Innovatsiya 2021: dolzarb muammolar va zamonaviy yechim



Download 2,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet76/145
Sana28.05.2022
Hajmi2,76 Mb.
#613982
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   145
Bog'liq
To\'plam Innovatsiya 2021

REFERENCE 
1.
Bocharnikov V.N., Lavrushina E.G., Blinovskaya Y.Yu. Information 
technologies in tourism, Teaching tourism. M., Flint, 2008, 258 p. 
2.
Esaulova S. P. Information technologies of the tourism industry. The tourism 
terminology. Tutorial. Moscow, 2012.Organization for Economic Cooperation and 
Development. Tourism Policy and International Tourism in OECD Member 
Countries. - Paris: OECD, 1980. - P. 5-7. 


INNOVATSIYA 2021: DOLZARB MUAMMOLAR VA ZAMONAVIY YECHIM 
Стр. 
187
3.
Kotter. P., Bowen J., Makens J. – Marketing For Hospitality and Tourism. 
Studying Tourism – 2d. edit. – Upper Saddle River: Prentide Hall, 1998. – P.17-
18. 
4.
National Tourism Resources Review Commission. Destination USA. Vol. 2 
Domestic Tourism. Washington, D.C.: Government Printing Office, 1973. – P. 5. 
5.
Provisional Guidelines on Statistics of International Tourism // Statistical 
Papers. Series M. № 62. United Nations Department of Economic and Social 
Affairs. 1978. – P. 28. 
SHAYBONIYLAR SULOLASI VA DAVLATI TARIXINI YORITISHDA 
INNOVATSION YONDASHUV 
 
Tuxtabekova Nigora Azimbekovna
mustaqil tadqiqotchi
O‘zbekiston Milliy universiteti 
 
Shayboniylar sulolasi va davlati tarixini yoritishda turli tarixiy manbalardan 
foydalanish, ya'ni yozma manbalardagi ma'lumotlar bilan birga arxeologik, epigrafik, 
numizmatik va boshqa tarixiy tadqiqotlar natijalaridan foydalanish mavzuni to‘laroq 
yoritishga yordam beradi. 
Dashti Qipchoqda hamda Movarounnahr va Xurosonda XV–XVI asrlarda 
bo‘lib o‘tgan tarixiy voqealar haqida qimmatli ma'lumotlar beruvchi mahalliy (eski 
o‘zbek, fors-tojik tillarida bitilgan) yozma manbalar anchagina. 
Bu davrga oid yozma manbalar juda keng qamrovli bo‘lib, avvalo yozma 
manbalarni tadqiq etishning ilmiy metodik asoslarini chuqur o‘rganib chiqishni talab 
etadi. 
XIX asr oxirida paydo bo‘lgan yevropa mamlakatlaridagi kataloglar ichida 
ingliz olimi Ch.Ryoning ko‘p tomli arab, fors va turkiy tillardagi sharq qo‘lyozmalari 
kataloglaridagi yozma manbani tavsiflash prinsipi o‘zining mukammalligi bilan 
ajralib turadi [1]. Mavjud kataloglar asosida O‘zbekiston Respublikasi Fanlar 
Akademiyasining Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti olimlari 


INNOVATSIYA 2021: DOLZARB MUAMMOLAR VA ZAMONAVIY YECHIM 
Стр. 
188
ham qo‘lyozma manbalarni ilmiy tavsifga olish usullarini D.Yu.Yusupova va 
R.P.Jalilovlar tartib bergan “Tarix” nomli katalogda berganlar [2]. 
M.Hasaniy “Sharq qo‘lyozmalarini tavsiflash va fihristlash” nomli risolasida 
O‘zR FA Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti qo‘lyozma fondi 
tajribasini umumlashtirib, tushuntirishga harakat qilgan[3]. Shuningdek, yozma 
manbalarni tavsiflashning qomusiy yoki ensiklopedik prinsipi ham mavjud. 
H.N.Bobobekov o‘z tadqiqotlarida qomus prinsipidan va qomusdagi yozma manbalar 
to‘g‘risidagi ma'lumotlardan foydalangan.
B.A.Ahmedov o‘z asarlarida manbalarning yozilgan tillariga qarab va yana 
huquqiy hujjatlar, yozishmalar, geografiya va kosmografiyaga oid asarlar, biografik, 
memuar asarlar, sayyohlar va elchilarning esdaliklari mavjudligini qayd etadi [4]. 
A.Habibullaev esa o‘z qo‘llanmasida adabiy manbashunoslikka katta e'tibor 
qaratgan[5]. 
Ushbu maxsus kataloglar va darsliklardan tashqari qo‘lyozma kitob to‘g‘risida 
va sharq manbashunosligiga oid to‘plam va kitoblarda ham yozma manbalarning eng 
muhimlari to‘g‘risida matn orasida ma'lumotlar keltiriladi hamda manbalarning 
umumiy xususiyatlari tadqiq etilgan. 
Ushbu maxsus kataloglar va darsliklar Shayboniylar davriga oid manbalarni 
o‘rganishda ilmiy-metodik asos bo‘lib xizmat qildi. 
Bu davrga oid manbalar ichida turkiy-o‘zbek tilida yaratilgan asarlar alohida 
o‘rin tutadi. Bu yozma manbalar faqat hozirgi Respublikamiz hududi bilan 
chegaralanib qolmay, balki Alisher Navoiy iborasi bilan aytilsa, Xitoydan to 
Xurosongacha, hatto Idil (Volga) daryosi bo‘ylarigacha bo‘lgan joylarda turkiy til 
tushunilgan, yozma manbalar, madaniyat obidalari yaratilgan [6]. 
Shuningdek, XV asr oxiri – XVI asrdagi ijtimoiy-siyosiy voqealar, 
Shayboniylar hukmronligining o‘rnatilishi tarixini tarixchilar G‘iyosiddin Xondamir, 
Mirzo Muhammad Haydar, Hasanbek Rumlu, Hofiz Tanish Buxoriy, Abulfazl 
Allamiy, Muhammadyor ibn Qatag‘on, Amir Ahmad Roziy, Mahmud ibn Vali o‘z 
asarlarida batafsil yoritganlar. Bu asarlarda Shayboniylar sulolasi hukmdorlarining 
siyosiy portretlari to‘la o‘z aksini topgan [7]. 


INNOVATSIYA 2021: DOLZARB MUAMMOLAR VA ZAMONAVIY YECHIM 
Стр. 
189
O‘zbek xalqining shakllanishiga oid manbalarda [8] asosan Abulxayrxon 
davlatiga asos solgan va XVI asrda Shayboniyxon bilan birga Movarounnahrga 
ko‘chib o‘tgan qavmlar haqida ma'lumotlarni uchratamiz. Shunday asarlardan biri 
Shayboniy Abdulatif Sulton (Samarqand xoni, 1540-1551) hukmronligining 
boshlarida Shayboniy Ko‘chkunchixon (1510-1530)ning sobiq kotibi Mas'ud ibn 
Usmon Ko‘qistoniy tarafidan yozilgan “Tarixi Abulxayrxoniy” asaridir. 
Turli joylarda saqlanayotgan O‘zbekiston tarixiga oid hujjatlarning 34 turi 
mavjud bo‘lib, Shayboniylar davriga oid: Jo‘ybor xojalarining hujjatlari, vasiqa 
(Majmuayi vasoyiq), Xatti iqror, Maktuboti Allomiy, “Silsilat as-salatin” [9] 
asaridagi maktublarda XVI asrga tegishli ma'lumotlar uchraydi. 

Download 2,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   145




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish