Instituti oʻzbek adabiyoti кафедраси badiiy tahlil асослари fanidan m a ‘ ruza larmatni nukus, ndpi


Badiy matnni tekshirishdagi ilmiy maktablar



Download 373,5 Kb.
bet12/15
Sana16.04.2022
Hajmi373,5 Kb.
#556074
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
1.1. Маъруза АСОСИЙ

Badiy matnni tekshirishdagi ilmiy maktablar.
1. Tahlil tarixi, uning koʻrinishlari.
Agar dastlabki badiiy asar hazrati Odam tomonidan yaratilgan boʻlsa, oʻsha zamonlardan buyon badiiy matnni oʻrganish, oʻzlashtirishga oʻrinib kelinmoqda. Chunonchi, odamiyatga nozil etilgan barcha mukaddas kitoblar ham insoniyatning eng buyuk aql egalari tomonidan tafsir qilib kelingan. Ma’lumki, bu kitoblar bir darajada badiiy asarlar sanalardi. Botish, yurtlarida mukaddas kitoblarning tafsiriga "eksegez" - anglatish, tushuntirish deb qaralgan. Badiiy asarni tekshirishning yuqorida sanalgan turlari yo matn interpretatsiyasi va yoki xermenevtikasi yoʻnalishida amalga oshirilgan.
2. Matn interpretatsiyasi va xermenevtika. Badiiy matnga tahlilchi oʻz maqsadi, falsafiy qarashlar tizimi, estetik tayyorgarlik darajasi, ilmiy va badiiy saviyasi va boshqa omillardan kelib chiqkan holda yondashadi. Badiiy tahlilni amalga oshirishda turli millatlar va mintakalarda turlicha munosabatlar tizimi qaror topgan. Chiqish va Botish mintakalarida badiiy matnga tamomila turlicha munosabatda boʻlib kelingan. Chiqish, xususan, Turkisonda badiiy asardan, birinchi navbatda, san’at talab etilgan. Badiiy matnning ta’sirli, oʻziga xos, betakror nafis va kutilmagan boʻlishiga e’tibor qaratilgan. Botishda esa badiiy matndan koʻproq ijtimoiy ma’no kidirilgan, bu xol sotsiologik, funksional tahlil yoki boshqacha aytganda interpretatsiyani kelib chiqargan. Shuning ta’sirida adabiyotshunoslik ilmida har qanday badiiy asar oʻz-oʻzidan estetik, tarbiyaviy va ijtimoiy-ma’rifiy funksiyalarni birvarakayiga bajaradi deb hisoblab kelingan. Tahlil mobaynida muayyan badiiy asarda ayni shu funksiyalar qaytarzda va qanchalik darajada ado etilishini aniqlashga oʻrinilgan.
Badiiy asar interpretatsiya qilinganda, uning nafis san’at asari ekanligiga unchalik e’tibor qilinmay, diqqat matnni talqin etishga, ya’ni tushuntirishga, unda nima xakda gapirilayotganligini ochishga qaratiladi. Interpretatsiya tekshirilayotgan matnga oʻsha davr talabidan kelib chiqib yondashishni takozo etadi.
Xermenevtika esa badiiy asarga tadqiqiy yondashuvni talab qiladi. Tahlilchi badiiy matning katlaridagi yashirin ma’nolarni tekshirishga intiladi. Uning badiiyligini ta’minlangan tasviriy unsurlarning oʻrnini belgilash, asarning ijtimoiy salmogini kashf etishdan kam kurilmaydi. Tahlil xulosalari faqat bir davrga emas, balki zamonlarga yararli boʻladi.
3. Tipologik tahlil belgilari.
Badiiy matnni tarixiy-tipologik oʻrganish badiiy asarni alohida filologik-estetik butunlik sifatida emas, balki ijtimoiy-tarixiy jarayonning tabiiy oqibati tarzida izohlaydi. Bunga koʻra insoniyat tarixi bir xil konuniyat asosida rivojlanadi, binobarin, xalq yaratadigan badiiy obidalar ham ayni ijtimoiy-iktisodiy taraqqiyot bosqichiga muvofiq tarzda vujudga keladi. Sovet folkloristikasi tarixiy-tipologik nazariya asosida yuzaga kelib, rivojlanadi. Afsuski, xanoʻzgacha ham oʻzbek adabiyotshunosligda ana shu nazariyaga tayanib fikrlashga mayl kuchlilk qilmokda. Shu bois "Alpomish" deyarli barcha turk xalqlarida xatto dunyodagi turkiy boʻlmagan ayrim xalqlar ogzaki ijodida ham oʻz muvoziylariga, variantlariga, oʻxshashliklariga ega degan qarash mavjud. Bu qarashga koʻra ijodiy daho mahsuli boʻlmish badiiy matn shunchaki tarixiy jarayon rivojining tabiiy va gayriixtiyoriy natijasi, mahsulidir.
Sovet olimlari tarixiy-stadial faktorga tayanib, tarixiy-tipologik nazariya asosida turli xalqlar folkloridagi umumiy jihatlarni, xalq ogzaki ijodi janrlari taraqqiyotining sabablarini ijtimoiy hayotdagi oʻxshashlik bilan izohlashga harakat qilishadi. Estetik hodisaning oʻziga xos rivojlanish konuniyatlari boʻlishi mumkinligini hisobga olmaydigan ushbu qarash, ta’limot folklor taraqqiyoti konuniyatlarini toʻgʻri izohlashga kodir emasdir. Hozirga kelib, milliy adabiyotshunosligimizda tahlilning bu yoʻnalishi barham topib bormokda.
4. Qiyosiy tahlil sifatlari.
Badiiy tahlil tarixida badiiy asarga qiyosiy-tarixiy yondashuv ham muhim oʻrin tutgan. Badiiy adabiyotni komparativistik oʻrganish 19 asr boshlarida paydo boʻlgan. Gyote "Umumiy dunyo adabiyoti" shiorini urtaga tashladi. U badiiy adabiyotni dunyo xalqlari uchun bir-birini ruhan boyituvchi, davlat chegaralarini tan olmay, ulardan uta oladigan estetik hodisa deb bildi. Qiyosiy-tarixiy adabiyotshunoslik yoki komparativizm tahlilning bir yoʻnalishi sifatida birinchi jahon urushidan keyin toʻliq shakllandi. Ikkinchi jahon urushidan sung,

Download 373,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish