Qishloq xo‘jaligi Janubi-g‘arbiy Osiyo mamlakatlarining iqtisodiyotida muhim o‘rin tutadi. Biroq, bu tarmoq aksariyat mamlakatlar aholisini oziq- ovqat mahsulotlari bilan yetarli ta’minlay olmaydi. Suv tanqisligi ana shunday oqibatlaming asosiy sababchisidir. Hozirgi ilg‘or gidrotexnika usullaridan Isroil (tomchilatib sug‘orish), Suriya, Iroq (Frot daryosi suvlaridan sug‘orishda foydalanish), Saudiya Arabistoni, Kuvayt (dengiz suvini chuchuklashtirish) mamlakatlaridagina ma’lum darajada foydalanilmoqda.
Qishloq xo‘jaligining asosiy tarmog‘i bo‘lgan dehqonchilik - Turkiya, Kipr, Livan, Isroil va Kavkazorti respublikalarida, chorvachilik esa arab davlatlarida rivojlangan. Asosiy oziq-ovqat ekinlari bo‘lgan donli ekinlardan: bug‘doy, arpa, mak- kajo‘xori, sholi, tariq ko‘proq Turkiya, Eron, Suriya, Iroq, Afg‘onistonda ekiladi. Texnik ekinlardan: paxta, moy bemvchi ekinlar Turkiya, Suriya, Iroq, Ozarbayjon, Eronda, qandlavlagini Turkiya, Kavkazorti respublikalarida ekish ahamiyatli.
Do'stlaringiz bilan baham: |