Instituti oʻzbek adabiyoti кафедраси badiiy tahlil асослари fanidan m a ‘ ruza larmatni nukus, ndpi



Download 373,5 Kb.
bet14/15
Sana16.04.2022
Hajmi373,5 Kb.
#556074
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
1.1. Маъруза АСОСИЙ

20 asrning 60-70 yillarida M.B.Xrapchenko tarixiy-funksional adabiyotshunoslik atamasinit ilmga qat’iy tarzda kiritdi. Badiiy matn struktur butunlik sifatida oʻzgarmagani holda uning qabul etilishida davr qilayotgan ta’sirni anglash ilmiy va estetik jihatdan muhim ahamiyat kasb etadi.
6. Sotsiolistik talqin belgilari.
Jahon adabiyotshunosligi taraqqiyotida, badiiy matnni ilmiy tadqiq etishda madaniy-tarixiy maktab deb atalgan okimning ham oʻrni katta boʻlgan. Ovrupodaadabiyot ilmi baland rutbaga kutarilmagan, badiiy matnga baho berish tamoyillari toʻliq shakllangmagan bir shariotda madaniy-tarixiy maktab dunyoga keldi. Madaniy-tarixiy maktab 19-asrning urtalarida shakllandi. Unga fransoʻz teologi, faylasuf va esteti Ippolit Ten asos soldi. Ten oʻzining "San’at falsafasi" asarida badiiy fenomenga tushunarsiz va sirli hodisa emas, balki xuddi tabiiy fanlarda boʻlgani kabi sabab-oqibat aloqadorligi (determenizm)ga ega, tarixiy sharoit yetilgach paydo boʻlishi tabiiy bir hodisa sifatida yondashdi.
Tenga qadar xuddi Chiqishda boʻlgani singari Botishda ham biror asarning yuzaga kelishi muallif talantining namoyon boʻlish darajasigagina bogʻliq deb qaralardi. I.Ten ilk bor badiiy asar muallif talanti mahsuli deb hisoblamadi. U birinchi boʻlib, badiiy asarni xalq ruhi, millat tarixi, uning madaniyati taraqqiyotining darajasi bilan boglab izohlash yulini tutdi. "San’at asarlari oʻzlari bogʻliq boʻlgan fikr va axloq bilan birga paydo boʻladi va birga yuk boʻladi",- deb yozadi olim. Ten adabiyotshunoslik ijodning konuniyatlarini belgilab berishga yoʻnaltirilishi lozim degan fikrni yokladi. Uning qarashlarida uch xususiyat seziladi: birinchidan, tabiat hodisalarini izohlash mumkin boʻlgani singari badiiy matnlarning dunyoga kelishi va tabiatini deterministik anglatish mumkin. Ikkinchidan, adabiy faktlarni izohlash, tushuntirish va konuniyatlarni belgilashni adabiyot hodisalardagi izohga buy bermaydigan jihatlarga karshi kuyish kerak. Uchinchidan, irk yoki milliy temperament: ijtimoiy-iktisodiy va jugrofiy muxit; tadbik etilayotgan yoki erishilgan madaniy daraja hamda badiiy an’analar badiiy hodisaning yuzaga kelishini tushuntirib, uning konuniyatlarini tayin etadigan omillardir.
Madaniy-tarixiy maktab vaqillari biologiya, tabiatshunoslik ilmi metodlarini adabiyotga tatbik etdilar. Ular adabiyot tarixi bilan jamiyat tarixini teng qilib kuydilar. Badiiy asar mustaqil qadriyat, alohida estetik butunlik emas, balki davrning, tarixning kiyofasi, xaykali deb qaraldi. Adabiyotning jamiyatga, tarix rivojiga ta’siridan koʻz yumildi. G.Lanson, F. Buyuneter (Fransiya), Ch.Brandes (Daniya), V.Sherer, G.Gener (Olmoniya), A.Pupin, A.Tixonravov (Rossiya) singari olimlar madaniy-tarixiy maktab rivojiga xissa kushganlar.
Sotsiologik talqin ham badiiy tahlil tarixida muhim oʻrin tutadi. Bu usulga koʻra badiiy adabiyot ijtimoiy asoslangan hodisadir. Badiiy adabiyot ijtimoiy hayot bilan juda kup jihatlardan boglangandir, aloqadordir va shu bois badiiy asar oʻrganilganda ijtimoiy konuniyatlar hisobga olingan holda ish kurilishi lozim. Bunday yondashuv adabiy sotsiologiya ham deyiladi. 19 asrning ikkinchi yarmida K.Marks, F.Engels badiiy adabiyotga tuligicha sotsiologik yondashish asoslarini ishlab chiqishdi. Ular adabiyotni mafkuraning tarkibiy kismi, sinflar koʻrashini, jamiyat taraqqiyoti tamoyillarini oʻzida aks ettiruvchi ijtimoiy ong shakli tarzida qarashni qaror topdirishdi. F.Mering, P.Lafarg, G.Plexanov singari markschilar adabiyotning oʻziga xos hodisa ekanligini hisobga olmay, unga sof ijtimoiy fenomen tarzidagina yondashdilar. Bu xol badiiy soʻzni ijtimoiy hayotning ilovasiga, mafkuraning yugurdagiga aylantirib kuydi. Adabiy sotsiologiya, ayniksa, V. Leninning qarashlarida kuchaydi. U har bir milliy madaniyatda ikki madaniyat mavjudligi haqida ta’limotni yaratdi. Bunga koʻra adabiyot sinfiy manfaatlarga xizmat qiladigan hodisa degan qarash nazariy ishlab chiqildi. L.Tolstoy, Pushkin singari ulkan soʻz san’atkorlarining bitiklarini badiiyat ulchovlari bilan emas, balki ijtimoiyot mezonlari bilan baholadi, izohladi va tushuntirishga oʻrindi. Uning "Partiya tashqiloti va partiya adabiyoti" makolasi (1905) badiiyatga sinfiy pozitsiyadan yondashishni bolsheviklarning mafkuraviy doktrinasi darajasiga kutardi. Bunday qarash badiiy adabiyotni junlashtirdi, uning estetik jihatlariga e’tibor kamaytirilib, mavzu jihati muhim sanalishiga olib keldi. Shoʻrolar davrida badiiy adabiyot, faqat ijtimoiy nazar bilan oʻrganildi va baholandi. Bu xol ijodiy metod deb atalmish omilni badiiyatning muhim ulchagichiga aylantirdi.
Sotsiologistik realizm metodi ana shu ulchagich ularok dunyoga keldi. Vulgar sotsiologizm hamisha badiiy adabiyotga ijtimoiy yondashuv natijasi sifatida paydo boʻladi va badiiy soʻzning estetik jozibasini hisobga olmasligi bilan ajralib turadi. Toʻgʻri, bidiiy asar ham ijtimoiy turmush muammolarini aks ettirishidan koʻz yumib boʻlmaydi, lekin bu funksiya badiiy soʻz uchun maqsad emas. Balki koʻngilni anglash, ruhiyatni tuyush yulidagi vosita ekanligi sotsiologik metodda nazardan kochiriladi.
7. Formal tahlil
Adabiyotshunoslikda shaklga ustuvor rutba beradigan okim formalizm (shaklchilik) deyiladi. Shoʻro adabiyotshunosligida formal yondashuvga salbiy munosabatda boʻlib kelingan. Rasmiy oʻzbek adabiyotshunosligi falsafiy va estetik ma’nodagi shakl hamda mazmun munosabati orasidagi farqka e’tibor qilmaganligi uchun ham, formalizm mazmunni tan olmaydi, uni inkor qilish hisobiga shaklga e’tiborni kuchaytiradi deb hisoblagan. Xolbuki, formalistik yondashuvda ham mazmunli shakl (soderjatelnaya forma) muhim hisoblangan. Hamma gap nimani mazmun deb hisoblashda ekani tan olingan. Formalistlar uchun badiiy asarda inson kayfiyatining kay yoʻsinda ifodalanganligini aniqlash muhim sanalgan. Ular kayfiyatning oʻzini, uning berilish yoʻsinini mazmun hisoblashgan.
Formalizm turli shakliy jimjimalarga uchib, soʻzlar yaltirokligiga maxliyo boʻlib, uning mazmunini nazardan kochirish xollari ham boʻlgan, albatta. Ammo formalistik yondashuvning syurrealizm, avangardizm, futurizm, konsturktivizm, dadaizm, neoavangardizm, imajanizm, shoizm va boshqa koʻrinishlari toʻzukkina badiiy namunalar bergan. Badiiy adabiyot mohiyatan har xillikka, rang-baranglikka intilishdir. Formalizm ana shu yuldagi ekstremistik, jangari izlanishlardir.
Formalizm adabiy okim sifatida Botishda 19 asr oxiri va 20 asr boshlarida paydo boʻldi. Uning namoyandalari mazmunli shaklning jozibali, dilni quvontiradigan, koʻzga tashlanadigan boʻlishiga e’tibor qaratganlar. Botishdagi formalistlardan Andre Breton (1896-1966) "Syurrealizm manifesti" asarida: "Men kelajakda tush va ung singari" bir-biridan tubdan farq qiladigan ikki holat kushilib va mutlok reallikka, ya’ni syurreallikka aylanib ketishiga ishonaman,- deb yozadi. Chiqish, ayniksa, oʻzbek adabiyoti bu xildagi izlanishlar bilan hamisha shugʻullanganib kelgan tarafayn, musalsal, muammo, muvashshax, chiston, kitobat, topishmok singari janrlar shakliy izlanishga asoslangan. Bu boradagi tajribalarning ayrimlari muvaffaqiyatli, ba’zilari nochor boʻlgan.
Formalizm bir tarkibli hodisa emas. Unda jangari betoqatlik ham, kutilmagan shakliy-mundarijaviy kashfiyot ham, dadil badiiy tajriba ham mavjud. Italiyalik futuristlar, ayniksa, ularning doxiysi Filippo Marinetti (1876-1944) "Futurizmning birinchi manifesti" asarida: "Yashasin urush - faqat ugina dunyoni tozalashga kodir!" -deb yozadi. Buning bahosi oʻzi bilan, albatta. Futuristik izlanishlar 20 asrning 20-30-yillari oʻzbek she’riyatida ham uchraydi (Eminjon Abbos ijodi). 20 asr adogidagi oʻzbek adabiyotida ham bu xildagi izlanishlar boʻlgan. B.Roʻzimuhammad, Faxriyor, I. Otamurod, Goʻzal Begim she’rlari, O.Muxtor, Xayrullo, Nabi Jaloliddin, Asad Dilmurod, Arslon Ne’mat, Abdugani Abdiyev kabi adiblarning hikoya, kissa va romanlari shu xildagi izlanish samaralaridir. Xullas, formalizmga bir qatlamli hodisa deb qaramaslik maqsadga muvofiqdir.
Adabiyotshunoslik ilmida formal metod deb nomlanadigan nazariy konsepsiya ham borki, uni jiddiy tadqiq etish, mohiyatini ayonlashtirish poetik tahlil uchun gʻoyat muhimdir. Formal metodga koʻra, shakl adabiyotning mohiyatini aks ettirib, takomillashish hamda rivojlanish xususiyatiga ega. Formalizm singari formal metod ham 19-20 asrlar ushlashgan davrda dunyoga keldi. 1910 yillardan boshlab, avval tasviriy san’at va san’atshunoslikda, sung adabiyot va adabiyotshunoslikda rivojlandi.
V.Dibeliusning "roman morfologiyasi" qarashlari ana shu nazariyaning adabiyotshunoslikdagi dastlabki namoyon boʻlish tarzi edi. Shakliy metodda badiiy asarning butun morfologiyasi, tarkibiy kismlari gʻoyat sinchiqlab oʻrganiladi, matn puxta ukib chiqiladi, lekin shaklga bevosita daxldor boʻlmagan mavzu, mundarija, gʻoya kabi jihatlarga e’tibor qaratilmaydi. Lingvist Boduen de Kurtenening tilning funksional tizim - muayyan vazifa bajaradigan sistema ekanligi borasidagi ta’limotiga tayanib, formal metod tarafdorlari mazmun va shakl yaxlitligiga e’tibor qaratdilar. Formal metod Rossiyada oʻzining kup tarafdorlari va yirik tadqiqotchilariga ega edi. V.Vinogradov nutqning uslubiy shakllari, V.Jirmunskiy she’rda kofiya, vazn, kompozitsiya, Yu.Tinyanov she’r kurilishi va semantiqa, V.Vasilovskiy she’r kurilishi, V.Propp ertaqlar bayonidagi tizimlilik, R.Yakobson she’rni fonologik oʻrganish tamoyili va stilistik semantiqa singari badiiy matnning ilgarilari oʻrganilmagan badiiy kirralarini tadqiq etdilar.
8. Struktural tahlilga xos jihatlar.
20 asrning 20-yillarida, avval, rossiyalik olimlar tomonidan struktur poetika, badiiy semiotika, mashina tilmochligi kabi ilmiy gʻoyalar urtaga tashlandi. Formal metod tarafdorlari "funksional poetika" tushunchasini qabul qildilar va badiiy matn poetikasi uchun sinxron oʻrganish kamlik qiladi, adabiy hodisaga diaxron yondashilgandagina uni toʻliqrok izohlash mumkin boʻladi degan tuxtamga keldilar. Formal metod tarafdorlari badiiy matn tarkibini sinchiqlab oʻrganishga oʻrinadilar, bu xol matndagi barcha jihatlarni kashf etish imkoniyatini beradi.
20 asrning oʻrtalariga kelib badiiy matn tahlilida struktural yondashuv tarzi qaror topdi. Struktura fransoʻzcha "kurilish", "joylashish" soʻzlaridan olingan. U badiiy matnning oʻziga xos tarkibga egaligini, alohida kurilishini, uning unsurlari birining oʻzgarishi boshqalarning ham oʻzgarishiga olib keladigan tarzda joylashuvini koʻzda tutadi. Badiiy asarni struktura tarzida tushunish antik davrdayok shakllangandi. Unda adabiy matn kismlarining oʻzaro muvofiqligi, uygʻunligi, ritmiga alohida e’tibor qilinadi. 20 asrda struktura deyilganda, asarning kompozitsiyasi obrazlar, gʻoyaviy-tematik qatlamlar, syujet, til jihatlari faboʻla, she’r toʻzilishi singari kirralar tushuniladigan boʻldi. Ikkinchi jahon urushidan sung strukturalizm alohida okim sifatida shakllandi va Botish estetik tafakkurida muayyan mavqe kasb etdi. Strukturalizmga muvofiq adabiy asar alohida estetik belgilarning oʻzaro birligi, alohida - badiiy tilda amalga oshirilgan bayon tarzida tushunildi.
Aloqa vositasi boʻlgan tilning strukturasi bilan badiiy asarning strukturasi tamomila oʻziga xos hodisalardir. She’riy tildagi burgut, yomgʻir, olov, suv, tulki, buri va xk. Shunchaki oʻz ma’nosidagi narsalar emas, balki ularning ramziy, kushimcha badiiy ma’nosi muhimdir. Bu soʻzlarning asl kiymatini biriktirib kuyilgan kushimcha ma’nolar belgilaydi. Struktura tushunchasi hamisha vazifa (funksiya) tushunchasi bilan birga, undan ajralmagan holda keladi. Chunki har qanday struktura muayyan vazifani bajaradi va muayyan strukturadagi har qanday unsur ham ma’lum funksiyani oʻrinlaydi.
Kibernetika va informatika nazariyasi strukturani uch turga boʻladi:
a) oddiy;
b) murakkab;
v) uta murakkab.
Oddiy strukturadagi barcha unsurlar oʻzaro sabab-oqibat aloqasida boʻladi, biri-biridan kelib chiqadi.
Murakkab strukturada sabab-oqibat munosabati extimollik bilan kushilib keladi.
Uta murakkab strukturada strukturadan tashqari unsurlarning boʻlishi mumkinligi ham koʻzda tutiladi.
Adabiy asar struktura (toʻzilishi) miqyoslari haqida har xil fikr yuradi. Matninng obrazlar tizimida turok, personaj, qahramon, portret, peyzaj, detal va xk., strukturaga kiradi.
Strukturalizm badiiy asar asosida yotgan, uni tashqil etgan fikrning tarkibini aniqlash, anglatish va ifodalashni tadqiq etishga qaratilgan ilmiy faoliyatdir. Strukturalizm atamasi ilk bor 20 asr 40-yillarining ikkinchi yarmida fransoʻz etnologi K.Levi-Stros asarlarida ishlatila boshlandi. U Amerika tubjoy axolisining miflarini oʻrganib, ularning bir invariant struktura asosida turli oʻzga strukturalarga aylantirilib, ertak, kushik, rivoyat, urf-odat va xk.,larga aylanganligini koʻzatadi.U mifni kollektiv-ongsiz invariant konstrukt tarzida qabul qiladi va boshqa janrlardagi yaratik (matn)lar oʻsha konstruktning variantlari deb hisoblaydi. Levi-Strosning "Xom va kaynatilgan" ("Siroye i varenoye") asarining markaziy bobi "Mavzu va variatsiyalar" ("Temi i variatsii") deb ataladi. Unda mif - mavzu, uning boshqa adabiy janrlarda moddiylashuvi - variatsiya deb talqin etiladi.
Struktural tadqiqotda transfarmatsion tahlil muhim oʻrin tutadi. Bunda invariantdan variantga, bir variantdan boshqasiga utishning qoidalari tizimi ishlab chiqiladi. Strukturalizmning pirovard maqsadi badiiy matn yoki estetik strukturaning yaratilishi mexanizmini topish, tayin etish, tadqiq qilishdir.
Struktural tahlilda qarama-karshi juftlik (binarnaya oppozitsiya) muhim oʻrin tutadi. Levi-Stros mifologiyada ongsiz bajarilgan mantiqiy operatsiyalarning murakkab tizimi mavjudligini kursatdi. Uningcha, bu jarayonda quyidagi usullardan foydalanilgan: 1) brikolaj (tegmay aylanib utish), ya’ni ayrim ismlarni aytish mumkin emas; 2)metaforizatsiya - aytib boʻlmaydigan ism va tushunchalarni nima bilandir almashtirish, bunda ramzga, ma’jozga tayanish; 3) mediatsiya (usib boruvchi vositachilik) qarama-karshi juftlikdagi ixtilofni yengillashtiruvchi unsur yoki tushunchalarni yumrokrogi bilan, uni esa oldingisidan-da yumshogi bilan almashtirish. Chunonchi, hayot yoki ulim oʻrniga xushyorlik yoki uyku va boshqa. Strukturalizm aslida 20 asr boshlarida shvesariyalik tilshunos Ferdinand de Sosyur va polyak tilshunosi I.Boduen de Kurtenening struktur lingvistikasidan usib, adabiyotgv utgan. Oʻzoq vaqtlar mobaynida tarixiy yondashuv tilshunoslik va estetikaga doir masalalarni xal etishning yagona yuli deb hisoblab kelindi. Ammo hayot tarixiy determinizm til va adabiyotdagi hamma hodisalarni ham izohlay olmasligini kursatdi. Shunday vaziyatda til hodisalarini, badiiy matn ham til fakti boʻlganligi uchun badiiy strukturaga doir yaratiklarni izohlashda, uning tabiatini anglatishda struktural-semiotik yondashuv foydalirok, maqsadga muvofiqrok degan xulosaga kelindi.
Ana shu zaruriyat tufayli fransoʻz semiotigi A.J.Greymas tomonidan universal struktur model ishlab chiqildi. Boshqa bir fransoʻz - adabiyotshunos va estet Rolan Bart bu modelni filologik nuqtai nazardan izohlab berdi. Universal struktural model quyidagi koʻrinishga ega:
Beruvchi ob’ekt Oluvchi
Yordamchi sub’ekt Muxolif
Bu modelda biror matnda ishtirok etadigan shaxslar qarama-karshi juftlik (binarnaya oppozitsiya) nuqtai nazaridan kursatilgan.
R.Bart talqiniga koʻra katta-kichiqligiga qaramay, har qanday matn oxir-oqibatda jumladir. Bitta jumlada til qoidalari qanday namoyon boʻlsa, butun boshli bir asarda ham ana shu qoidalar amal qiladi. Chunki hikoya ulkan jumla boʻlgani kabi, jumla ham kichiq hikoyadir. Har qanday matndagi singari badiiy matnda ham sub’ekt-ob’ekt hamda yordamchi - muxolif munosabatlari mavjud. Hikoyachi matnni beradi, tinglovchi oladi. Bunda bir obraz sub’ektga yordam beradi, boshqasi esa xalakit qiladi. Shuningdek, matndagi ifodalanayotgan, ifodalangan hamda asl narsa urtasidagi munosabat ham muhim va murakkabdir.
Ifodalanayotgan - ifodalanuvchi
(olma haqida tushuncha)
ifodalovchi narsa
("olma" fonetik soʻzi) (referent)
olmaning oʻzi
Ifodalanuvchi - har qanday belgining zarur unsuri, narsa, referent - yordamchi, ifodalovchi - vosita. Shunday ifodalanuvchilar borki, ularda referent boʻlishi mumkin emas. Masalan: yaxshilik, farishta, iblis, muxabbat, kaboxat va b.
Semiotika grekcha soʻzdan olingan boʻlib, "belgi" ma’nosini anglatadi. Seiotika - belgi va belgining tizimlari haqidagi fan. Semiotika tillarni quyidagicha guruhlashtiradi: 1) tabiiy (milliy) tillar; 2) sun’iy tillar; 3) metatillar - boʻlarga tabiiy va sun’iy tillarni yozib olish va bayon etish uchun yaratilgan ilmiy tillar kiradi; 4)kushimcha - ikqilamchi (vtorichnoye) tillar - boʻlarga if, ritual, san’at tillari, ta’kiklar, odatlar va xk. tillari kiradi. Struktural semiotik qarashga koʻra biror til, biror matn, biror madaniyat oʻz xolicha, dunyodagi boshqa til, matn va madaniyatdan oʻzilgan holda mavjud boʻlolmaydi. Tilning kup yulliligi, belgining kup kanalliligi uning mavjudlik shartlaridandir.
Struktural poetikaning metodologik asosi badiiy matnga oʻziga xos mustaqil hosila, butun, yaxlit hodisa, alohida oʻrganilishi mumkin boʻlgan tushuncha tarzida yondashishdan iborat. Badiiy matnni struktural oʻrganish tarixiy, ijtimoiy, siyosiy, falsafiy, biografik, ruhiy va oʻzga yoʻnalishdagi yondashuvlardan mutlaqo xoli turishni faqat matnning oʻzini alohida estetik butunlik tarzida tekshirishni koʻzda tutadi. Struktural tahlilda "ichki tahlil" bilan kanoatlaniladi, tadqiqotchi matnning badiiy unsurlari va ularning oʻzaro aloqadorligini tekshiradi. Shu tarika matn tarkibidagi har bir joʻzv, mucha ayni shu tarkibdagi boshqa kismlar bilan munosabatda oʻrganiladi va uning tarkibdagi oʻrni hamda vazifasi tayin etiladi.
Struktural tahlil quyidagi operatsiyalarni oʻz ichiga oladi:
- umumiy matndan muayyan boʻlakni ajratib olish;
- ushbu "boʻlak"ni yondosh yoxud undan oldingi yoki keyingi matnlardan ajratib teshirish;
- tarkib (matn)ni iyerarxik (yuqoridan kuyiga yoki muayyan intizom asosida) tarzda tahlil etish.
Struktural tahlilda badiiy asar unsurlar tizimi tarzida oʻrganiladi. Har bir badiiy unsurning chinakam kiymati muayyan butunlikni tashqil etgan oʻzga unsurlarga nisbatdagina namoyon boʻladi. Struktural tahlil an’anaviy-talqiniy yondashuvdan farqli qilarok badiiy asardan takrorlanmas-individual jihatlarni emas, balki adabiy matnning yaratilishiga sabab olib keladigan umumiy konuniyatlarni kidirishga yoʻnaltiriladi. Ayni holat bu yondashuvning eng ojiz tomonidir. Negaki, bunday holda badiiy matnning oʻziga xosligi emas, balki umumiy kirralarigina tekshiriladi. Matnning badiiyligini ta’minlagan, ijodkorning estetik kiyofasini belgilagan tomonlar nazardan kochiriladi. Struktural tahlil metodlari strutural lingvistikaning metodologik izlanishlari bilan bogʻliq ravishda paydo boʻladi. Struktural lingvistika tilga belgilar tizimi tarzida yondashadi. Tildagi turgun takrorlanuvchi belgilar tizimi badiiy matnda ham namoyon boʻladi va uning sifatini belgilab beradi.Chunonchi, fonetika, urgu, ritm, morfema, oxangdoshlik, soʻz tarkibi, soʻzlarning birikish tartibi, tinishlar va xokazo. Ayni xil yondashuv struktural tahlilda ham kullaniladi.
Strukturalizmning ob’ekti - fikr bayon etishning adabiy matn deb atalmish oʻziga xos turidir. Struktural poetika aynan badiiy matnni tilning oʻzga koʻrinishlaridan farqlab turuvchi adabiy jihat nimadan iboratligini, qaysi unsurlar adabiy tarkibni vujudga keltirganligini aniqlash bilan shugʻullanganadi. Bunda muayyan badiiy asar, adabiy matn shu xildagi badiiy matnlar tizimining bir koʻrinishi, universal "model"ning reallashgan, amalga oshgan nusxasi tarzida qaraladi. Bunday yondashuvning adabiyot nazariyasi jihatidan diqqatga molik tomonlari bilan birgalikda, ojiz kirralari ham bor. Struktural tahlil mutloklashtirilsa, badiiy matn tarovati, uning takrorlanmasligi yukolib, tarkibning sxemasigina kolishi mumkin.
Strukturalizm asosini tashqil etadigan metodologik tamoyillar bir xil emas. Chunonchi, fransoʻz strukturalisti S.Todorov "Nasr poetikasi" (1971) kitobida biografik yondashuvni mutlaqo inkor etib, adabiyotni oʻrganishga ikki xil yondashish mumkin deb kursatadi:
1. Adabiy matnga alohida butunlik tarzida yondashish, badiiy asarni tadqiqotning yagona ob’ekti va pirovard maqsadi hisoblash. Buni interpretatsiya deb nomlash.
2. Tahlilga bitta asarni emas, balki asarlar guruhini jalb etish, ular urtasidagi umumiy konuniyatlarni topish.
Struktural poetika tushunchalar tizimida uch guruh tushunchalar borligini kurish mumkin:
A) struktur tahlil predmeti tushunchalari;
B) struktur tahlil jarayoni tushunchalari;
V) struktur tahlil tizimi tushunchalari.
Ular orasida qarama-karshi juftlik (binar oppozitsiya) tushunchalari alohida tur hisoblanadi. (ulim-tiriklik, yaxshi-yomon, goʻzal-xunuk, katta-kichiq, vujud-ruh, yuksak-tuban va xk.).
1. Struktur tahlil predmeti tushunchalari:
Umumiy tushunchalar Xususiy tushunchalar
Belgi - ifoda junatuvchi
Nutq - til oluvchi (adresat)
Matn - kontekst axborot
Madaniyat - tabiat kod
2. Struktur tahlil jarayoni tushunchalari:
A. Struktur tahlil operatsiyalari (tadbirlari):
- "ukish", "ukib chiqish", "yaxshilab ukish", "diqqat bilan ukish";
- mikrotahlil;
- traktovka (tushunish), talqin;
- deshifrovka, rasshifrovka; (kodlarni ochish, yechish);
- Modellashtirish.
B. Struktur tahlil bosqichlari
1. Aksiomalashtirish - butun (tizma)ni muayyan parametrlar buyicha unsurlarga ajratish uchun isbot talab qilmaydigan asosni topish (ayirish, belgilash).
2. Dissotsiatsiya - aksiomalashtirish natijasida aniqlangan tadqiqot ob’ektini struktura unsurlariga asosli tarzda ajratish.
3. Assotsiatsiya - matn unsurlari urtasidagi aloqadorlikni topish.
4. Identifikatsiya - unsurlarning belgilariga qarab, ular orasidagi aloqadorlikni aniqlash.
5. Integratsiya - matnning barcha unsurlarini yoppasiga tekshirish, bunda matnni tashqil etgan unsurlarga shunchaki umumiy mikdor deb emas, yaxlit butunlik sifatida yondashish.

Download 373,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish