Qishloq xo‘jaligida bug‘doy, arpa, suli, makkajo‘xori, javdar, sholi, sabzavot ekinlari uetishtiriladi. Tamaki yetishtirishda dunyoda oldingi o‘rinlardan birida turadi. Bog‘dorchilik va uzumchilik keng rivojlangan. Bundan tashqari, choy, yong‘oq ham u etishtiriladi. Chorvachilikda qo‘ychilik, echkichilik, qoramolchilik, yilqichilik rivojlangan. Turkiya angor echkisi junini eksport qilish jihatidan dunyoda oldingi o‘rinlardan birida turadi. Ipakchilik va baliqchilik rivojlangan. Turizm juda yaxshi rivojlangan. Shaharlari: Istanbul, Anqara, Izmir, Adana, Bursa, Konya, Antaliya. Istanbul - turizmning yirik markazlaridan biri. Unga miloddan awalgi VII asrda asos solingan. Dastlab Rim imperiyasi poytaxti bo‘lgan. U paytda Konstantinopol deb ham yuritilgan. Hozirgi nomini 1930-yilda olgan. Shaharda muqaddas Sofiya muzeyi, ajoyib masjidlar bor. Yizantiya va musulmon arxitekturasi yodgorliklari ko‘p. Turkiyaning transport tizimi taraqqiy etgan. Unda avtomobil transportining roli katta. Dengiz transporti rivojlangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |