Instituti oʻzbek adabiyoti кафедраси badiiy tahlil асослари fanidan m a ‘ ruza larmatni nukus, ndpi



Download 373,5 Kb.
bet13/15
Sana16.04.2022
Hajmi373,5 Kb.
#556074
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
1.1. Маъруза АСОСИЙ

1949 yil AKShda "Komparativ adabiyot" jurnali chiqdi. Bu xildagi nashrlar Fransiya, GFR, Rossiya va boshqa qator mamlakatlarda ham paydo boʻldi. Oʻzbekitsonda 1997 yilda "Jahon adabiyoti" jurnali paydo boʻldi. U oʻzbek adabiyotini dunyo badiiyati kontekstida oʻrganish imkonini berdi. Komparativistika xalqaro adabiy aloqalarni oʻrganishga va adabiy ta’sirlar zamiridagi konuniyatni ochishga qaratilgan ilmdir. Komparativistika jahon adabiy hodisalari orasidagi oʻxshashliklarni ikki sabab bilan izohlaydi:
A) xalqlar taraqqiyotidagi tarixiy oʻxshashlik;
B) bevosita adabiy-ijodiy aloqa va ta’sirlar.
Shundan kelib chiqkan holda adabiy aloqalarni quyidagi aspektlarda oʻrganadi:
1. tipologik yoʻnalish;
2. adabiy ta’sir yoʻnalishi.
Tarixiy taraqqiyot oʻxshashligi ham bir qadar tarixiy-tipologik muvoziylikni keltirib chiqarishi mumkin. Epos, folklor, yozma adabiyotdagi oʻxshashliklarning ildizi turli omillarga bogʻliqdir. Adabiy ta’sir masalasi ham juda murakkab hodisadir. Chunki buyuk adabiy obidalar faqat zamondoshlariga emas, keyingi avlodlarga ham, makonlarda, oʻzga zamonlarda yashayotgan boshqa xalqlarga ham ta’sir kursataveradi. "Ming bir kecha", "Kalila va dimna", "Farxod va Shirin", "Alpomish", Navoiy, Shekspir, Tolstoy, Dostoyevskiy, Qodiriy, Choʻlpon, Kafka va xakozolarning ta’siri ayni shu xildagi hodisadir.
5. Funksional tahlilga xos xususiyatlar.
Badiiy adabiyotni tarixiy-funksional oʻrganish tahlildagi oʻziga xos yoʻnalish boʻlib, badiiy matnning kitobxon ongida ta’sirini, adabiy asarning omma tasavvuridagi martabasi tarixini tadqiq etish bilan shugʻullanganadi. Ma’lumki, har bir tarixiy davr oʻz oʻquvchilariga ega boʻladi. Garchi, har qanday davrda ham turli fikrlaydigan kitobxonlar mavjud boʻlsa-da, ukiydigan ommaning kupchiligi uchun xos boʻlgan sifatlarning mavjudligi ham haqiqatdir. 40-60-yillarda oʻzbek xalq dostonlari mamlakatimizdagi shaharu kishlokda ommaviy ravishda uqilgan. 60-yillarda "Shixidamas bargida" kissasi mashxur edi, oʻsha davrda "Tirik satrlar" antologiyasi yashirincha uqilar edi. 80-yillar "Ulmas koyalar" romani kulma-kul boʻldi. Vaqtida Mirmuxsin, R.Bobojon, N.Safarov asarlari mashxur boʻldi. Ammo bu asarlar vaqt sinovidan utmadi. 20 asrning 70-80 yillarida R.Parfi tushunarsiz, injik shoir hisoblanar edi. Endilikda ilmiy tafakkurimiz rivojida u oʻziga xos bosqich ekanligi ma’lum boʻldi. Bir vaqtlar Soxib Jamol asarlari, "Qismat" romani, "Kasos" kissasi ommaviy edi. Endilikda ularni deyarli hech kim ukimaydi. Choʻlpon, Qodiriy, Fitrat xatto "Alpomish" bir zamonlar rad etildi. Keyin yana qabul qilindi.Bu holatning ijtimoiy, ruhiy, estetik va funksional sabablari bor. Tarixiy-funksional tahlil ayni shu savollarga javob berishga harakat qiladi.
Davrning oʻzgarishi ijtimoiy ongni yangilaydi. Ijtiomiy tafakkurdagi yangilanishlar davrni oʻzgartirishga olib keladi. Tahlilchi asar muallifi dunyoqarashi, didi, uning bitganlari oʻz zamondoshlariga kursatgan ta’siri, millat axlining keyingi bugini matnni qanday qabul qilgani va buning sababi nimada ekanligini tekshirishga harakat qiladi. "Sinchalak", "Shoxi soʻzana", "Umid", "Girdob", "Davr mening taqdirimda" va boshqa unlab asarlar bugun yozilgan vaqtidagidan boshqacha qabul qilinayotgani, "Ugri", "Bemor" hikoyalari utgan asrning 90-yillarigacha utmish manzarasi debgina tushunilgan boʻlsa, bugunga kelib ularning hozirni ham ifodalaganligi anglashildi. Badiiy asarning funksiyasi tarixiy davrga mutanosib tarzda oʻzgarib borayotganligi tahlilda hisobga olinadi.
N.Eshonqul, O.Muxtor, X.Doʻstmuhammad, S.Vafo singari adiblar nasri 20 asrning 80-90-yillarida yaxshi qabul qilinmadi. Hozirda ularning eksperimentlariga kitobxonlar oʻrganib borishyapti. "Bahor kaytmaydi", "Mukaddas", "Umid", "Mash’al" singari bir zamonlar kuldan kuymay uqilgan asarlar bugun kupchilik nazaridan qolgan.
Tarixiy-funksional tahlil rus adabiyotshunosligida 19 asr sunggida paydo boʻldi. Aleksandr Veselovskiy Dante ijodiga shu yondashuvni tatbik etdi. Sung F.F.Zelinskiy Sitseron, I.N.Rozanov Pushkin va Tyutchev, V.M.Jirmunskiy Gyote, M.Alekseev Shekspir ijodini tarixiy-funksional jihatdan tekshirdi. M.Baxtin ham bu yondashuvdan foydalandi.

Download 373,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish