Janubi-g‘arbiy Osiyo mamlakatlarida transport nisbatan yaxshi rivojlanmagan. Eng ommaviy transport hisoblanadigan temiryo‘l transporti, asosan, Turkiya, Eron, Kavkazorti respublikalari uchun ahamiyatli. Shu bilan birga, Afg‘oniston va ko‘pgina arab mamlakatlarida temiryo‘llar umuman yo‘q. Avtomobil transporti ham Turkiya, 0‘rta dengiz bo‘yi va Kavkazorti mamlakatlari hamda arab davlatlarida tez rivojlanmoqda. Dengiz transporti esa ma’lum darajada Eronda, Turkiyada ahamiyatliroq. Boshqa davlatlarda esa ular dengiz bo‘yida joylashgan bo‘lishlariga qaramay, bu transport tarmog‘i juda kuchsiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |