O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
AJINIYOZ NOMIDAGI NUKUS DAVLAT PEDAGOGIKA
INSTITUTI
OʻZBEK ADABIYOTI КАФЕДРАСИ
BADIIY TAHLIL АСОСЛАРИ
fanidan
M A ‘ R U Z A LA R M A T N I
NUKUS, NDPI
1-mavzu: KIRISH. BADIIY ASAR TAHLILI FAN SIFATIDA
REJA:
„Badiiy tahlil asoslari“ fani predmeti, maqsad va vazifalari.
Fanning ijtimoiy va ilmiy-nazariy ahamiyati.
Ilmiy-tadqiqot ishlari bilan aloqadorligi.
„Badiiy asar tahlili“ fanining taraqqiyot istiqbollari.
Tayanch tushunchalar: ”Badiiy tahlil”, “hermenevtika”, “badiiy tahlil idroki”, “ma’naviyat va badiiy asar”, “adabiyotshunoslik va tahlil”, “tahlil va ma’naviyat”.
“Badiiy tahlil asoslari” kursi filolog mutaxassislarni badiiy asar bilan professional darajada ishlashga oʻrgatish omilidir. Dunyoning koʻpgina universitetlari, shuningdek, MDHning Rossiya, Qozogʻiston, Ukraina singari mamlakatlardagi universitetlarning filologiya fakultetlarida anchadan buyon "badiiy tahlil" yoki "Xermenevtika" alohida predmet sifatida oʻrganilayotir. Badiiy tahlildan xabarsizlik yoki bu borada yetarli malakaga ega boʻllmaslik oliy filologik ta’limni samarasiz qiladi. Oʻzbek adabiyotshunoslik ilmining dunyo adabiyottanuvi darajasidan orqadaligi, xermenevtik usullardan yiroqligi, psixoanalitik strukturalizm imkoniyatlaridan foydalanolmasligi, badiiy talqinning, asosan, sotsiologik interpretatsiya tusida ekanligi badiiy tahlil nazariyasini bilmaslik amaliyotini oʻzlashtirmaganlik oqibatidir.
Badiiy asar tahlili juda qadim zamonlardan buyon ilm egalarining diqqatini tortib kelgan. Shuning uchun xam unga olimlar tomonidan turlicha ta’rif berib kelingan. Badiiy tahlil Chiqish adabiyotshunoslik ilmida azaldan muhokama mavzusi boʻlgan. Forobiy, Ahmad Taroziy, Navoiy, Bobur singari mutafakkirlarning asarlarida badiiy tahlilga doir islomiy-turkiy qarashlar aks etgan.
San’at inson evristik faoliyatining eng oliy koʻrinishidir. Badiiy adabiyot san’atning boshqa turlari orasida alohida mavqega egadir. Chunki u inson ma’naviyatini shakllantirishda asosiy oʻrin tutadigan vositadir. Gʻoyat koʻp oʻlchovli murakkab butunlik boʻlmish badiiy adabiyot oʻquvchi tomonidan oʻqilib, his etilib, anglanib olingandagina ta’sirchan estetik-ma’naviy energiyaga aylanadi. His etilmagan, anglanmagan goʻzallik ma’naviyatga ta’sir koʻrsata olmaydi. Shuning uchun ham adabiyot oʻqitishda badiiy asar tahlili alohida mavqega, ahamiyatga egadir. Adabiy ta’lim oldidagi bosh maqsadga erishish uchun filolog mutaxassis badiiy asarni tahlillash yoʻllarini puxta egallab olishi shartdir. Badiiy matn tahlilisiz barkamol shaxs shakllantirilishi amalga oshmaydigan orzudir, xolos. Chinakam badiiy tahlil boʻlmagan joyda badiiy matn oʻquvchining tuygʻulariga ta’sir etmaydi, ma’naviyatining shakllanishiga xizmat qilmaydi.
Mafkuraviy adabiyot oʻqitish, aslida, badiiy asarsiz adabiy ta’lim edi. Bunda badiiy matnning oʻzi bilan emas, balki undan chiqarilishi mumkin boʻlgan ijtimoiy ma’no bilan qiziqilar edi, xolos. Natijada, adabiyot oʻqitish quruq nasihat, yalangʻoch aqidaparastlik, siyosatshunoslik, jamiyatshunoslikka aylanardi. Bu faqat Oʻzbekiston adabiy ta’limigagina xos xususiyat boʻlmay, kommunistik mafkura hukmronlik qilgan barcha oʻlkalarda ham ahvol shu edi. Sovet Ittifoqi atalmish bepoyon imperiyaning hamma joyida ham talabalarga yalangʻoch haqiqatlar, zerikarli aqidalar, sinfiy kurashlar mohiyatiga daxldor umumlashmalar, adiblar hayotiga doir ma’lumotlar singari axborotlarni yetkazish adabiy ta’lim deb qaralar, yoshlar chinakam badiiy soʻz ta’mini his qilishdan, adabiy asar matnidan bevosita zavqlanishdan uzib qoʻyilgan edi.
Jamiyat a’zolarining biror ilmiy haqiqatni bilmay qolishi jamiyat uchun ham, shaxsning oʻzi uchun ham jiddiy yoʻqotish boʻlmagani holda, biror ma’naviy qadriyatni, axloqiy sifatni oʻzlashtirmaganligi chinakam fojiadir. Mamlakatimiz oʻrta maktablarida tahsil koʻrgan har bir kishi Pifagor teoremasini yoxud suvning kimyoviy tarkibi nimadan iborat ekanligini tutilmay aytib beroladi. "Toʻgʻri burchakli uchburchak gipotenuzasi kvadrati katetlar kvadratlari yigʻindisiga teng" ekani haqidagi ma’lumot ta’lim tizimi uchun oʻzlashtirish nihoyatda zarur haqiqat hisoblanadi. Holbuki, bu ta’rifni oʻzlashtirish yoki oʻzlashtirmaslik na tabiat, na jamiyat, na shaxs rivojiga hal qiluvchi ta’sir koʻrsata oladi. Eng muhimi, mazkur haqiqatni bilish oʻquvchi ma’naviyatiga, qalbiga deyarli daxl qilmaydi. Pifagor teoremasini bilganda ham, bilmaganda ham kishining, uni oʻrab turgan olamning mohiyati oʻzgarishsiz qolaveradi. Lekin hazrat Navoiyning:
Lolazor ermaski, ohimdin jahonga tushdi oʻt,
Yoʻq shafaqkim, bir qiroqdin osmonga tushdi oʻt
matla’li yoki:
Meni men istagan oʻz suhbatiga arjumand etmas,
Meni istar kishining suhbatin koʻnglim pisand etmas
tarzida boshlanadigan gʻazallari bilan tanishgan, ularning badiiy jozibasi va mantiqiy qudratidan xabardor boʻlgan odam uchun olam ham, odamlar ham, hayot ham boshqacharoq boʻlib qolishi aniq. Demak, asl badiiy asar odamning oʻzida, uning tabiatida, ma’naviyatida evrilish sodir qiladi. Abdulla Oripovning har satridan insoniy dard balqib turuvchi "Oʻylarim" she’ridagi quyidagi satrlar oʻquvchi tuygʻularida oʻzgarish yasashini inkor etib boʻladimi:
Olti oykim, she’r yozmayman, yuragim zada,
Olti oykim, oʻzgalarga tilayman omad.
Olti oykim, doʻstlarim ham pana-panada
Iste’dodim soʻnganidan qilar qaromat.
Nimanidir axtaraman she’rdan ham ulugʻ,
Nimanidir qidiraman nondan azizroq.
Dunyo oʻzi bepoyonku ranglarga toʻlugʻ,
Biroq mening koʻzlarimdan ranglar ham yiroq.
... She’r izlayman bukun Toshkent koʻchalarida,
Sekingina zirqiraydi beorom qalbim.
Men umrimning bu suronli kechalarida
Na bir taskin topa oldim, na she’r topoldim.
... Ta’na qilmay axir sevgim mukofotini
Inson uchun ming otashda kuyar edim men.
O, qanchalar sevar edim inson zotini,
Qanday buyuk muhabbat-la sevar edim men.
Bugun toʻnib atrofimga qarayman gʻamgin,
Oʻt berolmas, qalbga endi u yoshlik damlar.
Men insonni bir insonday sevardim, lekin
Nechun koʻpdir haligacha razil odamlar...
Haqiqiy badiiyat, anglangan va anglatilgan goʻzallik kitobxonning ma’naviyatigagina emas tafakkuriga xam ijobiy ta’sir koʻrsatadi, uning shaxs sifatida shakllanish jarayoniga toʻgʻri yoʻnalish beradi.
Badiiy adabiyotni faqat hayotiy savollarga javob beradigan, oʻquvchilarni yashashga oʻrgatadigan amaliy vosita tarzidagina taqdim qilish zararlidir. Chunki badiiy adabiyot savollarga javob bermaydi, balki kitobxon oldiga savollar qoʻyadi. Shuningdek, u yoki bu tarzda yashash kerak deb tavsiya ham bermaydi, yoʻl koʻrsatmaydi. Chunki inson tabiatining, hayotiy vaziyatlarning sanoqsizligi, hisobsiz muqobillarga egaligi bu xil tavsiyalarni darrov samarasiz qiladi. Mabodo, adabiyot biror buzilgan narsani tuzatsa ham, faqat muhabbat dorisi bilan, insoniylik malhami bilan tuzatadi.
Saksoninchi yillardan boshlab, adabiy ta’limda asar tahlilining hal qiluvchi ahamiyati anglanadigan boʻldi. Oʻsha anglanishning, asar tahlili inson ma’naviyatining shakllanishida tutgan yuksak mavqeyi tan olinishining natijasi oʻlaroq "badiiy tahlil" yoki "Hermenevtika" singari yangi filologik fanlar paydo boʻldi hamda bir qator respublikalardagi oliy maktablarning filologiya fakultetlari oʻquv rejalariga kiritilib, oʻqitila boshlandi. Afsuski, filolog mutaxassislarning ham badiiy tahlil madaniyati gʻoyat past, oliy maktablarni bitirib chiqayotgan yosh mutaxassislarda san’at asarlarini tahlil qilish koʻnikmalari shakllantirilishi lozim. Mazkur fan milliy adabiyotshunoslik tomonidan nazariy jihatdan ishlab chiqilmokda. Xullas, hozirgi kunda, xuddi madaniy saviyasi baland mamlakatlarda boʻlgani singari, "Badiiy tahlil" ilmini yaratish hamda uning oliy oʻquv yurtlari filologiya fakultetlarida oʻqitilishiga erishish oʻzbek adabiyotshunosligi oldidaga muhim vazifalardan biri. Shuning uchun ham "Badiiy tahlil asoslari" kursining oʻzbek filologik ta’limidagi xermenevtik yoʻnalishdagi dastlabki fan sifatida oʻqitilishi katta ma’rifiy ahamiyat kasb etadi.
Qachonki, boʻlajak filolog badiiy asarlarni tahlil etish yoʻl-yoʻrigʻini fanniy asoslarda oʻrganmas ekan va har qanday janrdagi asarni tahlillay olish malakasiga ega boʻlmas ekan, adabiy ta’limdan kuzatilgan maqsad toʻliq amalga oshmaydi. Adabiyot oʻqituvchisi nochorligicha, adabiyot darslari zerikarliligicha, asardan chiqariladigan xulosa "ijtimoiy nasihat"ligicha qolaveradi. Tahlil gʻarib boʻlganligi uchun adabiyot oʻqitish jarayoni oldiga qoʻyilgan bosh maqsad, ya’ni barkamol shaxs shakllantirishga erishilmaydi, uning oʻrniga quruq va yoqimsiz nasihat bilan oʻquvchilarni haqiqiy adabiyotdan bezdirish, binobarin, ularning ma’naviyatini kambagʻallashtirish davom etaveradi.
Adabiyot mutaxassislari tahlillash malakasiga yetarlicha ega boʻlmaganliklari uchun talabalarga nima "berish"ni xam, ulardan nimani "olish"ni xam bilishmaydi. Shu bois, adabiyot darslarida talabalar zimmasiga gʻoyat yengil va keraksiz "yuk" qoʻyiladi. Yengil-yelpi talabalarning xayolotini ishga solmaydigan, aqlini zoʻriqtirmaydigan "javob"lar adabiyot boʻyicha ijobiy baho olish uchun yetarli hisoblanib kelinadi. Chunonchi, fizika darsida butun olam tortilish konunini yaratish uchun Nyutonning boshiga tasodifan tushib ketgan olma turtki boʻlganini aytgan, ammo konunning mohiyatini bilmagan oʻquvchiga "yomon" baho kuyiladi va toʻgʻri qilinadi. Ammo "Xamsa" asarining 2,5 yil mobaynida yaratilgani va uning besh dostondan iboratligini bilgan talabaga, garchi u "Xamsa"ni ochib kurmagan boʻlsa-da, "yomon" baho kuyish mumkin emas! Chunki adabiyot perdmeti uchun usha "bilim" xam yetarli!
Badiiy asar matni bilan ishlashni oʻz faoliyatining markaziy masalasi deb hisoblamaydigan adabiy ta’lim muvaffaqiyatsizlikka mahkumdir. Badiiy tahlilsiz adabiy ta’lim ma’naviyatsiz shaxs, bilimsiz mutaxassis demakdir. Yangilangan milliy pedagogikamiz oʻz oldiga ma’naviyati yuksak shaxslarni shakllantirish maqsadini kuygʻan ekan, adabiy ta’limda badiiy tahlil xal qiluvchi ahamiyatga ega boʻlishi shubhasizdir. Malakali badiiy tahlil boʻlmagan joyda moʻjizaviy asarning sehri, siri, jozibasi yoʻqqa chiqadi, uning zamiridagi badiiy va hayotiy ma’no payqalmay kolaveradi. Adabiyot oʻqitishda badiiy tahlilga e’tibor gʻoyat sust boʻlganligi uchun xam millat axlining bir necha avlodi Navoiy, Bobur, Mashrab va Qodiriysiz yashab kelmokda. Chunki yoshlarga daho ijodkorlarning asarlariga xos badiiy jihatlar butun kulami, kup qirraliligi bilan yetkazib berish mexanizmi ishlab chiqilgani yuk.
Badiiy tahlil yoʻllari oʻzlashtirilmaguncha oʻquvchilar haqiqiy adabiyotni yengil-yelpi, ommaviy bitiklardan farqlay olmay yuraveradilar. Bu holat ularni haftafahmlikka, badiiy daltonizm (shabkurlik)ga, didsizlikka olib boradi. Estetik shabkurlik, didsizlik kishini ma’naviy bepisandlik va axloqiy loqaydlikka olib keladi. Adabiy asarni tahlil qila olmagan, binobarin, undan ta’sirlana bilmagan kishi ma’naviy qadriyatlarga mensinmay qaraydigan boʻladi. Chunki bunday kishiga oʻzgani xis etish - begona. Unda tor amaliyotchilik, manfaatparastlik illatlari xuruj qilish imkoniyati katta. Shuning uchun xam badiiy tahlilni amalga oshirish oddiy didaktik yumush emas, balki uta muhim ma’naviy tadbir xamdir.
"Badiiy tahlil asoslari" kursining boshqa biror fan bevosita shugʻullanganmaydigan uz predmet mavjud. Ya’ni oʻzbek filologik ta’lim tizimida mavjud boʻlgan birorta fan bevosita badiiy matnni tahlil qilish yoʻllarini urgatish bilan shugʻullanganmaydi.
"Badiiy tahlil asoslari" fani ulkan ijtimoiy-estetik ahamiyatga egadir. Asosli ilmiy tahlil boʻlmagan joyda badiiy asar tula anglanmaydi. Badiiy matnni tula anglamagan filolog uzga odamning ma’naviyatini shakllantirishda samaraga erisha olmaydi. Xolbuki, filologlar millat axli ma’naviyatini shakllantirishga mas’ul boʻlgan kasb egalaridirlar. Jamiyat a’zolari hayotida badiiy adabiyotning baland martabadaligi, ta’lim tizimida adabiyot alohida imtiyozli mavqeda turishining sababi uning ulkan ijtimoiy ahamiyatidan kelib chiqadi. Ma’naviiy-axloqiy qadriyatlar xam shu yoʻnalishdagi muayyan tajribalarni oʻzlashtirishdan kelib chiqadi. Bu xil tajriba xar bir odamning uz boshidan kechirilishi shart emas. Balki badiiy asar qahramonlari holatini anglash, ularning hissiyotlari, tuygʻulari junbushga kelganligi sababini tushunish kishida xuddi usha qahramonlarniki singari sezimlarning shakllanishiga sabab boʻladi.
"Badiiy tahlil asoslari" fanining oʻziga xos tadqiqot metodlari xam mavjuddir. Chunonchi, komparavistika, kuzatish, dalillash, deduksiya, induksiya, umumlashtirish, shartlilik, psixologik asoslanganlik singari metodlar mazkur fanga doir xulosalarni chiqarishda kullaniladigan ilmiy-tadqiqot usullaridir. Bu tadqiqot metodlari fanning boshqa soxalarini tadqiq etishda boshqacha yoʻsinda ishlatiladi. Tilga olingan ana shu uch omil "Badiiy tahlil asoslari" kursining alohida fanligini ta’minlaydi.
2-mavzu: BADIIY TAHLILDA FALSAFIY VA MILLIY ASOSNING O‘RNI
REJA:
1. Olamni estetik idrok etish va badiiy tasvirlashning ijodkor dunyoqarashiga aloqadorligi.
2. Ijodkor badiiy qarashlari tizimining shakllanishida falsafiy asoslarning o‘rni.
3. Badiiy tasvir va milliy mansublik aloqasi. Materialistik falsafa va badiiy ijod. 4. Olamni badiiy idrok etish va tasvirlashda tasavvuf ta’limotining o‘rni.
Do'stlaringiz bilan baham: |