Kerakli reaktivlar:kaliy nitritning, 2 n sulfat kislota, kaliy yodid, kaliy permanganat, skipidar, konsentrlangan nitrat kislota, CuS, mis qirindisi, qo‘rgoshin nitrat, ko‘mir, oltingugurt bo‘lakchalari va boshqalar
Kerakli jihoz, uskunalar va idishlar: 1. Har xil o‘lchamli probirkalar, chinni kosacha
2. Pipetkalar har xil o‘lchamda 3. Oddiy stakanlar, kolbalar
Ishning borishi: Nitrit kislota va uning tuzlari:a) kaliy nitritning sulfat kislota bilan о‘zaro ta’siri.Probirkaga 3-4 tomchi konsentrlangan kaliy nitrit eritmasidan va 1-2 tomchi 2 n sulfat kislota quying. Eritmada havo rang N2O, nitrit angidridining hosil bo‘lishini tushuntiring. Reaksiya tenglamalarini yozing: 1) kaliy nitritning sulfat kislota bilan o‘zaro ta’siri; 2) hosil bo‘lgan nitrit kislotaning parchalanishi; 3) nitrit angidridning parchalanishi;
b) kaliy nitritning kaliy yodid bilan ta'siri. Probirkaga 2-3 tomchi kaliy yodid eritmasidan va shuncha 2 n sulfat kislota quying. 2-3 tomchi kaliy nitrit eritmasidan qo‘shing. Eritma rangining o‘zgarishini belgilang va sababini tushuntiring. Azot oksidi hosil bo‘lishini nazarda tutib, reaksiya tenglamasini yozing. Kaliy nitrit qanday xossa namoyon qiladi (oksidlovchimi yoki qaytaruvchimi)?
d) kaliy nitritning kaliy permanganat bilan о‘zaro ta’siri. Probirkaga 2-3 tomchi kaliy permanganat, 1-2 tomchi 2 n sulfat kislota va 2-3 tomchi kaliy nitrit eritmasidan quying.
Eritma rangining o‘zgari shini va uning sababini ko‘rsating.
Bunda kaliy nitrit qaysi birikma holiga o‘tadi? 7 valentli marganes birikmasini 2 valentli birikmaga o‘tishini hisobga olib, reaksiya tenglamasini yozing. Bu reaksiyada kaliy nitrit oksidlovchimi yoki qaytaruvchimi?
Nitrat kislotaNitrat kislota kuchli oksidlovchi. Organik moddalar konsentrlangan (tutovchi) nitrat kislota bilan ta’sirlashganda alangalanadi.
Nitrat kislotaning xossalari ( tajriba mo‘rili shkafda o‘tkaziladi). Chinni kosachaga 1-2 ml konsentrlangan nitrat kislota quying. 1-2 tomchi konsentrlangan sulfat kislota tomizing va unga pipetka yordamida 2-3 tomchi skipidar tomizing (ehtiyot bo‘ling!). Nima kuzatiladi?
2. 5 ta probirkaga 2 ml dan konsentrlangan nitrat kislota quying. Birinchi probirkani shtativ qisqichiga tik qilib o‘rnating va kislotani qizdirib turib cho‘g'langan cho‘p tushiring. Nima sodir bo‘ldi? Shtativga o‘rnatilgan ikkinchi probirkaga bir bo‘lak oltingugurt tashlang va qizdiring. Probirka sovigandan so‘ng ichidagini suvga quying va sulfat kislota borligini aniqlang. Reaksiya tenglamalarini yozing. Uchinchi probirkadagi nitrat kislotaga ozgina jun (sherst) tashlang va qizdiring. Nima kuzatiladi? To‘rtinchi probirkadagi kislotadan vodorod sulfid oqimini o‘tkazing. Reaksiya tenglamasini yozing. Beshinchi probirkadagi nitrat kislotaga bir bo‘lak CuS tashlang. Uning nitrat kislotada erishini tushuntiring. Reaksiya tenglamasini yozing.
3. Konsentrlangan nitrat kislota ta’sirini rux va qalayga sinab ko‘ring. Reaksiyani kichkina chinni kosachada (kuchsiz qizdirib) o‘tkazing (mo‘rili shkafda). Sodir bo‘ladigan reaksiyalarning tenglamalarini yozing. Xuddi shunday tajribani 2% li nitrat kislota bilan ham bajaring. Ikkita probirkaning biriga 1-2 bo‘lak rux, ikkinchisiga bir bo‘lak qalay soling va 5 ml dan 2% li nitrat kislota quying. Probirkalarni keyingi darsgacha qoldiring va ularda ammoniy tuzlari hosil bo‘lganini isbotlang.