubhasiz, neft qazib chiqarish va uni qayta ishlashdir. Fors qo‘ltig‘i mamlakatlarida mazkur sanoatning naqadar katta ahamiyatga egaligini quyidagi ko‘rsatkichlar ham bildiradi: agar jahonda bir yilda har bir aholi jon boshiga 5 t dan neft qazib chiqarilayotgan bo‘Isa, bu mamlakatlarda ushbu ko‘rsatkich 3,3 ming t dan ko‘proqni tashkil qilmoqda. Ushbu mamlakatlarda 2012-yilda jami 1150 mln. tonnaga yaqin neft qazib olindi. Tabiiyki, qazib chiqarilgan neftning katta qismi xomashyo holatida eksportga, birinchi navbatda, G‘arbiy Yevropa, Yaponiya va AQSH ga yuboriladi. Shu bilan birga, BAA, Saudiya Arabistoni, Kuvayt, Eron kabi mamlakatlarda yirik neftni qayta ishlash korxonalari ham tobora ko‘plab qurila boshlandi.

Hozirgi vaqtda Fors qo‘ltig‘i mamlakatlarida jami 500 mln. t gacha neft qayta ishlanmoqda. Bu qazib chiqarilayotgan neftning 45 %i demakdir. Asosan, Sharqiy Afrika va Janubiy Osiyo ajnabiy yollanma ishchilari xizmat qilayotgan bu tarmoq Saudiya Arabistoni, Eron, Kuvayt, BAA kabi mamlakatlar eksportining 90-95% ini ta’minlamoqda.

Ishlov beruvchi sanoat ko‘proq Turkiya, Isroil, Eron, Kavkazorti respub­likalarida tarkib topgan. Ularda qadimiy sanoat tarmoqlari - yengil (to‘qimachi- lik) va oziq-ovqat sanoatlari bilan bir qatorda, ko‘pgina og‘ir sanoat tarmoqla­ri ham nisbatan yaxshi rivojlangan. Metallurgiya Turkiya, Gruziya va Eronda, mashinasozlik Turkiya va Isroilda, kimyo sanoati Turkiya, Ozarbayjon va Eronda katta o‘rin tutadi.

Fors qo‘ltig‘i mamlakatlarida neft va tabiiy gaz asosida issiqlik elektr ener- giyasi, neft kimyosi tarmoqlari tez rivojlanmoqda. Mintaqaning deyarli barcha mamlakatlari sanoatida yengil va oziq-ovqat sanoati katta ahamiyatga egadir. Mamlakatlaming yengil sanoatida to‘qimachilik, ayniqsa, jun va charmdan tayyor ust-bosh kiyimlari va trikotaj ishlab chiqarishning o‘mi katta. Bunda milliy hunarmandchilik (gilam to‘qish, kashtachilik mahsulotlari, metall buyumlari), ayniqsa, Eron, Turkiya, Kavkazorti respublikalarida yaxshi rivojlangan.


Download 1,28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish