Innovatsiya 2021: dolzarb muammolar va zamonaviy yechim



Download 2,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet80/145
Sana28.05.2022
Hajmi2,76 Mb.
#613982
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   145
Bog'liq
To\'plam Innovatsiya 2021

 
 


INNOVATSIYA 2021: DOLZARB MUAMMOLAR VA ZAMONAVIY YECHIM 
Стр. 
197
 
АДАБИЁТЛАР РЎЙХАТИ 
1.
Мирзиёев Ш.М. Ўзбекистон машинасозлик саноатини транформация 
қилиш ва соҳада рақобатни ривожлантириш масалалари бўйича 
видеоселектор йиғилишидаги нутқи // president.uz, 2021 йил 13 январь.
2.
Компания корхоналари ҳақида маълумотлар; [электрон ресурс], URL:
https://uzavtosanoat.uz/uz/company-uz.html
 
3.
Ўзлаштирилмаган деталлар рўйҳати; [электрон ресурс], URL: 
https://uzavtosanoat.uz/uz/Ozlashtirilmagan-detallar-royxati.html
 
4.
Андрейчиков, А. В. Стратегический менеджмент в инновационных 
организациях: системный анализ и принятие решений; учебник: 
ИНФРА-М, 2013. – 394 с. 
5.
Hitt, Ireland, & Hoskisson, Strategic Management, Competitiveness and 
Globalization (7th edition), 2007, 79p.
6.
Ривожланиш 
дастурлари; 
[электрон 
ресурс], 
URL: 
https://uzavtosanoat.uz/programmy-razvitiya.html 
7.
Alessandro Nicita and Carlos Razo, UNCTAD, China: The rise of a trade 
titan; [электрон ресурс], URL: 
https://unctad.org/news/china-rise-trade-titan 
(27.04.2021й.) 
 
TASAVVUF TALQININING “NAFAHOT UL-UNS”DAGI IFODASI 
Ravshanov Alisher Toshpo‘latovich 
Mustaqil tadqiqotchi 
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat 
o’zbek tili va adabiyoti universiteti 
 
Ma’lumki, mumtoz asarlarda tasavvuf namoyondalari va ularning o‘ziga xos 
mezonlari yoritib berilgan bo‘lib, ushbu yo‘nalish rivojiga munosib hissa qo‘shadi. 
Biroq keyingi asrlarga kelib tasavvufda ham turli ixtilofiy qarash va fikrlar paydo 
bo‘la boshladi. Xususan, ilmi holni moniylik, buddaviylik kabi dinlarga aloqasi bor 


INNOVATSIYA 2021: DOLZARB MUAMMOLAR VA ZAMONAVIY YECHIM 
Стр. 
198
degan fikrlar o‘rtaga tashlandi. Tasavvufni uning manbasi bo‘lgan “Qur’on” va 
sunnatdan ajratish hollari uchradi. Aytish joizki, bu asl manbalarga tayanmasdan 
turib, tasavvuf haqidagi shunchaki "tasavvur"lar edi. E’tibor bersak, Islomda fiqh ilmi 
bor va u mazhablar ko‘rinishiga ega. Hadis ilmi esa muhaddislar tomonidan o‘rganib 
aytilayotgan har bir hadisning sanadi Rasul alayhissalomga borib taqaladi. 
Tasavvufda shayxlar silsilasining payg‘ambar alayhissalomga borib taqalishi, u zot 
o‘zi yashagan davrda tasavvuf mohiyatini anglatuvchi tazkiya – poklash odobini 
sahobalarga o‘rgatgani haqidagi ma’lumotlar tasavvuf Islomdan tashqarida emasligini 
ko‘rsatib beradi. Islom va tasavvuf namoyondasi Ahmad Muhammad ibn Ajiyba al-
Hasaniy bu haqda shunday degan edi: “Fiqhsiz tasavvuf bo‘lmas. Chunki Alloh 
Taoloning zohiriy ahmoqlari faqatgina fiqh orqali bilinadi. Shuningdek, tasavvufsiz 
fiqh ham bo‘lmas. Chunki sodiq tavajjuhsiz amal bo‘lmas" [2]. Albatta, bunday 
fikrlar Abdurahmon Jomiy qalamiga mansub “Nafahot ul-uns"da zikr etilgan 
shayxlar tilidan ko‘p bora aytiladi. Shariat amallariga rioya qilmaganlar ilmi hol 
ahlidan bo‘la olmasligi ko‘p bora ta’kidlanadi. Abdurahmon Jomiy naqshbandiylik 
tariqati siymolari bilan hamfikr edi. XV asr oxirlarida siyosiy nuqtayi nazar tufayli 
yassaviylik va naqshbandiylik tariqatlarining maqsadi bir ekanligi, bu yo‘llar 
so‘fiylarning ajralishi emas, balki ma’nan va ruhan birlashishi ekanligini Ahmad 
Yassaviy va uning izdoshlari hamda G‘ijduvoniy va uning shogirdlari zikrida 
ko‘rsatib beradi. Ma’lumki, yassaviylik Ahmad Yassaviy, naqshbandiylik esa garchi 
Bahouddin Naqshband nomi bilan e’tirof etilsa-da, u Abduxoliq G‘ijduvoniyning 
Xojagon tariqati bilan bog‘liq. Ulug‘ shayx Hoja Yusuf Hamadoniy zikrida 
Jomiyning bir qancha shogirdlari sifatida Yassaviy va G‘ijduvoniyni birgalikda tilga 
oladi. Shuningdek, ustoz vafotidan so‘ng davlat maqomiga ularning har ikkalasi ham 
birdek erishganligini ta’kidlab o‘tadi. Bu esa ikki tariqatning aslida bir o‘zakda 
kurtak otganligini anglatadi. 
“Nafahot ul-uns" asaridagi sharhlar shayxlar haqidagi ma’lumotlar “Tasavvuf 
o‘zi nima?” degan savolga javob bo‘ladi. Shariat odoblariga rioya qilmaganlar, uning 
amallarini bajarmaganlar bizning ahlimizdan emas, deyiladi asarda shayxlar tilidan. 
Bundan ko‘rinadiki, Jomiy ham islom va tasavvuf ayni bir haqiqat degan fikrni olg‘a 


INNOVATSIYA 2021: DOLZARB MUAMMOLAR VA ZAMONAVIY YECHIM 
Стр. 
199
suradi. Xullas, tasavvuf borasidagi bugun mavjud bo‘lgan ba’zi savollarga ushbu 
manbadan javob topamiz. Najmiddin Kubro, Ahmad Yassaviy, Bahovuddin 
Naqshbandiy kabi allomalarimiz kabi ana shunday ulug‘ ota-bobolarimiz borligini, 
ularning ruhiy tarbiyada bizga qoldirgan ma’naviy meroslarini mazkur asardan bilib 
olamiz. Darhaqiqat, bu va boshqa jihatlar “Nafohatul-uns"ning ahamiyatli tomonini 
belgilab beradi. 
Albatta, Jomiyning ushbu asari yaratilgunga qadar shu tipdagi bir qancha 
asarlar dunyo yuzini ko‘rgan edi. Xususan, Abdurahmon Nishopuriyning “Taboqatul 
so‘fiya”, Abdulloh Ansoriyning “Manozil-us-soyirin”, Farididdin Attorning 
"Tazkiratul avliyo” tazkiralari “Nafohat”gacha ma’lum va mashhur edi. Biroq 
ulardan keyin mavlono Jomiy davrigacha yashab o‘tgan so‘fiy-shayxlar haqida 
ma’lumot beruvchi boshqa biror bir asar hali yaratilmagan edi. Boz ustiga, yuqoridagi 
asarlarning keyinchalik ko‘chirilgan qo‘lyozmalarida turli holatlar sabab ba’zi bir 
so‘fiy-shayxlarning nomlari tushib qolib, tazkiralarning qiymati yo‘qolib borayotgan 
edi. Bu e’tirofni Jomiy “Nafahot ul-uns"ning boshlanish qismida ta’kidlab, jumladan, 
shunday deydi: "Hirotning qadim tilidakim, ul zamonda mahud erdi. (Abdulloh 
Ansoriyning “Manozir-us-soyirin” asari haqida gapirilyapti – A.R.). …kitobni 
buzg‘uvchilarning amalidan ul kitob benahji bo‘lg‘on erkonkim, ko‘b joylardan 
osonlik ila maqsudni fahm qilinib bo‘lmag‘udek va yana kitobda… ba’zilarining 
zikridin muxtasar… erdi” [1].
 
Shuningdek, XV asrning ikkinchi yarmidagi Hirot mutasavvuflaridan biri, 
Abdurahmon Jomiyning shogirdi va muridi Abdulg‘ofir Loriy “Nafahot ul-uns"ga 
sharh yozgani mazkur asarga tasavvuf ahlining e’tiborini ko‘rsatib beradi. 
Abdurahmon Jomiy shayxlar to‘g‘risida faqat o‘z munosabatini emas, balki o‘tmish 
so‘fiylari haqida keyingi davr shayx-so‘fiylarning munosabatini ham keltirib o‘tadi. 
Xullas, “Nafahot ul-uns"ning mazmun-mundarijasidan kelib chiqib tadqiq etilishi 
uning tasavvuf va badiiyatdagi o‘rnini belgilab beradi.

Download 2,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   145




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish