Instituti oʻzbek adabiyoti кафедраси badiiy tahlil асослари fanidan m a ‘ ruza larmatni nukus, ndpi



Download 373,5 Kb.
bet2/15
Sana16.04.2022
Hajmi373,5 Kb.
#556074
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
1.1. Маъруза АСОСИЙ

Tayanch tushunchalar: ”Dunyoqarash va badiiy ijod”, “olamni estetik tushunish va tushuntirish”, “falsafa va dunyoqarash”, “moddiyunchilik”, “mimesis”, “kalom falsafasi”, “tasavvuf”, “tajalli”.

Tayaniladigan ma’naviy va nazariy asoslarning sogʻlom aqlga, haqiqiy san’at tabiatiga, milliy qadriyatlar tizimiga yaqin boʻlishiga yetarli e’tibor qilingandagina yangilangan ilmiy tafakkur amaliy ahamiyat kasb etadi, ya’ni ishlay boshlaydi. Shundagina, milliy adabiyotimizning asl namunalari qaysi davrda yaratilganligidan qat’iy nazar oʻzlarining haqiqiy estetik tahlilini, talqinini topishi mumkin boʻladi.


Badiiy tahlilda falsafiy-metodologik asos muhim oʻrin tutadi. Chunki dunyo va uning hodisalariga yondashuv tarzi belgilab olinmay turib, olamni toʻgʻri estetik idrok etish va tasvirlash mumkin emas. Falsafiy asos toʻgʻri boʻlmaganligi uchun ba’zan yaxshi bilan yomon, xunuk bilan goʻzal tushunchalariga yondashuv tamomila notoʻgʻri, gayri ilmiy xarakter kasb etishi mumkin. Hozirgi oʻzbek adabiyotshunosligida tahlilga, asosan, moddiyunchi falsafaga asoslanib yondashilayotir. Natijada, koʻpincha, islomiy tafakkur tarzining mahsuli boʻlmish badiiy hodisalar mohiyatini anglash uning sir-u sinoatlarini ochish mumkin boʻlmay qolyapti.
Arastu badiiy asarni taqlid – mimesis natijasi deb izohlagan. Agar estetik hodisa mimesis natijasi boʻlsa, adabiy tur va janrlar olamdagi barcha xalqlarda bir xilda boʻlishi lozim edi. Negaki, barcha xalqlarni deyarli bir xil borliq oʻrab turadi. Binobarin, taqlid ham deyarli bir xilda amalga oshirilgan boʻlardi. Holbuki, to XX asrga qadar ham bir qator xalqlar adabiyotida, jumladan, oʻzbek adabiyotida dramatik tur mavjud emasdi. Shuningdek, "Alpomish" yoʻsinidagi yirik xalq dostonlari ham hamma millatlarda ham mavjud emas.
Falsafiy asos, tayaniladigan nazariy suyanch badiiy hodisa mohiyatiga jiddiy ta’sir koʻrsatishi mumkin. Jumladan, turkiy adabiyot namunalari islomdan oldingi davrda tamomila oʻziga xos yoʻnalishda rivojlangan. Bunga toshbitiklar, Issiq qoʻrgʻonidan topilgan, Selengʻurda saqlanib qolgan adabiy yodgorliklar tonugdir. Falsafiy asosning turlichaligi ayni bir badiiy hodisani tamomila har xil izohlashga sabab boʻlishi mumkin. Shu bois oʻzbek filologlari turlicha falsafiy yoʻnalishlardan xabardor boʻlganliklari holda milliy falsafiy asosga tayanishlari shart.
Badiiy asarda aks etgan milliy xususiyatlar hisobga olingandagina tahlil toʻlaqonli chiqishi mumkin. Har qanday estetik hodisa muayyan milliy zaminda paydo boʻlganligi uchun ham uni tushuntirish va tadqiq etishda oʻsha zaminga xos xususiyatlar hisobga olinishi lozim. Biror millat uchun ezgulik yoki goʻzallik namunasi hisoblangan hodisa ikkinchi bir millat nazarida yovuzlik va qabohat deb qaralishi mumkin. Chunonchi, oʻzbeklar uchun goʻzallik timsoli boʻlmish oy ruslar uchun loqaydlik, befarqlik ramzidir. "Qizil va qora", "Bovari xonim" asarlaridagi de Renal xonim va Emma obrazlari Botish kitobxonlari uchun inson hurligi, nazokat hamda erkin muhabbat timsoli sanalsa, oʻzbek kitobxonlarida, koʻpincha, bu ayollar buzuq kimsalar sifatida taassurot qoldiradi. Milliy mansublik hisobga olingan taqdirdagina badiiy tahlilni ilmiy-estetik jihatdan puxta va asosli amalga oshirish mumkin.
Falsafiy asos sogʻlom boʻlmagach, tahlil qanchalar oʻziga xoslik va bilimdonlik bilan amalga oshirilmasin, adabiy asarning butun jozibasi, siri toʻliq namoyon etilishi mumkin emas.
Shoʻrolar davri falsafasi tafakkur taraqqiyoti hamda inson faoliyati uchun ong va borliq munosabati eng asosiy masala deb qaraydi va bu oʻzaro munosabatlar birligida ham borliq, ya’ni materiyaga birlamchi oʻrin ajratadi. Moddiy boʻlmagan hosila va tushunchalarni esa materiyaning murakkab koʻrinishi yoki uning hosilasi deya da’vo qiladi. Bu hol ruhiy, hissiy, ma’naviy va oʻzga xil moddiyatga bevosita daxldor boʻlmagan tushunchalarga ikkinchi darajali hodisalar deb qarashga olib keladi. Binobarin, badiiy ijoddagi asosiy qadriyat, ya’ni inson ruhiyati ifodasi nazardan qochiriladi. Badiiy asarlarga munosabatda ham inson ruhiyati manzaralaridagi tovlanishlarning oʻziga xosligidan kelib chiqib emas, balki materiyaning birlamchiligi pozitsiyasidan turib yondashish talab etildi. Har qanday jamiyatning xar qanday bosqichidagi hayotini faqat sinfiy kurashlardan iborat deb, har qanday alohida odamning tirikchiligi adogʻi yoʻq ziddiyatlar zanjiri deb talqin qilindi. Bunday hol koʻplab asarlardan mutlaqo nosogʻlom xulosalar chiqarishga olib keldi. Badiiyat olamining yuksak namunalari, ulardagi ingichka ruhiy holatlar, ichkin manzaralar bu xil tahlil nazaridan chetda qolishi tabiiy edi. Chunki san’at asariga ijtimoiy munosabat uni tabiiy ravishda dagʻallashtirardi.
Sogʻlom falsafa ilmi uchun Olloh, olam, odam munosabatlari eng asosiy va hal qiluvchi masala hisoblanadi. Olam yaratilishining maqsadi boʻlmish Odam va unga xos xususiyatlarni ilgash, sezgi a’zolariga buy bermaydigan tushunchalarni xam payqash va ta’riflash, inson ruhiy olamining beqiyos rang-barangligidan kelib chiqqan holda san’at asarlariga yondashish bu xil falsafaning asosiy tamoyillaridandir. Ruhiyat, hissiyotning boyligi insonni oʻzga jonzotlardan ajratuvchi jihatlar ekan, inson hayotining badiiy aksi boʻlmish adabiyotda ayni shu ruhoniy va hissiy, demakki, estetik nuqtai nazarni ustuvor bilib munosabatda boʻlish bu xil metodologiyaning asosiy talablaridandir.
Qadimiy tarixga ega Chiqish (Sharq) badiiy ijodga Botish (gʻarb) estetikasidan koʻra oʻzgacharoq mezonlar bilan yondashgan. Chunonchi, Aristotel ta’limoti asosida shakllangan Botish estetikasida san’at asari borliqqa taqlid – mimesisning natijasi hisoblangan. Ya’ni san’at asari voqelikka taqlid natijasida vujudga kelgan va badiiy ijod namunasining barkamolligi uning hayot haqiqatiga qanchalik mos kelishi, boshqacha aytganda, taqlidning naqadar ustalik bilan amalga oshirilishiga qarab belgilangan.
Chiqish goʻzallik ilmi, xususan, Turkiston estetikasi uchun ming yillar mobaynida tayanib kelingan nazariy asos kalom falsafasining tasavvuf ta’limoti va undagi tajalli nazariyasi boʻlgan. Shu bois har bir badiiy ijod namunasiga ilohiy hodisa tarzida yondashilgan. Sharq uchun badiiy asarlar hech qachon faqat voqelikning in’ikosigina boʻlmagan. Butun olamdagi moddiy va ma’naviy narsalar Ollohning tajallisi ekan, badiiy ijod ana shu tajallining, ya’ni ruhoniy holatning oʻziga xos tarzda estetik moddiylashuvidan iborat deb qaralgan. Binobarin, Chiqishda Botishdagilarga nisbatan ijodga sehrli, moʻjizavor hodisa tarzida yondashish keng tarqalgan. Kunchiqar estetikasi badiiy asarning eng kichik unsuridan ham goʻzallik qidirgan va topa bilgan. Badiiy asarlardan chiqadigan ma’no, fikr, gʻoyaga nafosatning tabiiy hosilasi sifatida qaralgan. Chunki har qanday goʻzal shakl, avvalo, goʻzallik, uygʻunlik, mutanosiblik deb qaralgan va unda, albatta, yetuk fikr, chuqur mazmun boʻlishi tabiiy hisoblangan. Tajalli nazariyasiga tayanib, har qanday badiiy hodisani Allohning namoyon boʻlishi, emanatsiyasi tufayli sodir boʻlgan hodisa tarzida izohlash mumkin.
Kunchiqar adabiyotida sirtdan qaralganda juda turgʻun, qotib qolgan va oʻzgarmasday tuyuluvchi adabiy shakllarda ham badiiy kashfiyotlar qilishning adoqsiz imkoniyatlari topilavergan. Badiiy kashfiyot, injalik deyarlik hamisha asarlarning qatiga yashiringan va hech qachon ochiq boʻlmagan. Chunki badiiy goʻzallik izlab topilgandagina estetik lazzat beradi. Shuning uchun ham Sharq adabiyotidan ta’sirlanish uchun bir qadar estetik ma’lumotli boʻlish talab etilgan. Badiiy asarga joʻn munosabat, nafosatni tirikchilik mantigʻi bilan izohlash milliy estetikamiz uchun begonadir. Shu bois Chiqishda talqin emas, tahlil ustuvor turgan.
Gʻarb estetikasida asosiy e’tibor koʻproq badiiy asarning gʻoyasi, qanday fikrni ilgari surayotganligiga qaratiladi. San’at asarining goʻzalligiga chiroyli libos, jozibali tashqi bezak tarzida yondashish ustuvorlik qiladi. Shu sababli Botish estetikasi uchun nimani tasvirlash, Chiqish badiiyati uchun esa nimani qanday tasvirlash muammosining hal qilinishi muhim sanalgan. Sharqda badiiy ijod asosida hamisha goʻzalik va ishq masalasi turgan. Olam va odam Allohga xos xususiyatlar tajallisi oʻlaroq goʻzal ekani va san’at asari ana shu goʻzallikni imkon qadar baland pardalarda nazokat bilan kuylashi kerakligi koʻzda tutilgan. Shuning uchun ham Chiqish adabiyotida Kunbotar ahli uchun bir qadar erish hamda siyqa tuyuladigan gul va bulbul obrazlari eskirmas timsollar boʻlib keladi. Badiiy ijodning butun sehri ham eski vositalar yordamida yangi tuygʻularni, tarovatli ruhiy holatlarni aks ettirishda ekanligi Kunchiqar estetikasi uchun oddiy haqiqat sanalgan. Xullas, oʻzbek adabiyotshunosligi yakkash ijtimoiy qarashlardan kutulib, badiiy adabiyotga muammo kutarish, masala kuyish vositasi deya yondashish odatlaridan forig boʻlsagina san’at asarini toʻgʻri tahlil qilish va uning jamiyat hayotidagi oʻrnini bexato belgilay olish imkoniyatiga ega boʻladi.
San’at asarlariga estetik fenomen emas, balki ijtimoiy hodisa tarzidagina yondashish uning haqiqiy kiymatini koʻrmaslikka olib keladi. Badiiy ijod mahsuliga nisbatan ijtimoiy qarashga odatlanib qolinganligi uchun ham XX asrda Abdulla Qodiriyining "Oʻtkan kunlar" romani haqiqiy badiiy talqinini topmay keldi. Bir zamonlar shaxsga sigʻinish avj olgan, qatagʻon oyboltasi qonsiragan davrda bu asardan aksilrus munosabatlari, millatchilik ham, aksilruslik ham yoʻqligini, yozuvchining bor-yoʻq "aybi" jamiyatdagi chinakam ilgʻor kuchlarni koʻrolmaganligida ekani haqida "muruvvat" bilan fikr bildirdilar. Yurtimiz mustaqillikka erishgach esa, "Oʻtkan kunlar", aynan, rus bosqinchiligiga qarshi nafratni alangalatish va ularga qarshi kurashga da’vat etish uchun yozilgan degan da’volar qilinmoqda va har bir qarash oʻziga xos dalillar bilan asoslab berilmoqda.
Holbuki, "Oʻtgan kunlar"day dohiyona asar biror gap aytish uchungina yozilmaydi. Adib uchun bu asarni yozmaslikning imkoni boʻlmay qolgan. U xayolida yurgan gʻoyani singdirish uchun obrazlar yaratmagan va ularning ogʻziga oʻz qarashlarini chaynab solib qoʻymagan. Romandagi har bir obraz tirik odam, oʻzigagina xos sajiyaga ega shaxslar, asar qahramonlari faqat oʻz tabiatlari mantigʻiga muvofiq harakat qilishadi va biror oʻrinda ham adib ularni yetovda olib yurishga urinmaydi. Gap aytish, fikr bildirish maqsad boʻlganda yozuvchi obrazlarning tabiati haqida emas, balki ularning qarashlari haqida koʻproq qaygʻurgan va binobarin, qayerdadir notabiiylikka yoʻl qoʻygan boʻlardi. Qodiriyni kecha „millatchi“ edi deyish qanchalar tuhmat boʻlsa, bugun, ha, u millatimiz mustaqilligini saqlab qolish kerakligini bildirish uchungina "Oʻtgan kunlar"ni yozgan deyish ham oʻshanchalik tuhmatdir.
Chinakam san’atkor asarini ijtimoiylashtirish adibning qadrini oshirmaydi, balki uning dahosini nursizlantiradi. Adabiyotni yuksak arshidan, koʻshkidan zaminga tushirib qoʻyadi. Turkiston birligi uchun bevosita kurashgan, bu haqda oʻnlab ilmiy-tarixiy asarlar yozgan Zaki Validi Tugon yoxud Boymirza Hayit ijodi bilan Abdulla Qodiriy romannavisligi oʻrtasida juda katta farq borligi koʻrinib turgan haqiqat. Gap badiiy tahlil vositasida ana shu farq nimadiligini-yu, Qodiriy dahosining siri qayerdaligini koʻrsatib berishda. "Shum bola", "Oʻgri", "Ruhlar isyoni", "Jannatga yoʻl", "Oʻylarim", "Yuzma-yuz", "Adashgan ruh", singari yuksak san’at namunalarini ijtimoiy pozitsiyalardan turib baholash bu asarlarning chin tarovatlarini yoʻqqa chiqarishga olib keladi.

3-mavzu: BADIIY TAHLIL TURLARI VA ULARNING O‘ZARO ALOQADORLIGI




REJA:
1. Badiiy tahlil tushunchasining mohiyati.
2. Badiiy tahlilni turlarga ajratishning ilmiy asoslari.
3. Badiiy tahlilning shakliga ko‘ra turlari.
4. Badiiy tahlil maqsadga ko‘ra turlari.
5. Tahlil turlarining o‘zaro aloqadorligi.



Download 373,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish