Janubi-g‘arbiy Osiyo mamlakatlari iqtisodiy rivojlanish xususiyatlariga ko‘ra ko‘p tarmoqli va tor ixtisosli mamlakatlar guruhlariga bo‘linadi. Ko‘p tarmoqli mamlakatlar guruhi mintaqaning shimoli va shimoli-g‘arbida joylashgan Turkiya, Isroil, Eron, Livan, Kipr, Suriya, Iroq hamda Kavkazorti respublikalaridan tashkil topgan. Ularda ishlov beruvchi sanoat ko‘proq rivojlangan. Qishloq xo‘jaligi va transport ham nisbatan yaxshi iqtisodiy ko‘r- satkichlarga ega. Har bir mamlakatda yaxshi rivojlangan rayonlar bilan birga ancha sust rivojlangan hududlar ham mavjuddir.
Do'stlaringiz bilan baham: |