BADIIY TAHLILDA SHAKL VA MAZMUN
REJA:
1. Tahlil tamoyillari tushunchasi va uning mohiyati. Badiiy tahlil tamoyillarini tayin etishning ilmiy-nazariy asoslari.
2. Tahlil turlari va uning tamoyillari munosabati. Badiiy tahlil tamoyillarining tahlil amaliyotidagi o‘rni.
3. Shakl tushunchasining falsafiy-estetik mohiyati.
4. Mazmun tushunchasining mantiqiy mohiyati. Tahlil jarayonida shakl va mazmun munosabatining ahamiyati.
Tayanch tushunchalar: ilmiy tahlil, ilmiy tahlil maqsadi, oʻquv tahlili, tahlilning pedagogik maqsadga yoʻnaltirilganligi, didaktik tahlil qatnashchilari, “tahlil qatnashchilarining oʻzaro munosabatlari.
Badiiy asarni tahlil qilish haqida gapirganda, mazmun va shakl birligi hamda ularning oʻzaro munosabatlari masalasiga alohida tuxtalish lozim.Negaki, badiiy tahlilga tortilgan har qanday badiiy shakl (asar)dan badiiy mazmun kutilganidek, har qanday mazmun biror ifoda tarzini topishi shartdir. Badiiy asarlar ilmiy tahlil qilinganda mazkur muammo faqat estetik planda kuyiladi. Oʻquv tahliliga tortilgan asarlarga tadbikan esa shakl va mazmun masalasi ham estetik, ham pedagogik poblemadir.
Mafkura estetik tafakkurga ham hukmronlik qilgan zamonlarda badiiy asarlardagi mazmun va shakl munosabatiga falsafa ilmidagiday qaraldi. Ya’ni badiiy hodisaning oʻziga xos tabiati hisobga olinmay, unga sof ilmiy fenomenga yondashilganday munosabatda boʻlindi. Shu sabab adabiyotshunoslikda badiiy asarning mazmuni birlamchi boʻlishi, badiiy shakl esa ikkinchi darajali mavkeda boʻlishi kerak degan qarash qaror topdi. San’atda ta’sirchan, original, hech kimnikiga uxshamagan shakl emas, balki kay tarzda aytilsa-da, mazmun birlamchi ahamiyatga ega deb qarash, badiiy jihatdan nochor boʻlsa-da, ochiqchasiga kommunistik mafkura manfaatlariga xizmat qiladigan, marksistik gʻoyalarni ifodalovchi bitiklarning badiiyat namunasi tarzida qabul etilishiga qaratilgan adabiy siyosat edi.
Mazmunni birlamchi deb qarovchi adabiyotshunoslik badiiy asarning qanday yozilganligi bilan emas, balki unda nima xakda gap borganligi bilan koʻproq kizikar va shu tarika adabiyotda mavzu hukmronligi vujudga kelardi.
Shakl va mazmun tushunchasi, aslida, bir-biriga zid boʻlmagan va biri boshqasini takozo etadigan estetik kategoriyalardir. Badiiy shaklning badiiyligi shundaki, u muayyan estetik mazmunni tashiydi. Badiiy mazmun esa faqat aqlga emas, balki hissiyotga ham ta’sir etadigan shaklda ifoda etilishi bilan falsafiy ma’nodagi mazmun tushunchasidan farq qiladi. Shundan koʻrinadiki, mazmun birlamchimi yoxud shaklmi singari bahslar atay uylab topilgan va san’atni mafkuraga buysundirishga qaratilgan muammodir. Bu guyo jon muhimrokmi yoxud tana degan bahsga uxshab ketigan, samarasizligi boshdanok ayon boʻlgan tortishuvdan boshqa narsa emas. Badiiy asarning shakli bilan mazmuni bir-biridan ajratib boʻlmaydigan, shu boisdan ikkovi ham bir paytning oʻzida birlamchi ahamiyatga ega tushunchalardir. Mazmun oʻz-oʻzicha gʻoya emas. Mazmunda xolislik, ob’ektivlik, tabiiylik mavjud boʻlsa, gʻoyada tendensiozlik, tarafkashlik, sub’ektivlik ustuvor boʻladi.
Badiiy tahlilda shakl va mazmun munosabatining xal qiluvchi ahamiyati bor. Har qanday mazmun biror shaklni takozo etgani va muayyan shakldagina mavjud boʻlganidek, har qanday shakl ham muayyan mazmunga ega. Shuning uchun ham dunyo adabiyotshunosligida mazmunli shakl (soderjatelnaya forma) tushunchasi kullaniladi. Badiiy ijodda shaklni mazmunga karshi kuyish va uni ikqilamchi deb qarash mumkin emas. Badiiy asarning badiiyligi aynan shaklda namoyon boʻladi. Shakl va mazmun munosabati falsafiy, estetik, didaktik muammo sifatida kompleks qaralishi lozim. Ularning har biriga oʻziga xos yondashuv talab etiladi. Badiiy asarda qanday ifodalash hamisha ham nimani ifodalash bilan yonma-yon keladi va ahamiyati undan kam emas. Badiiy matnda shakl mazmunni ifodalash vositasigina emas, balki mazmunni jozibali, hissiy, ta’sirli qilish omili hamdir.
Tahlilda nimaga koʻproq ahamiyat berish kerak: shaklgami yoxud mazmungami? Yoki badiiy asardagi shakldan mazmun sari borish kerakmi, aksincha, mazmunni anglashdan shaklni talqin qilish sari kelgan ma’kulmi? kabilidagi savollarga javob berish nafaqat nazariy, balki amaliy ahamiyatga ham egadir. Agar amaldagi adabiy qarashlarda mazmun tushunchasiga gʻoyaga aylangan fikr tarzida yondashuv hukmron boʻlmaganda va har qanday asarga, avvalo, qanday gʻoyani ilgari suradi tarzidagi savolni berish ustuvor turmaganda, shakl va mazmun singari ayrilmas butunlik haqida bu taxlit masala kuyib utirilmas edi. Xolbuki, hozir ham badiiy asardan, avvalo, gʻoya kidiradigan va shu bois istalgan badiiy asaro tahlilidan: "Adib mana bunday demokchi..." kabilida xulosa chiqarishni talab etadigan filolog mutaxassislar anchagina.
Tahlilda shakldan mazmun sari borish kerak. Chunki shaklning goʻzalligini kashf etish imkoniyatlari cheksizdir va shu bois tahlilchilarga faoliyatning cheksiz imkoniyatlari ochiladi. Shaklning qirralari kashf etilgani sari undan chiqadigan badiiy mazmun terinlashib, xilma-xillashib boraveradi. Asar tahlili gʻoya kidirishdan boshlanadigan boʻlsa, tahlilchi akidaga, hukmu xulosaga duch keladi. Akida bor joyda xayolot parvoziga oʻrin kolmaydi. Xayolot parvozi tuxtagan joyda badiiy asar ham yukka chiqadi. Ayniksa, moʻjizakor lirik asarlar tahlilga tortilganda, oʻquvchilarni akidaga yetaqlib kelmaslik lozim. Ularga badiiy libos zamiridagi jozibadan bahramand boʻlish imkonini berish kerak.
Choʻlponning "Binafsha", "Goʻzal", Usmon Nosirning "Yurak", Hamid Olimjonning "Holbuki tong", "gʻazal", Abdulla Oripovning "Birinchi muxabbatim", "Bahor", "Sarob", Rauf Parfining "Tong otmokda", "Yomgʻir yogʻar", "Xato qildim", Omon Matjonning "Kushik" singari ichkin she’riy asarlarining tahlilga oson buy bermasligi ham mukammal badiiy shaklga egaligida va chukur mazmun goʻzal shaklning sehrli ka’riga berkitilganidadir. Bu asarlarning sirli badiiy libosga burkangani faqat voqealarni mantiqiy tushunchalar mezoni bilan "Tahlillash"ga odatlanib qolgan mutaxassislarni kiynab kuyadi va ular ba’zab bu estetik shakllardan qanday badiiy mazmun chiqarish mumkinligini bilishmaydi. Badiiy asarlarni oʻrganishda mazmunni anglashga tutinishdan ish boshlagan mutaxassis bu ichkin asarlarning butun jozibasini, oʻziga xosligini nazardan kochiradi. Mazmun izlashga zur bergan kishi oʻz-oʻzidan badiiy matndan oʻzoqlashib boraveradi. Badiiy matn soxirligi esa oʻquvchi nazaridan chetda kolaveradi. Shu jihatdan, Rauf Parfining "Yomgʻir yogʻar" she’ri tahlili harakterlidir:
Yomgʻir yogʻar, shigalab yogʻar,
Tomchilar tomchilar sochimga,
Yomgʻir yogʻar, shigalab yogʻar,
Ham qaygʻumga, ham quvonchimga...
Rauf Parfining uch turtlikdan iborat mu’jazgina she’ri shu taxlit boshlanadi va uning teng yarmi - olti misrasi "Yomgʻir yogʻar, shigalab yogʻar" satrlari takroridan iboratdir. Filolog - tahlilchi mushtariylarning e’tiborini misralar zamiriga yashiringan jozibani topishga qaratishdan ish boshlashi kerak. Shigalab yogayotgan ezgin yomgʻir, yomgʻir tagida ruhi gox maxzun, gox xushnud toʻrgan shoir, sochlarga tomayotgan tomchilar, yogayotgan yomgʻirning lirik qahramon qaygʻusiga ham, quvonchiga ham baravar tomchilayotgani tasviri oʻquvchilar ruhiy holatida bezovtalik paydo qiladi. Ular yomgʻir tagida toʻrgan nozikta’b lirik qahramon holatini xis qiladilar, uning kechinmalarni yogayotgan yomgʻir singari moddiy narsa tarzida koʻz oldilariga keltiradilar.
Shoir yomgʻir yogayotgani haqida xabar bermaydi, balki yomgʻirni she’rxon koʻz ungida "yogdiradi". Oʻquvchi misralarga jo qilingan soʻzlar orasidan yomgʻirning bexudud shitirini, chakqilab tomayotgan tomchilarni "topadi". "Yomgʻir yogʻar, shigalab yogʻar, Tomchilar tomchilar sochimga..." misralaridagi ketma-ket takrorlanayotgan "ch" tovushi chakqillab tomayotgan tomchining oxangini beradi. Ayni vaqtda, she’rxon tomchilar soʻzining yonma-yon kelayotganiga e’tibor berish, bir soʻzning bir misrada ikki bor takrorlanishiga diqqat qilish jarayonida uning ikki ma’no tashishini kashf qiladi. Oldin kullangan "tomchilar" ot soʻz turkumiga mansub boʻlib, urgu "i" tovushiga tushishini, keyingi "tomchilar" soʻzi esa, fe’lga mansub boʻlib, urgʻu "o" tovushiga tushishini bilib oladi. Bir qarashda tamomila bir xil boʻlgan ikki soʻzning yonma-yon kullanilishidan oʻshancha badiiy ma’no topa bilish kishining fantaziya ufkini kengaytiradi, olam goʻzalligini teranrok xis qilishiga yul ochadi. Shigalab yogayotgan yomgʻir sehriga berilib yomgʻirni unutgan, uning sirli musikasiga asir boʻlgan shoirning kungli ham yomgʻirga aylanadi va she’r sungida shunday misralar kuyilib keladi: "Yomgʻir yogʻar, shigalab yogʻar, Yoga boshlar kogozga koʻngil". Matn tahliliga toʻgʻri yoʻnaltirilgan she’rxonlar asar badiiyati shaklga mohirlik bilan joylashganligini topa oladilar va bu narsa ularning nafaqat emotsional rivojiga, balki tafakkur taraqqiyotiga ham ta’sir koʻrsatishi shubxasizdir. Demak, tahlilni shaklni kashf qilishdan boshlash, undan keltirib chiqarish mumkin boʻlgan badiiy mazmunini yukka chiqarmaydi, balki uning ta’sir kuchini oshirishga xizmat qiladi.
Shaklga e’tiborsizlik, unga bepisandlik bilan qarash ba’zan uning butun goʻzalligini yukka chiqaradi. Badiiy asar-jonli vujud, daxlsiz butunlik. Tirik odamning biror muchasini boshqa yerga kuchirish izsiz utmaganidek, chin badiiy asarga vujudiga ham teginib boʻlmaydi. Yaxlitligiga daxl qilingan asar badiiyligidan ayriladi. E.Voxidovning "Ixlos" deb ataladigan she’ri bor. She’rdagi turt misra oddiy mantiq talabiga muvofiq va grammatik qoidalarga mos tarzda oʻzgaritirilganda, asar jozibasi yukka chiqadi:
Yigit qaytdi orzulari yoshdek toʻkilib,
Barbod boʻldi qalbidagi buyuk ehtiros.
Tasodifiy bir holatning qurboni boʻlib,
Soʻndi u kun pok yurakdan buyuk bir ixlos.
Bu turtlikning birorta ham soʻzini oʻzgartirmagan holda grammatik qoidalarga muvofiq tarzda joylashtirish mumkin: "Yigit orzulari yoshdek toʻkilib qaytdi. Qalbidagi buyuk ehtiros barbod boʻldi. Buyuk bir ixlos tasodifiy bir holatning qurboni boʻlib u kun pok yurakdan sundi". She’rda ifodalangan mazmunga zarracha ham daxl qilinmadi. Mantiqiy-grammatik jihatdan turtlikdagi gaplar juda toʻgʻri joylashtirildi. Ammo mantiqiy-estetik jihatdan girt notoʻgʻri yul tutildi va shaklga tajovoʻz qilingani uchun goʻzal badiiy hodisa yukka chiqarildi. Koʻrinadiki, badiiyat uchun shakl ham ustuvor ahamiyat kasb etar ekan. Asl badiiy asarlarda soʻz emas, balki biror tovush yoki belgi oʻzgartirib yuborilishi ham katta estetik talofatlarga sabab boʻladi. Xullas, badiiy tahlilda oʻquvchiga badiiy shaklni xis etish, uning ahamiyatini anglash yoʻllari urgatilsa, asardan tabiiy yoʻsinda kelib chiqadigan badiiy ma’noni toʻliq ilgab olishga muvaffak boʻlinadi.
Shaklning ustuvor makomi, badiiy ijodda uning tutgan baland rutbasi, ayni vaqtda, shaklning mazmundan ajratib qaralishi mumkin emasligi hazrati Navoiy tomonidan "Hayrat ul-abror" asarida goʻzal yoʻsinda tasvir etilgan:
Soʻz aro yalgon kibi yuk nopisand,
Aylar aning nazmini dono pisand.
Oʻrnida tishlar duri manzum erur,
Chun sochilar kiymati ma’lum erur.
Vardu shajar shoxid erur bog aro,
Lek utin silkidadur tog aro.
Munda parishonligi noxush qilib,
Anda murattabligi dilkash qilib...
Daftari nazmida chu sherozadur,
Gul varagi gulshan aro tozadur.
Oʻzdi chu sherozani daftari,
El uchurur har varagin bir sari.
Nazm anga gulshanda ochilmogligi,
Nasr qaro yerga sochilmogligi.
Boʻlmasa e’joz makomida nazm,
Boʻlmas edi tengri kalomida nazm.
Nazmda ham asl anga ma’ni durur,
Boʻlsin aning surati har ne durur.
Nazmki ma’ni anga margub emas.
Axli maoniy koshida xub emas.
Nazmki ham surat erur xush anga,
Zimnida ma’ni dogi dilkash anga.
Yorab, ani xalq dilafroʻzi et,
Xasta Navoiyga dagi roʻzi et.
Koʻrinadiki, badiiy tahlil asnosida shakl va mazmun munosabatining estetik me’yori topilgan hamda unga amal qilingan holdagina chuqur badiiy tahlil qilish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |