Ammiakning olinishi Ammiak va azot oksidlari nafas olish yo‘llariga yallig'lantiruvchi ta’sir etadi. Shu sababli, ularning olinishi va bu moddalar bilan ishlash mo‘rili shkafda olib boriladi. Chinni tigelga 3-4 mikroshpateldan ammoniy sulfat tuzi va so‘ndirilgan ohak soling, shisha tayoqcha yordamida yaxshilab aralashtiring. Probirkaning 1/3 hajmigacha aralashmadan soling. Ammiak ajralishini uning hididan aniqlang. Probirka og'zini to‘g'ri gaz o‘tkazuvchi nay o‘rnatilgan tiqin bilan berkiting. Probirkani shtativ qisqichiga mahkamlab, kuchsiz gaz alangasida qizdiring. Gaz chiqaruvchi nay ustiga ho‘llangan qizil lakmus qog' ozini tuting, lakmus rangining ko‘karishiga qarab, ammiak ajralayotganligiga ishonch hosil qiling. Shisha tayoqchani konsentrlangan xlorid kislota bilan ho‘llab, gaz chiqaruvchi nayga yaqinlashtiring. Nima kuzatiladi? Kuzatilgan hodisani tus huntiring va daftaringizga qayd eting. Reaksiya tenglamalarini yozing: a) ammiakning olinishi; b) ammiakning suv bilan o‘zaro ta’siri; d) ammiakning xlorid kislota bilan o‘zaro ta’siri.
Eritmadagi ammoniy tuzlarini ochish.Probirkaga 1-2 ml ammoniy xlorid va shuncha o‘yuvchi natriy (yoki kaliy) eritmalaridan quying. Probirkani salgina qizdirib og'ziga ho‘llangan lakmus qog'ozini tuting. Hididan va lakmus rangining o‘zgarishidan ammiak ajralib chiqayotganiga va NH4OH hosil bo‘lganiga ishonch hosil qiling. Reaksiyaning molekulyar va ionli tenglamalarini yozing. Bu tajribada ammoniy xloridni nima bilan almashtirish mumkin?
Ammoniy tuzlarining termik parchalanishi: a. Ammoniy xloridning parchalanishi. Probirkaga ammoniy xlorid kristallaridan bir necha bo‘lakcha solib, uni shtativ qisqichiga tik holda mahkamlang. Probirkani gaz alangasida sekin qizdiring. (Gaz alangasi probirkaning faqat tuzli qismiga tegishiga harakat qiling.) Probirkaning yuqori sovuq qismida ammoniy xloridning o‘tirib qolishini kuzating. Tuzning parchalanish reaksiyasi tenglamasini yozing. Ammoniy xloridning termik dissotsilanishi qanday issiqlik effekti bilan o‘tishini ko‘rsating;
b. Ammoniy sulfatning parchalanishi. Probirkaga ammoniy sulfat tuzining bir nechta kristallarini solib, uni shtativ qisqichiga gorizontal holda mahkamlang. Probirkani past alangada qizdiring. Ammiakning ajralib chiqishiga uning hididan va ho‘llangan qizil lakmus rangining o‘zgarishiga qarab ishonch hosil qiling. Bu parchalanish temperaturasida ammoniy gidrosulfat hosil bo‘lishini nazarda tutib, ammoniy sulfatning parchalanish reaksiyasi tenglamasini yozing.